Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 3,2 Mb.
bet26/92
Sana02.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#728962
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Bog'liq
TOG\'AYEV

Orfografiya to‘g‘ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidir. Ogfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma’lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi. Chunonchi, odam so‘zida "d"ning yozilishi "d" grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli bu so‘zning yozilishi grafika tomonidan boshqariladi. Savod so‘zida esa "d" undosh jarangsiz "t"ga o‘tadi, demak, uni ikki xil yozish mumkin: savod (fonematik prinsip asosida) - savot (fonetik prinsip asosida). Bu ikki holatdan birini imlo uchun me’yor (orfogramma) qilib tanlash orfografiya zimmasiga tushadi. Hozirgi o‘zbek orfografiyasida savod deb yozish qoidalashtirilgan.
Orfografiyada qo‘shma so‘z komponentlarining qo‘shilib yoki ajratilib yozilishi, so‘z qismlarining satrdan satrga ko‘chirilishi, bosh va kichik harflarning qo‘llanishini belgilab beradigan qoidalar ham borki, ular yozuvning grafikaga aloqador bo‘lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi.
Orfografiya me’yorlariga amal qilish yozma nutq mazmunining to‘g‘ri va aniq idrok qilinishiga yordam beradi, yozma nutqda boshboshdoqlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Adabiy tilning, xususan, yozma nutqning ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy rolini mustahkamlashda orfografiya me’yorlarining ahamiyati katta.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili orfografiyasi quyidagi tamoyillarga tayanadi: fonetik tamoyil, morfologik tamoyil va tarixiy-an’anaviy tamoyil. Bulardan tashqari, farqlovchi va etimologik tamoyillar ham mavjud.9 Lekin bular oldingi ko‘rsatib o‘tilgan uchta tamoyil kabi asosiy rol o‘ynamaydi.
Hozirgi o‘zbek orfografiyasida bu tamoyillar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularning har birining o‘z o‘rni va ahamiyati bor.
Fonetik tamoyil. Shevalar ayrim shaxslarning nutqidagi xilma-xillikni hisobga olmaganda ham og‘zaki nutq tovushlarining bir-biriga ta’sir qilishi natijasida so‘z tarkibida turli xarakterdagi juda ko‘p o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bu xilma-xillik hammasi ham orfografiyada o‘z aksini topaverganda, yozuvda bir xillikni ta’minlab bo‘lmas edi, natijada yozuvda bir xillik o‘rnini turli xarakterdagi xilma-xillik, hatto chalkashlik egallagan bo‘lar edi.
Fonetik tamoyilda, asosan, so‘zlar nutq jarayonida fonetik jihatdan qanday eshitilsa, xuddi shunday qilib yoziladi. Ma’lumki, fonemalar mustaqil ma’noni anglatuvchi so‘zlarni vujudga keltirishda muhim vazifani bajaradi.
Shunday qilib, so‘z tarkibidagi nutq tovushlarining yozuvda maxsus grafik shakl orqali eshitilishiga qarab, tizimga solib berilishi fonetik tamoyil deb yuritiladi. Masalan: go‘dakka.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish