Мавзу: Ызбек адабий тили тарихи фани ва унинг вазифалари


Mavzu: Arab kitobiy til an'anasini



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana16.07.2021
Hajmi0,53 Mb.
#120605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ozbek adabiy tili tarixi

Mavzu: Arab kitobiy til an'anasini  

O'rta Osiyoda tarqalishi. 

R E J A : 

 

1. 


Arab xalifaligi O'rta Osiyoga kirib kelishi. 

2. 


Arab tilining O'rta Osiyo xalqlari tiliga ta'siri. 

3. 


Navoiy asarlarida arab tilining ahamiyati. 

4. 


Xulosa. 

 

Turkiy  tillarga,  jumladan,  o'zbek  tiliga,  ko'proq  uning  lug'at  tarkibi  boyishiga 



arab tili ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Mahalliy xalqlarning tillariga arab tilining ta'miri 

bevosita  YIII  asr  boshlarida  arablarning  O'rta  Osiyoni  bosib  olish,  arab  xalifaligi 

hukmronligining  boshlanishi  va  bu  yerdagi  xalqlarning  musulmonlikni,  islom  dinini 

qabul qilishi bilan bog'langan. Arab xalifaligining O'rta Osiyoni istilo qilishi bu yerdagi 

mahalliy xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta putur yetkazdi, ular ko'p 



 

10 


asrlik madaniy boyliklari  yemirib tashlandi,  yozuvlari  yo'q qilib  yuborildi.  O'rta Osiyo 

xalqlari  Islom  dini  bilan  birga  arab  yozuvini  ham  qabul  qildilar.  Arab  tili  esa 

mamlakatning ijtimoiy-madaniy hayotida asosiy o'rinni egallay boshladi. Arab tili faqat 

Islom  dinini  targ'ib  qilish,  islom  falsafasi  va  aqidalariga  doir  g'oyalar,  fikr  va 

tushunchalarni  ifodalash  va  diniy  ibodat  majburiyatlarini  bajarish  sohasidagina  emas, 

balki  davlat    idora  ishlarida,  mamlakatning  ilmiy-madaniy  hayotida  ham  hukmron  til 

sifatida  qo'llanar  edi.  Arab  tilining  fan  va  adabiyotida  keng  ishlatilishga  uning  islom 

dini  bilan  birga  va  uning  tili  sifatida  juda  katta  xududda  tarqalishi  va  umumiy  tilga 

aylanishi  ham  sabab  bo'ldi.  Bu  tarixiy  xodisalar  mahalliy  xalqlarning  ijtimoiy-siyosiy  

hayoti  va  madaniyatiga  katta  ta'sir  ko'rsatdi.  Bu  davrlarda  diniy  aqidalarni  targ'ib 

qiluvchi,  shuningdek  turli  fanlarga  oid  ilmiy  asarlar  aasosan  arab  tilida  yozilar  edi. 

Jumladan, O'rta Osiyo xalqlari orasidan yetishib chiqqan yirik olimlar  – Al-Xorazmiy, 

Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy,Maxmud Qoshg'ariy kabilar 

o'z asarlarini ona tilida emas, balki arab tilida yozishga majbur bo'ldilar. 

Yuqorida  ko'rsatilgan  tarixiy  jarayon  natijasida  mahalliy  xalqlarning  tillariga 

arab  tilidan  ko'plab  so'z  va  iboralar  qabul  qilindi.  Arab  tilidan  kirib  kelgan  yangi 

o'zlashtirmadan  dastlabki  paytlarda  ko'proq  islom  bilan,  diniy-axloqiy  aqidalar  bilan 

bog'liq  tushunchalarni  ifodalovchi  so'zlardan  iborat  bo'lgan:  hikmat,  ummat, 

ro'zimashhar,  hadis,  oyat,  qur'on  haq,  iymon,  payg'ambar,  lomakon,  arvoh,  bashorat, 

taqdir,  qudrat,  avliyo,  xoliq,  xidrat,  ibodat,  mo''min,  musulmon  arafot  kabi.  Bu  kabi 

so'zlar bir tomondan, Qur'on va hadislar singari bevosita islom diniga doir kitoblarning 

tarjimalari,  tavsiflar  orqali  mahalliy  tillarga,  jumladan  o'zbek  tiliga  qabul  qilindi. 

Ikkinchi  tomondan  esa,  diniy  mavzularga  bag'ishlangan  asarlarning  (Yassaviy 

«Hikmat»lari,  «Qissai  Rabg'uziy»  kabi)  yaratilishi  ham  o'zbek  tilidan  arab  tiliga  xos 

chuz  va  iboralarning  ko'payishiga  olib  keldi.  Keyinroq  esa  adabiyot,  fan  va 

madaniyatning  rivojlanishi  bilan  bog'liq  ravishda  adabiyot,  amaliyot,  maslahat,  javob, 

ijodiy,  madaniyat,  imlo,  abjad,  idora,  alifbo,  bino,  bo'z,  vazifa,  kitob,  maktab,  ilova, 

lug'at, iymon, mustaqil, masofa, nafaqa, raqam, vaqt, nizom, dune, vazn, ijobiy, luqma, 

zuxra, iroda, kamolot kabilar. 

Shuni eslatish kerakki, arab tilining O'rta Osiyo xalqlari tillariga, shu jumladan, 

o'zbek  tiliga  bo'lgan  ta'siri  asosan  lug'at  tarkibi  bilan  chegaralanadi.  O'zbek  tili 

leksikasiga  arab  arab  tilidan  kirib  kelgan  so'zlarning  ko'pchiligini  predmet  ma'nosini, 

ayniqsa  mavhum  predmetini  va  belgi  ma'nosini  bildiruvchi  iboralar  tashkil  qiladi. 

O'zbek  tilining  fonetik  tuzilishi  va  grammatik  qurilishiga  esa  arab  tili  sezilarli  ta'sir 

ko'rsata olmadi. 

Navoiy o'zining butun adabiy va ijtimoiy – siyosiy faoliyati davomida ona tilida 

katta adabiyot, fors-tojik tili bilan musobaqa ila oladigan darajada yuksak badiiy asarlar 

yaratish,  turk-o'zbek  tilini  rivojlantirish,  uning  boy  imkoniyatlarini  ochib  berish  uchun 

tinmay harakat qildi. U «yuqori» bayon uslubi talablaridan kelib chiqqan holda arab va 

fors-tojik tillari  unsurlaridan kelib chiqqan holda arab va fors-tojik tillari unsurlaridan, 

ayniqsa,  lug'at  boyligidan,  shuningdek  grammatik  shakllari,  badiy  tasvir  vositalaridan 

keng foydalandi va o'zbek adabiy tilini boyitd. 

Navoiy  ijodida  arab  tili  muhim  o'rin  tutadi.  Shuni  eslatish  kifoyaki,  Navoiy 

asarlarining ko'pchiligi arabcha nom bilan, so'z  va  iboralar bilan ataladi:  «Xozoyin-ul 

maoniy»,  «Navodir-ush  shabob»,  «Xayrat-ul  abror»,  «Lison-ut  tayr»,  «Majolis-un 

nafoyis», «Arbain», «Mezon-ul avzon», «Maxbub-ul qulub» kabi. 

Navoiy asarlarida juda ko'p so'zlar, lug'aviy birliklardan tashqari, ko'plab arabiy 

iboralar,  birikmalar  va  alohida  gaplar  keng  ishlatilgan:  holloq-ul  maoniy  –  ma'nolar 

yaratuvchi, shayx-ul mashoyix – shayxlar shayxi, ayn-ul hayot – hayot chashmasi, baxr-

un najot  - qutilish dengizi, alas-sabiya –  bab-barobar, as-sayoxatu bil qulubi  – sayohat 




 

11 


dil bilan bo'ladi, doma hayotuxu – uning umri uzoq bo'lsin, kash shamsi nisfan-nahor – 

kun  o'rtasida  peshin  quyoshidek  kabi.  Navoiy  bunday  arabiy  ibora  va  birikmaladan 

turlicha uslubiy maqsadlarda samarali foydalanadi. 

Navoiy  asarlarida  arab  tiliga  xos  qator  grammatik  shakllar  ham  uchraydi. 

Jumladan, otlarda ko'plikning quyidagi adabiy shakllari qo'llanadi: 

1. 


–ayn  affiksi  orqali  yasalgan  juft  ko'plik  shakli:  fid  dorayn  –  ikki 

dunyoda,  qurratu  ayninli  –  ikkimizning  ko'zimiz  nuri,  lug'atayn 

(Muxokat-ul lug'atayn) – ikki lug'at muhokamasi, zulfayn – ikki soch 

o'rimi kabi. 

2. 

–in  affiksi    bilan  ifodalangan  ko'plik  shakli:  salotin,  muslimin, 



mutaxayyirin. 

3. 


–ot affiksi orqali yasalgan ko'plik shakli: xarakot, kalimot, maqolot, 

xayolot,  zulumot,  muqaddimot,  barokot  kabi.  Bu  shakllar  ko'plik 

affiksini  (-lar)  ham  olib  keladi:  harakotlar,  maqolotlar.  Harakatlari 

tuzuksiz so'zlaridek va kalimotlari xashviv maxalsiz nozlaridek. 

4. 

arab  tiliga  xos  so'zlarning  ichki  fleksiyasi  vositasida  va  qo'shimcha 



xarflar  orttirish  orqali  yasalgan  «siniq  ko'plik»  shakllari  shuaro, 

vuzaro,  fuqaro  (faqirlar),  xukamo,  ash'or,  asxob  (do'stlar),  madoris 

masojid, atibbo, qulub, af'ol kabi. 

 

Navoiy fors-tojik tiliga va adabiyotiga chuqur hurmat bilan munosabatda bo'ladi, 



uning  boy  tajribalaridan  o'rganadi,  undagi  chiroyli  tasviriy  vositalar,  ixcham,  ravon, 

badiiy, kuchli iboralar va birikmalardan o'z asarlarida foydalanadi, ularni o'zbek adabiy 

tiliga olib kiradi. navoiyning bir qancha asarlari forscha- tojikcha yoki arabcha-tojikcha 

shakldagi  atamalar  bilan  yuritiladi:  «Xoloti  Sayid  Xasan  Ardasher»,  «Tarixi  mulki 

Ajam», «Tarixi anbiye va xukamo» kabi. Uning asarlarida qo'llangan juda ko'p forscha-

tojikcha  lug'aviy  birliklar,  chiroyli  ibora  va  birikmalar  turlicha  uslubiy  vazifalarni 

bajaradi. 

 

Xirmani ruxsoriga solmish mayi gulnori o't, 



Uylakim, gul xirmaniga otashin ruxsori o't. 

 

 



 

 

 



 

 

 



(G'aroyib) 

 

Navoiy  asarlarida,  ayniqsa  she'riyatda  qo'llangan  aniqlovchili  birikmalarning 



aksariyati  forscha-tojikcha  izofalardan  iborat:  nasimi  subx,  shoim  xijron,  buti  shirin 

kalom,  xoli  mushkin,  vodiyi  xajr,  bodayi  vasl,  sokiyi  gulandom,  asiri  g'am,  shaxzodai 

nomdor kabi. 

 

Ollimda tabibi chorasozim ham yo'q, 



Yonimda rafiqi dilnavozim yo'q. 

 

Navoiy  asarlarida  naxlqomat,  abrmonand,  balandmaqom,  devonaqirdor, 



parishonro'zg'or,  baxrtimsol,  darenasab,  jahonpaxlavon,  bolqushoy,  daroznafas  singari 

qo'shma so'z va iboralarni, shu so'zlar asosida hosil qilingan mardafkanlin, dostonorolik, 

gavharnisorlik,  dalilovarlik,  girixkushoylig,  barkgomlik,  diramposhlik,  jahonso'zluk, 

mubarizafkanlik kabi yangi so'zlar, murakkab yasalmalarni ko'plab uchratish mumkin. 

«Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati»ning YI jildida Navoiy asarlarida 

qo'llangan  barcha  so'zlarning  indeksi  beriladi.  Bu  indeksda  jami  15052  so'z  va  ibora 

keltiriladi. (210 ta arabiy birikmalar va iboralar bunga kirmaydi). 



 

12 


Navoiyning ona tilida katta adabiyot  yaratish  yo'lidagi buyuk maqsadni amalda 

ijro  etish,  shubhasiz,  yozuvchidan  «oliy  uslub»da  asarlar  yozish  zarurligini  talab  qilar 

edi.  Bu  esa  ona  tilining  boy  xazinasidan  tashqari,  arab  va  fors-tojik  tillarning 

boyliklaridan go'zal tasviriy ifoda vositalaridan samarali foydalanishni, chiroyli istiora, 

kinoya va o'xshatishlarni turlicha uslubiy maqsadlarda qo'llanish lozimligini ham taqozo 

etar  edi.  Arab  va  fors-tojik  tillarini,  ularning  boyli  va  nozik  qirralarini  mukammal  va 

chuqur bilgan Navoiy bu talablarni yaxshi tushunar edi. Demak, Navoiy asarlarida arab 

va  fors-tojik  tillari  unsurlarning  ko'p  va  xo'b  qo'llanishi  avvalo  adabiy-badiiy  uslub 

bilan, «katta adabiyot uchun munosibroq hisoblangan» «yuqori uslub»da badiiy jihatdan 

yuksak  asarlar  yaratish  talablari  bilan,  shuningdek  uning  bu  tillarni  juda  chuqur  va 

yaxshi  bilganligi kabilar bilan izohlanadi. 

Buyuk  shoir  va  adib,  ulug'  mutafakkir  olim  Alisher  Navoiyning  adabiy,  ilmiy, 

ijtimoiy-siyosiy  faoliyatida  umuman  tillarga,  xususan  ona  tiliga  munosabati  alohida 

o'rinni egallaydi. U deyarli barcha asarlarida o'zining til haqidagi qarashlarini, ona tilini 

rivojlantirish,  uning  boyligi  va  go'zalligi  haqidagi,  o'z  xalqini  ana  shu  tilda  yozilgan 

g'oyaviy-badiiy  yuksak  asarlardan  bahramand  etish  haqidagi  g'oyalarini,  fikr-

mulohazalarini  bayon  etadi.  umring  oxirida  esa  o'zining  bu  sohadagi  butun  faoliyatini 

umumlashtiradi  va  ilmiy-tarixiy  jihatdan  katta  qimmatga  ega  bo'lgan  «Muxokamat-ul 

lug'atayn» («Ikki til lug'at haqida muxokama») asarini yozadi. 

Navoiy  so'z  shakllari  yasalishi  sohasida  quyidagilarni  qurish  mumkin:  1.  Arab  

tiliga  xos  mufoala  shakli  –  ikki  va  undan  ortiq  shaxslar  harakatini  anglatgan  birgalik 

shakli fors-tojik tilida yo'q, o'zbek tilida esa bir «shin» harfi qo'shish orqali ifodalanadi: 

chopishmoq, topishmoq, quchushmoq, o'pushmoq kabi. 2. Arabiy ikki  maf'ulluk fe'llar 

(vositali ob'yektli buyruq ma'nosi) ham sortlarda yo'q, turklar bir harf qo'shish orqali bu 

ma'noni juda qisqa va aniq ifodalaydilar: kildur, yashurt, chiqart kabi. 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish