Mavzu: jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja



Download 338,51 Kb.
bet37/59
Sana26.05.2022
Hajmi338,51 Kb.
#608935
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
Mavzu jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja

DOMINIKA
Poytaxti: Rozo. Maydoni: 800 km2. Aholisi: 70 ming kishi. Rasmiy tili: ingliz tili. Aholi diniy tarkibi: katoliklar - 77%, protestantlar - 15%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: Sharqiy Karib dollari. Dominika Hamdo‘stligi - Vest- Indiyaning Dominika orolida joylashgan davlat. Kichik shamolga ro‘para Antil orollari tarkibiga kiradi. Buyuk Britaniyaga qarashli bo`lgan, 1978-yildan boshlab mustaqil davlat bo‘lgan. Davlat boshlig‘i - prezident. Dominika - Hamdo‘stlik a’zosi. Aholining irqiy qatlami: negrlar - 89%, metislar - 7%, amerika hindulari - 2% oqtanli va boshqalar - 2%, tashkil qiladi.
Xo‘jaligi. Dominika iqtisodiyotining asosini - qishloq xo’jaligi tashkil etadi, uning unumdorligi tropik siklonlar va bo’ronlarga bog’liq. Mamlakatda: oziq-ovqat sanoati (meva sharbatlari, rom, kokos yog’i ishlab chiqarilishi), baliqchilik, mahalliy hunarmandchilik, sovun ishlab chiqarish rivojlangan, tamaki, efir moylari, nopra ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Releza qazib olinadi. Bu yerda ofshor mohyaviy xizmat ko’rsatiladi. Aholi banan (qishloq xo’jalik butun mahsulotlarini 75% tashkil etadi), sitrus mevalar, mango, kokos yong’oqlari, какао, dolchin, sabzavotlar yetishtiradi.
Mamlakat eksportining asosiy mahsulotlari: banan (50%), sovun, lavr yog’i, sabzavotlar, greypfrut, apelsin, laim hisoblanadi.
DOMINIKAN RESPUBLIKASI
Poytaxti: Santo-Domingo. Maydoni: 48,7 ming km2. Aholisi: 9,4 mln. kishi (2007), 11 mln. kishi (2017). Rasmiy tili: ispan tili. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 95%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: Dominikana pesosi.
Dominikana Respublikasi - Vest Indiyadagi davlat. Gaiti orolining hududni 2/3 sharqiy qismida joylashgan. Davlat boshlig‘i - prezident. Aholisining etnik tarkibi: mulatlar - 73%, oq tanlilar - 16%, negrlar - 1 1 % .
Tabiati. Mamlakat hududining janubi sharqidan shimoli g‘arbiga qarab markaziy Kordilyera tog1 tizmasi cho‘zilgan, undan janubda Asua pasttekisligi joylashgan. Shimoliy qirg‘oq bo‘ylab Kordilera - Septentrional tog1 tizmasi joylashgan. janubi g‘arbni chekkasida Kyul-de-Sak chuqurligi bor, bu yerda yarim qumq iqlimi hukmronlik qiladi. Serra-Sentral va Serra-Septentriopal tog1 tizmalari orasida Sibao va Vega-Real unumdor vodiylar joylashgan. Sharqda shimoliy Serra-Oriyental tog'lari bilan o'ralgan pastlik joylashgan. Dominikana Respublikasi iqlimi dengiz tropik passatli. Iyundan-oktyabrgacha bo‘ronlar ko‘p bo`ladi. Nam, shamolga qaragan tog` yonbag`irlarda tropik o'rmonlar, shamolga teskari va ichki hududlarda bargi to`kiluvchan o'rmonlar, quyi qismlarda - savannalar o'sadi.
Xo‘jaligi. Mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanib bormoqda. Ilgari uning asosini shakarqamish, qahva, tamaki tashkil qilgan bo'lsa, hozirgi kunda asosiy daromad savdo-sotiq va turizm orqasidan olinadi. Dominikana Respublikasida shakar, sement, mebel, to'qimachilik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Rom, tamaki mahsulotlari, qora patoka, yo'g'on-arqon, kunjara ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Mamlakatda nikel, olin, kumush, neft, kobalt, molibden, titan, boksit qazib olinadi. Xo'jalikning asosiy eksport tarmog'ini shakarqamish yetishtirish va qayta ishlash (eksportni 1/4) tashkil etadi. Boshqa o'simliklardan qahva, какао, tamaki, guruch, makkajo'xori, sargo, dukkakli o'simliklar, kassava, pomidor, banan, mangolar, tamaki yetishtiriladi. Yaqin vaqt ichida ananas, qovun, sitrus mevalami yetishtirish o'zlashtirildi. Aholi yirik shoxli mollami, cho'chqalami, parrandalami ko'paytiradi. Asosiy eksport mahsulotlari: ferronikel, shakar, oltin, kumush, qahva, какао donalari, tamaki, go'sht hisoblanadi.
GAITI
Poytaxti: Port-o-Prens. Maydoni: 27,7 ming km2. Aholisi: 9 mln. kishi (2007), 11,2 mln. kishi (2016). Rasmiy tili: fransuz tili. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 80%, protestantlar - 16%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: gurd.
Gaiti Respublikasi - Vest-Indiyadagi davlat. Katta Antil orollar tarkibiga kiradigan Gaiti orolini g‘arbiy qismini va bir nechta qo‘shni orollami egallagan. Davlat boshlig‘i- prezident. Aholining 95% - negrlar, 5% - mulat va oq tanlilar tashkil qiladi.
Tabiati. Gaiti hududi tog‘lidir: shimoli g‘arbdan-janubi sharqqa Shimoliy, Montan-Nuar, Mato tog‘ tizmalari parallel tarzda cho‘zilgan. Shimoliy tog1 tizmalaridan shimoh sharqda Shimohy tekislik yotadi, Shimoliy tog1 tizmalari va Montan- Nuar tog‘lari orasida Markaziy plato, Mato va La-Sel tog‘lari orasida Kyul-de-Sak pastlik chuqurligi Sumatr ко`li bilan birga joylashgan. Dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab maijon riflari joylashgan. Gaiti qirg'oqlarida iqlim tropik, passatli, tog'larda- shabadali. Yomg‘irlar mavsumi aprel-iyun, sentabr-noyabr. Janubda, janubi g'arbda tropik o'rmonlar o'sadi; pasttekisliklarda ko'proq savannalar uchraydi.
Xo‘jaligi. Gaiti Vent-Indiyadagi davlatdir. Qishloq xo'jaligi iqtisodning asosiy tarmog'idir. Mamlakatda: sizalni qayta ishlash fabrikalari, sement zavodlari bor; gumchni tozalovchi va shakar sanoatlari rivojlangan. 1983-yilgacha Gaitini janubida boksit va mis konlari ishlagan, shu yerda tuproq zavodi ham bo'lgan. Mamlakatda maishiy elektron apparaturalami yig'ish, o'yinchoq va sport anjomlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Eksport uchun: qahva, какао donalari, agava, mango mevalari, shakarqamish, guruch: mahalliy aholi paxta, sitrus mevalar, banan, makkajo'xori, tariq, mango yetishtiradi. Aholi mol, echki ko'paytiradi. Tog'larda qimmat navli yog'och turlari ishlab chiqariladi. Mahalliy hunarmandchilik omamentli keramika mahsulotlari, yog'och niqoblar, yog'och o'ymakorligi, savatlar to‘qish yo'ga qo'yilgan. Asosiy eksport mahsulotlari: qahva, какао donalari, sizal, o'simlik yog'i, sitrus mevalar hisoblanadi.

Download 338,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish