Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши


Alifbodagi harflarning shakliy va funksional xususiyatlari masalasi



Download 3,2 Mb.
bet19/92
Sana02.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#728962
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Bog'liq
TOG\'AYEV

Alifbodagi harflarning shakliy va funksional xususiyatlari masalasi. Bu masala o‘zbek alifbosining dastlabki (1939- va 1940-yillardagi) loyihalarini tuzish jarayonida maxsus ko‘rilgan edi. Unda o‘zbek alifbosi rus alifbosini maksimal saqlash prinsipida tuzilganligini ko‘ramiz, shuning uchun alifboning 1939-yilda muhokamaga qo‘yilgan birinchi loyihasiga rus alifbosidagi 32 (33) harfning barchasi shaklan o‘zgarishsiz kiritilgan. Shundan so‘ng bu harflar qatoriga o‘zbek tilining o‘ziga xos tovushlari uchun qo‘shimcha harflar kiritish masalasi ko‘rilgan, ularni tanlash yoki shakllantirishning besh yo‘li o‘rganib chiqilgan, natijada o‘ziga xos tovushlar uchun rus alfavitidagi ч, к, г, x, н harflarining har biriga diakritik belgilar qo‘yilib, yangi harflar shakllantirilgan (ҹ, қ, ғ, ҳ, ң kabi). Keyinchalik (1940-yilda) ҹ shakli ж bilan, ң shakli нг bilan almashtirilgan, ы va щ harflari loyihadan chiqarilgan. Alifbodagi harflarning aksariyati (ў, қ, ғ, ҳ, ц dan boshqalari) polifonemali grafema vazifasini bajarib kelmoqda: ularga o‘zbek va rus tillari fonemalarini ifodalash funksiyasi yuklangan. Bu tamoyil (bir grafema vositasida ikki til fonemalarini ifodalash tamoyili) hozirgi lotin o‘zbek grafemalariga ham tatbiq etilgan.

  • Alifbodagi harflarning miqdori masalasi. Ma'lumki, hozirgi kirill o‘zbek alifbosi 35 harfdan tarkib topgan. Uning 1939-yilda tuzilgan dastlabki (birinchi) loyihasida esa harflar miqdori 39 ta bo‘lgan. Keyinchalik muhokamalarda bildirilgan bir qator fikrlar asosida alifbo loyihasidan щ, ы, ҹ, ң harflari chiqarilgan. Bu harflarning alifbo tarkibidan chiqarilishida “щ” va “ы” tovushli soʻzlarning oʻzbek tilida koʻp emasligi, “щ”, “ы”, “ ң ”, “ ҹ ” tovushlari talaffuzidagi ayrim xususiyatlar, shuningdek, diakritik belgili harflar miqdorini kamaytirish lozimligi haqidagi takliflar hisobga olingan, shu yo‘l bilan loyihadagi harflar miqdorining 39 tadan 35 taga tushirilishiga erishilgan. Alifbodagi harflar miqdorining 35 ta bo‘lishi, shulardan 31 tasining rus alifbosidagi harflar ekanligi, qolgan 4 ta harfning (ў, қ, ғ, ҳ) ruscha harflar shakliga asoslanganligi, birinchidan, rus alifbosi va grafikasi xususiyatlarini o‘zbek alifbosida maksimal saqlash tamoyiliga mos bo‘lsa, ikkinchidan, bosmaxona texnikasi, yozuv mashinkalari va kompyuter texnikasi imkoniyati talablariga ham javob berardi.

    Hozirgi o‘zbek-lotin alifbosining dastlabki (1993-yilda tasdiqlangan) variantida 31 harf va bitta tutuq belgisi bo‘lgan, uning so‘nggi (1995-yilda tasdiqlangan) variantida esa 26 harf va 3 ta harf birikmasi (jami - 29 grafema) bor.
    O‘zbek-lotin alifbosidagi harflar miqdorining kamaytirilishida ham, asosan, kompyuter imkoniyatlari hisobga olingan.


    1. Download 3,2 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish