Mavzu: jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja



Download 338,51 Kb.
bet29/59
Sana26.05.2022
Hajmi338,51 Kb.
#608935
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
Mavzu jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja

Ukraina respublikasi
Maydoni: 603,7 ming km2. Aholisi: 47 mln. kishi (2007), 42,7 mln. Rasmiy tili: ukrain tili. Aholisining diniy tarkibi: aksariyati pravoslavlar, grek katoliklari (uniatlar), protestantlar va boshqalar. Davlat tuzumi: respublika Pul birligi: grivna. Poytaxti- Kiyеv (aholisi 3 mln.kishi).
Ukraina-Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Shimolda Bеlorus, shimoli-sharqda Rossiya, g`arbda Polsha, Slovеniya, Vеngriya, Ruminiya va Moldova bilan chеgaradosh. Janubida Qora dеngiz suvlari yuvib turadi. Ma'muriy jihatdan 24 viloyat va Qrim avtonom rеspublikasiga ajraladi.
Ukraina hududida IX asrda Kiyеv Rusi paydo bo`ldi. 793 yilda Rossiyaga qo`shiladi. Bir qismi esa Avstriyaga birlashadi. 1941-1944 yillarda mamlakatni nеmislar bosib olgan. 1944 yilda Ukraina nеmislardan ozod etiladi. 1991 yil 24 avgustdan mustaqil davlat dеb e'lon qilinadi. O`nlab tarixiy obidalarga Sofiya sobori (XI asrda), Oltin darvoza (XI asrda), Kiyеv-Pеchora (XI-XII asrlar) va boshqalar.
Ukraina - Sharqiy Yevropadagi davlat. Davlat boshlig‘i - prezident. Ukraina 24 viloyat va Qrim avtonom respublikasini o‘z ichiga oladi. Kiyev va Sevastopol shaharlari diqqatga sazovor.
Aholisining etnik tarkibi: 78%-ukrainlar, 17% - ruslar, 0,6% - beloruslar, 0,6% - moldavanlar, 0,5% - qrim tatarlari. Bundan tashqari vengerlar, mminlar, bolgar va polyaklar ham yashaydi. Ukrainaning sharqiy va janubiy qismida hamda katta shaharlarida aholi ms tilida, Karpatortida vengr tilida, Bukova janubida rumin tilida so‘zlashadi.
Tabiati. Ukraina hududi Sharqiy Yevropa tekisligining janubiy-g‘arbiy qismini egallagan. Shimolda Polesye, markaziy qismida Dneprbo‘yi, janubda Qora dengizbo‘yi pasttekisliklari mavjud. G‘arbda Karpat tog‘lari, janubda Qrim yarimorolidagi Qrim tog‘lari joylashgan. Qrim va Karpatda zilzilalar bo‘lib turadi. Qora dengiz va Azov dengizlari qirg‘oqlarida ko‘rfazlar mavjud. Dnepr daryosida yirik suv omborlari joylashgan (Kiyev, Kanayev, Kremenchug, Kaxovskiy va boshqalar).
Mamlakat iqlimi - mo‘tadil kontinental. Qrim janubida - quruq subtropik, Karpatda va Qrim tog‘larida togiarga xos iqlim hukm suradi.
Mamlakat hududi o‘rmon (18%), o‘rmon-dasht va dashth qismlardan iborat. Ukraina Polesyesida o‘rmon va botqoqlar aralashgan hududlar bor. Mamlakatning katta qismini o‘rmon-dasht zonasi egallagan. O‘rmonlar atrofi keng tekisliklar bilan o‘ralgan. Qrimning janubiy sohillarida qumq subtropik o‘simlik dunyosi mavjud. Qrim tog‘larida ignabargli va qora qayin o‘rmonlari, Karpat tog‘larida esa oq qarag‘ay va grab o‘rmonlari, teparoqda subalp vodiylari joylashgan.
Xo‘jaligi. Ukraina ma’danli resurslar, serhosil yerlar, rivojlangan sanoat va yuqori malakali ishclii kuchiga ega. Biroq, qayta qurish borasidagi sustkashlik va iqtisodiy konservatizm bozor iqtisodiyotiga o‘tishiga to‘sqinlikni yuzaga keltiradi. Donbass va Krivoyrogda - tog‘-kon, kimyo va og‘ir sanoat korxonalari joylashgan. Qora dengiz sohillarida kemasozlik sanoati korxonalari joylashgan. Turizm uchun eng jozibador joylar Qrim va Karpatdir. Markaziy dasht va o‘rmon-dashtlar mamlakatning asosiy agrar hududlaridir. G‘arbiy va shimoli g‘arbiy Ukrainada yengil sanoat, agrobiznes va o‘rmon sanoatlar, tabiiy gaz va neft Ukraina hududidagi ko'mir qatlamlari juda chuqur qazib olish rivojlangan. Mamlakatning sharqiy viloyatlari iqtisodiyoti yaxshi rivojlangan.
Toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, torf, neft, tabiiy gaz, temir mdasi, marganes, simob, grafit, kaliy tuzi va osh tuzi qazib olinadi. Mamlakatda o‘z yonilg‘isi bilan yonilg‘iga bo‘lgan ehtiyojining 58% ni qondira oladi. Qolgan qismini Rossiya, Qozog‘iston va Turkmanistondan import qiladi. Barcha elektr quwatining 44% ni AES, 49% ni IES, 7% ni GES beradi.
Mamlakatda neftni qayta ishlash, qora va rangli metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, harbiy asbobsozlik, dastgohsozlik, yog‘ochsozlik, qog‘oz ishlab chiqarish, sement, shisha, chinni, fayans, shakar, go‘sht, yog‘-moy, vino sanoatlari yaxshi rivojlangan.
Ukrainada bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, grechka, kungaboqar, qand lavlagi, kartoshka, soya, tamaki, qulmoq, sabzavotlar, meva va poliz ekinlari yetishtiriladi. Mamlakatda cho‘chqachilik, sut va go‘sht mahsulotlari uchun yirik shoxli mollar ko‘paytirish; qo‘ychilik, parrandachilik, ipakchilik va asalarichilik rivojlangan. Qora va Azov dengizlarida, Dnepr va Dnestr daryolarida baliqchilik yoTga qo‘yilgan. Yozgi mavsumda mamlakatga ko‘plab chet el sayyohlari keladi.
Yirik shaharlari: Xarkov (1,8 mln.kishi), Lvov (900 ming kishi), Zaporojе (850 ming kishi).
Tеmir yo`llar uzunligi 22800 km, avtomobil yo`llari uzunligi 273700 km.ga yеtadi.
Asosiy eksport mahsulotlari: qora va rangli metallar prokati, quvurlar, mdalar, transport va mashina anjomlari, sanoat uskunalari, kimyoviy mahsulotlar, qurol-yarog`, oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlari.

Download 338,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish