Mavzu: jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja



Download 338,51 Kb.
bet35/59
Sana26.05.2022
Hajmi338,51 Kb.
#608935
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
Mavzu jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja

Mavzu: KANADA
Reja:
1. Kanadaning geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Aholisi, uning tarkibi va mehnat resurslari.
3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,
4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlari.
Maydoni: 9971 ming km2 (Dunyoda 2-o‘rin Rossiyadan keyin). Aholisi: 33 mln. kishi (2007), 37 mln. kishi (2017). Rasmiy tillari: ingliz, fransuz tillari. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 46%, protestantlar - 36%. Davlat tuzumi: Hamdo‘stlik tarkibidagi federatsiya. Pul birligi: Kanada dollari. Poytaxti – Ottava (aholisi 314 ming kishi). Kanada fеdеrativ davlat. Davlat boshlig`i - Buyuk Britaniya qirolichasi. Qonun chiqaruvchi organ-ikki palatali parlamеnt. Ijro qiluvchi organ-Bosh vazir.
Kanada hududiga birinchi bo`lib, Vikinglar XI asrdaеk tashrif buyurganlar. Oradan 500 yil o`tgandan kеyin yеvropaliklar kеla boshlaganlar. 1534 yil Jak Kartе Lavrеntiy daryosi bo`yidagi orolni Fransiya qiroliga tеgishli yеrlar dеb e'lon qildi. 1663 yil Kanada Fransiya provintsiyasiga aylantirilgan. 1775 yil inglizlar ham bu yеrga kеlib, fransuzlar bilan urush qildi. 1867 yil Kanada Angliya dominioniga aylantirildi. 1931 yil Buyuk Britaniya tomonidan boshqariladigan hamkorlikka a'zo bo`ldi.
Kanada - Shimoliy Amerika qit’asining shimolini egallagan davlat. G‘arbdan sharqqa uni hududi 7700 km (6 soat mintaqasi) cho‘zilgan. Federatsiya tarkibiga 10 viloyat va Uzoq Shimolning 3 hududi kiradi. Mamlakat aholisining 90% janubda AQSh bilan chegara yonidagi 150-200 km eniga cho‘zilgan hududda yashaydi, ko‘l oldi yerlariga 66% kirib ketadi. Kanada - muhojirlar mamlakati XIX-XX asrlarda aholi sonini oshirishni yagona usuli imigratsiya edi. Kanada - ikki millatli mamlakatdir (ingliz kanadaliklar va fransuz kanadaliklar), o‘zida turli xalqlar madaniyatini aks ettiradi. XX asr davomida ingliz kanadaliklar (60 dan 28%) va fransuz kanadaliklar (31 dan 23%) ulushi keskin qisqaradi, ammo boshqa muhojirlar guruhlari oshib bordi (bu yerga umumiy 80 etnik guruh). Fransuz kanadaliklar Kvebekda yashaydi (ichki muammolarni mustaqil holda yechish va fransuz tili va madaniyatini qo‘llab-quvvatlash huquqi berilgan), qolgan viloyatlarda ingliz kanadaliklari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Irlandlar (12%), nemislar- 9 %, italyanlar 4%, polyaklar -4%, ukrainlar - 3%, skandinavlar, yahudiylar, russlar ham bu yerda yashaydilar. Oxirgi 10 yil davomida Kanadaga Osiyo va Lotin Amerikasidan muhojirlar kelayapti. Hindular (aholini 2%, 53 qabila) janubdagi rezervatsiyalarida innuitlar (eskimoslar) shimolda yashaydilar. Ingliz va fransuz tillari rasmiy til bo‘lishiga qaramay ikki tilni aholining faqat 17% biladi, ingliz tilini - 67%, fransuz tilini - 14% aholi biladi.
Tabiati. Qit’a qismidan tashqari Kanada o‘zichiga teng Kanada Arktik arxipelagini oladi (Banks, Elemir, Viktoriya orollari, Bafiini yerlari va Pari arxipelagi va boshq.) Sharq va shimoliy qismlarda qirg‘oq chizig‘i qing‘ir qiyshiq joylashgan. Bu joylarda yangi Shotlandiya yarimoroli, fordlar, Nyufaulend oroli, Labrador yarimoroli, Gudzon ko‘rfazi bor. Hududni 75% tekislik va platolarda joylashgan: janub va janubi g‘arbda Markaziy tekisliklar joylashgan, ulardan sal g‘arbda Buyuk tekisliklar platosi, shimoli g‘arbda - Makkenzi pasttekisligi. G‘arbda shimoldan-janub tomon Kordilyera tog‘lari, qirg‘oq tog`i tizmasi va qoyali tog1 bilan parallel boiib cho‘zilgan. Janubiy sharqni chekkasida Appalachi (balandligi 1200 m) tog‘ining tarmoqlari joylashgan. Shimolda ko‘p yillik muzli tog` jinslari bor. uzliklar g‘arbdagi tog‘larda va sharqdagi Arktika arxipelagida joylashgan. Muzdaryolarni janubiy hududlardan tashqari 5-9 oygacha muzlatib qo'yadi. Kanadani Arktik Arxipelagini shimolida arktik sahro bor. Qit’ani shimoliy chekkasini va arktik arxipelagni katta qismini tundralar egallagan. Janubroqda o`rmon tundrasi va tayga hududlari boshlanadi.
Kordilyerada - iqlim va o'simlik olami balandlik mintaqalariga bog‘liqdir. Mamlakat hududini 1/3 o‘rmonlar qoplagan. Kanadada 37 qo'riqxona va milliy bog‘lar bor, bu yerlarda bizonlar, ayiqlar, tog1 echkilari, bug‘ular va boshqa hayvonlar yashaydi.
Diqqatga sazovor joylari. 2002-yil Kanadani 20057 ming sayyoh ziyorat qildi (daromad - 9700 mln. doll). Turizmning tabiiy obyektlari: Amerika (51 m) va Taqabop (48 m) sharsharalarini yiliga 12 mln. sayyoh ziyorat qiladi. Monmoransi va Shyut-de- la-Shude (120 m) sharsharalari. Sharsharalar kaskadi Sen-An (74 m), Senfreal-le-Nej (100 m), Xanlen (137 m), Xelmken (366 m) va boshq; Kolumbiya (qoyali tog‘lar) muzligi; Sharlevua, Estri, Sherbru ko‘l landshaftlari mayjud. Mamlakat milliy bog‘larida ekologik turizm rivojlangan. Albert, Britaniya Kolumbiyasi, Shimoliy-g‘arbiy hududlardagi qo‘riqxonalarda ham ekologik turizm mayjud, kit va qushlami kuzatish mumkin. Turistlami o‘ziga jalb etadigan joylar: «Oltin vasvasa» Douson shahridagi muzey. Buyuk tekisliklardagi hindular odatlari saqlab qolingan Vannuskevin bog‘i, Nyufaulend oroli shimolidagi vikinglar turar joylari vayronalari, vinochilik markazlari Niagara hududlari (Ontario ko‘li) va Okonaga vodiysi (Britaniya Kolumbiyasi janubi) hisoblanadi.
Xo‘jaligi. Kanada yuqori texnologik iqtisodga va rivojlangan tog‘-kon sanoatiga, energetikaga, o‘rmon xo‘jaligi va yog‘ochni qayta isMash sanoatiga egadir. YIMning 71% - xizmat ko‘rsatish sektoriga, 26% - sanoatga, 3% - qishloq o‘rmon xo‘jaliklari va baliqchilikka to‘g‘ri kelgan. YIM 1023 mlrd. dollar. Kanada AQSh iqtisodiyotiga xomashyoni asosiy yetkazuvchisidir va Amerika eksportini asosiy xarid qiluvchisidir. 1994-yildan mamlakat NAFTA a’zosi bunda (shimoliy Amerika erkin savdo zonasi). Kanadada bank biznesi sug‘urta ishi va telekommunikatsiya rivojlangan. Xo‘jalik jihatidan AQSh ga yaqin janubiy hudud ancha o‘zlashgan. Mamlakatda neft (yiliga 120-125 mln. t), tabiiy gaz (190 mlrd. m3 yiliga), toshko‘mir, temir, ruda, oltin, mis va boshqa qazilmalar olinadi. Kanada dunyoda asbest qazilmalari, uran konsentratini ishlab chiqarish bo'yicha 1-o‘rinda turadi. Nikel rudalari va kaliy tuzlari bo‘yicha 2-o‘rinda turadi. Platina va platinoidlar bo‘yicha 3-o‘rinda, rux rudalari 4-o‘rinda turadi. Elektr quvvatning 58% ni GES, 28% ni IES, 13% ni AES ishlab chiqaradi.
Sanoatning yetakchi tarmoqlari: Mashinasozlik (transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi, energetika, dastgohlar qurish va boshq); qora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, o‘rmon, yog‘ochsozlik, selluloza-qog‘oz, farmatsevtika, bundan tashqari yuqori texnologiyalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan (Telekommunikat siyalar, biotexnologiyalar optik tolalar).
Kanada dunyodagi rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadi. Sanoat bilan birgalikda qishloq xo`jaligi ham yaxshi rivojlangan. Yiliga 496 mlrd. kvt/s. elеktr enеrgiyasi ishlab chiqaradi. Mеhnatga yaroqli aholining 74% xizmat ko`rsatish sohasida, 14% sanoatda, 4% qishloq xo`jaligida, 3% qurilishda, 4% boshqa sohalarda band. Yiliga 11400 tonna uran, 24061 ming tonna tеmir rudasi, 1312 tonna kumush, 159 tonna oltin qazib oladi.
Kanada sanoatida minеral rеsurslar qazib chiqarish va qayta ishlash, oziq-ovqat, o`rmon va qog`oz mahsulotlari, transport qurilmalari, kimyo va baliq mahsulotlari, nеft va gaz ishlab chiqarish sohalari rivojlangan. Yiliga 3,1 mln.tonna azotli o`g`itlar, 12,5 mln. tonna sеmеnt, 10 mln. tonna qog`oz, 9,7 mln.tonna cho`yan, 15,1 mln. tonna po`lat, 553730 tonna mis ishlab chiqaradi. Undan tashqari, 2 mln.dona avtomobil va 500 ming donaga yaqin tеlеvizor ishlab chiqaradi. Baliqchilik va kеmasozlik kabi sohalar ham shakllangan. Kanada qog`oz va yog`och mahsulotlari ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o`rinda turadi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari - don xo‘jaligi va yaylov chorvachiligi. Kanada dunyoda bug‘doy eksporti bo‘yicha 3-o‘rinda turadi, drmyo bug'doylarini 16% ni yetishtiradi. Mamlakat shimolida bug‘uchilik, hayvonlami ko‘paytirish va mo‘ynachilik rivojlangan. Janubda Buyuk tekislikning qora tuproqlarida makkajo‘xori, bug‘doy, kungaboqar yetishtiradilar. Yaylov-go‘sht yo‘nalishida chorvachilik, go‘sht-jun qo‘ychiligi rivojlangan. Janubni Ontario koMidagi Yangi Shotlandiyada va Britaniya Kolumbiyasi janubida sabzavotlar, uzum, mevali madaniy o‘simliklar, tamaki yetishtiriladi. Sut chorvachiligi yo‘lga qo‘yilgan. Baliq ovi daryo, ko`llarda, okeanga yaqin suvlarda ovlanadi.
Avtomobil yo`llar uzunligi 884772 km.ni tashkil etadi. Tеmir yo`llar uzunligi 62 ming km. Eng yirik dеngiz portlari Golidoans, Monrеal, Toranto, Vankuvеr. 1416 ta aeroporti bor. Quvur transporti yaxshi yo`lga qo`yilgan.
Kanada eksportining asosiy mahsulotlari: avtomobillar, samolyotlar, mashinalar, telekommunikatsiya j ihozlari, kimyoviy o‘g‘itlar, yog‘och, qog‘oz, neft mahsulotlari, tabiiy gaz, aluminiy, nikel, kaliy tuzlari, uran, elektr quvvati, bug‘doy.



Download 338,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish