Мавзу: Ызбек адабий тили тарихи фани ва унинг вазифалари



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana16.07.2021
Hajmi0,53 Mb.
#120605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ozbek adabiy tili tarixi

O'zbek milliy tili 

Jonli xalq tili   

 

Adabiy til 

Jargonlar  Dialektlar     

 

 

 Oddiy so'zlashuvtili 

Og'zaki tur Yozma tur 

 

O'zbek  adabiy  tilining  barcha  shakllariga  xos  aniq  faktlarni  turli  davrlarda 

yashagan yirik yozuvchilarning badiiy asarlarida uchratish mumkin. Chunki badiiy asar 

matnlarida  har  bir  rivojlangan  tilning  ikki  asosiy  funksional  ko'rinishi  –  adabiy  til  va 

jonli xalq tilining dialektik birligi, o'zaro uzviy bog'liqligi ochiq namoyon bo'ldi. 

Rus  olimlari  A.M.Shcherbak  va  V.V.Vinogradovning  ko'rsatishicha,  til 

taraqqiyotining  ma'lum  davrlariga  hos  adabiy  til  me'yorlarini  badiiy  asarlarning 

matnlarini  tahlil  qilish  orqali  belgilash  mumkin.  Darhaqiqat,  XIII-XYI  asrlarda  eski 

o'zbek  tili  uchun  xarakterli  bo'lgan  adabiy  til  me'yorlari  shu  davrlarda  yashagan 

Xorazmiy, Durbek, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy kabi shoirlarning asarlari tilining o'rganish, 




 

lingvistik  tahlil  qilish  asosida  aniqlanadi.  O'sha  davrlarda  yaratilgan  yodgorliklarning 



tili o'z davri xalq tiliga,   tushunishning  yengilligi jihatidan hozirgi o'zbek adabiy tiliga 

hamda jonli xalq tiliga ancha yaqin turadi. 

Tilning  xilma-xil  birliklarini  badiiy  adabiyot  asarlarida  ishlatish  hamma  vaqt 

uslub  jihatdan  asoslangan  bo'ladi.  Jumladan,  yuqorida  tilga  olingan  shoirlarning, 

ayniqsa,  Alishr  Navoiyning  asarlari  XIY-XY  asrlarda  eski  o'zbek  adabiy  tilining 

xususiyatlari,uning og'zaki va  yozma shakllari,shuningdek jonli xalq tili xamda adabiy 

tilning og'zaki shakli qanday ekanligi  tug'risida aniq tasavvur bera oladi. 

Yozuvchi  o'z  asarlarida  turli  darajadagi  til  birliklarining  ma'lum  qolipga 

solingan,  takomillashgan  namunalarini,  shakllarini  ishlatadi.  Shuning  uchun  til  ifoda 

vositalarining  normativligi,  tartib-  qoidalari  badiiy  asarlarda  ko'proq  va  aniqroq 

namoyon  bo'ladi.  Demak,  tegishli,  turli  davrlarga  tegishli  badiiy  asarlarning  til 

xususiyatlarini  o'rganish  o'sha  davr  til  tizimini  tushunib  olish  imkonini  beradi.  Badiiy 

asar  tilini  o'rganish  bir  xil  lingvistik  tekshirishlarning  ikki  jihatini  bir-biri  bilan 

bog'laydi,  uning  ikki  tomonini  belgilash  imkonini  beradi,  ya'ni  badiiy  asar  matnlarida 

adabiy  til  me'yorlari  hamda  ma'lum  darajada  jonli  xalq  tilining  xususiyatlari  aks 

etganligi aniqlanadi. 

Til  xodisalarini  to'g'ri  va  chuqur  tushungan  holda  keng  ilmiy  tahlil  qilish,  

hozirgi  jonli  xalq  tili,  so'zlashuv  nutqi  xususiyatlari  bilan  adabiy  tilning  og'zaki  va 

yozma  shakllari  faktlarini  qiyoslab  o'rganish  natijalari  o'tmishdagi  jonli  xalq  tilining 

ayrim xususiyatlarini bilib olishda ma'lum    asos bo'lishi mumkin. 

Yozma  manbalar  asosida  o'tgan  asrlardagi  jonli  xalq  tili,  so'zlashuv  nutqi 

xususiyatlarini o'rganishda  tarixiy obidalarni, badiiy asarlarning matnlarini ayniqsa, o'z 

davriga xos nutq amaliyotini aks ettiruvchi asarlarni tanlash juda muhim ahamiyat kasb 

etadi.  M:  prof.B.O'rinboyevning  o'zbek  so'zlashuv  nutqini  o'rganishga  bag'ishlangan 

ishlarida bunday xulosalar asosan badiiy asar matnlariga asoslanadi. 

Odatda  bunday  asar  matnlarining  uch  turi  ko'proq  qo'llanadi:  muallif    hikoyasi 

(xabar  matni);    asar  qahramonlarining  tili  va  muallifning  qahramonlarga  bergan 

xarakteristikasi.  Muallif  hikoyasiga  asoslangan  matnlar  adabiy  tilning  eng  yaxshi 

namunasi hisoblanadi. Bu xil matnlarda uslub va ta'sirchanlik jihatidan betaraf bo'lgan 

til vositalari ko'proq ishlatiladi, shular asosida adabiy tilning og'zaki va yozma unsurlari 

qo'llanadi.  Navoiy,  Bobur,  Abulg'ozixon  kabi  yozuvchilarning  prozaik  asarlarida 

Hamza,  A.Qodiriy,  Oybek,  G'ofur  G'ulom  asarlarida  ana  shunday  matnlar  juda  ko'p 

bo'lib,  ularda  badiiy  hikoya  me'yori,  adabiy  tilning  betaraf  kitobiy  va  so'zlashuv 

unsurlarini  qo'llash  me'yoriy  ochiq  namoyon  bo'ladi.  Asar  qahramonlarining  tilida 

ularning  ijtimoiy  ahvoliga  bog'liq  ravishda  so'zlashuv  nutqiga  xos  barcha  vositalarni  – 

adabiy  til  va  adabiy  tilga  xos  bo'lmagan  barcha  unsurlarni  qo'llash  mumkin. 

Qahramonlarning til xaraktristikasiga bag'ishlangan matnlarda esa yozuvchi adabiy tilga 

xos bo'lmagan so'zlashuv nutqining barcha vositalarini  – adabiy til va adabiy tilga  xos 

bo'lmagan  barcha  unsurlarni  qo'llash  mumkin.  qahramonlarning  til  xarakteristikasiga 

bag'ishlangan  matnlarda esa  yozuvchi  adabiy  tilga  xos  bo'lmagan  so'zlashuv  nutqining 

unsurlarini  –  oddiy  so'z  va  iboralarni  ham,  sheva  va  jargonlarga  xos  so'zlarni  ham 

ishlatadi.  Demak,  o'zbek  adabiy  tili  tilning  turli  davrlardagi  taraqqiyot  xususiyatlarini 

belgilashda  eng  asosiy  manbalardan  biri  hisoblanadi.  Unda  tilning  tabiati  o'z  ifodasini 

topadi. 


 

 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish