Konsentrlangan sharbatlar texnologiyasi
Konsentrlangan sharbatlar tabiiy sharbatdan namlikni bug‘latish, muzlatib ajratish va teskari osmos yo‘llari bilan olinadi. Mahsulot konsentratsiyasi xom ashyo turiga, sharbatning shaffofligi va suvsizlantirish usuliga bog‘liq.
Tindirilgan olma sharbati bug‘latish usulida quruq moddasining miqdori 70%-ga yetguncha konsentrlanadi, klyukva sharbati esa 54%-gacha. Tindirilmagan olma sharbatining tarkibida pektin ko‘p, bug‘latish jarayonida osonlik bilan jele hosil qiladi, mahsulot konsentratsiyasi 55%-dan o‘tmaydi. Tindirilgan sharbatlar quruq moddasining miqdori ikki marotaba muzlatgandan so‘ng 50-55%-ga yetadi. Arashash bug‘latish va muzlatishda mahsulotning konsentratsiyasi 65-67%-ga yetadi.
Sharbat plyonka turidagi vakuum-bug‘latish apparatlarida konsentrlanadi: “Yedinstvo” (Yugoslaviya), “Luva” (Shveysariya), “Chema” (Germaniya), “Rotofilm”, Rossi va Katelli (Italiya), LV-6 (Vengriya), “Unipektin“ (Shveysariya), “Sentriterm” (Shvesiya) va b.
6- rasm. Sharbatning uchuvchan xushbo‘y moddalarini tutish sxemasi
Sharbatlarning aromatli komponent-lari avvaldan alohida qurilmada ajratib olinib so‘ngra konsentrlanadi. Xushbo‘y komponentlarni ajratish sxemasi 43 -rasmda keltirilgan. Sharbat quvur 1 orqali uzluksiz ishlovchi bug‘latgich 2-ga beriladi, so‘ngra separator 3-ga boradi, undan 11 truba orqali bug‘latishga uzati-ladi. Tarkibida uchuvchan komponentlar bo‘lgan suv bug‘lari quvur 4 orqali rektifikatsion kolonna 5-ga boradi, unda aromatik moddalar isitish yordamida kondensator 6-ga haydaladi, suv esa quvur 10 orqali chiqarib ketiladi. Separator 7-da aromatik moddalar gazlardan ajratiladi, so‘ngra sovutgich 8-dan o‘tib qurilmadan quvur 9 orqali chiqarib ketiladi.
Konsentrat aromatik moddalardan alohida saqlangani maqsadga muvofiq bo‘ladi. Konsentrat realizatsiya qilinishidan ilgari uning tarkibiga massa bo‘yicha 2% aromatik moddalar qo‘shilib qadoqlanadi.
Konsentrat tanklarda aseptik usulda konservalanadi va inert gaz atmosferasida saqlanadi. Kichik germetik tarada konservalanganda u pasterlanadi va tezda sovutiladi. Issiq quyish yo‘li bilan konservalash maqsadga muvofiq emas, chunki bu usulda mahsulot sifati buziladi.
Sharbatlarni muzlatish usulida konsentrlash erituvchi (suv)-ning kristallanishiga asoslangan, erigan modda (qandlar, kislotalar va b.)-lar eritmada qoladi.
Dastlab 2-40C-gacha sovutilgan sharbat kristallizatorda issiqlikni devor orqali o‘tkazib muzlatiladi. Ba’zan gaz shaklidagi neytral sovuqlik agenti (freon, CO2, va b.) bevosita sharbat bilan kontaktga kirib issiqlikni olib ketadi.
Mahsulot konsentratsiyasi uning qovushqoqligi va so‘nggi muzlatish temperaturasiga bog‘liq. Muzlatilgan sharbat bo‘tqasimon yoki qorsimon massa bo‘ladi. Muz kristallari sfera shaklida bo‘lgani maqsadga muvofiq.
Sharbatdan muz sentrifuga yoki yuvish kolonnasida ajratiladi.
Sharbatni muzlatish va muzni ajratish 2-3 marotaba takrorlanadi. Muzlatish usulida konsentrlangan sharbat past temperaturada saqlanadi.
Teskari osmos usulida konsentrlash uchun yarim o‘tkazgich membrana, masalan asetilsellyuloza bilan ikkiga bo‘lingan idish ishlatiladi. Membrananing bir tomonida o‘ta yuqori bosim (17,5 MPa) ostida sharbat, ikkinchi tomonida – suv turadi. Membrana geldan iborat bo‘lib uning yuzasida to‘siqdan napor ta’sirida o‘tgan sharbat tarkibidagi suv adsorbsiyalanadi. Ushbu uslub o‘rganilgan, ammo qurilma unumdorligi kam, murakkab va qimmatligi tufayli sanoatda qullanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |