MAVZU: MIKROPROSESSOR VAZIFASI,TURLARI,ISHLASH TEZLIGI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI.
Reja:
1. Mikroprotsessorlarning turlari
2. Mikroprosessorning tuzilishi.
3. Shaxsiy kompyuterdagi bloklar bajaradigan ishlar izchilligi
Kompyuterning funksional jihatdan tuzilishi.
Kompyuter arxitekturasi, odatda, arxitektura xususiyatlarining foydalanuvchi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy e’tibor mashinaning tuzilishi va funksional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu imkoniyatlar asosiy va qo‘shimcha funksional imkoniyatlarga farq qiladi.
Asosiy funksiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi ob’ektlar bilan axborot almashinish kiradi.
Qo‘shimcha funksiyalar esa asosiy funksiyalar samarasini oshiradi, ya’ni mashina ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan mashina o‘rtasida dialog qaror topishi va shu kabilarni ta’minlaydi. EHMning sanab o‘tilgan funksiyalari mashina komponentlari, jumladan apparat vositalari va dasturiy vositalar yordamida amalga oshadi.
Kompyuterning tuzilishi - kompyuter komponentlarining tarkibi, ular orasida bajariladigan harakatlar tartibi va tamoyillarini belgilab beruvchi muayyan modeldir.
Shaxsiy kompyuter - hammaning imkoni va foydalanish qulayligi bo‘yicha umumiy talablarni qanoatlantiruvchi stol ustiga o‘rnatiladigan yoki qo‘lda olib yuriladigan EHM.
ShK afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi: yakka xaridor imkoni doirasidagi mo‘’tadil narxi; atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qo‘yilmagan tarzda muxtor ishlashi;arxitekturaning fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida turlicha qo‘llanilishga moslasha oladigan o‘zgaruvchanligi;foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi qulay operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi; ishining o‘ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi).
ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning tuzilishi ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalarini ko‘rib chiqamiz.
Mikroprotsessor (MP). Bu, ShKdagi markaziy blok bo‘lib, mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan.
Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:
boshqaruv qurilmasi (BQ) - oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini(boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi; bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini
shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi; mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) - sonli va belgili axborot bilan
bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi);
mikroprotsessor xotirasi (MPX) - mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi
(AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo‘ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi;
registrlar - uzunligi turlicha bo‘la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari
(standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past b o‘lgan AXQ uyalaridan farq qiladi);
mikroprotsessorning interfeys tizimi - ShKning boshqaqurilmalari bilan ulanib, aloqa bog‘lashni ta’minlaydi; o‘z ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi;
interfeys (ingl. interface) - kompyuterda mavjud qurilmalarni o‘zaro ulab, ular o‘rtasida aloqa bog‘lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan vositalar majmui.
kiritish-chiqarish porti (ingl. I/O - Input/Output port) - mikroprotsessorga
Do'stlaringiz bilan baham: |