Mavzu: Adabiy til uslublari
R E J A :
7
1.
Adabiy til uslublari haqida umumiy ma'lumot.
2.
Adabiy til uslublarining turlari.
3.
Adabiy til uslublarini o'rganishda o'zbek adabiy tili tarixi fanidan tutgan
o'rni.
Adabiy til taraqqiyotining har bir bosqichida uning o'ziga xos uslublari mavjud
bo'ladi, chunki adabiy til uslublari tizimida tashkil topgan. Shunga ko'ra adabiy til
tarixi, asosan uning uslublari tarixini o'rganishni qamrab oladi. Jamiyatning rivojlanishi
bilan bog'liqravishda har bir davr adabiy til uslublarining miqdori, uning xarakterli
xususiyatlari va ular orasidagi o'zaro munosabat o'zgarib turadi. Adabiy til tarixi
matnlar tili tarixidan iborat bo'lib, har bir davrga oid bu matnlarning til xususiyatlarini
jamlaydi, umumlashtiradi va asosda o'zaro o'xshatish xususiyatlari bilan ajralib
turadigan matnlar guruhini belgilaydi. Ma'lum guruhga kirgan yodgorliklarning til
xususiyatlari yig'indisi, umumlashmasi haqida hamda adabiy tilning turlicha uslublari
haqida ma'lumot beradi.
Uslub tilning tarixan tarkib topgan bir ko'rinishi bo'lib, o'ziga xos tarkibi birikish
xususiyati va nutq vositalarini qo'llash qonuniyatlari bilan ajralib turadi. Alabiy til
uslubi – bu ma'lum darajada adabiy til matnlarida o'zining aniq ifodasini topgan uslubiy
bo'yoqdor hamda uslub jihatdan betaraf til unsurlarini ongli ravishda tanlash asosida
tashkil topgan ma'lum tizimdir. Adabiy til uslublari faqat uning tizimini tashkil etish
xususiyatlari jihatidangina emas, balki u yoki bu uslub tizimining yuzaga kelishi uchun
asos bo'lgan omillar nuqtai nazaridan ham ajralib turadi. Shu jihatdan dastlab funksional
uslublarni ko'rsatish mumkin. Bu uslublar tizimining xususiyati uningishlatilishi doirasi,
bu uslublarning ijtimoiy qo'llanish sohalari bilan bog'liq. Jumladan, hozirgi o'zbek
adabiy tilining publisistik yoki professional – texnik uslublarida, boshqa funksional
uslublarda bo'lganidek, til vositalarini tanlash va tartibga keltirish shu matnlarning
mazmuni, mohiyatini hamda ishlatilish sohasining o'ziga xos xususiyati bilan
bog'langan.
Funksional uslublar bilan bir qatorda individual uslublar ham bor. Bu uslublar
tizimining xususiyati shundan iboratki, unda muallif o'z individual nuqtai nazari va
didiga mos ravishda tilning sinonimik ifoda vositalarini tanlab oladi. Individual uslublar
asosan badiiy asarlar tilida qo'llanadi, unda qayta uslubiy bo'yoq oladi. Turli janrlarga
va adabiy-badiiy yo'nalishlarga xos uslublar bilan birga ishlatiladi. Bu o'z navbatida
badiiy asarlarda yozuvchi tili va yozuvchi uslubini farqlash zarurligini ham keltirib
chiqaradi.
Yozuvchi tomonidan adabiy til va jonli so'zlashuv tilida tanlab olingan barcha til
vositalari majmui yozuvchi tilini tashkil qiladi. Yozuvchi tilini o'rganishda asosiy diqqat
muallifning adabiy tildan nimalarni o'z asari uchun tanlab olganligiga jalb qlinadi.
Yozuvchi uslubi yozish uslubi, muallif tomonidan tanlab olingan til vositalarini
ishlatish, undan foydalanish usulidir. Yozuvchi uslubini o'rganishda uning eng yaxshi
individual, ta'sirchan va obrazli ifodalar yaratishda tanlab olgan umumtil vositalaridan
qanday foydalanishga ko'proq diqqat qilinadi. Demak, yozuvchining uslubi, uning
dunyoqarashi, adabiy-badiiy oqim, asarning mavzui, janri, g'oyaviy yo'nalishi va
muallifning individual badiiy g'oyasiga asoslangan yozish uslubidir.
Shuni qayd etish kerakki, adabiy til tarixiga nisbatan til uslublari masalasi
tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan qaralish zarur. Chunki til uslublari tarixiy
kategoriyadir.
O'zbek adabiy tili tarixida yozuvchilarning tili o'rganiladi. Muallif yashagan
davr adabiy tili xususiyatlarining aks etishi aniqlanadi. Shuningdek, o'zbek adabiy tili
tarixida yozuvchining o'z davri adabiy tiliga qanday yangiliklar kiritganligi, uning
8
o'zbek adabiy tilining keyingi taraqqiyotiga qanday ta'sir ko'rsatganligi aniqlanadi.
Chunki tildan foydalanish davomida yozuvchi adabiy til, milliy tilning shakllanishi va
taraqqiyot bilan mos ravishda adabiy tilning rivojiga katta hissa qo'shadi. Umumxalq
milliy tilni yanada takomillashtirishga ko'maklashadi.
Adabiy til ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar jamiyat taraqqiyotining
turli davrlarida o'zgarib turadi. Adabiy tilning ijtimoiy funksiyasi til tarixining eng
muhim masalalaridan biridir. Bu masala adabiy til tarixining madaniyat va ijtimoiy
ijtimoiy tafakkur tarixi bilan, adabiyot va adabiy yo'nalishlar tarixi bilan
bog'liqliginigina emas, balki turli davrlarda adabiy til tarixining ijtimoiy-g'oyaviy
kurash bilan aloqadorligini ham taqozo etadi. M: o'zbek adabiy tilining XIY-XY
asrlardagi taraqqiyotining, ayniqsa Alisher Navoiyning adabiy tilga xos faoliyatining
asosiy manbalarini u asos solgan eski o'zbek adabiy tili sohasida erishilgan yuksak
muvaffaqiyatlari,
shu
davrda
yashagan
yirik
ijtimoiy
fikr
va
adabiyot
namoyondalarining g'oyaviy-siyosiy nuqtai nazaridan, fikrlarini hisobga olmay turib
to'g'ri tushunib bo'lmaydi. Ana shuning o'ziyoq o'zbek adabiy tili tarixida
ekstarlingvistik omillarning naqadar muhim rol o'ynashini ochiq ko'rsatadi.
Yozma yodgorliklarning janr xususiyati va nutq vositalarini tanlab ishlatish
bilan bog'liq ravishda adabiy til uslublari bir qancha guruhga bo'linadi. O'zbek adabiy
tilida quyidagi uslub turlarini ko'rsatish mumkin:
a) Adabiy-badiiy uslub. Bu tur tarkibida nazm uslubi va nasriy uslubning
xususiyati bilan bog'liq ravishda bir qancha guruhlar ajratiladi;
b) Ilmiy bayon uslubi. Turlicha fan sohalarining xususiyatlari bilan bog'liq
ravishda bu tur ham bir qancha guruhlarga ( iqtisodiy fanlar uslubi kabi) bo'linadi;
v) Ijtimoiy-publisistik uslub. Ya'ni turli ijtimoiy-siyosiy mavzularda yozilgan
asarlar (maqolalar, ocherklar kabi) uslubi;
g) Ishlab chiqarish texnik uslub. Bunga turli kasblar va texnikaga doir asarlar
uslubi kiradi;
d) Rasmiy xujjatlar, maxsus ish yuritish uslubi. Bu o'z navbatida, qonunlar, har
xil buyruqlar va farmonlar, ish yuritish xujjatlari kabilar kiradi;
ye) Adabiy tilning alohida uslub turi sifatida yozishmalar, nomalar va xatlarga
doir uslubini ko'rsatish mumkin.
Adabiy til tarixining turli davrlarida uning uslublari, ularning xizmat doiralari
ham o'zgarib turadi. Ammo barcha uslublar uchun o'zbek adabiy tilining grammatik
qurilishi va keng iste'molda bo'lgan «betaraf» so'zlar umumiy bo'lib qoladi.
Badiiy adabiyot tili adabiy tilning o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lgan
ko'rinishlaridan biridir. Badiiy adabiyot tili ham til taraqqiyotining umumiy
qonuniyatlariga bo'ysunadi. Tilning aloqa vositasi bo'lishdek asosiy vazifasi, tabiiyki,
badiiy adabiyot tili uchun ham zaruriy bo'lib qoladi.
Badiiy adabiyot tilining murakkab va o'ziga xosligi shundaki, u tilning adabiy
bo'lmagan xilma-xil ko'rinishlarini, qatlamlarini ham keng ravishda o'ziga singdirib
boradi. Shuningdek, badiiy adabiyot tilida adabiy tilning turli-tuman uslublari keng
qo'llanishi mumkin. Ma'lumki, umumxalq tilining lug'aviy-iboraviy va grammatik
xususiyatlarini hisobga olmay turib, badiiy adabiyot tilining o'ziga xosligini aniqlab
bo'lmaydi. Shu bilan birga badiiy asar tilida umuman uning obrazlari tizimi asar
mazmuniga, janri va uslubiy jihatlariga asoslangan bo'ladi. Badiiy adabiyot tilining eng
muhim xususiyati – kishi xarakterining juda ko'p qirralarini to'liq aks ettirish, jonli
individual nutqning rang-barangligi, bo'yoqdorligi va nozikliklarini mukammal
ifodalashdir.
9
Yozuvchi jonli individual nutqning barcha boyliklariga katta e'tibor beradi.
Nutqiy amaliyot malakalarini umumlashtirish asosida uning eng muhim, eng yaxshi,
xarakterli xususiyatlarini tanlab oladi. Ulardan turlicha foydalanish, obrazlar yaratish,
aks ettirishda keng foydalanadi.
Badiiy his-hayajonlik, obrazlilik, ta'sirchanlik kabilar bevosita badiiy adabiyot
tiliga xos xususiyatlardir. Adabiy asarning badiiyligi, birinchi navbatda, uning tilida
namoyon bo'ladi. Adabiyot asaridan olingan zavq, kishida yuzaga keladigan his-
hayajon, har xil tuyg'ular ham uning tili bilan bog'langan. Badiiy asar tilining
hayajonliligi esa uning ifodaliligi, ta'sirchanligi bilan, obrazliligi bilan bog'langan. Shu
jihatdan badiiy adabiyot asarlari til jihatdan tadqiq etilganda, uning ikki tomoniga –
yozuvchining tiliga va uning uslubiga ko'proq etibor beriladi.
Yozuvchining tili adabiy tildan va jonli so'zlashuv tilidan tanlab olingan til
vositalari yig'indisidir. U tasodifiy va begona til unsurlaridan holi bo'ladi. Unda jonli
xalq tilining juda ko'p qirralari ifodalanadi. Kuchli badiiylikka erishiladi. Shuning
uchun yozuvchi tilini o'rganishda asosiy diqqat uning adabiy tildan nimalarni
olganligiga va nimalarni olmaganligiga jalb qilinadi.
Yozuvchining uslubi esa muallifning yozish, tasvirlash tarzi, usuli, saralab
olingan til vositalaridan foydalanish usullaridir. Bunda yozuvchi tanlab olingan til
vositalaridan qanday va nima uchun foydalanganligiga e'tibor beriladi. Demak,
yozuvchi uslubi-muallifning g'oyaviy dunyoqarashi, adabiy oqimlar, janr, mavzu,
asarning g'oyaviy yo'nalishi, muallifning asosiy g'oyasi kabilar bilan o'zaro bog'liq
bo'lgan badiiy tasvirlash usulidir.
Adabiy til va uning adabiy bo'lmagan ko'rinishlarining o'zaro bir-biriga ta'siri
badiiy adabiyot tilida ochiq ko'rinadi. Bularning hammasi yozuvchining o'z davri tiliga,
uning rivojlanishiga katta ta'sir qilishini ko'rsatadi. Xalq tilining boyligini, uning rang-
barangligini, qudratini namoyish qiladi. Uni qadrlashga, yana ham e'zozlashga da'vat
etadi.
Adabiy til ma'lum ijtimoiy vazifani bajaradi. Uning bu vazifalari davrlar o'tishi
bilan o'zgarib turadi. Adabiy til tarixining bosh masalalaridan biri tilning ijtimoiy
vazifalarini aniqlash masalasidir. Bu masala adabiy til tarixining xalq madaniyait tarixi
bilan, ijtimoiy tafakkur, adabiyot va adabiy yo'nalishlar, oqimlar tarixi bilan bog'liqligi
masalalarini ham qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |