O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ
TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA
MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
“O’ZBEK ADABIY TILI TARIXI”
FANI BO’YICHA MA’RUZALAR MATNI
(Filologiya ta’lim yo’nalishi uchun)
NAVOIY-2005 yil
2
Tuzuvchilar: f.f.n. N. Zayniddinova
o`qituvchi To`xtaeva B.
Taqrizchilar: dots. M. Ravshanov
P.f.n. H. Suyunov
Mavzu: O'zbek adabiy tili tarixi fani va uning vazifalari.
R E J A :
1.
Kirish.
2.
O'zbek adabiy tili tarixi fanini o'rganish manbalari.
3.
Adabiy til va jonli so'zlashuv tili.
O'zbek adabiy tili tarixi o'zbek adabiy tilining mohiyati va mundarijasi haqidagi,
uning tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari to'g'risidagi fan sifatida XX asr
boshlarida yuzaga keldi. Shundan keyin o'zbek adabiy tili yangi tushunchalarni
anglatuvchi so'z va iboralar bilan boyidi. Uning grammatik qurilishi yangi shakllar bilan
to'ldirilib, ancha silliqlashdi. Bu fanning vujudga kelishida yirik rus olimlari
V.V.Radlov,
S.YE.Malov,
A.K.Borovkov,
A.N.Kononov,
N.A.Baskakov,
A.M.Shcherbak kabilar bilan bir qatorda G.Abduraxmonov, U.Tursunov, S.Mutalibov,
E.Fozilov, A.Rustamov,SH.Shukurov, B.O'rinboyev singari qator o'zbek tilshunoslari
ham munosib hissa qo'shdilar. Bu fanning shakllanishi o'zbek filologiya fanining
yutuqlaridan biri hisoblanadi. U til qonuniyatlarini, uning shakllanish va rivojlanish
xususiyatlarini o'rganish imkoniyatlarini yaratib berdi.
O'zbek adabiy tili tarixi fanining shakllanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy
rivojlanish omillari bilan yaqin aloqada bo'lgan ijtimoiy fikrlar tarixi, madaniyat va
adabiyot tarixi bilan uzviy ravishda bog'langan. Ammo tilning barcha xususiyat va
tomonlari hamma vaqt ham jamiyat hayotidagi iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlarni
bevosita, bir xilda aks ettiravermaydi. O'z navbatida, tarixiy taraqqiyotning turli
davrlarida til qurilishida va uning xizmat qilish sohalarida yuz bergan o'zgarishlar ham
jamiyatning rivojlanishi bilan bir xil darajada bog'langan emas.
O'zbek adabiy tili tarixining o'rganadigan sohasi, uning tarixiy grammatika bilan
bog'liqligi va undan farqlanadigan tomonlari qo'yidagilardan iborat:
1.
Tarixiy grammatika o'zbek tili hodisalarini, tildagi xilma-xil narsalar
majmuini o'rganadi. O'zbek adabiy tili tarixi esa faqat o'zbek adabiy
tiliga xos uslublarni, uslubiy hodisalarni o'rganadi.
2.
Tarixiy grammatika til hodisalari ma'lum bir tizimda olib qaraydi,
ularni umumlashtirish, mavhumlashtirish (abstraksiya qilish) asosida
o'rganadi. O'zbek adabiy tili tarixi esa yozma yodgorliklar tili tarixi
bo'lganligidan o'zbek tili hodisalarini, undagi narsalarni matn ichida
olib karaydi. O'zbek adabiy tili tarixi bu matnlarni tili bo'yicha
mavhumlashtirmaydi, balki ularni faqat jamlaydi, ma'lum guruhga
3
kirgan matnlar tilining o'xshash xususiyatlarini umumlashtiradi,
boshqa guruh matnlaridan farqini aniqlaydi, adabiy tilning turli
uslublarini ularning vazifasi doirasini va rivojlanishini tekshiradi.
3.
Tarixiy grammatika asosan til tuzilmasini, til qurilishini tekshiradi.
O'zbek adabiy tili tarixi esa o'zbek tilining «adabiy bo'lmagan»
forma va uslublar bilan o'zaro munosabatda bo'lish tarixini hamda
adabiy tilning ijtimoiy vazifalari tarixini o'rganadi.
Shunday qilib, o'zbek adabiy tili tarixi mustaqil fan sifatida o'zaro bog'langan
uch tomon:
a) adabiy til tuzilishi tarixi yoki adabiy til uslublari tarixi tomoni;
b) adabiy til bilan tilning «adabiy bo'lmagan» uslublarining o'zaro munosabati
tarixi tomoni;
v) adabiy tilning ijtimoiy vazifalari tarixi tomonining uzviy birligi asosida
tashkil topadi. O'zaro bog'langan ana shu uch soha o'zbek adabiy tili tarixi fani
o'rganadigan mavzuni tashkil etadi.
O'zbek adabiy tili fani o'rganiladigan til hodisalarining turli tomonlari qamrab
olish jihatidan ko'p qirralidir. Bu ilmiy tekshirishning xilma-xil usullaridan (an'anaviy,
tarixiy-qiyosiy, tuzilmali) foydalanish imkonini beradi. Demak, o'zbek adabiy tili tarixi
o'rganadigan soha bevosita o'zbek adabiy tilidir.
Til taraqqiyotining yuqorida ko'rsatilgan uch tomoni va adabiy til tarixini
o'rganishning uch jihati nuqtai nazaridan uning taraqqiyot davrlarini aniqlash
imkoniyatini beruvchi til tizimining quyidagi asosiy belgilarini ko'rsatish mumkin. Bu
belgilar esa til taraqqiyoti davrlarini, bosqichlarini aniqlash imkoniyatini beradi:
1.
Adabiy til uslublarining miqdori, ularning o'zaro munosabati va
ijtimoiy vazifalari.
2.
Adabiy til uslublarining, uning turlarini aniqlashda asos bo'lgan
tuzilma va funksional belgilar.
3.
Adabiy til tuzilmasi, uning ko'lami va ijtimoiy vazifalari hamda u
bilan jonli so'zlashuv nutqi ko'rinishlari o'zaro bog'liqligi.
Har bir davr adabiy til tizimini bayon etish sinxron tarzdagina bo'lib qolmaydi.
O'zbek adabiy tilining tarixiy rivojlanish davrlarini ancha uzoq muddatlarni o'z ichiga
oladi. Adabiy til tizimlarini belgilovchi muhim o'zgarishlar uzoq davr mobaynida asta-
sekin to'plana borib, yuz beradi. Shunga ko'ra til qurilishi unsurlari faqat vazifadoshlik
holatinigina emas, balki rivojlanish jarayonida vujudga keladi. Shuning uchun adabiy til
tarixi taraqqiyotining ma'lum davrlarida tilning qanday holatda ekanligi, xususiyati
bilan bir qatorda, tilda nimalar yuz berayotganligini, qaysi sohalar o'zgarganligini,
qanday yangi formalar paydo bo'lganligini ham o'rganadi.
Rivojlangan har qanday til, shu jumladan hozirgi o'zbek ikki tili ikki asosiy
vazifani bajaradi, ya'ni funksional turga: adabiy til va jonli so'zlashuv tiliga bo'linadi.
Har bir muayyan tilning sohibi,tashuvchilari bo'lgan elat (xalq) yoki millatning vakillari
tomonidan jonli so'zlashuv tili bolalikdan boshlab egallanadi. Adabiy til, uning
me'yorlari va qonuniyatlari esa balog'atga yetgan, kamolotga erishgan kishining
shakllanishi jarayonida o'rganib, o'zlashtirib olinadi. Bunda ayniqsa, oila va maktab,
oliy o'quv yurti, adabiy tilni egallagan shaxslar, olimlar bilan yaqin aloqada bo'lib
turish va ular ko'magida turli janrdagi adabiyotlarni o'qish, o'rganish muhim ahamiyatga
ega.
Umumxalq tilining yuqori shakli hisoblangan adabiy til aniq va muayyan bir
tizimda har bir davrning tilga xos me'yor, tartib qoidalarni ifodalaydi. Milliy adabiy
tilni, uning og'zaki va yozma shakllarini aniqlashda eng muhim va asosiy belgi uning
4
muayyan bir me'yorga, ya'ni aniq bir maromga, tartib-qoidalarga solinganligidir. Milliy
tilgacha bo'lgan davrdagi adabiy til bilan milliy adabiy til orasida muhim tafovutlar
bo'lishiga qaramay, normativlik adabiy til taraqqiyotining barcha davrlarida – milliy
tillarning tashkil topish davrida ham, ayniqsa, milliy adabiy tillar to'la shakllangan
davrlarda ham -asosiy belgi bo'lib qoladi. Adabiy til taraqqiyotining dastlabki
davrlariga tegishli yodgorliklarni o'rganish unda bir qator me'yorlar mavjudligini eski
me'yorlar yo'qolib yangi me'yorlar yuzaga kelishini, yangi va eski me'yorlarning
muvoziy (parallel) holda qo'llanganligini ko'rsatadi. Demak, me'yor faqat tilning hozirgi
holati sinxroniya uchungina xarakterli bo'lib qolmay, balki diaxroniyada ham vujudga
keladi.
Adabiy til leksikasida ham, fonetika va grammatik qurilish sohasida ham o'z
me'yorlari, qoidalari bilan ajralib turadi. Bu me'yorlar grammatika darsliklari,
qo'llanmalari va barcha xil lug'atlarda belgilab qo'yilgan bu me'yorlar grammatika
darsliklari, qo'llanmalari va barcha xil lug'atlarda belgilab qo'yilgan. Bu me'yorlar
grammatika darsliklari va qo'llanmalari. Bu me'yorlar shu tilda so'zlashuvchi barcha
kishilar uchun umumiy va zaruriy xisoblanadi. Umumxalk tilining kayta ishlanishi
negizida shakllanib, maxalliy dialektlarning umumiy zaruriy xususiyatlarini o'ziga
singdira borgan adabiy til ayni zamonda umumxalq tilning turli ko'rinishlaridan – jonli
so'zlashuv nutqidan ham, mahalliy shevalardan ham, jargonlardan ham farq qiladi.
Adabiy tilning muayyan me'yorga solinganligi shundan iboratki, uning lug'at
tarkibi ma'lum tartibga keltirilgan bo'ladi. So'zlarning ma'nosi va ishlatilishi, talaffuzi va
yozilishi hamda grammatik shakllari yasalishi yagona, mushtarak qoidaga bo'ysunadi.
Adabiy me'yor tarixiy toifa (kategoriya) hisoblanadi. U tilning taraqqiyoti bilan bog'liq
ravishda o'zgarib turadi, uning ichki qonuniyatlariga bo'ysungan holda kishilarning talab
va ehtiyojlarini qondiradi. Shuning uchun adabiy til me'yorlari, tartib-qoidalari tilda
doimo yuz berib turadigan o'zgarishlarni aks ettiruvchi ko'rinish (variant)larni inkor
etmaydi.
Adabiy tilning ikki turi – og'zaki va yozma turi mavjud. Bu shakllar idrok
etishning ikki turi, ya'ni quruv va eshituv uchun mo'ljallanganligi sababli o'ziga xos bir
qancha xususiyatlarga egadir. Adabiy tilda uning har ikkala shakli uchun xos bo'lgan
betaraf va uslublararo ifoda vositalari ham bo'ladi.
Umumuslubiy va uslublararo shakllarga birinchi navbatda tilning morfologik
belgilariga qarab ikki turga – og'zaki va yozmaga ajratishda qat'iy chegara yo'q. Shunga
qaramay bu shakllarning o'ziga xos ayrim xususiyatlarini ko'rsatish mumkin. Jumladan,
adabiy tilning og'zaki shaklida ot va sifat turkumlariga xos his-tuyg'u, ta'sirchanlikni
ifodalovchi shakllar (bolakay, qizgina, erkatoy, kichkintoy, kichkina, kattakon); takror,
davomiylik, kuchaytirish ma'nolarini ifodalovchi fe'lning taxliliy shakllar (sezgirlik,
bilan, telefon orqali, tezkorlik asosida nihoyatda ko'rkam, g'oyat baland); -lik, -chilik, -
lashtirish kabi affikslar yordamida yasalgan so'zlar (o'qituvchilik, dehqonchilik,
parrandachilik,radiolashtirish, avtomatlashtirish) va boshqalarni ko'rsatish mumkin.
Adabiy tilda sintaktik qurilish jihatidan ham ikki shaklga xos xususiyatlarni
ko'rish mumkin. Ko'pgina sodda gaplarni, ayniqsa, to'liqsiz gaplarni qisman bog'langan
qo'shma gaplarni ishlatish adabiy tilning og'zaki shakli uchun xos bo'ladi. Bu vaqtda
ohang, to'xtam, imo-ishora, nutq vaziyati kabi vositalar muhim rol o'ynaydi. Yozma
adabiy tilning sintaktik qurilishi esa o'zining ancha murakkabligi bilan ajralib turadi.
Unda ergash gapli qo'shma gaplar, kirish so'z va iboralar, murakkab qurilishli sodda
gaplar, ajratilgan va uyushiq bo'laklar, murakkab qo'shma gaplar ancha keng ishlatiladi.
Adabiy tilning har ikkalasi uchun xos alohida leksik va frazeologik til birliklari
qo'llanadi, ya'ni hozirgi adabiy tilda betaraf va uslublararo qatlam bilan bir qatorda,
nafaqat og'zaki yoki yozma adabiy til uchun xos so'z va iboralar qatlami ham mavjud.
5
Masalan, «O'zbek tilining izohli lug'ati» (ikki tomlik, M.,1981) hamda «O'zbek tilining
frazeologik izohli lug'ati» (T.,1978, SH.Raxmatullayev) «salanglab yurmoq»
suyunmoq (sevinmoq), qashlamoq (qashimoq) xayitlamoq, qoyilmaqom, qulaylamoq,
qaydam, qanaqangi, shunchayiki, jon-poni chiqib ketdi, ko'zi tirik, ko'zlari qinidan
chiqib ketdi kabi so'z va iboralar so'zlashuv nutqiga xos hamda boshqaruv, intilish,
adabiyot, kamtarlik, ijtimoiy, ko'zi ochiq, g'olib kelmoq, joni xalqumiga kelmoq, ko'ngli
toza kabilar esa yozma adabiy tilga xos so'z va iboralar deb qayd qilindi.
Adabiy tilning og'zaki shakli ma'ruza va suxbatlarda, yozma shakli esa fan,
texnika va adabiyot asarlarida, rasmiy ish xujjatlari, nashriyot va matbuot sohalarida
ishlatiladi. Lekin bular o'zaro uzviy ravishda bog'langan bo'ladi. Ma'ruzalar, har xil
chiqishlar o'z xususiyati bilan yozma adabiy tilga yaqin turadi. Shuningdek, yozma
adabiy tilda, ayniqsa, badiiy asarlarda so'zlashuv nutqiga xos so'z va iboralar ham
qo'llanadi. Shuni qayd qilish kerakki, «og'zaki», «so'zlashuv» atamalari adabiy tilning
shakllaridan birini (adabiy tilning og'zaki yoki yozma shakllarini) ifodalash uchun
hamda milliy tilning funksional turlaridan birini (adabiy til yoki jonli so'zlashuv tilini)
ifodalashga xizmat qiladi.
O'zbek adabiy tilining rivojlanish jarayonini tekshirishda, o'zbek adabiy tili
taraqqiyotining turli davrlarga tegishli, shuningdek o'zbek milliy tilining tashkil topishi
davriga oid yodgorliklarning til xususiyatlarini o'rganish vaqtida adabiy tilni farq
qiluvchi asosiy vosita sifatida «og'zaki» atamasidan foydalanib bo'lmaydi. Chunki
o'zbek adabiy tili tarixi ana shu yozma yodgorliklar tili tarixidan iborat. Shuning uchun
o'zbek adabiy tili taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab kitobiy unsurlar
yozma adabiy tilning vositalari sifatida br-biriga qarama-qarshi qo'yilganligini ko'rish
mumkin. Bu xodisa, ayniqsa qadimgi turkiy adabiy til va eski o'zbek adabiy tili,
shuningdek, milliy adabiy til yodgorliklari uchun xarakterlidir. Yozma yodgorliklarda
tashkil topib qat'iylashgan til me'yorlari, qoidalari asta-sekin so'zlashuv nutqiga ham o'ta
boradi. Yozma nutq shakli, og'zaki nutq shakli, adabiy tilning yozma va og'zaki
shakllari kabi tushunchalarning paydo bo'lishi asosan shu xodisa bilan bog'langan.
Hozirgi yozma adabiy matnlarda (badiiy adabiyot, publisistika, gazeta va jurnal
maqolalarida) yozma va og'zaki til unsurlari bo'lganidek, og'zaki nutqda ham so'zlashuv
va yozma nutq unsurlari mavjud bo'ladi.
Hozirgi o'zbek milliy tilining har xil shakllari va ko'rinishlarining o'zaro
munosabatini quyidagi jadval orqali ko'rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |