Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 3,2 Mb.
bet1/92
Sana02.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#728962
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
TOG\'AYEV

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
T.TOG‘AYEV


O‘ZBEK TILINING IMLO MUAMMOLARI


(o‘quv-uslubiy ko‘rsatma)
TOSHKENT-2019


O‘zbek tilining imlo muammolari [Matn]: o‘quv-uslubiy koʻrsatma / T. M. Tog‘ayev - Toshkent: “Navoiy universiteti” NMU, 2019. - 164 б.
Mas’ul muharrir: D. Lutfullayeva, filologiya fanlari doktori, professor .


Taqrizchilar: H. Jamolxonov, filologiya fanlari doktori, professor,
R. Jamonov, filologiya fanlari nomzodi, professor.

O‘zbek tilining imlo muammolari o‘quv-uslubiy koʻrsatma”si 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), 51112000 - Oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan.


Ushbu ishlanma XX asr o‘zbek yozuvi – o‘zbek alifbosi va imlosining shakllanish va rivojlanish bosqichlari haqida nazariy ma’lumot berish, joriy alifbo va imloni takomillashtirish muammolariga munosabat bildirish, amaliy va seminar mashgʻulotlari orqali o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini, shuningdek, oʻzbek punktuatsiyasini oʻrgatishni ko‘zda tutadi. Uni tayyorlashda oʻzbek yozuvi islohotlari va oʻzgarishlariga doir materiallar, tadqiqot ishlari, hozirgi oʻzbek adabiy tili darsliklaridan, yangi oʻzbek alifbosi va imlosini oʻrgatishga qaratilgan qo‘llanma kitoblardan foydalanildi.


O‘quv-uslubiy ko‘rsatma ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi fakultetining 2019-yil 27-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.




SО‘ZBOSHI

O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, mamlakatimizda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni yangi pog‘onaga ko‘tardi.


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 4-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi (1989-yil 21-oktabr) qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Shunga ko‘ra butun yurtimizda ommaviy ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbarining o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish haqidagi farmoni (2019-yil 21-oktabr) o‘zbek tilini taraqqiy ettirish borasidagi ishlarning yuksak cho‘qqisi bo‘ldi. Endilikda bu sohada qo‘yilgan vazifalar va ularning ijrosi o‘zining o‘ta qizg‘in pallasiga kirmoqda.
Respublikamizda so‘nggi vaqtlarda davlat tili, yozuv, binobarin, alifbo va imlo bilan bog‘liq amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar til ta’limi sohasi kishilari oldiga katta vazifalarni qo‘ymoqda. Mana shunday yumushlardan biri o‘quvchi yoshlar savodxonlik darajasini oshirish, o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini ishlab chiqish, imlo masalalariga oid o‘quv dasturlarini yangilash, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanmalarini yaratishdir. “O‘zbek tilining imlo muammolari” fani bo‘yicha tuzilgan mazkur o‘quv-uslubiy ko‘rsatma ham shu yo‘nalishdagi ishlar sirasiga kiradi.
Ma’lumki, “O‘zbek tilining imlo muammolari” kursi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti (bakalavriyat bosqichi) talabalarining o‘rganishi zarur bo‘lgan muhim fanlarlardan hisoblanadi. Bu fan hozirgi o‘zbek adabiy tilining harf, yozuv va imlo qoidalari tizimiga oid bilimlarni mustahkamlaydi.
“O‘zbek tilining imlo muammolari” fanining o‘rganilishi talabalarning yozuv bilan bog‘liq madaniy saviyasini oshirishga yordam beradi. Bu fan talabalarga yozuv amaliyotida mavjud muammolarni tugatishga ko‘maklashadi, ularni o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini puxta o‘zlashtirish va unga to‘la amal qilishga da’vat etadi.
“O‘zbek tilining imlo muammolari” fanidan taqdim etilayotgan ushbu o‘quv-uslubiy ko‘rsatma yangi alifboga asoslangan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (O‘zR VMning 1995-yil 24-avgustda qabul qilgan qarori bilan tasdiqlangan) hamda O‘zbek tili va adabiyoti universitetining Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan tuzilib tasdiqlangan “O‘zbek tilining imlo muammolari” dasturiga muvofiqlashtirildi.
O‘quv-uslubiy ko‘rsatmada asosan XX asr davomida o‘zbek yozuvi – o‘zbek alifbosi va imlosining shakllanish va rivojlanish tarixi haqida nazariy ma’lumot berish, jadid ziyolilari, keyingi davr tilshunoslarining sohaga doir ishlarini tahlil etish, joriy alifbo va imloni takomillashtirish muammolariga munosabat bildirish, amaliy va seminar mashgʻulotlari yordamida o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini, shuningdek, oʻzbek punktuatsiyasini oʻrgatish ko‘zda tutildi.
O‘quv-uslubiy ko‘rsatma uchun o‘zbek tilshunos olimlari Y.Abdullayev, А.Nurmonov, Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev, K.Nazarov, H.Jamolxonovlarning masalaga oid o‘quv dasturlari va qollanmalari, imlo lug‘atlari asosiy nazariy manba bo‘lib xizmat qildi.
Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda “O‘zbek tilining imlo muammolari” fanidan o‘quv darsligi mavjud emas. Mazkur o‘quv-uslubiy ko‘rsatma mana shu bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi degan umiddamiz. Zero, asosiy maqsadimiz talabalarning yozma savodxonligini oshirish, ularning imlo bilan bog‘liq xatolariga barham berish, to‘g‘ri, aniq, xatosiz yozishga o‘rgatishdir.


Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish