1991-1992-yillar. 1991-yilda mustaqillik siyosati yangi o‘zbek alifbosini yaratish vazifasini qo‘ydi. Uzoq davom etgan munozaralar natijasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish ma’qul deb topildi. Lotin yozuvini o‘rganishning qulayligi va dunyo mamlakatlari bilan aloqaga kirishishda o‘ng‘ay ekanligi bu yozuvga o‘tishning asosiy sabablaridan biri edi.
1991-1992-yillarda ruschalashtirilgan o‘zbek alifbosini boshqa tizindagi alifbo bilan almashtirish g‘oyasi va bu masalada turli yo‘nalishlar tarafdorlari o‘rtasidagi bahslar, oxir oqibatda, o‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alifboga ko‘chirish g‘oyasining ustun kelishi bilan yakunlandi.
4-davr (1995-2005). 1993-yilning 2-sentabrida 12-chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiini joriy etish to‘g‘risida" qonun qabul qiladi. Qonunga muvofiq yangi o‘zbek alifbosining tarkibi 31 harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat deb belgilandi. (3-ilovaga қаранг)
1995-yilning 6-mayida О‘zbekiston Oliy Majlisi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonun”ga o‘zgartirish kiritadi. Unga ko‘ra alifbodagi 31 harf va 1 ta tutuq belgisi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasiga o‘zgartiriladi. (4-ilovaga qarang)
1995-yilning 24-avgustida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining asosiy imlo qoidalari tasdiqlandi. (5-ilovaga qarang)
Nazorat savollari: O‘zbek yozuvi qachon kirill-rus alifbosiga o‘tkazilgan?
O‘zbek yozuvini kirill-rus alifbosi asosiga ko‘chirilishiga nima sabab bo‘ldi?
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvidan yangi yozuvga o‘tish g‘oyasi qachon va nega yuzaga keldi?
Yozuvni o‘zbek-kirill alifbosiga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan qanday ilmiy kengash yoki yig‘ilishlarni bilasiz?
Rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosining loyihasi qachon muhokama qilindi?
Rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlandi?
Rus-Kirill alifbosiga o‘tish jarayonida faol ishtirok etgan qaysi olim va mutaxassislarni bilasiz? Ularning ishlarini keltiring.
O‘zbek-kirill alifbosiga va imlosi isloh qilish qachon jiddiy tus oldi? Bu jarayonda kimlar ishtirok qildi?
Qachon lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi joriy qilindi?
O‘zbek yozuvini lotin alifbosiga ko‘chirilishi sabablarini ayting.
Yangi o‘zbek alifbosining dastlabki varianti haqida ma'lumot bering.
O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari qachon qabul qilindi?
Yangi alifboni joriy etilishiga doir qanday hukumat tadbirlari amalga oshirildi?
Yangi alifboni isloh etish va imloni takomillashtirish harakatlari qachondan va nega boshlandi.
Siz oʻqiyotgan ta'lim muassasasida bu jarayonlar bilan bog‘liq qanday tadbirlar o‘tkazildi?
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha davlat tomonidan qanday chora-tadbirlar olib borilmoqda?