Mavzu: Dizelning ta’minlash tizimi, tuzilishi va ishlashini o’rganish
Ishdan maqsad: Dizel dvigatelining ta’minlash tizimining tuzi-lishini, ishlashini, uchraydigan buzuqliklar va ularni bartaraf etishni o’rganing.
Ish jihozlari: Traktorlar MTZ-80, T-28X4M, ko’rgazmali qurollar,
ta’minlash sistemasining detallari, kalitlar jamlanmasi.
Ishni bajarsh tartibi
1. Dizel dvigatelining ta’minlash tizimining vazifasi va tuzili-shini o’rganing.
2. Yoqilg’i baki, dag’al tozalash (filtr tindirgich) filtrining vazi-fasi va tuzilishini o’rganing.
3. Haydovchi (pompa) nasosning vazifasini, tuzilishini, va ishlashini o’rganing.
4. Mayin tozalash filtrining tuzilishini va filtrlovchi element-larning turlarini o’rganing.
5. Yoqilg’i nasosining vazifasini, tuzilishini, turlarini va ishla-shini o’rganing.
6. Forsunkaning vazifasini, turlarini, tuzilishi va ishlashini o’rganing.
7. Havo tozalagichning vazifasini, turlarini va tuzilishi o’rganing.
8. Kiritish va chiqarish kollektorlarining tayyorlanishini, oraliq sovitgichning vazifasini, kollektordagi havo qizdirish moslamasini o’rganing.
9. Ta’minlash tizimidagi mayin tozalash filtridan, trubkalardan va yoqilg’i nasosi kanallaridan havoni chiqarish tartibini o’rganing va uni amalga oshiring.
10. Ta’minlash tizimiga qarov o’tkazishni o’rganing va bajaring.
Dizelning ta’minlash tizimining umumiy tuzilishi.
Dizel dvigatelining ta’minlash sistemasining vazifasi silindr-larga suyuq yokilg’i (bosim ostida) bilan havoni uzatishdan iborat. Traktor dizellari ta’minlash sistemalarining sxemalari bir-biridan kam farq qiladi.
D-240 dvigatelining ta’minlash sistemasining sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Bak 2 ga quyiladigan yoqilg’i bak filtri orqali o’tadi. Kran 3 ochilganida yoqilg’i haydovchi nasos 7 yoqilg’i o’tkazgich 4, dag’al tozalovchi filtr 5, yoqilg’i o’tkazgich 6 orqali yoqilg’ini so’rib, uni bosim ostida yoqilg’i o’tkazgich 8 orqali mayin tozalovchi filtr 9 ga uzatadi. Yoqilg’i filtr 5 da yirik (o’lchami 0,1 mm dan katta) mexanik aralashmalardan, filtr 9 da esa qolgan (o’lchami 0, 018mm dan katta) aralashmalardan tozalanadi. Yoqilg’i yoqilg’i o’tkazgich 10 orqali nasos 12 ga beriladi, undan katta (300 kg/sm2 dan yuqori) bosim ostida yoqilg’i o’tkazgich 13 (yuqori bosim) orqali forsunka 16 ga beriladi. Forsunkalar yoqilg’ini yonish kamerasi 14 ga purkaydi.
Forsunkaning tutashgan detallari orasidan sizib chiqqan yoqilg’i trubka 15 orqali bak 2 ga tushadi. Nasosdagi ortiqcha yoqilg’i yoqilg’i o’tkaz-gichdan haydovchi nasos 7 ga keladi.
Havo dizel silindrlariga havo tozalagich 18 va kiritish truboprovodi 19 dan o’tib keladi. Ish bajargan gaz silindrlardan truboprovod 17 va so’n-dirgich 1 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |