Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши


O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlar



Download 3,2 Mb.
bet5/92
Sana02.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#728962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
TOG\'AYEV

O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlar
Markaziy Osiyo o‘lkalarida yozuvning shakllanish va qo‘llanish tarixi 2500 yillik o‘tmishni o‘z ichiga oladi. Turkiy xalqlarning, jumladan, o‘zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi davomida qo‘llangan yozuvlar quyidagilar:
Ko‘k turk yozuvi. Bu yozuv qaysi davrdan boshlab shakllanganligi haqida hozircha fanda aniq ma’lumot va xulosalar yo‘q. Turkolog olim A.Amanjolovning fikricha, ko‘k turk yozuvining tarixi miloddan burungi I ming yilliklarga tutashadi. Bizgacha yetib kelgan O‘rxun-yenisey bitiglari ushbu yozuvning ilk bosqichiga oid emas, balki uning takomillashgan bosqichida yaratilgan. V. Tomson turkiy-run yozuvining paydo bo‘lgan davrini VI asr o‘rtalariga olib kelib bog‘laydi.
O‘rxun-yenasoy obidalari 6-8 asrlarda qadimgi turkiy til va yozuvdagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Mo‘g‘ulistondagi O‘rxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududida ham topilayotgan bu qadimiy bitiglar ushbu zaminda ham ko‘hna turkiy yozuv madaniyatining rivoj topganidan dalolat beradi.
Uyg‘ur yozuvi. Taxminan VI asrda shakllanib, O‘rta Osiyoda XV asrning oxiriga qadar qo‘llangan.
Hozirda «uyg‘ur yozuvi» nomini olgan qadimgi turkiy alifbo o‘tmish manbalarida bir qancha nom bilan yuritilgan. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asarida uni «turkcha yozuv» deb tilga oladi. Alisher Navoiy maktublarining birida uni «turkcha xat» deb atagan. Manbalarda mazkur yozuv «uyg‘ur xati», «mo‘g‘ul xati» deb ham yuritilgan.
Bizgacha yetib kelgan uygu‘r yozuvli yodgorliklarning eng qadimgilari islom davridan ancha burun yaratilgan. Ushbu obidalar o‘sha davr turklari ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotining barcha sohalarini qamraydi. Adabiy, diniy-falsafiy, tarixiy, ilmiy asarlar, huquqiy, rasmiy-diplomatik bitiglar (yorliq, tilxat, guvohnoma va sh.k.), xo‘jalik ishlariga oid matnlar, qabrtoshlar, tashrifnoma va boshqalar shular jumlasidandir.
Uyg‘ur xati uzoq yuz yilliklar davomida qo‘llangan. Hatto turkiy xalqlar arab yozuvini qo‘llay boshlaganlaridan keyin ham o‘z mavqeyini yo‘qotmagan. Ma’lumki, X asrda Qoraxoniylar davlatida islom rasman qabul qilindi. Ammo qo‘shni idiqut hokimiyati buddizmni yoqlab, sharqiy turklar orasida islomning yoyilishiga yo‘l bermadi. Sharqiy turklar shu paytdan ikki dunyo - «musulmonlar» va «musulmon bo‘lmaganlar»ga bo‘linib qoldi. Musulmon turklar ko‘p o‘tmay arab alifbosi asosida yangi yozuv yaratdilar. Oqibatda ular ikki an’ana sifatida davom etib kelayotgan qadimgi turk (uyg‘ur) va keyinchalik islom ta’sirida qabul qilingan arab xatini qo‘llay boshladilar. Uyg‘ur yozuvi O‘rta Osiyoda XV asrning oxirlariga qadar arab xati bilan yonma-yon qo‘llanishda bo‘ldi. Biroq, islom ta’siridan uzoqdagi turk-buddistlar yozuv an’anasini uzmay, XVIII asrda ham undan foydalandilar. Uyg‘ur xati o‘z tarixi davomida hatto arab alifbosi bilan yonma-yon qo‘llangan chog‘larda ham turkiy davlat va saltanatlarining asosiy rasmiy yozuvi bo‘lib keldi.
Uyg‘ur alifbosida harflar o‘n sakkizta. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘atit turk» da uyg‘ur alifbosini keltiradi va har bir shakl ostida arab harflari bilan ularning ma’nosini ham beradi (DLT, 1, 47).
Alifboda harflar soni oz bo‘lishiga qaramay, uyg‘ur yozuvining imlo prinsiplari puxta ishlangan edi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish