Mavzu: O'zbek xalq tili taraqqiyotining ilk davri.
R E J A :
1.
Ilk davr adabiy tilining xususiyatlari.
2.
Maxmud Qoshg'ariy «Devoni Lug'otit turk» asarining tarixiy va ilmiy
ahamiyati.
3.
«Qutadg'u bilig» asarining tili va uslubi.
O'zbek adabiy tili tarixi o'zbek adabiy tilining mohiyati va mundarijasi haqidagi,
uning tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari to'g'risidagi fan sifatida XX asr
boshlarida yuzaga keldi. Shundan keyin o'zbek adabiy tili yangi tushunchalarni
21
anglatuvchi so'z va iboralar bilan boyidi, uning grammatik qurilishi yangi shakllar bilan
to'ldirilib, ancha silliqlashdi. O'zbek adabiy tili tarixi fanining shakllanishi jamiyatning
iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi omillari bilan yaqin aloqada bo'lgan ijtimoiy fikrlar
tarixi, madaniyat va adabiyot tarixi bilan uzviy ravishda bog'langan. Ammo tilning
barcha xususiyat va tomonlari hamma vaqt ham jamiyat hayotidagi iqtisodiy va siyosiy
o'zgarishlarni bevosita bir xilda aks ettiravermaydi. O'z navbatida tarixiy taraqqiyotning
turli davrlarda til qurilishida va uning xizmat qilish sohalarida yuz beradigan
o'zgarishlar ham jamiyatning rivojlanishi bilan bir xil darajada bog'langan emas. O'zbek
adabiy tili tarixini o'rganadigan sohasi, uni tarixiy grammatika bilan bog'liqligi va undan
farqlari quyidagilardan iborat:
1.
Tarixiy grammatika o'zbek tili xodisalarini, tildagi xilma-xil narsalar
majmuini o'rganadi. O'zbek adabiy tili tarixi esa faqat o'zbek adabiy tiliga
xos uslublarni, uslubiy xodisalarni o'rganadi.
2.
Tarixiy grammatika til xodisalarini ma'lum bir tizimda olib qaraydi,
umumlashtirish, mavhumlashtirish (abstraksiya qilish) asosida o'rganadi.
3.
Tarixiy grammatika asosan til tuzilmasini, til qurilishini tekshiradi. O'zbek
adabiy tili tarixi esa «O'zbek tilining adabiy bo'lmagan» forma va uslublari
bilan o'zaro munosabati tarixini hamda adabiy tilning ijtimoiy vazifalari
tarixini o'rganadi.
Shunday qilib, o'zbek adabiy tili tarixi mustaqil fan sifatida o'zaro bog'langan 3
tomon:
a) adabiy til tuzilishi tarixi yoki adabiy til uslublari tarixi tomoni
b) adabiy til bilan tilning «adabiy bo'lmagan» uslublarining o'zaro munosabati
tarixi tomoni
v) adabiy tilning ijtimoiy vazifalari tarixi tomonining uzviy birligi asosida tashkil
topadi.
O'zaro bog'langan ana shu 3 soxa o'zbek adabiy tili tarixi fani o'rganadigan
mavzuni tashkil etadi.
O'zbek adabiy tili tarixi fani o'rganiladigan til xodisalarining turli tomonlarini
qamrab olish jihatidan ko'p qirralidir. Bu esa ilmiy tekshirishning xilma-xil usullaridan
(an'anaviy, tarixiy-qiyosiy tuzilmali) foydalanish imkoniyatini beradi. Demak, o'zbek
adabiy tili tarixi o'rganadigan soha bevosita o'zbek adabiy tilidir.
Turkiy urug' va qabilalar tillarining xususiyatlarini, ularning tarixi va lug'at
boyligini o'rganishga bag'ishlangan «Devoni lug'otit turk» asari o'z davrining iste'dodli
olimi Maxmud ibn Xusayn ibn Muhammadiy Qoshg'ariy tomonidan 1072-83 yillarda
arab tilida yozilgan. Ko'pgina adabiyotlardan Maxmud Qoshg'ariy o'z asarini 1072-1073
yoki 1073-1074 yillarda yozib tugatgan deb ko'rsatiladi. Ammo bu asarning hajmi unda
bayon qilingan materiallarning miqyosi uni 1-2 yilda yozish mumkin emasligini
ko'rsatadi. Asarning yozilish sanasi haqida «Devoni lug'otit turk» asarida muallif
tomonidan qiziqarli ma'lumotlar berilgan.
Maxmud Qoshg'ariy XXI asrda O'rta Osiyo xalqlari orasida yetshib chiqqan yirik
adabiyotchi, tilshunos, tarixchi, geograf va etnograf olimdir. U o'zining butun ijodiy
faoliyatini o'z xalqi tili tarixini, uning xalq og'zaki ijodiyotini joylashgan xududini, urf-
odatlarini va umuman-turkiy xalqlarning moddiy va ma'naviy madaniyatini
o'rganishga, uni keng targ'ib qilishga bag'ishladi. U turkiy urug' va qabila tillarini ularda
qo'llagan so'zlarning leksik, grammatik xususiyatlarini, so'zning ma'no va akllarini,
22
talaffuz me'yorlarini chuqur o'rganish asosida dastlab «Javoxir un naxv fi lug'otit turk»
asarini yozadi. Amo bu asari bizgacha yetib kelmagan.
Maxmud Qoshg'ariy «Devoni lug'otit turk» asarini yozishdan ilgari ko'p yillar
davomida turkiy qabilalar orasida yurib, ularning tillarini tarixini va urf-odatlarini
sinchiklab o'rganadi, juda ko'p miqdorda leksik material, so'z va iboralar, she'riy
parchalar, maqol va hikmatli so'zlar to'playdi, ularni o'zaro chog'ishtiradi va
umumlashtirad. Bu haqda «Devoni lug'otit turk» asarida shunday fikrlar keltiriladi.
«Men turklar, turkmanlar, o'guzlar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlarini qishloq va
yaylovlarini ko'p yillab kezib chiqdim. Lug'otlarini to'pladim, turli xil so'z
xususiyatlarini o'rganib aniqlab chiqdim. Men bu ishlarimni til bilmaganim uchun emas,
bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim. Ularni har tomonlama
puxta bir xil asosda tartibga soldim».
Bizgacha «Devoni lug'otit turk» asarining birgina qo'lyozma nusxasi yetib kelgan.
U 1914 yilda Turkiyaning Diyorbakir shaxrida topilgan. Hozir Istanbulda saqlanadi.
Devon 1915-17 yillarda turk olimi R.Refat tomonidan Istanbulda 3 tomli kitob shaklida
nashr etildi. 1928 yilda sharqshunos olim K.Brokelman bu asarni nemis tiliga tarjima
qilib nashr etadi. 1028-41 yillarda turk olimi Basim Atalay uni Usmonli turk tiliga
tarjima qilib nashr ettirdi. 1960-63 yillar davomida tilshunos olim S.Mutallibov
«Devoni lug'otit turk» asari o'zbek tiliga tarjima qilib nashr ettirdi. 1967 yilda uning
indeks lug'oti bosilib chiqdi.
«Devoni lug'otit turk» asari 2 asosiy bo'limdan iborat. Muqaddima muallifning o'z
oldiga qo'ygan maqsadi, devonning tuzilishi, turkiy qabilalar tillarining xususiyati va
o'rganishning ahamiyati, bu tillarda bo'lgan ayorim farqlar, shuningdek asarda
ishlatiladigan yozuv, fe'ldan ot yasalishi, ot va fe'ldagi orttirma belgilar, so'z va
harflarning oldin keyin kelish tartibi kabilar haqida qisqacha ma'lumot beradi. Lug'at
bo'limida esa X-XII asrlarda turkiy qabilalar tilida keng qo'llangan so'zlarga milliy
tarixiy jihatdan izoh beriladi. Bunda ham asosiy diqqat keng iste'molda bo'lgan so'zlarga
qaratilgan. qo'llanilishi cheklangan, iste'moldan chiqqan so'zlarga esa izoh berilgan
emas. Demak, o'sha dvar tilida so'zlarning qo'llanilish darajasi, ularning faol yoki
sustligi, so'z ma'nolarining o'zgarishi kabi xodisalarga ko'proq e'tibor bergan.
«Devon»da fonetika, morfologiya va dialektologiya masalalarini yoritishga
bag'ishlangan alohida boblar berilgan emas. Ammo so'z ma'nolari va shakllari bayonida
ularning turlicha qabila tillaridagi qiyosiy izohini berish jarayonida shu masalalarga oid
qiziqarli va qimmatli fikrlar bayon qilinadi. Jumladan, Maxmud Qoshg'ariy devonda
fonetika masalalari sohasida tovush bilan harf munosabatini aniqlaydi. Ularning
ko'rsatishicha, turkiy tillardagi barcha tovushlarni ifodalash uchun amalda bo'lgan
yozuvdagi 18 ta harf yetarli emas, balki shu harflarga maxsus belgilar qo'yib yozish
asosida yana 7 ta harf qo'shish talab qilinadi. Shu asosda u turkiy tildagi mavjud
tovushlarning xususiyatini bayon qiladi: so'zlarda tovushlarning qattiqligi va
yumshoqligi hamda ularning qiziqarli talaffuz qilinishi xodisalarini izohlaydi, aniq
misollar keltiradi. Tor va keng, qisqa va cho'ziq unlilarning xususiyati talaffuzini
aniqlab berdi. Maxmud Qoshg'ariyning o'sha davr fonetikasiga bergan izohlari turkiy
tillar fonetikasi uchun qimmatlidir. U tovush va harf o'rtasidagi munosabatni birinchi
marta aniqladi.
Demak, turkiy xalqlarning tarixini, madaniyatini adabiyoti va san'atini ularning
yashash sharoiti va urf-odatlarini o'rganishda «Devoni lug'otit turk» asari juda katta
qimmatga ega asar hisoblanadi. Bu asar, ayniqsa turkiy tillarning ularning rivojlanishi
xususiyatini, o'zaro-bir-biriga ta'siri masalalarini aniqlada juda muhim manba bo'lib
xizmat qiladi.
23
«Qutadg'u bilig» (Baxt keltiruvchi bilim) turkiy tilda yaratilgan birinchi badiiy
asar, turkiy doston nafisliklaridan dastlabki namunasi. Bu asar katta hajmda falsafiy
didaktik bo'lib, XI asr adabiy tili, adabiyoti va tarixidan eng nodir yodgorligi sifatida
katta ilmiy tarixiy qimmatga ega. Eski turkiy adabiy tilidan me'yorlarining tartibga
keltirishda ayniqsa, turkiy tilning adabiy badiiy uslubini shakllantirishda bu asarning
ahamiyati nihoyatda katta. Qarluq - chigil uyg'ur tillari negizida yozilgan bu asar
Qoraxoniylar davlati hududida yashagan barcha turkiy qabilalar uchun tushunarli
bo'lgan shu qabilalarning til xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan. Shunga ko'ra u
O'rta Osiyodagi hozirgi barcha turkiy xalqlarning adabiyo yodgorligi sifatida ularning
umumiy til xususiyatlarini aks ettiradi.
Axloq va odob, ta'lim va tarbiya, ilm-ma'rifat masalaariga bag'ishlangan
«Qutadg'u bilig» xijriy 462 yilda, melodiy 1069-1070 yilda, Yusuf Xos Xojib
Bolosoguniy tomonidan Qoshg'orda yozib tugallangan va Qoroxoniy hukmdorlarindan
Tavgoch Bugraxonga taqdim qilingan. Muallif asarning yozilgan ilmi haqida shunday
deydi:
Yil oltmish eki erdi to'rt yuz bila,
Bu so'z so'zladim man tutib jon sura.
Hozirgi vaqtda «Qutadg'u bilig» asarining 3 ta qo'lyozma nusxasi ma'lum. Bular
Vena, Kohira va Namangan nusxalaridir. Vena nusxasi 1439 yilda uyg'ur yozuvi bilan
ko'chirilgan bo'lib uni XIX asrning birinchi choragida mashhur sharqshunos olim
Xammer Purgshtame Istambulda sotib oladi va Vena qurollik kutubxonasiga topshiradi.
Dostondan olingan ayrim namunalarni fransuz olimi Jaubert Amedeye 1923 yilda nashr
ettiradi. Venger sharqshunosi X. Vambere esa 1870 yilda asarning ayrim qismlarini
nashr ettiradi, nemis tiliga tarjima qildiradi. Mashhur rus olimi V.V.Rodlov 1881 yilda
shu nusxadan faksimillisini nashr ettiradi.
«Qutadg'u bilig» asarining XY asrda arab yozuvi bilan ko'chirilgan ikkinchi
qo'lyozma nusxasi 1896 yilda Kohirada topildi. 1897 yilda V.V.Rodlov shu shu
qo'lyozmaning ko'chirmasini olgach, 1910 yilda Vena va Kohira nusxalarini
solishtirilgan matnlarini va transkripsiyasi bilan nemis tiliga mukammal tarjimasini
e'lon qildi.
Bu asarning arab yozuvi bilan ko'chirilgan uchinchi nusxasi 1914 yilda
Namanganda topildi. O'zbek olimi A.Fitrat 1924 yilda bu nusxani Toshkentdagi
respublika kutubxonasiga keltirib topshiradi. U 1928 yilda «Qutadg'u bilig» dan ayrim
parchalarini izohlar bilan nashr ettiradi.
«Qutadg'u bilig»ning muallifi o'z asarlarini hammaga tushunarli bo'lishi uchun
o'sha davrdagi qabilalar tilida mavjud bo'lgan umumiy va xususiy tomonlarni hisobga
olgan holda ularni umumlashtiradi. Til taraqqiyotiga mos ravishda tilga ko'pgina yangi
shakllar, yangi iboralar kiritadi. O'z asari tilidan sodda, tushunarli, uslub jihatidan
ravon, silliq bo'lishiga katta ahamiyat beradi. Xalqtilida so'z qo'llash tajribasiga mos
ravishda adabiy tilni juda ko'p yangi so'z va iboralar bilan boyitadi. Ularni ma'lum
me'yorga keltirishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |