Vengriya respublikasi
Maydoni: 93 ming km2 Aholisi: 10,1 m ln. kishi (2007), 9,8 mln. Rasmiy tili: venger tili. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar -68%, kalvinistlar - 20%, luteranlar - 5%. Davlat tuzumi: parlamentar respublika. Pul birligi: forint. Poytaxti -- Budapеsht shahri (aholisi 2,3 mln.kishi).
Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Shimolda Slovakiya, sharqda Ukraina, Ruminiya, janubda Serbiya, g`arbda Xorvatiya, Slovеniya, Avstriya bilan chеgaradosh. Dеngizga bеvosita chiqish imkoniyatiga ega emas. Ma'muriy jihatdan 19 ta mеdе (viloyat)dan iborat. Davlat tuzumi-Rеspublika. Davlat boshlig`i- Prеzidеnt, hukumat boshlig`i-Bosh vazir. Asosiy qonun chiqaruvchi organi-Parlamеnt.
Vengriya, Vengriya Respublikasi - Yevropa Markazining sharqida joylashgan davlat. Davlat boshlig'i - prezident. Vengriya - YI a’zosi. Aholisining etnik tarkibi: vengerlar - 90%, lo‘lilar - 4%, nemislar - 3%, serblar - 2%. Yirik shaharlari: Dеbrеtsеn (217 ming kishi), Mishkolts (195 ming kishi), Pеch (175 ming kishi), Sеgеd (178 ming kishi), Balaton ko`liga har yili 4-5 mln.sayyoh kеladi. Transportida avtomobil yo`llari uzunligi 130014 km, tеmir yo`l uzunligi 7755 km.ga yеtadi.
Xo‘jaligi. Mamlakat iqtisodiyoti 1990-yillarda sekin-asta o‘zgardi. Xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi ortdi. Hozirgi paytda YIMni 62% ning xizmat ko‘rsatish sohasiga, 34% sanoatga, 4% qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatda toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olinadi, shuningdek, boksit, marganes, uran va polimetall ham qazib olinadi. Neft va tabiiy gaz Rossiyadan keltiriladi. IES elektr quwatining 60% ni, AES esa 30% ni ishlab chiqaradi. Mamlakatda qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, shisha, chinni, charm-poyabzal, tikuvchilik, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatlari yaxshi rivojlangan. Mahalliy hunarmandlar yog‘och o‘yinchoqlar va chinni buyumlar ishlab chiqarishadi va kashtachilik bilan shug‘ullanishadi.
Qishloq xo‘jaligi asosan chorvachilikka tayanadi. Chorvachilik yirik shoxli mollar va cho‘chqalar boqishga ixtisoslashgan. Qishloq xo‘jaligi yaxshi hosildor yerlarda joylashgan bo‘lib, u yerda bug‘doy, tariq, makkajo‘xori, qandlavlagi, kartoshka, kungaboqar va turli mevalar yetishtiriladi. Uzumchilik, bog‘dorchilik hamda daryo va ko‘l baliqchiligi ham rivojlangan.
Eksport qilinadigan mahsulotlar: mashinasozlik uskunalari, aluminiy, sabzavotlar, mevalar, konservalar, salyami va vino mahsulotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |