Mavzu: Navoiy davri o'zbek adabiy tili
R E J A :
1.
Alisher Navoiy ona tili uchun kurash bayroqdorlari.
2.
Alisher Navoiyning adabiy tili haqida.
O'zbek adabiy tili tarixida XY asrning ikkinchi yarmi bevosita buyuk o'zbek shoiri
va mutafakkiri Alisher Navoiyning ijodiy-ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan
bog'liqdir. Navoiy ijodida uning barcha asarlarida adabiy tilning yagona umumxalq
me'yorlari, umumiy qoidalari to'la shakllanadi va qat'iy tarzda belgilanadi. Tildagi
barcha mantiqiy-uslubiy va ijtimoiy tarixiy qatlamlar umumxalq xususiyatlariga ega
bo'lib bordi, yagonabir butunlikka birlashdi.
Shuni qayd qilish kerakki bu davr adabiy tili faqat Navoiyning adabiy-ilmiy va
ijtimoiy faoliyati bilangina emas, balki Navoiyning o'tmishdoshlari, zamondoshlari va
izdoshlari faoliyat bilan ham uzviy ravishda bog'langan. O'zbek adabiy tilining tashkil
topishi va rivojlanishida ular ham o'zlarining muayyan hissalarini qo'shdilar.
O'zbek badiiy adabiyot tilining tashkil topishida, so'zlashuv adabiy tili
me'yorlarini ishlab chiqish va tartibga solish hamda adabiy tilni jonli so'zlashuv tiliga
yaqinlashtirish jarayonida Xorazmiy, Durbek, Amiriy kabi adiblarning asarlari orqali
zamin tayyorlangan bo'lsa, Atoiy, Sakkokiy va Lutfiy she'riyatida bu jarayon yana ham
taraqqiy ettirildi. So'zlashuv tiliga xos til vositalari adabiy til unsurlari bilan qo'shilib
ketadi, uning tarkibiy qismiga aylanadi. Navoiy ijodida, uning asarlarida hamma adabiy
janrlarga xos badiiy matnlarda o'z davri adabiy tilining taraqqiyoti, takomillashib
borishi uchun zarur bo'lgan barcha vositalar xalq tili boyliklari bilan uyg'unlashib
qo'shilib ketadi.
Alisher Navoiy tili o'z tarixiy-tadrijiy rivojlanishi ham, uslubiy boyligi va rang-
barangligi tomonidan ham juda murakkab xodisadir. Uning asarlarida faqat Navoiyning
o'ziga xos xususiy til xodisalari, individual ijodiy xususiyatlarigina aks etib qolgan
emas. Balki, shu bilan birga u o'zbek tilining boy imkoniyatlaridan keng foydalangan
holda o'z davri adabiy tili va adabiyotining xilma-xil uslublarini ishlab chiqdi.
O'rta asrlarda, XIII-XY asrlar davomida Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida ikki
il – din va ilm-fan sohasida arab tilini qo'llash hamda badiiy ijodda fors-tojik tilida
asarlar yaratish an'anaga aylanib qolgan edi. Xalqimiz orasida yetishib chiqqan buyuk
allomalar Al-Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Maxmud Qoshg'ariy
kabilar o'z asarlarini ona tilida emas, balki ana shu an'anaga ko'ra arab tilida yozdilar.
Badiiy adabiyotda esa fors-tojik adabiy tili an'analarining ta'siri ancha kuchli edi. Bu
an'ana Navoiy yashagan davrlarda ham katta mavqega ega edi.
Uning ta'siri ostida hatto o'zbek xalqi orasidan yetishib chiqqan shoir-yozuvchilar
ham ona tiliga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'ldilar. Ular turk-o'zbek tilini dag'al til,
unda nozik his-tuyg'ularni nafiya tarzda ifodalab bo'lmaydi degan g'ayri ilmiy, noto'g'ri
46
fikrlarni ilgari surar edilar. Mana shunday sharoitda Alisher Navoiy ona tilini himoya
qilish uchun kurash bayroqdori, ona tilining boyligi va sofligi uchun tolmas kurashchi
sifatida maydonga chiqdi. Ona tilining qimmatli va ahamiyatini kamsituvchilarga qarshi
kurashdi. O'z ona tili – turk-o'zbek tilining boyligini, qudrat va salohiyatini, uning
cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini katta kuch va g'ayrat bilan himoya qildi, uni
she'riyat osmoniga ko'tardi. Shu bilan birga, u fors-tojik va adabiyotning taraqqiyotiga
ham munosib hissa qo'shdi.
Navoiy o'zining ona tili uchun olib borgan kurashini uch yo'nalishda, ya'ni buyuk
shoir va yozuvchi sifatida, oliy martabali yirik davlat arbobi hamda ulug' mutafakkir,
tilshunos olim sifatida davom ettirdi.
U o'zining ajoyib nazm durdonalarini, yuksak badiiy qimmatga ega bo'lgan
«Xazoyin-ul maoniy», «Xamsa» kabi asarlarini ona tilida yozish orqali turk-o'zbek
tilining qudratini, uning boy tasviriy vosita va imkoniyatlarga ega ekanligini, to'liq
ma'noda badiiy adabiyot tili ekanligini amaliy tarzda isbotlab berdi. Navoiy o'z adabiy-
badiiy asarlarini yaratish jarayonida juda muhim va murakkab ikk vazifani – o'zbek
adabiy tilini yuksak darajada rivojlantirish va takomillashtirish, uning hozirgi o'zbek
adabiy tiliga xos adabiy uslubiy me'yorlarini ishlab chiqish hamda tom ma'nodagi
o'zbek adabiyotini yaratish, undan xalq ommasini bahramand qilish vazifalarini amalga
oshirdi.
Turk-o'zbek adabiy tilini ijtimoiy-siyosiy jihatdan himoya qilish – Navoiyning
ona tili uchun, uning davlat tili bo'lishi uchun olib borgan kurashining ikkinchi
yo'nalishini tashkil qilardi. Navoiy ko'p yillar davomida Xusayn Boyqaro saroyida
muhrdor, vaziri a'zam, amiri kabir singari mas'uliyatli lavozimlarda ishlagan, saroyda,
devon va mahkamalarda rasmiy ish yuritilishi sohalariga rahbarlik qilgan.
Podshohlikning amiri kabiri sifatida davlat devonxonalarida rasmiy ish yuritishda,
noma, farmon va buyruqlar yozib tayyorlashda fors-tojik tili bilan birga o'zbek tilini
ham keng qo'llagan, uni davlat tili darajasiga ko'tarish uchun juda ko'p kuch-g'ayrat
sarfladi. «Xalq bilan xalq tilida so'zlashish kerak», degan aqidaga amal qilgan Navoiy,
ayniqsa Xusayn Boyqaro va shaxzodalarga yozgan maktublarida, hokimlar, doruga va
devonbegilariga, turli amaldorlar va do'stlariga yo'llagan noma va xatlarida ona tilini
yoqlaydi, targ'ib qiladi. Turlicha farmon va buyruqlarni, har xil rasmiy ish xujjatlarini
keng xalq ommasiga tushunadigan ana shu tilda olib borish lozimligini qat'iy turib talab
qiladi va bu borada ancha samarali natijalarga erishdi.
Ulug' mtafakkir olim Alisher Navoiyning ona tilining boyligi va mustaqilligi uchn
olib borgan kurashining yana bir muhim tomoni uning til haqidagi ilmiy-nazariy
qarashlari hisoblanadi. U yetuk tilshunos olim sifatida, o'zining mashhur asari
«Muhokamat-ul lug'atayn» asarin yozdi. Bu kitobda o'zining o'zbek adabiy tilini
asoslash, o'zbek adabiyotini yaratish, uni rivojlantirish sohalarida olib borgan kurashini,
ko'p yillik mehnatlari va boy tajribalarini umumlashtirdi, chuqur ilmiy-nazariy xulosalar
chiqardi. U o'ziga xos g'oyaviy teranlik bilan aniq va mukammal til vositalari asosida
o'z davridagi adabiy til va badiiy adabiyotning shuningdek keyingi davrlar
adabiyotining ham xilma-xil uslublarini ishlab chiqdi. O'ziga qadar maydonga kelgan
o'zbek xalq badiiy so'z san'atining eng yaxshi uslubiy yutuqlarini o'z tiliga singdirib
oldi, o'zbek xalq va mumtoz she'riyatning turlicha uslub va janrlarida ijod qildi, asarlar
yozdi, uni yangi uslublar vositalar bilan boyitdi va shu asosda o'zbek adabiy tili
uslubiyatini ishlab chiqdi.
Navoiyning ona tili uchun olib borgan kurashlari osonlikcha kechmadi. Bu yo'lda
u katta qiyinchiliklarga, zodagonlar, bek-amaldorlarning qarashligiga o'z xalqi orasidan
chiqqan forsiyparast shoir-yozuvchilarning ta'na-ma'lumotlariga duch keldi. Ammo
Navoiy o'zining haqligiga, o'zi olib borgan ishning muqaddas va murakkab ekanligiga
47
to'la ishonar edi. Bu ish o'z xalqining tarixi va taqdiri bilan bog'liq bo'lgan katta davlat,
umumxalq ahamiyatiga ega ish ekanligini yaxshi bilar edi. Uning orzusi o'z xalqining
tilini yuksak darajada rivojlantirish, uning istiqbolini, kelgusi taraqqiyot yo'lini
belgilash, o'z xalqi uchun hamma sohalarda fors-tojik tilidagidek rivojlangan katta
adabiyot yaratish, uni badiiy ijodning eng yaxshi durdonalaridan bahramand qilishdan
iborat edi. Bu orzu unga katta kuch bag'ishlar edi. Darhaqiqat, Navoiy o'z orzu, o'z
kurashi yo'lidagi barcha ziddiyatlar va mone'liklarni yengib o'tdi va ajoyib natijalarga
erishdi. U o'z ona tilini har xil ta'na- malomatlardan batmom xalos qildi, uning
salohiyatini, go'zalligini rad etib bo'lmas dalillar asosida isbotladi, uni badiiy ijodning
eng yaxshi durdonalaridan bahramand qilishdan iborat edi. Bu orzu unga katta kuch
bag'ishlar edi. Darhaqiqat, Navoiy o'z orzu, o'z kurashi yo'lidagi barcha ziddiyatlar va
moneliklarni yengib o'tdi va ajoyib natijalarga erishdi. U o'z ona tilini har xil ta'na-
malomatlardan batamom xalos qildi, uning salohiyatini, go'zalligini rad etib bo'lmas
dalillar asosida isbotladi, uni taraqqiy ettirdi. O'zbek adabiyotini fors-tojik tilidan
yozilgan asarlar bilan musobaqa qila oladigan bebaho asarlar bilan boyitdi.
O'zbek adabiy tili, o'zbek adabiyotini rivojlantirish sohasida qo'ygan vazifalarni
yuksak darajada ado etgan Alisher Navoiy o'z xalqi uchun, uning madaniyati uchun va
umuman kelgusi avlodlar uchun katta sharafli ishlarni amalga oshirdi, bu bilan
farqlanib:
Turk nazmida chu tortib men alam,
Ayladim ul mamalakatni yakkalam.
Yoki:
Men ul menki, to turk bedodur,
Bu til birla to nazm bunyodidur.
Falak kurmadi men kabi nodire,
Nizomi kabi nazm aro kodire.
deb ajoyib faxrlanib yozadi.
Ona tili uchun tolmas kurashchi Alisher Navoiyning bu sohadagi buyuk
xizmatlarini ulug' olim va yozuvchilar – fransiyalik Dyu Belli (XYI ar), italiyalik Dante
(XYIII-XIX asrlar) hamda buyuk rus olimi M.Lomonosov xizmatlari bilan
tenglashtirish mumkin. Bu yozuvchi va olimlar ham o'rta asrlarda adabiy til sifatida
lotin va eski cherkov-slavyan tillari qo'llagan davrlarda o'z ona tillarining ravnaqi
uchun, ularning adabiy tillar sifatida qo'llanishi uchun kurashgan ajoyib vatanparvarlar
edilar.
Alisher Navoiy adabiy tili, uning jonli so'zlashuv tili va o'zbek adabiy tiliga
munosabati masalasi ancha murakkab bo'lib, bu haqda olimlar tomonidan turlicha
firklar bayon etilgan. Bu haqdagi dastlabki ma'lumotlar Boburning mashhur asari
«Boburnoma»da keltirilgan. Bobur Andijon shahri aholisi va uning tili haqida ma'lumot
berib, u Navoiyning asarlari tiliga juda yaqin ekanligini qayd qiladi: Eli turkdur Shaxr
va bozorisida turkiy bilmas kishi yo'qtur Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim,
Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim Xirida nash'u namo topibtur, bu
tilbiladur («Boburnoma» 60-b). Boburning bu fikri ma'lum tarixiy asosga ega. Chunki
ikki madaniy markaz – sharqiy qarluq-chigil-uyg'ur hamda g'arbiy o'g'iz-qipchoq dialekt
birliklari negizida shakllangan eski turkiy til asosida rivojlanib, XIII-XIY asrlarda to'la
tashkil topgan umumxalq o'zbek adabiy tili juda katta hududda – Movarounnahr va
Xurosonda keng qo'llangan. Bu adabiy tilning lug'at tarkibi, fonetik va morfologik
qurilishi me'yorlari tarkib topgan edi. Uning rivojlanishida, jonli so'zlashuv tiliga
yaqinlashuvida Navoiyga qadar yashab ijod qilgan shoir-yozuvchilarning xizmati ham
48
katta bo'ldi. Mana shu adabiy til va uning ma'lum shevalarida so'zlashgan xalq, turk-
o'zbek aholisi va XIY-XY asrlarda Farg'ona vodiysida, Toshkent vohasi, Samarqand
viloyati va hozirgi Afg'onistonning shimoliy qismida yashaganlar, Demak, Alisher
Navoiy asarlari ham xuddi mana shu tilda – turk-o'zbek tilida yozilgan edi.
X.Vamberi, I.Berezin, N.Ilminskiy kabi qator sharqshunos olimlar Boburning bu
fikrini quvvatlaydilar. Lekin N.Ilminskiy Navoiy adabiy tili Andijon aholisining tiliga
yaqin bo'lsa ham, aynan bir xil bo'lgan emas, deb ta'kidlaydi. Chunki xalq jonli tilda
arab va fors-tojik tiliga xos so'zlar va iboralar Navoiy asarlarida bo'lganidek ko'p
darajada bo'lgan emas.
Darhaqiqat, yirik rus olimi P.Melioranskiy ta'kidlaganidek XIY-XY asrlarda
Movarounnahrda, Xuroson va Xorazm vohasida iste'molda bo'lgan o'zbek adabiy tili o'z
tarkibi, adabiy til bilan mahalliy shevalarning o'zaro munosabati jihatidan murakkab
xususiyatga ega edi. Shu jihatdan Navoiyning adabiy tilini aniqlashda o'sha davrda
adabiy tilining fonetik tizimini, tovush tarkibini aniqlash, uni sheva xususiyatlari bilan
qqiyoslash muhim ahamiyatga egadir. K.Yudaxin XIY-XIX asrlar o'zbek adabiy
tilining tovush tarkibini aniqlashda o'ziga xos usulini qo'llaydi. Lutfiy va Amiriy
tuyuqlaridagi qofiyalarning bir xil talaffuz qilinishi ko'rsatadi. Uning fikricha,
Amiriyning bir tuyug'ida qo'llangan (o't-olov, o't-o'simlik, o't-o'tib ket) so'zi qofiyaning
talabiga ko'ra o't tarzida bir xil aytiladi. Shuningdek, Lutfiyning bir tuyug'ida qo'llangan
toshilin so'zida ham (toshiddin – toshdan (kamen) toshiddig tashqarisida va toshidin-
dindan tashqari) oxirgi bugunida qisqa unli bir xil talaffuz qilinadi, ya'ni ya'ni bu
tuyuqlar singarmonizmga rioya qilib o'qilsa,qofiya hosil qilinmaydi. K.Yudaxin XIY-
XIX asrlar o'zbek adabiy tilining tovush tarkibini aniqlashga o'ziga xos usulini qo'llaydi.
Lutfiy va Amiriy tuyuqlaridagi qofiyalarning bir xil talaffuz qlinishini ko'rsatadi. Uning
fikricha, Amiriyning bir tuyug'ida qo'llagan.
Ammo tarix va geografik jihatdanjuda uzoq bo'lgan ikki shoirning ya'ni XIY-XY
asrlarda Balx va Xirotda yashagan Lutfiy bilan XIX asrda Qo'qonda yashagan
Amiriyning tili bir-biridan farq qilganligi, shu davrlar tilida tovush ahangdoshligining
saqlanganligi bu fikrni tasdiqlamaydi. Shuni aytish kerakki, o'zbek mumtoz she'riyatida
qofiyalar hamda hamma vaqt ham qofiyalanuvchi so'zlarning to'la fonologik
o'xshashligi darajasiga erishilmaydi. Shuning uchun bir so'z yo bug'inning fonema
tarkibini bilish va u orqali boshqa so'z va bug'inlarning fonema tarkibini aniqlash yetarli
emas. Qofiyada eshitilishi jihatidan o'xshash, talaffuzi boshqa-boshqa bo'lgan so'zlarni
qo'llash mumkinligi haqida Navoiyning o'zi aniq ma'lumot beradi. Navoiy
«Muhokamat-ul lug'atayn» asarida unli tovushlarning turlicha talaffuz qilinishi haqida
gapirib, yoyi ma'rif – yoyi majhul orqali yozilishi bir xil aytilishi har xil so'zlardan bir
qanchasini keltiradi, ularga izoh beradi. Turkiy tilda bu harflarning har biri uch-
to'rttadan muqobilga ega ekanligini ko'rsatadi «... turki domdur, yana turni andin
dakikdokdurki, uyning turidur va turki barchadin arikdur». Ko'rinadiki, Navoiy
tovushlarning qattiq yumshoqligiga katta e'tibor berilgan, qattiq va yumshoq u, u (o) o ,
u (u ), shuningdek e, i, tovushlarini bir-biridan farqlay olgan. Yuqoridagi so'zlar va
tovushlarning xususiyatini aniqlashda Navoiy o'zi uchun tayanch til negizi bo'lib xizmat
qilgan o'zbek adabiy tiliga asoslanadi.
Shuningdek, dagi) dagi-tag'in, yana va dagi manosida), nari, nariroq va uz
ma'nolarida so'zlarning so'z o'yiniilxom san'atida qo'llanishi va aytilishi ham ochiq o
unlisi xali alohida fonema darajasiga ko'tarilmaganligini ko'rsatadi. Shuning uchun a
fonemasining varianti, bir ko'rinishi deb qarash maqsadga muvofiq ko'rinadi.
XIY-XY asrlar o'zbek adabiy tilida, demak Alisher Navoiyda ham unlilar
ahangdoshligining qattiq yumshoqlik va lab ohangdoshligi xodisasi saqlanganligini
ko'rish mumkin: Barduk (borduk) – kelduk (kelduk) yoga (yuga) – kezga (kuzga) tilim –
49
kozum ( ko'zum) baim (borip) –korup (ko'rup) kabi. Shu bilan birga singarmonizm
xodisasining ba'zixollarda buzila boshlaganligi ham kuzga tashlanadi: Odamlig-
odamlig kabi. Navoiy tili uchun xos undoshlarning kullanishida mustakil lab-tish
tovushi f ajralib turadi. Bu undosh aslida turkiy tillar jumlasidan, o'zbek tili uchun xos
tovush emas. U o'zbek tiliga fors-tojik tili orqali arab tilidan kirib kelgan. Navoiy
asarlarida f fonemasining qo'llanishi, uning p tovushiga o'tmasligi va p tovushi f
undoshining kelishi kabilar o'zbek tilining Samarqand-Buxoro tipidagi shevalarga
yaqinlashib kelishini ko'rsatadi: tuproq (tufroq, yaproq) yafroq).
Dedi: el ganju kuy ishkin nixoni?
Dedi: tufroqqa berman kimeni.
Zaif tanda g'amingdin yuz eski bulgon dog,
Har eski dog bu shox uzra bir kuyuk yafroq.
Shunday qilib, Alisher Navoiy adabiy tili XIY-XY asrlardagi o'zbek adabiy
tilining barcha leksik, fonetik va grammatik xususiyatlarini to'la ettiradi. U o'zbek
shevalariga munosabati jihatidan bevosita karluk -chigil-uyg'ur til birligi bilan uzviy
ravishda bog'langandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |