Mavzu: O'zbek tilining takomillashishi (XIY asrning oxiridan XIX asrning
ikkinchi yarmigacha)
R E J A :
1.
Adabiy tilning XIY asr oxiridan XYII asrgacha taraqqiyoti.
2.
Eski o'zbek adabiy tili haqida.
3.
O'zbek adabiy tili taraqqiyotida shoir Atoiyning o'rni.
4.
Sakkokiyning o'zbek tili taraqqiyotidagi roli.
5.
Lutfiy ijodi – adabiy til taraqqiyotida yangi davr.
XIY asrning yarmiga kelib mug'illarning mavqei pasaydi. Ularga qarshi
sarbadorlar harakati kuchayib, ular hokimiyatni qo'lga oldi. Movarounnahr hokimligi
Amir Temurga o'tdi. Mamlakat hayotida bir qancha ijobiy o'zgarishlar yuzaga keldi.
Jumladan, fan va san'atning barcha sohalari, me'morchilik obidalari vujudga keldi. Bu
davrda fan va adabiyotning ravnaqi bevosita o'zbek tilining takomiliga ham o'z ta'sirini
ko'rsatdi. Amir Temur vafotidan so'ng mamlakat bir necha xon va beklilarga bo'linib
ketdi. O'rta Osiyo xududida Mirzo Ulug'bek va Shoxrux boshchiligida Movarounnaxr
29
va Xurosonda mustaqil davlat tuzildi. Mirzo Ulug'bek va Shoxrux vafotidan so'ng
mamlakatda o'zaro feodal urushlari ancha kuchaydi. O'zaro urushlar natijasida tarqalib
ketgan O'rta Osiyoga ko'chmanchi o'zbeklarning tazyiqi kuchaydi. Taxtga Husayn
Boyqaro o'tirgach, mamlakat bir oz tinchiydi.
O'zaro kurashlar natijasida bo'linib ketgan Movarounnaxrga Abulxayrixon
nabirasi Shayboniyxon XYI asrda bostirib kirdi. Natijada qipchoq tili elementlarining
adabiy tilga ta'siri kuchaydi.
Bosqinchilik urushlari olib borilayotgan bir paytda ham O'rta Osiyoda XIY-XYI
asrlarda bir qancha fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi. Sun'iy sug'orishga
asoslangan xo'jalikni rivojlantirish, kemasozlik, dengiz sayohati va boshqalar
astronomiya, geometriya, matematika kabi tabiiy fanlarning taraqqiy etishini taqozo
qilsa, jamiyatning ma'naviy ehtiyoji gumanitar fanlarning o'sishini talab qilar edi.
Astronomiya sohasida buyuk ishlar qilindi. Tarix, adabiyotshunoslik, axloq,
musiqa, harbiy ishlarga doir ilmiy asarlar yaratildi. Fanning turli sohlarida bo'lgan
o'zgarishlar til formalari vositasida ifodalandi. Turli fanlarga doir yaratilgan tazkiralar,
risolalarda ilmiy terminologiya qo'llana boshladi. Lekin u terminologiya va uslub islom
dini qobig'iga o'ralgan edi. O'zbek tilidagi badiiy adabiyot rivojlandi. XY-XYIII
asrlarda adabiyotning tematik doirasi ancha kengaydi, dunyoviy motivlarni kuylash
ustunlashdi. Bundan tashqari adabiyotda g'azal, ruboiy, qit'a, tuyuq, qasida, noma,
munozara, doston, hikoya, masal, memuar kabi yangi janrlar yuzaga keldi. Natijada
adabiy tilning yangi uslubiy sistemasi paydo bo'ldi.
Markazlashgan davlat uchun kurash g'oyasini ma'lum bir g'azal yoki ruboiy
doirasida bayon etib bo'lmas edi. Ana shu ehtiyoj yangicha bayon etish uslubi bo'lgan
tazkira va doston janrining rivojlanishiga olib keldi. O'sha davrda markazlashgan davlat
uchun faqat odil shoxlar kurashdi, degan tendensiya mavjud edi. Odil shoxlarni madh
etish jarayonida adabiyotda qasida janri paydo bo'ldi.
Eski o'zbek tilidagi shakldosh so'zlardan, xalq qo'shiqlari uslubidan ustalik bilan
foydalanish asosida tuyuq janri vujudga keldi. Tuyuqda omonim so'zlar so'z o'yini
uslubidan qo'llandi. Adabiy tilda muammo janri ham paydo bo'lib, muammoda
(yashiringan) ma'nodosh yoki shakldosh so'zlarni topib olib, bir tildagi so'zlarning
ikkinchi bir tildagi ekvivalentini qo'llash, so'zlardagi ma'lum harflarning tizib, yangi
so'z yasash, abjad hisobini ishlatib, raqamlar asosida so'z tuzish kabilar amalga
oshiriladi.
Umuman, o'zbek klassik adabiyotining taraqqiyoti o'zbek adabiy tilining
grammatik va leksik jihatdan ishlanib, muammolashib borishiga olib keldi. O'zbek
adabiy tilining mukammallashib borishida Alisher Navoiy va uning zamondoshlari
asarlari, diniy prozaik asarlar («Sirojul qulub», «Baxtiyornoma», «Tazkirai avliyo»)
vasiqanoma, davlat –ma'muriy yorliqlar, bir qancha lug'atlar, grammatikaga doir asarlar
( «Badoyeul lug'at», «Abushka», «Lug'ati turkiy», «Kelurnoma», «Muhammad Rizo
lug'ati», «Maboniul lug'at», «Sangloh», Fatx Alixon lug'ati, Shayx Sulaymon Buxoriy
lug'ati) asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
XIY asrning oxiri va XIX asrning ikkinchi yarmiga bo'lgan davrdagi adabiy til
eski o'zbek tili termini bilan yuritildi. Ko'pchilik tyurkologik adabiyotlarda «chig'atoy
lug'ati» deb nomlanadi. Ularda kitobiy adabiy til haqida fikr yuritilganda, «chig'atoy
tili» termini xalqning jonli so'zlashuvi tili asosida tarkib topgan adabiy til haqida fikr
yuritilganda esa eski o'zbek tili termini qo'llangan.
V.V.Radlov, A.M.Sherbak, Abulg'ozi Bahodirxon ta'kidlaganidek, chig'atoy tili
sun'iy tildir.
Adabiy tilga jonli tildan ko'plab yangi elementlar kirib bordi. Lekin adabiy til
bilan jonli til bir-biriga teng xodisa emas. Eski o'zbek adabiy tili jonli tildan ancha uzoq
30
edi, chunki unda arabcha, forscha elementlar va ma'lum qolipga kirib qolgan stilistik
priyomlar mavjud edi.
Eski o'zbek tili bilan Sharqiy Turkiston adabiy tilidagi o'xshash va farqli tomonlar
quyidagilardan iborat:
1.
Fonetik xususiyatlar: Sharqiy Turkiston adabiy til yodgorliklari tilidagi
so'zlarda dz tovushi kelsa, eski o'zbek adabiy tilida bu tovush y bilan
beriladi.
Shart maylidagi fe'llarning oxiridagi r tovushi esa o'zbek adabiy tilida yo'qolgan,
ya'ni barsarmen, barsarsen, borsarmiz, borsarsiz, borsar, borsarlar tipidagi formalar
o'rnida barsam, barsang, barsak, barsangiz, barsa, barsalar tipidagi formalar qo'llangan.
So'z boshida keluvchi b tovushi m tovushiga o'tgan: ben, men, bangu-mangu,
bung-mung kabi.
2.
Marfologik xususiyatlari: kelishiklar soni bir xil emas. M: Sharqiy
Turkiston tilidagi qurol-vosita kelishigi eski o'zbek adabiy tilida
qo'llanmaydi. Sharqiy Turkiston adabiy tilida ko'plik –lar, -ler, -an,
yen, t affikslari bilan eski o'zbek adabiy tilida, asosan –lar, ler affiksi
bilan hosil qilingan. Sifatdosh formalari eski o'zbek tilida ancha
qisqargan bo'lib, asosan –gan, gen, mish, -mish –r, affiksli formalar
qo'llanadi.
3.
Sintaktik xususiyatlari: eski o'zbek tilida arabcha, forscha so'zlarning
hajmi bir oz ko'p, shunda ham turkiy til bilan nazm bitish tendensiyasi
susaymadi.
Shoirlar turkiy tilni XIY-XY asrlardagi forsiy tilning nufuzi darajasiga ko'tarish
maqsadida bu tilda she'rlar, asarlar ijod qila boshladilar, adabiyotni ona tili asosida
rivojlantirish uchun kurashdilar. Bu kurash o'zbek adabiy tili taraqqiyotida muhim rol
o'ynaydi. Turkiy tilning nufuzi va taraqqiyoti uchun Alisher Navoiy va uning
zamondoshlari Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Yakiniy, Yusuf Amiriy, Axmadiy, Xujandiy,
Mir Xaydar, Muqimiy, Gadoiy, Bobir munosib hissa qo'shdilar.
«Nazm dengizining tubiga sho'ng'ib she'riy durlar» yaratishga intilgan Atoiy
o'zbek dunyoviy adabiyotining Navoiyga qadar yetishgan atoqli namoyondalaridandir.
Atoiy xalq qo'shiqlari tilining soddaligi, ravonligi va musiqiyligidan ilhomlanadi
va uni o'rganadi. U o'zining 260 g'azalidan 109 tasini xalq qo'shiqlari vaznida yaratdi.
Bu narsa uning xalq og'zaki ijodini yaxshi bilganligini va xalq tili boyliklaridan
bahramand bo'lib ijod etganligini ko'rsatadi.
Atoiy xalq maqollari va ta'birlariga katta e'tibor bilan qaraydi. U xalq
maqollaridan foydalanish bilan o'z g'azallarining mazmunini ham, til va badiiyligini
ham boyitdi. Atoi xalq maqollarini aynan keltiradi va ularning mazmunini she'riy
misralarga singdiradi:
Boldi bagro'i suv gamingdin, yaxshilo'k kil, sal suga,
Axir, ey gul, xirmanni, albatta, zar ekkan orar.
Vasl noshi dunyada, bulmas, Ataiy, nishsiz.
Bundan tashqari, Atoiy xalq tiliga xos hazil-mutoyiba tarzida aytilgan misralarda
kontrast usulini qo'llaydi. Lekin u yengil kulgiga jiddiy tus beradi.
Yuziga kop tike baksam, menge kulub aytur,
«Ataiy, ne kozi toymas gada emishtuksen?»
31
Atoiy xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalanib, original o'xshatish, kinoya,
mubolag'a, majoxuli orifona, lof kabi badiiy tasvir vositalarini yaratdi. Shoir omonim
so'zlar va turli birikmalar vositasi bilan chiroyli so'z o'yinlari yasadi va go'zal klassik
tuyuqlar yozdi.
Desengkim: «Jan sipar kilgil Atayim!»
Turibmen ushmak, oldur, at, ayim.
Yuzingni, ey malaxat xani, bir ach,
Toya korsun seni bu mustaxik ach.
Atoiy asarlari tili Oltin O'rda yodgorliklarining tilidan farq qiladi. Uning asarlari
tilida qipchoq tili elementlari ko'p qo'llanadi.
Atoiy g'azallarida quyidagi til xususiyatlari uchraydi.
Jo'nalish kelishigi uchun –ga, ge, ka, ke affiksli forma bilan bir qatorda a, ye
affiksli forma ham keng qo'llangan:
Mim agzi bile zulfu kaddi lam alifdin,
Ey vay, netey xasta kogil kaldi alamga.
Nazm baxrina chom, ka'rina yet durdek, Ataiy,
Darya yuzini chun xasu xashak kerektur.
Jo'nalish kelishigining –a, ye affiksli formasi hozir j lovchi o'zbek shevalarida
ham qo'llanadi. Lekin bu forma aslida o'g'iz tillariga xosdir.
O'rin-payt va chiqish kelishiklari qo'shimchalaridan oldin bir n tovushi orttiriladi:
Ul sanamkim, suv yakasinda paritek olturur,
Gayati nazuklikindin suv bile yutsa bolur.
Sifat yasovchi –gan,gen affiks –an, yen formasida ham uchraydi. M: kilan-kilgan,
alan-algan kabi.
Buyruq fe'lining birinchi shaxs ko'pligi fe'l negizlariga – aling, yeleng affiksini
qo'shish orqali hosil bo'ladi: baraling, keleing, alaling kabi. Bu forma
«Muxabbatnoma»da ham mavjud.
Atoiy g'azallari leksikasida quyidagi so'zlar uchraydi, okush (ko'p)ari) toe bakmak
(qaramoq) meng) xolning kattasi) kamuk (hamma) yesruk) mast) dudak) lab) ajun
(dunyo).
Umuman Atoiy g'azallari tilida XY asr boshidagi o'zbek adabiy tiliga xos
xususiyatlar aks etgan bo'lib, uning asarlari XY asr o'zbek dunyoviy adabiyotidagina
emas, balki o'zbek adabiy tili taraqqiyotiga ham munosib hissa bo'lib qo'shildi.
Alisher Navoiy ta'biri bilan aytganda, Movarounnaxrda shuxrat topgan
shoirlardan biri Sakkokiydir. U Ulug'bek zamonida yashab ijod etdi. Shoir g'azallar va
qasidalar bitdi. Sakkokiy ham Atoiy kabi xalq tili elementlaridan ustalik bilan
foydalanib, original tasviriy vositalar yaratishga intildi. U tazot, tanosib, jonlantirish,
laf va nashr kabi usullardan foydalanildi, o'xshatish, mubolag'a, majoz va boshqa
turdagi tasviriy vositalarga murojaat qildi. Natijada xalq og'zaki ijodiga xos bo'lgan xalq
qo'shiqlari uslubida g'azallar bitdi va xalq maqollari bilan o'z g'azallarining mazmunini,
tilini boyitdi.
Sakkokiy tuyuq janrida asarlar bitmagan bo'lsa-da, uning g'azallaridan so'z
o'yiniga usta shoirligi ma'lum.
32
Sakkokiy siyosiy lirikaning adabiy janri bo'lgan qasidachilikda ham qalam
tebratdi. Ma'lumki, qasida davlat arboblariga, siyosiy va xarbiy voqealarga bag'ishlab
yozildi. Shoir Ulug'bekka atab yozgan qasidalarida uning ilmiy va siyosiy faoliyatini
maqtaydi. Ulug'bekning «Sulaymon zamon», «Nushiravon», «Muso tek», «Shubon»,
«Atodin mehribon», «Xurshidi zamon» kabi sifatlar bilan ulug'laydi. qasidaga xos
bo'lgan uslubni Sakkokiydan keyingi shoirlar ham davom ettirganlar.
Sakkokiy asarlari qipchoq tili elementlariga nisbatan o'giz tili yoki g'arbiy adabiy
til an'analarining ta'siri kuchlidir.
Sakkokiy asarlarida yeyle, kil, et kabi ko'makchi fe'llar parallel qo'llangan.
Gul yo'zingni arzulab yuz kozin gulzar yeyledi,
Yuzingni korse, ko'lur gul ozini yuz para,
Bale, bu ranju balano' men ixtiyar etdim.
O'tgan sifatdosh fe'l negiziga –mish, mish affiksini qo'shish orqali hosil bo'ladi.
Bu forma Urxun-Enasoy yodgorliklarida ham, undan keyingi yodnomalar tilida ham
keng qo'llangan bo'lib, Sakkokiydan keyingi shoirlar siyrak uchraydi. M: Tun chaman
ichra nikobin almish ul gul yuzidin.
Bol – fe'li va uning o'guz tillariga xos bo'lgan ol – formasi shoir asarlarda parallel
qo'llanadi. Adalat bagi sabz oldi, chu Noshiravon keldi.
O'z davrining «Mali kul kalomi» bo'lgan Lutfiy o'zining ko'p yillik adabiy
faoliyatini o'zbek dunyoviy adabiyoti va o'zbek adabiy tili taraqqiyotiga bag'ishlanadi.
U davrining atoqli so'z san'atkori sifatida o'zbek va fors-tojik tillarida yozilgan lirik
she'rlarining «Gul va Navruz» hamda «Zafarnoma» dostonlarining muallifidir.
Lutfiy g'azallarida va dostonlarida bir-biriga jur, ohangdosh so'zlarni kifoya qilish
bilan birga, misralarning mazmunini kuchaytirish, ta'kid yo'li bilan asosiy masalaga
e'tiborni ko'proq jalb etish uchun bir yoki bir necha so'zdan tarkib topgan radiflardan
ustalik bilan foydalanadi.
Sensan severim, xax inan, xax inanma,
Kandur jigarim, xax inan , xax inanma.
Lutfiy o'zbek adabiy tilining jangovor kurashchisi sifatida xalq jonli tilida original
asarlar ijod qildi. Xalq ta'birlaridan, maqol va aforizmlaridan ustalik bilan foydalanib,
o'z she'rlarining mazmunan boy, badiiy puxta va o'tkir tilli bulishiga erishdi va yangi-
yangi badiiy til voitasini original bayon etish usulini yaratdi. Bular, o'z navbatida
Lutfiyning o'zbek adabiy tilining boyishiga qo'shgan munosib hissasi bo'ldi. M:
quyidagi she'riy misraga «Oyni etak bilan yopib bo'lmaydi» xalq maqoli singdirilgan:
El yuziga baksalar, olermn,
«Xurshidni, netey, yashursa bolmas».
O'sha davr adabiy tilida sinonimlar doirasi fors va arab tillaridan kirgan so'zlar
hisobiga ham kengayib bormoqda edi. Lutfiy sinonim so'zlaridan ustalik bilan
foydalandi va o'z davriga xos badiiy uslb vujudga keltirdi. U yav, yvgi, xasm, dushman;
lab, dudag, erin, yuz, araz, vasl, jamal kabi sinonimik qatorlardan ijobiy foydalandi:
Ayu kun yuzin bile laf ursalar, yoktur ajab,
Tutarmen kozki, korsam arazingni,
Tiler vaslingni Lutfiy, kil ijabat.
Ayu tangga kaldi, keche bakib ul jamalga.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |