Mavzu: JANUBIY YEVROPA MAMLAKATLARI
Reja:
1. Janubiy Yevropa mamlakatlarining geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Aholisi va mehnat resurslari.
3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,
4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqalar.
Janubiy Yevropa davlatlariga 15 ta mamlakat kiradi. Bu mamlakatlarning umumiy maydoni 1,3 mln. km2 ortiq bo’lib, aholisi 150 mln. kishi. Bu mamlakatlar- ning iqtisodiy geografik o’rni ularning dengiz bo’yida joylashganligidir. Ularning bunday geografik o’rni iqtisodiy hamkorlikni rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratadi. Bu davlatlar ichida mitta davlatlar bor.( Monako, San-Marino, Vatikan). Ushbu davlatlar ichida Italiya jahonning rivojlangan 7 mamlakatlariga kiradi.
Davlat
nomi
|
Poytaxti
|
Maydoni
(ming km. kv)
|
Aholisi
(mln kishi)
|
Pul birligi
|
Italiya
|
Rim
|
301,2
|
60,6
|
Lira
|
Ispaniya
|
Madrid
|
504,7
|
43,3
|
Peseta
|
Portugaliya
|
Lissabon
|
92
|
10,3
|
Eskudo
|
Gretsiya
|
Afi na
|
192
|
10600
|
Braxma
|
Vatikan
|
Vatikan
|
0,44
|
0,008
|
Vatikan lirasi
|
Monako
|
Monako
|
1,95
|
0,04
|
Yevro
|
Malta
|
Valetta
|
3,16
|
0,4
|
Malta lirasi
|
San-Marino
|
San - Marino
|
0,61
|
28,119
|
Yevro
|
Regionning tabiiy sharoiti qishloq xo’jaligi uchun nisbatan qulay bo’lib,bu quruqlikdan ko’p asrlar davomida foydalanib kelinadi. Janubiy Yevropa davlatlarining agroiqlimiy resurslari uning mo’tadil mintaqada janubiy qismi subtropik mintaqada joylashganligibilan bog’liq .O’rtadengiz bo’yida dehqonchilik qilish yerlarni sug’orishni taqozo etadi. Sug’oriladigan yerlar Italiya va Ispaniyada juda ko’p.
ALBANIYA
Poytaxti: Tirana shahri. Maydoni: 28 748 km2 Aholisi: 3,2 mln. kishi (2007), 2,9 mln.kishi (2016). Rasmiy tili: alban tili. Aholisining diniy tarkibi: musulmonlar - 70%, xristianlar (katoliklar va pravoslavlar) - 30%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: lek
Albaniya, Alban Respublikasi - Yevropaning janubi sharqida joylashgan davlat. Davlat boshlig‘i - prezident. Aholining 98% - albanlar, 1,8% - greklar.
Albaniya iqtisodiyotining yetakchi sohasi - qishloq xo‘jaligi. Albaniyada tabiiy gaz, neft, xrom (zaxirasi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi) mis, temir rudalari va tabiiy bitum qazib olinadi. Mamlakatda neftni qayta ishlash va mis eritish zavodlari bor. Metallsozlik, mashinasozlik, neft-kimyo, kimyo, sement, yog‘ochga ishlov berish va boshqa ko‘plab sanoatlar rivojlangan.
Yaylov chorvachiligi (qo‘y, echki) - qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i. Albanlar yirik shoxli mol, ot, eshak va uy parandalarini boqishadi. Mamlakat janubida go‘sht-sut chorvachiligi, shimolda va sharqda esa tog‘-yaylov chorvachiligi rivojlangan. Dehqonlar bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, qandlavlagi, kungaboqar, kartoshka, poliz ekinlari, tamaki, sitrus mevalar, uzum, zaytun yetishtirishadi. Albaniya xrom rudasi, mis, nikel, bitum, mo‘yna, tamaki va vino eksport qiladi.
ANDORRA
Poytaxti: Andorra-la-Velya shahari. Maydoni: 468 km2 Aholisi: 70,5 ming kishi (2005), 80 ming kishi (2016). Rasmiy tillari: katalon, fransuz, ispan tillari Aholisining diniy tarkibi:katoliklar. Davlat tuzumi: parlament knyazligi. Pul birligi: yevro.
Andorra Knyazligi – Yevropaning janubi g‘arbida joylashgan davlat. U Ispaniya va Fransiya oralig‘ida joylashgan. Knyazlik Fransiya prezidenti va Ispaniya yepiskopi tomonidan birgalikda boshqariladi. Aholining 43% - ispanlar (katalonlar), 33% - andorrlar, 1 1% - portugallar, 7% - fransuzlar. Andorrada aholining o‘rtacha umri dunyo bo‘yicha eng katta deb hisoblanadi: erkaklamiki - 81 yosh, ayollamiki - 87 yosh. Aholi katalon tilidan tashqari fransuz va ispan tillarida ham so‘zlashadi.
Tog ‘-chang‘i turizmi Andorra iqtisodiyotining asosi hisoblanadi. Bundan tashqari bank biznesi (soliqlarsiz), boj to`lovlarisiz tijorat va pochta markalarini chiqarish yo`lga qo‘yilgan. 2002-yilda mamlakatga 3388000 ta sayyoh kelgan. Mehnatga layoqatli aholining 78% xizmat ko‘rtasish sohasida, 21% sanoat bilan mashg‘ul. Elektr quvvati Fransiya va Ispaniyadan Andorraga import qilinadi.
Mamlakatda chorvachilik, pishloqpazlik, mebel ishlab chiqaris va yog‘ochsozlik sanoati rivojlangan. Asosiy eksport mahsulotlari: tamaki mahsulotlari va mebel.
Do'stlaringiz bilan baham: |