14. Avstraliya va Okeaniya (Palau, MFSh, Marshal orollari, Nauru, Kribati, Papua - Yangi Gvineya, Solomon orollari, Tuvalu, Vanuatu, Fiji, Tongo, G’arbiy Samoa, Yangi Zelandiya)
Yevropaning umumiy tavsifi. Yevropa - qit’a, Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismi. Bu nomning qo‘llanishiga miloddan avvalgi V-VI asrlarda yashagan Gekatey va Gerodot sababchi bo‘lishgan. Sharqda va janubi sharqda Osiyo bilan shartli chegarasi ko‘pincha Ural tog‘ining sharqiy qismidan boshlab, Emba daryosidan Kaspiy dengizigacha, Kuma va Manich daryolaridan to Don daryosi bo‘ylab cho‘zilgan. Gohida chegara sifatida Ural daryosi va Kavkazning asosiy tog1 tizmasi nazarda tutiladi. Shimoldan Yevropa - Shimoliy muz okeani va uning dengizlari - Kaspiy, Barens, Oq va Norvegiya; G‘arb va Janubdan esa Atlantika okeani va uning dengizlari - Boltiq, Shimoliy Irland, O ‘rtayer, Qora, Marmar va Azov dengizlari suvlari bilan o‘ralgan. Hududi - 10 mln. km2 dan ortiq. 730 ming km2 yaqin qismini orollar egallagan (Yiriklari: Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri, Buyuk Britaniya, Shpitsbergen, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya, Krit). Yevropaning to‘rtdan bir qismi yarimorollarga to`g`r i keladi: Kolskiy, Skandinav, Bolqon, Pireney, Apennin va boshqalar.
Yevropa shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: Sharqiy Yevropa va G‘arbiy Yevropa (o‘z navbatida u ham bo‘linadi: Shimoliy, Janubiy va Markaziy qismlarga). Sharqiy Yevropa okeanlardan maksimal darajada uzoqda joylashgan (1600 km)
Maydoni shimoldan janubga 5000 km ga, g’arbdan sharqqa 3000 km ga cho’zilgan. Yevropa mamlakatlarining maydoni asosan o’rta va mayda bo’lib, eng kattasi Fransiya (maydoni 551000km2), kichigi Vatikan (44 kv.km).
Iqtisodiy geografik o’rnining qulayligi: -mamlakatlarning bir-biriga nisbatan yaqin qo’shni ekanligi;
-hududining kichikligi va chegaralarining yaqinligi;
-transportning yaxshi yo’lga qoyilganligi;
-aksariyat mamlakatlarning dengiz boyida joylashganligi;
-hamma rivojlangan davlatlarning bir joyga to’planganligi,ayniqsa ettilikka kiruvchi davlatlarning 4 tasini shu joyda joylashganligi.
Yevropada neft, tabiiy gaz (Volganing pastlik qismi, Janubiy Ural, Kavkazning tog1 yonbag‘ri, Kaspiy dengizi va Shimoliy dengiz), ko‘mir (Pechorsk, Podmoskova, Rur havzasi va boshq) va temir konlari (Kursk, Ukraina Lotaringiya, Kola yarimorolida va Skandinaviya yarimorolining shimolida) bundan tashqari boksitlar, rangli metallar, tosh va kaliy tuzlari zaxiralari bor.
Yevropaning siyosiy kartasi qadimdan juda ko’p o’zgarib kelgan. Birgina XX asrning o’zida regionning siyosiy kartasi 3 marta o’zgardi (1-2-jahon urushidan so’ng va 90 yillarda), 90 yillardagi siyosiy o’zgarishlardan so’ng Yevropa siyosiy kartasida 8 ta suveren davlat paydo bo’ldi (MDH bundan mustasno). Yevropada davlat tuzumiga ko’ra respublikalar ham (Polsha, Fransiya, Gretsiya), monarxiyalar ham (Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya), federativ (Germaniya, Avstriya, Shveysariya) davlatlar ham bor.
Yevropa aholisi 740 mln. kishi. Bu yerda tarixiy taqdiri umumiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlari bir xil bo’lgan 43 ta suveren davlat joylashgan. Yevropa-jahon sivilizasiya markazlari- dan biri, buyuk geografik kashfiyotlar, sanoat inqiloblari, shahar aglomerasiyalari, madaniy va siyosiy revolyusiyalar, xalqaro iqtisodiy integrasiya roy bergan qit’a.
Yevropada sanoatning rivojlanishiga imkon beruvchi tabiiy sharoit va resurslar ko’p jihatdan foydali qazilmalar bilan bog’liq. Yirik foydali qazilmalar quyidagi havzalarda to’plangan: toshko’mir Rur (GFR) va Yuqori Sileziyada (Polsha), neft-gaz Shimoliy dengiz havzasida, temir Lotaringiya (Fransiya) va Karuna (Shvesiya)da. Foydali qazilma turlarining ayrim mamlakatlarda to’liq emasligi hududning tektonik tuzilishi bilan bog’liq.
Yevropaning gidroenergetika resurslari asosan Alp, Dinara va Skandinaviya tog’lari joylashgan hududlarga to’g’ri keladi. Masalan: Norvegiya.
Yevropada bir qator harbiy, siyosiy-iqtisodiy blok va tashkilotlar mavjud: NATO - Shimoliy Atlantika Harbiy Tashkiloti 1949 yil tuzilgan harbiy-siyosiy blok. Shtab kvartirasi Bryusselda, 28 mamlakat a’zo.
Do'stlaringiz bilan baham: |