Mavzu: jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja


Mavzu: ROSSIYA FEDERATSIYASI



Download 338,51 Kb.
bet33/59
Sana26.05.2022
Hajmi338,51 Kb.
#608935
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
Mavzu jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja

Mavzu: ROSSIYA FEDERATSIYASI
Reja:
1. Rossiya federatsiyasining geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Aholisi, uning tarkibi va mehnat resurslari.
3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,
4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlar.
Maydoni: 17075,4 ming km2. Aholisi: 142 mln. kishi (2007), 144 mln kishi (2016). Rasmiy tili: rus tili. Aholisining diniy tarkibi: pravoslavlar - 90% dan ziyod, qolganlari musulmonlar (asosan sunniylar), buddaviylar, yahudiylar, katoliklar, protestantlar. Poytaxti - Moskva (aholisi 9 mln.kishi). Davlat tuzumi: Respublika. Pul birligi: rubl.
Mamlakat hududi sayyoramiz quruqlik maydonining 11% ini tashkil etadi. Rossiya Sharqiy Yevropada va Shimoliy Osiyoning katta qismida joylashgan davlat. Uni 3 ta okеan suvlari yuvib turadi. Mamlakat Norvеgiya, Finlyandiya, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Bеlorus, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog`iston, Mo`g`uliston, KXDR, Xitoy davlatlari bilan chеgaradosh.
Rossiya Federatsiyasi - Yevropaning sharqiy qismida va Osiyoning shimoliy qismida joylashgan davlat. Davlat boshlig‘i -prezident. Rossiya federativ respublikasi (Federatsiyaning 83 ta subyekti bor). Uning tarkibiga 21 ta respublika, 9 ta o ‘lka, 4 ta avtonom okrug, 46 ta viloyat, 2 ta federal ahamiyatga ega bo‘lgan shahar (Moskva va Sankt-Peterburg), 1 avtonom viloyat mavjud bo‘lib, ular 7 ta federal okrugga jamlangan, jumladan, Markaziy, Janubiy, Volgabo‘yi, Shimoli G ‘arbiy, Ural, Sibir, Uzoq Sharq federal okruglari. 2008-yilda Ust-Ordinskiy Buryatskiy avtonom okrugi Irkutskiy viloyatiga qo‘shildi.
Aholisining etnik tarkibi: ruslar - 79,8%, tatarlar - 3,8% ukrainlar - 2%, boshqirdlar - 1,2%, chuvashlar -1 ,1 % , chechenlar - 0,9%, armanlar - 0,8%, mordva, avar, belomslar - 0,6%dan, qozoqlar - 0,5%, udmurt, zarbayjonlar, marilar, nemislar, kabardinlar, osetinlar, darginlar - 0,4%, buryatlar, yakutlar, kumiklar, ingushetlar, lezginlar - 0,3% tashkil qiladi. Boshqa xalqlaming ulushi undan ham kam. RF konstitutsiyasiga ko‘ra ms tili davlat tili bo‘lishiga qaramasdan Federatsiya subyektlari ms tili bilan bir qatorda o‘z davlat tillarini o'rnatishga haqlidir. Rossiya hududida aholi zichligi bab-barobar taqsimlanmagan. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 8,5 kishiga to‘g‘ri keladi. Rossiyadagi katta shaharlar (aholisi 100 ming kishidan oshiq) soni - 165 ta. Ularda mamlakat aholisining 45% istiqomat qiladi. Aholisi 1 mln. dan ortiq bo’lgan shaharlar (2004): Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Nijniy Novgorod, Yekaterinburg, Samara, Omsk, Kazan, Chelyabinsk, Rostov na Donu, Ufa.
Zamonaviy Rossiya - bu o’rtacha darajadagi iqtisodiy rivojlanishga ega, ulkan tabiiy zaxiralarga boy, aholisining bilim darajasi anchagina baland va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo’lgan mamlakat hisoblanadi.
Qadimgi Rus davlati (Kiyev Rusi) tashkil topgan sana deb 882-yil hisoblanadi. Shu vaqtda Novgorod knyazi Oleg Kiyev va Buyuk Novgorodni o’z qo’l ostida birlashtirgan edi. Knyaz Vladimir davrida, 988-yilda Rusda yagona umumdavlat dini etib pravoslav mazhabidagi xristianlik qabul qilingan. Moskva ilk marotaba 1147-yildagi solnomada zikr qilingan. Mamlakatdagi zamonaviy ilmiy faoliyat va maorifning vujudga kelishiga Pyotr I va undan keyingi davr bilan bog’liq. XVIII-XIX asr boshlari uchun xos bo’lgan ilm-fan institutlari (akademiyalar, universitetlar, ekspeditsiyalar, kutubxonalar, observatoriyalar, klinikalar, ilmiy nashrlar va h.k.) barpo etilishi va xalq ta’limining yo‘lga qo‘yilishi jarayoni Rossiya tarixi, tafakkiiri va madaniyatida muhim ahamiyat kasb etdi.
IX asrda Rossiya Novgorod va Kiyеv Rusi tarkibida bo`lgan. 1237-1238 yillarda rus yеrlari mo`g`ul-taralar ixtiyoriga o`tgan. 1325 yilda Moskva knyazligi tiklanadi. 1613 yilda Romanovlar dinastiyasi hukumronligi boshlanadi. 1917 yilda oktyabr tuntarilishi bo`ladi va sotsialistik tuzumga o`tiladi. 1922 yilda sobiq Ittifoq tashkil topadi. 1941-1945 yillarda bo`lib o`tgan 2-jahon urushida Gеrmaniya Yaponiya ustidan g`alaba `ozonadi. 1991 yilda mustaqil Rossiya davlati bo`lib tan olinadi.
Rus xalqi jahonga Pushkin, Turgеnov, Tolstoy, Chеxov, Pastеrnak kabi yozuvchilarni yеtkazib bеrgan. Mamlakatda jahon ahamiyatiga ega bo`lgan 10 dan ortiq tarixiy-madaniy obidalar ro`yxatga olingan. Sankt-Pеtеburg, Kijidagi chеrkovlar komplеksi, Moskva Krеmli, qadimiy Novgorod, Solovеts orollari, Vladimir Suzdal obidalari, Komi o`rmonlari, Kamchatka vulqonlari va gеyzеrlari, Baykal ko`li shular jumlasidandir. Bu yеrlarga har yili minglab sayyohlar kеladi. Moskva shahriga 1147 yilda asos solingan, unda 76 ta oliy o`quv yurtlari, 700 dan ortiq ilmiy tеkshirish institutlari joylashgan.
XIX asr Rus madaniyati tarixida oltin asr sifatida iz qoldirdi. Aynan shu davrda aniq va tabiiy fanlar sohasida olamshumul yutuqlarga erishildi. Rus olimlarining elektrotexnika, havoda uchish, raketasozlik, radio, temiryo‘1, kemasozlik nazariysi va shu kabi sohalar rivojiga qo‘shgan hissalari butun dunyoda e’tirof etilgan.
XVIII-XIX asrlarda Pyotr I tashabbusi bilan amalga oshirilgan islohotlar nafaqat Yevropaning texnik, harbiy va boshqaruv malakalarini Rossiya zaminida joriy qildi, balki G‘arbda shakllanib bo'lgan turmush tarzi, g'oyalar va badiiy uslublami ham olib keldi. Rossiya tasviriy san’ati, teatr rejissurasi, rus baleti novatorligi - bularning bari dunyo madaniy merosining bir qismi hisoblanadi. Rus falsafa madaniyati ma’lum darajada G‘arb falsafa madaniyatida muayyan yo'nalishlar shakllanishiga ta’sir ko'rsatdi. XX asr boshi va o‘rtasidagi davr ijodiy tematika va adabiy tilining yanguilanishi bilan ajralib turadi. XX asrdagi mislsiz olamshumul tarixiy o‘zgarishlar va insoniyat ma’naviyatining ichki dinamikasi orasidagi bog‘liqlikni badiiy anglash adabiy asarlar va musiqada o‘z aksini topdi. Sho‘rolar davrida mamlakatdagi intellektual munosabatlaming barcha sohalami o‘ta mafkuralashtirib yuborilgani va byurokratizmning avjiga chiqqani butun Rossiya jamiyati uchun og‘ir oqibatlami keltirib chiqardi. Biroq rus madaniyatining kuchli an’analari, rus ziyolilarining matonati va fidokorligi va ilmiy kadrlar sonining o‘sishi muhim amaliy va fundamental tadqiqotlar borasida hamda mudofaa sohasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilishini ta’minladi. 1957-yilda dunyoda ilk sun’iy yo‘ldosh orbitaga chiqarildi, 1961-yilda esa inson ilk marta koinotga parvoz qildi.
Tabiati. Rossiya relyefi juda xilma-xil. Kavkaz, Ural, Sibir va Uzoq Sharq tog‘lari mamlakat hududining katta qismini egallagan, ammo hududning 70% tekisliklardan iborat, bular Sharqiy Yevropa, G ‘arbiy Sibir, Markaziy Yakutiya, shuningdek, O‘rta Sibir yassi tog‘liklari. Hududning asosiy qismini ikki geologik platforma - Rus va Sibir platformalari egallagan.
Shimol zonasi 10 mln. km2 ortiq maydonni egallagan. Bu yerda Rossiya aholisining 7% ga yaqin qismi yashaydi. Rossiya hududida Shimoliy yarimsharning sovuq qutblaridan biri joylashgan (Oymyakon posyolkasi, Yakutiya, havoning minimal harorati -72 °C gacha yetganligi kuzatilgan).
Rossiya chuchuk suv zaxiralari bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. Ko‘llarda 26 ming km3 ortiq chuchuk suv to‘plangan. Mamlakatda 2000 dan ziyodroq suv omborlari mavjud bo‘lib, har bir ombordagi suv hajmi 1 mln. km3 tashkil etadi. Juda katta ma’danli va termal suv zaxiralari mavjud. Asosiy suv manbalari iqtisodiy noqulay joyda joylashgan. Aksariyati Yevropa shimolida, Sibirda, Uzoq Sharqda joylashgan. Ammo u yerlarda mamlakat aholisining 1/5 qismi yashaydi xolos.
Rossiya daryo tizimlarining umumiy uzunligi 2,3 mln. km, ulaming soni 120 mingni tashkil etadi. Mamlakat hududining katta qismi shimol tomon oqadigan daryolar bilan sug‘oriladi, bular Lena, Irtish, Yenisey va Ob daryolaridir. Daryolaming nisbatan kamroq qismi janubga (Volga) va sharqqa qarab (Amur) oqadi. Rossiya hududida dunyoning eng yirik chuchuk ko‘llari Baykal, Ladoga va Onega joylashgan. Kaspiy dengizi esa dunyodagi eng yirik sho‘r ko‘l hisoblanadi.
Sayyoramiz o‘rmon resurslarining 22% Rossiyada joylashgan. Rossiya hududining 45% o‘rmonlar bilan qoplangan, yog‘ochning umumiy zaxira hajmi 80 mlrd. m3 dan ko‘proq. O‘rmon resurslarining 70% yog‘ochning qimmat navlaridan iborat. Rossiyaning o‘rmon massivlari qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar yaratish uchun eng qulay joydir. O‘simliklar dimyosi juda xilma-xil. Arktika cho‘llari-yu shimol tundralaridan tortib janubiy dashtlar va Kaspiybo‘yi pasttekisliklaridagi yarim cho`llargacha bor, biroq barcha yer maydonlarining yarmi o‘rmonlar (ignabargli tayga o‘rmonlari va janubroqda aralash va yaproqli o‘rmonlar) bilan band. O‘rmonlarda archa, oqqarag‘ay, eman, oqqayin va boshqa daraxtlar o‘sadi. Rossiya o‘rmonlar maydonlarining kattaligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. Mamlakat hududidagi tuproqning ko‘p qismi unumdorligi bilan ajralmasada, ammo mamlakatda o‘ta hosildor qoratuproqli yer maydonlari mavjud bo‘lib (mamlakat hududining 8% ga yaqini), bu yerlar mamlakatning Yevropa qismi janubidan G‘arbiy Sibirgacha cho‘zilgan. Qoratuproqli yerlar, shuningdek, Sharqiy Sibirda ham uchraydi.
Xo‘jaligi. Rossiya hududining bepoyonligi ishlab chiqarish kuchlarini turli hududlarga joylashtirish va mehnat taqsimotini hududiy ravishda taqsimlashda keng imkoniyatlar yaratib beradi. Rossiyaning yirik tabiiy resurslarga ega. Keyingi yillarda mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari oshib bormoqda. Rossiya XXI asr talablariga mos ravishda yangi samarali iqtisod va yangi jamiyatni shakllantirmoqda: tovar-pul munosabatlari kengaymoqda va zamonaviy bozor infratuzilmasi yaratilmoqda. Rossiyada olinadigan qazilma boyliklar hajmi pul qiymati jihatidan butun dunyo bo‘yicha qazib olinadigan foydali qazilmalar hajmining 10% dan ziyodini tashkil etadi. Mamlakat temir, nikel, volfram, molibden, qo‘rg‘oshin, kobalt, oltin hamda noyob platina va kumush zaxiralari bilan ajralib turadi. Bundan tashqari rangli mdalar, noyob metallar, kaliy tuzlari, apatit zaxiralari bo‘yicha ham mamlakat yuqori o‘rinda turadi.
Rossiya yuksak darajadagi industrial-agrar mamlakat. Ammo aholisining turmush darajasi rivojlangan mamlakatlarga qaraganda ancha past ko`rsatkichlarga ega. Mamlakatda nеft, mis, nikеl, tabiiy gaz, toshko`mir, tеmir rudasi, boksit, qo`rg`oshin, rux, volfram, molibdеn, simob, oltin, kumush, platina, kobalt, olmos konlari bor. Yirik nеft-kimyo, nеftni qayta ishlash, qora va rangli mеtallurgiya sanoati korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda.
Energetika Rossiya sanoatida muhim rol o‘ynaydi, u elektroenergetika va yonilg‘i sanoatini o‘z ichiga oladi (gaz, neft, ко‘mir va boshqalar). Rossiya olmos ishlab chiqarish va uni eksport qilish bo‘yicha yirik davlat hisoblanadi.
Mashinasozlik sanoatida quyidagilami alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: og‘ir sanoat (tog‘-kon va metallurgiya jihozlari), energetik mashinasozlik, lokomotivlar, yuk va yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, dastgohsozlik, avtomobilsozlik, kemasozlik, samolyotsozlik, asbobsozlik, elektronika va elektrotexnika.
Mamlakatning ko‘plab shaharlarida selluloza va qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. To‘qimachilik sanoati yirik tarmoqlardan biridir. Rossiya yuqori sur’atlarda о‘sib borayotgan yirik qurilish mollari sanoatiga ega.
Qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga mamlakatning geografik holati, ob-havo sharoitlarining o‘zgaruvchanligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Rossiyada bug‘doy, arpa, grechka, suli, kartoshka, sabzavotlar, yem-xashak, kungaboqar yetishtiriladi; janubda esa poliz ekinlari, uzum o’stiriladi. Mamlakatda sut va sut-go‘sht chorvachiligi, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, parrandachilik, yilqichilik, bug‘uchilik, arichilik, baliqchilik rivojlangan.
Urbanizatsiya 74%. Yirik shaharlari: Sankt-Pеtеrburg (4,5 mln.kishi), Nijniy-Novosibirsk (1,6 mln.kishi), Nijniy-Novgorod (1,5 mln.kishi), Samara (1,3 mln.kishi), Omsk (1,2 mln.kishi).
Tеmir yo`llar uzunligi 87180 km, avtomobil yo`llari uzunligi 879100 km.ga tеng. Asosiy eksport mahsulotlari: tog‘-kon sanoati mahsulotlari (57%), metall va ulardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho toshlar, mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar, yog‘och, sellyuloza va qog‘oz va oziq-ovqat mahsulotlari.



Download 338,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish