Мавзу: Ызбек адабий тили тарихи фани ва унинг вазифалари


Mavzu:  Turkiy tillar va ular orasida o'zbek tilining tutgan o'rni



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana16.07.2021
Hajmi0,53 Mb.
#120605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ozbek adabiy tili tarixi

 

Mavzu:  Turkiy tillar va ular orasida o'zbek tilining tutgan o'rni. 

R E J A : 

 

1. 


Eski o'zbek tili haqida. 

2. 


Qadimgi turkiy adabiy til 

3. 


Turk runiy yozuvi va uning yodgorliklari. 

 

O'zbek  tili  turkiy  tillarga  mansub  bo'lib,  oltoy  nazariyasiga  ko'ra  mo'g'ul, 



tung'us-manjur,  koreys  va  yapon  tillari  bilan  birgalikda  oltoy  tillari  oilasini  tashqil 

qiladi. 


Shunga  ko'ra  turkiy  tillarning,  jumladan,  o'zbek  tilining  tarixi,  oltoy  tillarining 

qadimgi bir til bo'lgan – oltoy davridan bolanadi. Oltoy bobo tili dastlab tunguz-manjur 

va  turk-mug'ul  tillariga;  turk-mug'ul  tili  esa  turk  va  mug'ul  tillariga  ajralgan.  Shundan 

so'ng turkiy tillar tarixida xun davri (miloddan avvalgi III asrdan milodiy IY asrgacha) 

boshlanib,  turkiy  tillar  ikki  tarmoqqa  –  sharqiy  xun  va  g'arbiy  xun  tillariga  bo'linadi. 

Turkiy  tillar  tarixida  xun  davrining  alohida  ko'rsatilishiga  o'sha  davrda  Markaziy 

Osiyodan  Sharqiy  Yevropagacha  xududni  ishg'ol  qilgan  xun  xonligini  vujudga  kelib, 

keyinchalik ikkiga ajralishi asos qilib olinadi. 

So'nga  milodning  Y  asridan  X  asrigacha  bo'lgan  uzoq  vaqtni  o'z  ichiga  olgan 

turk  davri  keladi.  Umumxalq  o'zbek  tilining  tarixi  oltoy  davridan  boshlansa,  o'zbek 

adabiy  tilining  tarixi  yozma  yodgorlklarni  mavjud    bo'lgan  qadimgi  turk  davridan 

boshlanadi. Bu davrning obidalari barcha turkiy xalqlar uchun mushtarakdir. 

Hozirgi o'zbek tili qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Turkiy tillar o'rasidagi 

qarindoshlik,  yaqinlik  sintaktik  qurilmalarining  birligida,  so'z  o'zgartiruvchi,  so'z 

yasovchi,  shakl  yasovchi  affikslarning  o'xshashligida,  tovush  tuzilishi  va  lug'at 

boyligidagi  barqaror,  zaruriy  tushunchalarni  bildiradigan  so'zlarning  umumiyligida 

yaqqol  ko'rinadi.  Ana  shu  umumiy  belgilarga  tug'ri  kelmaydigan  fonetik,  leksik  va 

qisman  grammatik  farqlar  til  taraqqiyotining  so'ngra  davrlarida  paydo  bo'lgan 

xususiyatlardir. Hozirgi turkiy tillarning o'ziga xos xususiyatlari, ularning mustaqil tillar 

sifatida taraqqiy etishidan dalolat beradi. 

O'zbek  tili  turkiy  guruxga  kiruvchi  tillardan  biri  bo'lib,  undagi  fonetik, 

morfologik,  sintaktik,  leksik  o'xshashliklar  Markaziy  Osiyoda  istiqomad  qiluvchi 

uyg'ur,  qozoq,  qoraqalpoq,  qirg'iz,  turkman  xalqlarining  tillarida  ko'proq  uchraydi.  Bu 

o'zbek  xalqining  til  jihatdan  yuqoridagi  xalqlar  bilan  uzoq  vaqtlardan  bo'yon  ijtimoiy 

munosabatda  bo'lib  kelganligining  natijasidir.  Shuning  uchun  ham  ma'lum  o'ziga 

xoslikni  hisoblamaganda,  o'zbek,  qozoq,  qirg'iz,  uyg'ur,  qoraqalpoqlar  bir-birlarini 

qiynalmasdan  tushuna  oladi.  Ularning  yashash  sharoitlari,  urf-odatlari  va  diniy 

e'tiqodlarida ham mushtaraklik bor. Agar yoqut tuva, hakas tillarini olsak, ularda o'zbek 

tili  bilan  mushtaraklik  bo'lsa  ham,  lekin  uzoq  vaqtlardan  beri  ijtimoiy  aloqaning 

bo'lmaganligi (ruslar bilan bo'lgani),  yashash sharoitlarining, tirikchiligining har xilligi 

tufayli  til  xususiyatlarida  farqlar  ko'p.  Birgina  leksikasini  olsak,  masalan,  yoqut  tilida 

chorvachilik  bo'yicha  kiyik,  los  tarmoqlari  rivojlangan.  Ana  shu  sohaga  oid  so'zlar 

atamalar  juda    ko'p.  Bog'dorchilik,  paxtachilik,  poliz ekinlariga  oid  so'z  atamalar yo'q. 

O'zbek tilida esa bu sohaga xos so'zlar juda ko'p. 

Bunday    o'xshashlik  va  farqlarni  Volgabo'yi,  Kavkaz,  Sibir  va  boshqa 

xududlarda yashaydigan turkiy xalqlarning tillarida ham uchratish mumkin. Turkiy tillar 

o'rtasida  o'xshash  va  farqli  xususiyatlar  fonetika,  morfoloiyadagina  emas,  balki 

leksikada  ham  yaqqol  ko'rinadi.  Masalan:  o'zbek  tilida  boshoq;  uyg'ur  tilida  bashaq-




 

15 


mashaq; qozoq, qoraqalpoq tillarida masaq; turkman tilida summul (ar, sumbula); yoqut 

tilida kuolas (rus, kolos) va sh.k. 

Turkiy tilli xalqlar miqdor jihatdan dunyoda katta o'rin tutadi. 

Ular: 


1. 

Mustaqil davlatlarga ega bo'lgan turkiy xalqlar: 

1) turk,       2) o'zbek,        3) qozoq   

4) turkman  

5) ozarbayjon   

6) qirg'iz 

 

II. 


Muxtor jumhuriyatlardagi turkiy xalqlar: 

 

7) qoraqalpoq,  



8) tatar, 

 

9) boshqird 



10) tuva 

 

 



11) chuvash   

12) yoqut 

 

III. 


Muxtor viloyatlardagi turkiy xalqlar: 

 

13) oltoy, 



 

 

14) xakas 



 

 

IY.  Ko'p  millatli  jumhuriyatlar  va  muxtor  jumhuriyatlarda  yashovchi 



turkiy xalqlar: 

 

15) gagauz (Moldava), 



 

16) qorachoybolqor (Kabardin-Bolqor muxtor jumhuriyati va Qorachoy-Cherkas 

muxtor viloyati) 

17) qirim-tatar (Qirim, O'zbekiston va Qozog'iston), 

18) qumiq (Dog'iston muxtor jumhuriyati), 

19) nug'oy (Rossiya) 

 

Y.  Uyg'ur  (Sharqiy  Turiston,  shuningdek  Qozog'iston  va  O'zbekistonda 



ham yashaydi.) 

Turkiy  tilda  so'zlashuvchi  yana  shunday  elatlar  mavjudligi,  ularning  ona  tili 

asosan  maishiy  hayotda  foydalaniladi,  ijtimoiy  vazifasi  juda  chegaralangan.  Ular 

o'zlarining  ramiy  yozuvlariga  emas,  zarurat  tug'ilganda,  eski  alifbodan  foydalanadilar. 

Bunda karaim, shor, sulim tillari kiradi. ushbu tillar bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib 

borilgan. 

Turkiy  tilda  so'zlashuvchi  xalqlar  Afg'oniston,  Eron,  Xitoy,  Yugoslaviya, 

Gresiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham yashaydi. 

Ulardan  birgina  o'zbeklarni  olsak,  O'zbekiston  jumhuriyatidan  boshqa, 

Tojikiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston va Qoraqalpog'istonda ham bu tilda 

so'zlashuvchi millionlab o'zbeklar istiqomat qiladi. 

O'zbeklar  xorijiy  o'lkalardan  Afg'onistonda,  Xitoyning  uyg'urlar  yashaydigan 

viloyatlarida,  Turkiya,  Eron  qisman  Germaniya  Amerika  va  boshqa  joylarda  turg'un 

bo'lib qolganlar. 

O'zbek tilining turkshunoslikdagi obro'yi keyingi yillarda ortib bormoqda. Bu til 

hozir  Amerikaning  ko'pgina    universitetlarida  Germaniya,  Turkiya,  Hindiston  va 

Afg'onistonda  alohida  o'rganilmoqda.  O'zbek  tili  uning  tarixi  va  mumtoz 

adabiyotimizga  oid  kitoblar,  ilmiy  tadqiqotlarning  xorijda    nashr  qilinishining  o'ziyoq 

fikrimizni tasdiqlaydi. 

XY  asr  olamida  ulug'  mutafakkir  shoir,  madaniyat  va  davlat  arbobi  Alisher 

Navoiyning  mashaqqatli  mehnati,  izlanishlari  hamda  Husayn  Boyqaroning  homiyligi 

tufayli turkiy tillar orasida o'zbek tilining mavqei jahon miqyosiga ko'tarilgan edi. Ana 

shu vaqtda adabiy til bo'la oladi deb amaliy va nazariy jihatdan isbotlangan eski o'zbek 



 

16 


(turkiy)  tilimiz  bizning  davrimizgacha  o'zining  asosiy  fonetik,  grammatik  va  lug'at 

xususiyatlarni  saqlagan  holda  yetib  keldi.  Hozirgi  tilimiz  eski  o'zbek  adabiy  tilining 

davomi-o'zbek xalqining davlat tili sifatida keng xalq ommasiga xizmat qilib kelmoqda. 

Turkiy  xalqlar  bizga  ma'lum  bo'lgan  eng  qadimgi  yozma  yodgorliklari 

eramizning  Y-X  asrlariga  mansub  bo'lib,  turkshunoslikda  bu  davrni  qadimgi  turkiy  til 

deb yuritiladi. Yozma yodgorliklar tili adabiy til me'yorini belgilashda asos bo'la oladi. 

Chunki    yozma  til,  ma'lum  darajada  tartibga  solingan,  me'yorlashtirilgan  bo'ladi. 

Shuning  uchun  ham  o'zbek  adabiy  tilining  tarixi  yozma  yodgorliklari  ma'lum  bo'lgan 

qadimgi turk davridan boshlanadi. 

Shuni  ta'kidlvash  lozimki,  eng  ko'xna  yodgorliklar  tili  har  qanday  fikrni 

ifodalashga  qodir,  rivojlangan,  fonetik,  grammatik,  uslubiy  jihatdan  mukammal  til 

bo'lgan. Demak, turkiy til bunga qadar ham ulkan taraqqiyot davrini bosib o'tgan degan 

xulosaga kelish mumkin. Lekin, u davrlarga oid yozma yodgorliklar saqlanmagan. 

qadimgi  turk  dariga  mansub  yodgorliklar  turk  runiy  (urxun  enasoy),  uyg'ur 

moniviy, sug'd, braxma, suryoniy yozuvlaridadir. 

Hozirgi paytda  «Turk runiy»,  «urxun enasoy» atamasi bilan yuritiluvchi  yozuv 

turkiy xalqlarning bizga ma'lum bo'lgan eng eski xatidir. Turk runiy yodgorliklari XYII 

asrning  II  yarmidan ma'lum  bo'la boshlaganiga qaramay, ularni to'liq o'rganish ishlari 

bir muncha kech ushbu yozuvni o'qiy boshlaganlaridan keyin avj oldi. 

Turk  runiy  yodgorliklarini  eng  yiriklari  turk  amaldorlari  xotirasiga  qo'yilgan 

qabr  toshlaridir.  Bu  xatning  toshlardan  tashqari  oltin,  kumush,  yog'och,  sopol 

buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Shuningdek, Sharqiy Turkistondagi qog'ozga 

bitilgan yodgorlik ham topilgan. 

Jug'rofiy  o'rni  til  yozuv  xususiyatlarga  ko'ra  runiy  yodgorliklarni  uch  guruhga 

ajratish mumkin: 

1. 


Enasoy yodgorliklari. 

2. 


Talas yodgorliklari. 

3. 


Urxun yodgorliklari. 

Enasoy  atroflari  Tuva,  Oltoy,  Xakasiya,  Krasnoyarsk  o'lkalaridan  topilgan 

bitiklar  Enasoy  yodgorliklari  guruhiga  kiradi.  ular  toshlarga,  qoyalarga  bitilgan  bo'lib, 

orasida  tanga,  metall  buyumlar,  oltin  va  kumushga  yozilganlari  ham  uchraydi.  Enasoy 

yodgorliklari  u  qadar  yirik  ikki  emas:  eng  yiriklari  o'n-o'n  besh  yo'lli,  kichiklari  –  bir, 

ikki,  uch  yo'lli  matnlardir.  Enasoy  yodgorliklari  runiy  bitiklarining  qadimiylaridan 

bo'lib,  Y-YII  yuz  yilliklarga  to'g'ri  keladi.  Hozirgi  kunda  ushbu  yodgorliklar  Qizil, 

Minsk,  Abakan,  Krasnoyarsk,  Moskva,  Xelsinki  hamda  Sankt-Peterburg  muzeylarida 

saqlanmoqda. 

 

 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish