Morfologik tamoyil. So‘z o‘zagiga qo‘shiluvchi morfemalarning yozuvda to‘liq yoki qisman bir tizim asosida aks etirilishi yoki ularning variantlaridan birining tanlab olib yozilishi asosida bir xillikka erishish morfologik tamoyil deyiladi. Hozirgi orfografiya talabi bo‘yicha affikslarning deyarli hammasi morfologik tamoyil asosida yoziladi. Masalan: egalik affikslari: -m (-im), -ng (-ing), -miz (-imiz) –ngiz (-ingiz), kelishik affikslari, kesimlik affikslari; shaxs va zamonni ko‘rsatuvchi hamda so‘z yasovchi affikslar og‘zaki nutqda qanday aytilishidan qat’i nazar, imloda o‘zining bir xil morfologik shaklini saqlagan holda yoziladi.
Tarixiy-an’anaviy tamoyil. О‘zbek xalqining yozuvi tarixida ko‘pgina so‘z va iboralar borki, og‘zaki nutqda qay tarzda talaffuz etilishidan qat’i nazar, ularning yozilishida ma’lum an’anaga amal qilinadi. So‘zlarning hozirgi talaffuz me’yorlariga mos kelmaydigan, qadimdan o‘zlashib qolgan shaklda yozilishi orfografiyaning tarixiy- an’anaviy tamoyilga asosan so‘zlar hozirgi holatiga ko‘ra emas, balki an’ana tusiga kirib qolgan qoidaga ko‘ra yoziladi.
Farqlovchi tamoyili. Bu tamoyilga asosan og‘zaki nutqda yoki talaffuzda bir-biridan aniq farqlanmaydigan yoki o‘zaro farqlari deyarli sezilmaydigan darajada kelib qolgan so‘zlar yozuvda maxsus qoida bilan ajratib yoziladi.
Masalan: -lik affiksi, asosan, shahar aholisi nutqida; -li affiksi esa qipchoq shevalari vakillari nutqida qo‘llanadi. Masalan: shaharlik, andijonlik, to‘nli, joyli.
Etimologik yoki shakliy tamoyil. So‘zlarni etimologik yoki shakliy tamoyil asosida yozish deyilganda ularning qaysi xalq tilidan olingan bo‘lsa, o‘sha tildagi grafik holatini saqlab qolish tushuniladi.10
Orfografiya qoidalari. О‘zbek tili imlo qoidalari uzoq tarixiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, davr o‘tishi bilan o‘zgarib va shakllanib boradi. Kirillcha o‘zbek yozuvining imlo qoidalari dastlab 1940-yilning 4-iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va shu yilning o‘zida "Birlashgan o‘zbek alfaviti va orfografiyasi" nomli to‘plamda e’lon qilingan. Keyinchalik bu qoidalar yana bir necha marta qayta ishlandi, shular asosida 1952, 1953, 1955- yillarda "О‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari" loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilindi, nihoyat, uning 5-nashri 1956- yilning 4-aprelida О‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi. Hozirgi (kirillcha) o‘zbek yozuvining imlosi ana shu qoidalarga asoslangan. U quyidagi bo‘limlardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |