Mavzu: Adabiy til taraqqiyotida Bobur asarlarining ahamiyati.
R E J A:
1.
Bobur asarlarining til xususiyatlari.
2.
Bobur asarlaridagi badiiy til vositalari.
3.
«Boburnoma» asari haqida ma'lumot.
4.
Bobur uslubi va til rivojiga qo'shgan hissa.
Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek tili nasriy janrining asoschilari orasida katta
salobatni egallaydi. Uning «Boburnoma» asari katta ahamiyatga ega bo'lgan memuar
hisoblanadi. Bobur asarlarining ijobiy tomonlaridan biri – tilning soddaligidadir. U
asarlarini sodda tilda yozadi. Boshqalarni ham shunday yozishga chaqiradi. Bobur
parallelizm, tazod, laf, o'xshatish, mubolag'a kabi badiiy til vositalaridan qo'llaydi.
Bobur xalq og'zaki ijodidan askiyachilik mahoratini yaxshi o'rgandi. Natijada u omonim
va polisemantik so'zlardan hamda so'z o'yinlaridan ustalik bilan foydalanib, o'zbek tilida
tuyuqning ajoyib namunalarini yaratdi.
Bobur badiiy proza namunasi bo'lgan «Boburnoma»ni Hindistonda eski o'zbek
tilida yaratdi. Bu asar o'z davriga nisbatan sodda va obrazli tilda yozilgan.
«Boburnoma» asari juda qimmatli tarixiy- badiiy asar bo'lib, unda O'rta Osiyo,
Afg'oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning XY asr oxiri, XYI asr boshlaridagi axvoli,
geografiyasi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti o'z aksini topdi.
Asarning asl nomi «Voqeanoma» bo'lib, u ba'zan «Boburiya» deb ham ataladi,
tarjimalarda «Tuzuki Boburiy», «Voyeoti Boburiy» va «Boburnoma» deb atala
boshlangan.
«Boburnoma»ning 14 ga yaqin nusxasi bo'lib ularning ko'pi XYII-XYIII asrlarda
turli kishilar tomonidan ko'chirilgan. Bu nusxalar hozir Leningrad, Kalkutta,
Xaydarobod, London, Agra, Manchester, Edinburg kabi joylarda saqlanadi.
«Boburnoma» tilining asosiy xususiyatlaridan biri ixchamligidir.
«Boburnoma»ning bir nusxasi 1737 yilda ko'chirilib, shu nusxa 1957 yilda
Qozonda rus olimi N.Ilminskiy tomonidan nashr ettirildi. Xaydarobod nusxasi asosida
ingliz olimi A.Beverij 1905 yilda Londonda bostirdi.
50
«Boburnoma» 1586 yilda fors tiliga ayrim parchalari 1705 yilda Vitsen tomonidan
golland tiliga, Djon Leyden, V.Erskinlar tomonidan 1828 yilda A.Keyzer tomonidan
nemis tiliga, 1791 yilda Pave de Kuteyli tomonidan fransuz tiliga tarjima qilindi.
«Boburnoma»ning Qozon va London nusxalari 1948-1949 yillarda Toshkentda
ikki kitob xolida to'la nashr etildi. Ba'zi tuzatishlar va chog'ishtirishlar asosida 1960
yilda yana qayta nashr qilindi.
«Boburnoma» XY asr oxiri XYI asr boshlaridagi tarixiy voqealarni to'g'ri aks
ettirish jihatidangina qimmatli bo'lib qolmay, u o'sha davrdagi o'zbek tili axvolini
o'rganish uchun ham muhim manba hisoblanadi.
«Boburnoma» asari orqali Boburning xalq jonli tilining boyliklarini chuqur
o'rganib va egallab oganligi, adabiy tilni xalq jonli tiliga yaqinlashtirish uchun harakat
qilganligi yaqqol ko'rinadi. Bobur tilni boyitishga va soddalashtirishga, barqaror
qo'llanilmagan ko'p so'zlarni ishlatishga harakat qildi va ulardan o'rinli foydalandi.
«Boburnoma» asarining mazmuni va tilini boyitish uchun Bobur xalq maqollari
hamda ta'birlariga katta e'tibor berdi. Unda faqat o'zbek maqollaridagina emas, balki
fors-tojik tili maqollarini ham qo'lladi. Bular asar tilining shirali, ommaga tushunarli
bo'lishi uchun xizmat qildi. Masalan, Kapudagini kapmasa, kariguncha kaygurur.
Kozlerini tuz tutti. Dushman ne demas, tushke, ne kirmas. Dax kujavu daraxtan kujavu.
(Qishloq qaydayu daraxtlar qayda). Uzrash battar az gunax (Uzri gunoxdan yomonroq)
An guzarra ab burd ( U ko'chani suv olib ketdi). Marg bayaran sur ast (Do'tlar bilan
birga bo'lib ulmoq tuydir).
«Boburnoma» tilining muhim xususiyatlaridan biri ifodaning ixchamligi,
soddaligi va ravonligidir. Buning uchun u so'zlarni tanlab ishlatishga, oz so'z bilan
ko'proq fikrni bayon etishga harakat qildi. O'zbek tilining so'z boyligidan ijodiy foyda
aniq, undagi sinonim, omonim va antonim so'zlarni keng va o'rinli ishlatdi.
«Boburnoma»da fikrlar ko'proq sodda gap formasida beriladi. Qo'shma gaplar
ham sodda gaplarga o'xshash tuzilishda bo'lib, osonlik bilan tarkibiy komponentlarga
ajraladi: Ta anda yetkunche, mening bilen sekiz kishi kalib edi.
Bobur Andijon va uning atrofidagi shaharlar haqida ma'lumot berar ekan, ular
haqida murakkab bo'lmagan, ixcham jumlalar bilan fikr yuritadi: «Movarounnaxr
Samarqand va Kesh korganidin songra mundin ulugrak korgan yokdur, uch darvazasi
bar. Arki janub tarafida vake boluptur. Tokkuz tarnav suv kirer. Bu ajabturkim, bir
yerdan ham chikmas».
Bu parchani hozirgi zamon kitobxoni ham lug'atsiz tshuna oladi. «Boburnoma»
asarining tili quyidagi xususiyatlari bilan ham harakterlanadi.
1.
«Boburnoma» tilining turlanish kategoriyasi o'ziga xos xususiyatlari
bilan ajarlib turadi. Boshqa yodgorliklardagi kabi unda ham chiqish
kelishigi –din, affiksi orqali yasaladi. Qolgan kelishik qo'shimchalari
hozirgi o'zbek tilidagi kelishik qo'shimchalariga o'xshash. Masalan,
Andijon suyi Oshtin kelur, Axsi suyi Kasandin keler. Lekin
«Boburnoma»da qaratqich bilan tushum, o'rin-payt bilan jo'nalish va
o'rin-payt bilan chiqish kelishiklari bir-birining o'rnida qo'llana beradi:
Xojandda kelib edi. Jaxangir Mirazaka Tanbal takasiga kelib edi. Hind
fatxida song.
Abstrakt egalik ma'nosini ifodalovchi –niki affiksining vazifasini
qaratqich kelishigining qo'shimchasi –ning bajaradi: Har vilayatkim
musaxxar bolsa, chaxar dang mirzaning bolgay, du dang aning. Shu bilan
birga, ba'zan bu ma'noda niki affiksi qo'llanishi ham uchraydi: Kongulde
ud edi kim, ... Shayx Bayazidni Tanbaldin ayirib bizniki bolgay.
51
2.
«Boburnoma»da nisbiy sifat va abstrakt otlar yasash uchun –lig, -lik
affiksi ishlatiladi: Bu ataluk, ogulluk Tambalga arkalanib bunday
harakatlar bunyad kildilar.
3.
«Boburnoma» tilida hozirgi o'zbek tiliga xos bo'lgan –ta bilan yaralgan
donalik sonlar. –tadan bilan yasalgan ulush sonlar, -tacha bilan yasalgan
chama sonlar. –lab bilan yasalgan ayiruv ulush sonlar uchramaydi.
Ayiruv-ulush sonlar asosan –r (-rer) affiksi bilan, chama sonlar esa
sintaktik yo'l bilan yasalgan: Sipaxi va raiyati naumed bolub birer-ikkirer
kargandin tashlab kacha kirishdiler. Yuz chaglik.
4.
Uchinchi shaxs kelishik olmoshi son va kelishiklar bilan turlanganda
qadimgi formasi namoyon bo'ladi: ul –ano', aning, anga, andin.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida so'roq olmoshlaridan tashqari, ne, nechuk, katu
olmoshlari mavjud.
Hozirgi belgilash olmoshi ma'nosida hamma, jame', butun, barcha bilan birga
«Boburnoma» tilida tugel, baro' kabi so'zlar ham qo'llangan.
5.
Hozirgi o'zbek tilida ravishlar «Boburnoma»da ham uchraydi, lekin
unda hozirgi tilda bo'lmagan asru (ko'p, juda ko'p), otru) ro'baro',
qarama-qarshi) ravishlar juda ko'p ishlatilgan.
6.
«Boburnoma»da qo'llangan so'ng ko'makchilari hozirgi o'zbek tilidagiga
o'xshaydi. Lekin unda sayin ko'makchisining sayi varianti, bilen,
ko'mamakchisining bile, birle, ile variantlari mavjud. Old va yen
ko'makchilari o'rnida ko'proq kash ko'makchisi ishlatiladi: Songralar
Sulton Maxmidxon kashiga bardi.
7.
«Boburnoma»da o'timli fe'llarning majhul darajalari formasi tushum
kelishigidagi otlarni boshqarish xususiyatiga ega. Bu forma hozirgi
o'zbek tilida uchramaydi: Urduning va urdu otrusini mazbud va
mustahkam kilidi.
Hozirgi kelasi zamon fe'li –adur, -yedur affiksi yordamida hosil bo'ladi:
keledurmen, keledursen kabi.
«Boburnoma»da eski uyg'ur tiliga xos ba'zi zamon formalari mavjud. Ulardan biri
–gu)gu affiksli kelasi zamon fe'lidir: kelgum, kelgung, kelgusi kabi.
«Boburnoma»da –gu,-gu affiksiga boshqa affikslarning birikishidan hosil
bo'luvchi ish-harakat oti keng qo'llangan: bargulik, bargusiz, bargudek, barguchi kabi.
Buyruq-istak maylining 1 shaxs formasi – aling bilan yasalgan turi keng
tarqalgan: Xan kashiga Tashkentga baraling.
«Boburnoma»da sifatdoshning asosan –gan –gen, -adurgan) –yedurgen, -r
affikslari bilan hosil bo'luvchi formalari qo'llangan: bargan, kelgen, baradurgan,
keledurgen, barur, kelur kabi.
«Boburnoma»da –a)-ye affiksi bilan hosil bo'luvchi ravishdosh formasi kesim va
sostavli kesimning komponenti vazifasida ham qo'llangan: Dakikaning makdari takriban
alti fatixani bismilla bile okugunchadir.
Navoiyda bo'lganidek hozirgi-kelasi zamon fe'li 1-shaxs birligini bo'lishsiz
formasi –man –men affiksi bilan ham hosil qilinadi: Bilmen ozlukidan bermedimu ya
yukaridin isharat bodimu. Infinitivning bo'lishsiz formasi –ma –me affiksi orqali
ifodalanadi: Ish kapuga kelgen maxalda jid va timamni taksir kilmamak kerak.
52
8.
«Boburnoma»dagi bog'lovchilar hozirgi bog'lovchilarga qisman to'g'ri
keladi. Unda ko'pincha dagi, vale (lekin, ammo) vaya yoki
bog'lovchilari ko'proq ishlatiladi.
Asarda ergashtiruvchi bir qanchasi qo'llanadi. Bularning ko'pchiligi –ki
bog'lovchisi ishtirokida hosil bo'lgan bog'lovchi va bog'lovchilashgan so'zlardir: -ki,-
kim, vaqtiki,-gaxikim,-ne uchunkim, -bu jihatdinkim, negkim: Ani uchunkim, Mir
Alisher Navoiyning musannafati bavujudkim, Xaride nash'u pava tanibdur, bu til
biledur.
«Boburnoma» leksikasida quyidagi so'zlar uchraydi: yavuk, yaqin, cherik, askar,
qo'shin, kabamak, kamamok, flgar, tuz, tekis yer, arimak, ketmoq, ilik, kul, ulus, xalq,
kazaklik, darbadarlik, yanmak, kaytmak, kopmoq, turmoq, kasba, shaxarcha, vasat,
urtalik, vasfir, mo'l-ko'l kabilar.
Umuman Bobur «Boburnoma» va boshqa asarlari bilan til donishmandi
bo'lganligini va til boyliklaridan, jonli tilning xususiyatlaridan mohirlik bilan
foydalanganligini ko'rsatadi. O'zbek badiiy prozasi yetarli tajribaga ega bo'lmagan bir
davrda proza tilida katta muvaffaqiyatni qo'lga kiritdi.
Bobur tilidagi soddalik, ravonlik va ixchamlik XYII asrda Abulg'ozi Bahodirxon
tomonidan yozilgan «Shajarai turk» va «Shajarai tarokim» asarlarida davom ettiradi.
O'zbek adabiyotining va adabiy tilning ulkan namoyondalaridan biri Muhammad
Sodix klassik adabiyotda birinchi tarixiy doston bo'lgan «Shayboniynoma»ning
avtoridir.
«Shayboniynoma» temuriylar bilan shayboniylar o'rtasidag urushlarning dahshatli
manzaralarini tasvirlovchi, badiiy uslubi va obrazli tili bilan klassik adabiyotning
qimmatbaho yodgorligidir.
«Shayboniynoma» dostoni 76 bobdan iborat bo'lib, uni Qosim nomli kotib
tomonidan ko'chirilgan nusxasi Venada saqlanadi. Dostonni shu nusxa asosida
G.Vamberi 1885 yilda nemis tilida nashr ettirdi. 1908 yilda turkolog P.M.Melioranskiy
tomonidan chop etilgan. Faqat 1961 yilga kelib, «Shayboniynoma»ning hozirgi o'zbek
grafikasidagi matni nashr etiladi.
«Shayboniynoma» tarixiy dostonchilikning to'ng'ich asari bo'lib, unda konkret
tarixiy voqealar hikoya qilinadi. Dostonda realizm tendensiyasi ma'lum darajada badiiy
uslubning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylandi. Realizm tendensiyalari
faktlarning mazmunidagina emas, balki ularni bayon etish va ifodalashning badiiy
usullarda, badiiy til vositalarida, xullas, mazmun bilan shaklning birligida ko'rinadi.
Muhammad Solih dostonida adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, jonli til
xazinasidan foydalanib, adabiy tilni boyitishga munosib hissa qo'shdi. Uning tasviriy
ifoda uslubi badiiy sodda va rang-barang. Shoir xalq tili xazinasidan foydalanib, sodda,
jonli o'xshatishlar, sifatlashlar, anaforalar topadi. Masalan, Buxoro hokimi Bokitarxon
xarakterini ochib berish uchun quyidagi o'xshatishni ishlatadi:
Bar edi sozi uning nadanlardek,
Kiligi yashgina oglanlardek.
Xalq tili boyliklaridan mukammal foydalanib, xarakterli jonlantirish va
mubolag'alar qo'llaydi:
Boldi bisyar uzum birle kavun,
Xar biri debki: «Mening birle avun»
53
Klassik adabiyotda baytning birinchi misrasidagi barcha so'zlarga ikinchi
misradagi hamma so'zlar qofiyadosh bo'lsa, bu tarse deb aaladi. Muhammad Solih
original tarselar ijod qildi:
Tozib erdi navkari Babirning,
Erib edidi jigari Babirning.
Quyidagi barcha M.Solix Bobur askarlarining qochishini shunday mubolag'a bilan
tasvirlaydi:
Bir sari yolini darya tutdi,
Suvga tushkenni baliglar yutdi.
M.Solih omograf so'zlar yordamida original so'z o'yini yaratdi:
Saxabi jilvada bostan ichide (uzum nomi),
Kan yutub saxibi korgan ichide (egasi).
Yuqoridagi tasviriy vositalarni yaratishda M.Solih o'zbek tilining so'z boyligidan
va grammatik xususiyatlaridan unumli foydalangan. Unda quyidagi grammatik
xususiyatlarni ko'rish mumkin:
1.
«Shayboniynoma» tilida tushum kelishigi uchun –ni, -n jo'nalish
kelishigi uchun –ga, -ge, -ka, ke, -a, ye affiksli formalar ishlatilgan:
arigini, shaxar xalin sozumni, suga, kozguche, otka, kormekke,
bashima, kunglume kabi.
Otlarning egalik bilan turlanishi hozirgi o'zbek tilidagi kabidir.
«Shayboniynoma»da o'zbekcha pullik formasi bilan birga, arabcha, forscha
ko'plik formalari ham qo'llanadi: barcha mirzalar, bari nukarlar, funun (fanlar),
kalmakan (qalmoqlar) kabi.
2.
Sonlar «Shayboniynoma»da hozirgi o'zbek tilidagi kabi formalarga
ega. Tartib sonlar – inch affiksi bilan ham yasaladi: tortinch kabi. «Uch
ming» ma'nosida tuman «million» ma'nosida «yuz tuman» so'zlari
ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |