Yevropa Ittifoqi yoki “Umumiy bozor” siyosiy-iqtisodiy tashkilot. 1957 yil 27 martda Rimda tuzilgan. EIga dastlab 6 mamlakat a’zo bo’lgan. Hozirda ularning soni 28 ta. 1990 yil 11 ta, 1994-96 yil 15 ta, 2004 yil 25 ta, 2006 yil Ruminiya, Bolgariya, Xorvatiya 28ta.
O’IYOK (SEV)-siyosiy-iqtisodiy tashkilot. 1949 yil sobiq sosialistik davlatlar tomonidan tuzilgan.10ta davlat a’zo.1 990 yil siyosiy va iqtisodiy sabablarga ko’ra tarqatib yuborildi.
Aholisi. Keyingi vaqtlarda Yevropa aholisi juda sekin o’smoqda. Bunga asosiy sabab regiondagi demografik vaziyat murakkabdir. Aholining yosh tarkibida keksalar salmog’i ortiq bormoqda. Aholi soni chet ellardan ko’chib keluvchilar hisobiga stabillashib turibdi.
Yevropa dunyoning aholi eng zich joylashgan regionlaridan biri. Aholi zichligi 1 km2 ga 73 kishiga to’g’ri keladi. Urbanizasiya darajasi eng katta hududdir. Shaharlarda o’rta hisobda jami aholining 74% dan ortig’i, ayrim mamlakatlarda 90% dan ortig’i yashaydi.
Shahar aglomerasiyalari ham eng yuqori bo’lgan hudud jahonda Yevropadir. Eng yirik aglomerasiyalar - London, Parij, Reyn-Rur kabilardir.
Yevropa mamlakatlarida boshqa regionlarga nisbatan migrasiya kuchli kuzatiladi. XX asrning 2-yarmidan boshlab ayniqsa Irlandiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya va Gresiyada emmigrasiya juda ortib ketdi. Emmigrantlar asosan AQSH, Kanada, Germaniya, Fransiyadan, Avstraliya va Lotin Amerikasi mamlakatlariga ketmoqda. Yevropadagi asosiy emmigrasiya o’chog’i Portugaliya, immigrasiya o’chog’i esa Germaniyadir.
Yevropaning xo’jaligi. Yevropa sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini miqdori (32,5%) va hajmi, oltin va valyuta zaxiralari, xizmat ko’rsatish va xalqaro turizmning rivojlanishi jihatidan jahon xo’jaligida 1-o’rinda turadi.
Yevropaning iqtisodiy qudratini “yettilik”ka kiruvchi 4 mamlakat ularning ichida esa Germaniya belgilaydi. Boshqa mamlakatlardan Ispaniya, Niderlandiya, Shveysariya, Belgiya va Shvetsiya ham katta iqtisodiy mavqega ega, lekin ularning iqtisodiyoti “yettilik”ka kiruvchilardan dunyoda tan olingan ayrim tarmoqlarga ixtisoslashganligi bilan ajralib turadi. Yevropa iqtisodiyotida Sharqiy Yevropa davlatlari alohida ajralib turadi. Ularda iqtisodiyotni sobiq sosialistik tizimdagi markazdan rejalashtirishdan, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan tizimga o’tilmoqda.
Yevropa sanoatidagi yetakchi tarmoqlar quyidagilar: 1. Mashinasozlik Yevropa-mashinasozlik vatanidir. Region jami sanoat mahsulotining 1/3 qismi va eksportining 2/3qismi mashinasozlikka to’g’ri keladi. Avtomobil sanoati ayniqsa yaxshi rivojlangan. “Reno” (Fransiya), Wolkswagen, Mersedes-Benz (GFR), “Fiat” (Italiya), “Volvo” (Shvetsiya), Tatra (Cexiya), “Ikarus” (Vengriya) avtomobillar dunyoga mashhur. Mashinasozlikni mazkur regionda yuksak darajaga yetishi uchun bu yerda malakali mehnat resurslari, kuchli ilmiy-texnik baza, infrastruktura mavjud. Mashinasozlik kuchli rivojlangan rayonlar (London, Glazgo, Birmingem, Budapesht, Reyn-Rur) bilan bir qatorda mashinasozlik tarqoq joylashgan hududlar ham (Ispaniya, Islandiya) mavjud.
2. Mashinasozlikdan so’ng kimyo sanoati turadi. Bu sohada Yevropadagina emas balki butun dunyoda GFR ajralib turadi. Kimyo sanoati dastlab (2-jahon urushiga qadar) ko’mir, kaliy va osh tuzlariga asoslanib shunday qazilmalar joylashgan rayonlarda tashkil topgan bo’lsa, SN xom-ashyosiga asoslana boshlanishi bilan u endi neft va gaz konlari yaqinlarida va neft-gaz quvurlari (trassa) boylarida tarkib topa boshladi. Neft-gazga asoslangan kimyo sanoati tarmoqlari Yevropaning g’arbiy qismida asosan dengiz va daryo boylarida (port shaharlarda), sharqiy qismida esa xalqaro neft va gaz quvurlari trassalari o’tgan joylarda to’plangan. Bunday holatlarga asosiy sabab Yevropa davlatlarining chet el nefti va tabiiy gaziga qaramligidir. Masalan: Chexiya, Slovakiya, Polsha, Vengriyaning asosiy neft-kimyo korxonalari “Do’stlik” quvuri atroflarida, Bolgariya neft-kimyo sanoati korxonalari esa Qora dengiz boylarida joylashgan.
Yevropa yoqilg’i-energetika majmuasida, ayniqsa qo’ng’ir ko’mir (Polsha, Chexiya, Germaniyada) yetakchi o’rin tutadi. Elektr energiyaning asosiy qismini IESlar beradi. Elektr energiyasini tejash maqsadida GAESlar (akkumulyasiya) qurilmoqda. Dunyodagi 1-geoGES Italiyada XX-asr boshlarida qurilgan.
Yevropaning metallurgiya sanoati asosan metallurgiya yoqilg’isi va xom-ashyosi bor mamlakatlarda rivojlangan. Qora metallurgiya sanoati Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Lyuksemburg, Polsha, Chexiyada.
Alyuminiy eritish Fransiya, Vengriya, Ruminiyada; elektr energiyasiga boy davlatlar Norvegiya, Shveysariyada. Mis sanoati Germaniya, Fransiya, Polsha eng rivojlangan. Shvesiya va Finlyandiya Yevropaning asosiy “o’rmon sexi”ga aylangan.
To’qimachilik sanoati qadimdan Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya (ayniqsa gilam), Polsha kabi davlatlarda rivojlangan. Hozirda esa Portugaliya alohida ajralib turadi. Poyafzal ishlab chiqarish boyicha esa Italiya ajralib turadi (“Kibo”).
Yevropa qishloq xo’jaligida mahsulotlarni asosiy turlarini yetishtirishda o’z ehtiyojlarini qondiribgina qolmay chet ellarga sotish xarakterlidir. Tabiiy va tarixiy sharoitlari ta’sirida regionning qishloq xo’jaligi 3 tipga bo’lingan: 1. Shimoliy Yevropa tipi uchun intensiv sut chorvachiligi va yem-hashak ekinlari yetishtirish xarakterli (Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Skandinaviya davlatlari). 2. O’rta Yevropa tipi uchun sut va sut-go’sht chorvachiligi, cho’chqachilik, parrandachilik ustun turadi. Daniya-butun Yevropaning “sut firmasi” hisoblanadi. 3. Janubiy Yevropa tipi uchun chorvachilikka nisbatan ziroatchilik ustun turadi. Xalqaro ixtisoslashgan tarmog’i meva-sabzavot, sitrus ekinlari, uzum (Fransiya, Italiya, Vengriya), zaytun (Italiya), yong’oq (Gretsiya), tamaki, efir moylar yetishtirish bilan belgilanadi.
O’rta dengiz sohillari-butun “Yevropaning bosh bog’i”dir. Baliq tutish-Norvegiya, Daniya va Islandiya uchun qadimdan xalqaro ixtisoslashgan tarmoq hisoblanadi.
Transporti. Yevropa yuk tashuvchi yo’llarning uzunligi jihatidan u AQSH va Rossiyadan orqada, lekin transport shahobchalari bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra dunyoda 1-o’rinda. Transport turlari ichida avtomobil transporti yetakchi o’rin tutadi. Temir yo’l shahobchalarini qurish deyarli to’xtagan, hatto temir yo’llar qisqarmoqda. Transport yo’llari asosan kenglik (parallel) va meridional yo’nalishda joylashgan.
Daryolar ichida Reyn muhim o’rin tutadi, undan tashqari Reyn-Mayn-Dunay suv yo’li muhimdir. Turli transport yo’llarining (avtomobil, temir, havo, suv, quvur) o’zaro kesishgan joylarida yirik transport tugunlari vujudga keladi. Bunday tugunlar ayniqsa g`arbiy Yevropa uchun xosdir.
Yevropa-xalqaro turizmning bosh rayonidir. Masalan: turizm boyicha rekordsmen mamlakatlar Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ispaniyaga har yili 50 mln turistlat kelib ketadi. Eng mashhur turistik davlatlar qatoriga Fransiya, Italiya, Shveysariya (Jeneva boyi), Avstriya, Buyuk Britaniya, Gresiya. Turistik rekreatsion rayonlarning 2 tipi-dengiz bo`yi va tog’ tipi keng tarqalgan. Dengiz bo`yi tipi uchun Liguriya dengizi bo`yi mashhur bo’lsa, tog’ tipi uchun Alp tog’ining quyi, o’rta va yuqori mintaqasi mashhurdir. Parij, Rim, London, Madrid - turistlarni o’ziga eng ko’p jalb qiluvchi shaharlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |