UZUMCHILIK YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
bakalavr Hayitov.D.S., ass. Kengboyev S.A.,ass.Saidov B.Y.
Uzumchilik — 1) bogʻdorchilikning tok oʻstirish va uzum yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Uzumchilik. aholini yangi uzum, mayiz bilan, vinochilik, konserva sanoatlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Uzumchilikning 4 ta asosiy yoʻnalishi bor: xoʻraki uzum yetishtirish, mayiz quritish, texnik maqsadlarda uzum yetishtirish (konserva mahsulotlari, sharbatlar, konsentratlar tayyorlash), vinochilik (xom ashyo tayyorlash) sohalari mavjud.
Uzumchilik bogʻdorchilikning eng koʻhna tarmoqlaridan biri boʻlib, hozirgi davrda ham koʻpgina mamlakatlarning xalq xoʻjaligida salmoqli oʻrinni egallaydi. Jahonda 84 mamlakatda uzum yetishtiriladi. Tokzorlar maydoni boʻyicha eng oldingi oʻrinlarda Ispaniya (1 mln. 200 ming ga), Italiya (871 ming ga), Fransiya (870 ming ga), Turkiya (560 ming ga), Portugaliya (252 ming ga), AQSH (Kaliforniya shtati, 357 ming ga), Ruminiya (250 ming ga), Eron (260 ming ga), Xitoy (243 ming ga), MDH mamlakatlari ichida Moldova (154 ming ga) turadi.Jahon boʻyicha tokzorlar maydoni 7,4 mln.ga, oʻrtacha hosildorlik 81,7 s/ga. 1999-yilda 60,7 mln.tonnadan ko’proq uzum yetishtirildi, 29,9 mln. tonna vino, 1,3 mln. tonna mayiz tayyorlandi. Eng koʻp mayiz AQSH, Eron, Turkiyada tayyorlandi.
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda Uzumchilik uzoq, tarixga ega. Mioddan avvalgi 4-asrlarda ham tok ekilgani maʼlum. Uzoq, yillar davomida Oʻrta Osiyo xalq seleksiyasida juda qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan yuzlab navlar yaratilgan. Oʻrta Osiyoning deyarli barcha dehqonlik mintaqalarida, ayniqsa, Fargʻona va Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo vohalarida koʻp ekilgan. Lekin moʻgʻullar istilosi davrida bog’dorchilik tanazzulga yuz tutgan. Uzumchikik faqat 15-asrga kelib qayta rivojlana boshladi. Oʻzbekistonda Uzumchilikning rivojlanishida Rossiya bogʻdorchilik jamiyatining Turkiston boʻlimi muhim rol oʻynadi. Boʻlim uzumning mahalliy sharoitga mos keladigan eng yaxshi navlarini oʻrganib tavsiya etish, tegishli navlarni boshqa mintaqalar (Qrim, Moldova, Zakavkazye)dan olib kelish ishlarini tashkil qildi. Keyinchalik shu boʻlim asosida Turkiston uzumchilik va vinochilik qoʻmitasi tashkil etildi. Qoʻmita uzumchilik va vinochilikni ilmiy asosda rivojlantirish (kasalliklarga, zararkunandalarga qarshi kurash), uning agrotexnika usullarini ishlab chiqish bilan shugullandi.[1]
20-asr boshlarida Oʻzbekiston hududida 30,6 ming gektar tokzor bor edi. 20-yillarning 2yarmidan ixtisoslashtirilgan bogʻdorchilik va uzumchilik davlat xoʻjaliklari tashkil etila boshladi, tog’ va togʻ etaklari mintaqalarida ham bu tarmoqqa jiddiy eʼtibor beriladigan boʻldi. 50-yillar oxiri — 60-yillardan 2500—3000 ga bog’ va tokzorlarga ega boʻlgan agrokombinatlar tashkil etildi.
Uzumchilik sohasidagi ilmiy tadqiqot va amaliyot ishlari 1948-yilda tashkil etilgan. Hozirgi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutida olib borildi va uzumchilikning nazariy va amaliy masalalari, kishmish navlarining hosildorligi hamda gʻujum koʻrinishi sifatini oshirishda oʻstiruvchi moddalar taʼsiri (mas, gibberellin) oʻrganildi, tog’ va togʻ oldi shagʻalli yerlarda, Mirzachoʻl va Fargʻona vodiysida uzumzorlar barpo qilish uslubi ishlab chiqildi. Institutning Samarkand filialida 100 gektar maydonda uzumning 105 navi oʻstiriladigan tajriba maydoni tashkil qilindi, Oʻzbekistonda ekiladigan toklarning botanik kolleksiyasi yaratildi.
Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida hamda uning viloyatlardagi filiallarida, Butunittifoq oʻsimlikshunoslik instituti Oʻrta Osiyo filialida uzumning Oʻzbekiston muskati, Gʻalaba, Oktyabr, VIR1, Xishrov kishmishi, Samarkand kishmishi, Joʻrauzum, Tarnoye, Rizamat va oʻnlab navlari yaratildi. Bu ishlarda akademik. M. Mirzayev, A. M. Negrul, M. S. Juravel, A. V. Ribakov, V. I. Gorbach, Yu. M. Javakyans va boshqa uzumshunos olimlarning , R. Musamuhamedov kabi xalq seleksionerlarining hissasi katta boʻldi.[2]
Hozirgi Oʻzbekiston Uzumchilikda 120 ming gektar tokzor mavjud. Uzumchilikning 70% dan koʻprogʻi Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlarida joylashgan. Hosil beradiganlari 98,8 ming gektarga, oʻrtacha hosildorligi 63,1 s/g (2003). Respublikada uzumchilik maydonlarini kengaytirish, hosildorligini oshirish, jahon bozori talablariga mos maxsulotlar yetishtirishga eʼtibor berilmoqda. Uzumchilik yoʻnalishida juda koʻp fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Bu yoʻnalishda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" xolding kompaniyasi, "Mevasabzavot" uyushmasi kabi soha tashkilotlari katta ishlarni amalga oshirmoqdalar.
2) Tokning biologik xususiyatlari va oʻstirish usullarini oʻrganadigan fan (oʻsimlikshunoslikning boʻlimi).
Toshkent viloyati. Parkent tumanidagi Zarkent shirkat xoʻjaligi uzumzorlari. Umumiy va xususiy uzumchilikga boʻlinadi. Umumiy uzumchilik — tok biologiyasi, ekologiyasi, agrotexnikasini oʻrganadi; xususiy uzumchilik — turli tuproq iqlim sharoitida, ichki yoʻnalishiga qarab, tok agrotexnikasini ishlab chiqadi; ampelografiya, tok seleksiyasi boʻlimlaridan iborat.[3]
XULOSA: Tokchilik fan sifatida tok o’simligidan muttasil mo’l va sifatli hosil yetishtirish uchun uning o’sishi, rivojlanishi va hosil berish qonuniyatlarini o’rgatadi va ilmiy asoslangan agrotexnika usullarini ishlab chiqadi. O’simlikshunoslikning sohasi sifatida tok o’stirish bilan shug’ullanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Касаткин А.Г « основные процессы и аппараты химической технологии – М: Химия 1973-750 с.
Клинов И.Я.. Коррозия химической аппаратуры и коррозионностойкие материалыю.- М: Машиностроение, 1967. – 468 с.
Воробьева Г.Я.. Коррозионная стойкость материалов в агрессивных средах химических производств.- М: Химия, 1975.-816 с.
Генкин А.Э..Обородуование химических заводов.- М:Высшая школа, 1978- 272 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |