3. Moliyaviy tahlil uchun kerakli ma’lumotlar tizimi
4Xo’jalik hayotini to’g’ri va oqilona boshqarishda turli-tuman ma’lumotlar tizimidan foydalaniladi. Chunki xo’jalik hayotida yuz bergan voqeliklar tegishli xodimlar tomonidan ma’lumotlarda rasmiylashtirilib, ular asosida jarayonga baho beriladi. Shu sababl ham qabul qilingan qarorlarning samarali bo’lishida xo’jalik hayotining ma’lumotlarda to’g’ri, aniq rasmiylashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Moliyaviy tahlilda foydalaniladigan ma’lumotlar mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
1.Moliyaviy ma’lumotlar
2.Huquq-me’yoriy ma’lumotlar
3.Ilmiy-texnikaviy ma’lumotalar
4.Tabiiy-ekologik ma’lumotlar
5.Boshqa ma’lumotlar
Moliyaviy ma’lumotlar moliyaviy tahlilni taxminan 80 foiz axborot manbalari bilan ta’minlab, ular tezkor, moliyaviy va boshqaruv, statistic hisob ma’lumotlaridan iborat bo’ladi.
Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar hukumatimiz tomonidan qabul qilinib, tegishli tartibda ro’yxatidan o’tkazilgan va mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, me’yoriy hujjatlar, normativ aktlardan tashkil topgan.
Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar fan va texnika yutuqlarini o’zida mujassam etgan axborotlardan iborat bo’lib, ular moliyaviy tahglil uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy-ekologik ma’lumotlar, tabiat, yer, iqlim va boshqa ekologik omillarni mujassamlashtirgan axborotlardan tashkil topib, ular moliyaviy tahlilda muhim manba hisoblanadi.
Boshqa manbalarga esa moliyaviy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, tabiy-ekologik manbalarda aks etmagan ma’lumotlar, xususan, ommaviy axborot vositalari,gazeta va jurnallardagi, radio va telvideniyada keltirilgan axborotlarni kiritish mumkin.
Ma’lumotlarni moliyaviy tahlil jarayonida qo’llash ularning mazmuni va sifatini boyitishga e’tiborni qaratadi. Shu boisdan, mamlakatimizda ma’lumotlar shaklini mazmunan ustunligini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilib, ular amaliyotga joriy etildi. Xususan, buxgalteriya balansi (1-shakl), “Tashkilota xarajatlari to’g’risida” (3-moliya shakli) va h.k
Moliyaviy manbalar boshqa axborotlarda quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1.Hujjatlashganligi- barcha moliyaviy hodisa va jarayonlar sodir bo’lishi bilan tegishli boshlang’ich hujjatlarda qayd etiladi hamda axborot sifatida rasmiylashtiriladi.
2.Turli-tumanligi, hodisa va voqealar ko’pgina manbalarda qayd etilib, hajmi, mazmuni, shakli jihatdan bir-biridan farqlanadi.
3.Ommaviyligi va hajmining kengligi- ko’pgina moliyaviy axborotlar tegishli shaklga ega bo’lganligi, hisobot shakllarining yuqori tshkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi ularni tushunishni, bilishni ossonlashtiradi.
4.Ma’lum davrlarda takrorlanib turushligi – tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar muntazam to’ldirilib, tegishli tashkilotlarda hisobot davrlarida, ya’ni, choraklar, yarim hamda yillik muddatlarda topshirilishi ko’zda tutiladi.
5.Qonunlashganligi va chegaralanganligi – barcha moliyaviy xaborotlar davlat tashkilotlari, moliya vazirligi, makroiqtisodiyot vazirligi va soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarga asoslanib tuziladi. Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun muhim sanalgan ayrim boshqaruv hisobi ma’lumotlari boshqalar uchun maxfiy bo’lib, faqat mulk egasining ruxsati bilan e’lon qilinishi mumkin.
6.Ko’p qirraliligi va sermazmunligi- moliyaviy axborotlar miqdoriy va qiymat o’lchamlarida ko’rsatiladi, boshlang’ich hujjatlarda xo’jalik yurituvchi subyekt nomi, imzo chekuvchilarning naslnomasi, davri va mahsulotlarning turlari ko’rsatilgan holda rasmiylashtiriladi.
Moliyaviy ma’lumotlarning aksariyat qismini hisob ma’lumotlari tashkil etib, buxgalteriya, statistika va tezkor hisoblar majmuyidan iborat.
Tahlil uchun kerakli ma’lumotlar quyidagi talablarni bajarishi kerak:
1.Haqqoniylik va xolisonalik tamoyiliga amal qilish.
2.Ma’lumotlar moliyaviy tahlil uchun keng imkoniyatli bo’lmog’i zarur, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to’liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni bajarishi.
3.Moliyaviy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq o’lchamda aks ettirilishi.
4.Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog’liqligi, saqlanishi hamda ulardagi axborotlar bir-birini to’ldirib turishi.
5.Ma’lumotlarga kiritilgan ko’rsatkichlarni aniqlash tamoyillari va aks ettiriladigan davrlar mos bo’lishi va h.k.
Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha ma’lumotlar moliyaviy tahlilning aniq bajarilishi, sermazmun bo’lishiga zamin yaratadi.
Xo’jalik hayotini avtomatik boshqarish tizimi sharoitida tashkil etish deyilganda electron hisoblash mashinalari (kompyuterlar) yordamida va iqtisodiy matematik usullarini qo’llagan holda ishlab chiqarishning muhim sohalarini aniq va to’g’ri boshqarish vazifalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etish tushuniladi. Bu uch xil yo’nalishda amalga oshiriladi:
1.Markazlashgan.
2.Markazlashmagan.
3.Aralash.
Xo’jalik hayotini moliyaviy tahlil etishning avtomatik boshqarish tizimida amalga oshirish quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
1.Aniq maqsadga ega ekanligi tizimlashganligi.
2.Kompleksliligi.
3.Ixchamlashganligi.
4.Uzliksizlik va muntazamlilik.
5.Taqqoslanish imkoniyatining kengligi.
6. Yechim loyihasi aniq va ixchamliligi.
Avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida moliyaviy tahlil etish quyidagi sharoitida bajariladi:
1.Qayd etish
2.Boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish va uzatish.
3.Umumiy ma’lumotlar bazasini tashkil etish.
4.Ko’rsatkichlar algoritmi bo’yicha ma’lumotlarni qayta ishlash.
5.Iste’molchilar uchun kerakli ma’lumotlarni tayyorlash.
Moliyaviy tahlil uchun kerakli ma’lumotlarning aniqligini va tez muddatda tayyorlashning aniq yo’llaridan biri - kompyuter dasturlari yordamida qayta ishlash hisoblanadi.
Kompleks avtomatlashgan sharoitda moliyaviy tahlil uchun kerakli ma’lumotlardan foydalanish xususiyatlari ma’lum darajada imkoniyatlarni ochib beradi:
1.Boshlang’ich hujjatlar- hisob, statistika, me’yoriy ma’lumotlar kompyuterning xotirasiga qo’yilib faqat bir xil manba, ya’ni mashina xotirasiga olinadi.
2.Moliyaviy tahlil uchun kerakli turli murakkab hisoblashlar ma’lum sekundlarda bajariladi.
3.Ta’sir etuvchi omillarni mashinalar aniq ko’rsatib beradi.
4.Moliyaviy tahlil uchun kerakli ma’lumotlar va natijalar o’rnatilgan shaklda mashinagramma, tabelogrammalarda ifodalanadi.
5.Turli xil moliyaviy ma’lumotlar mashinalar uchun bir xil shirf va kodlarda kiritiladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko’ra ishning avtomatlashtirilgan tarzda olib borilishi ancha moliyaviy samarodorlikka olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |