Mavzu: Dizelning ta’minlash tizimi, tuzilishi va ishlashini o’rganish Ishdan maqsad


- rasm. Ish bajargan gazning turbinada (a) va havoning kompressorda (b). harakatlanishi (rasmdagi raqamli belgilashlar 10 - rasimdagidek)



Download 274,13 Kb.
bet11/11
Sana20.06.2022
Hajmi274,13 Kb.
#684229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Амалий машг

11- rasm. Ish bajargan gazning turbinada (a) va havoning kompressorda (b). harakatlanishi (rasmdagi raqamli belgilashlar 10 - rasimdagidek).
Dizel tirsakli vali nominal chastota bilan aylanganida turbokompressor rotori 40 ming ayl/min tezlik bilan aylanadi. Kompressor g’ildiragi aylanib havo tozalagich orqali havo so’radi va uni ortiqcha 0,05— 0,06 MPa bosim bilan kiritish truboprovodi orqali dizel silindrlariga haydaydi.
Ish bajargan gazning turbinada va havoning kompressorda harakat-lanishi 11-rasmda ko’rsatilgan. Turbokompressorli dvigatellarda o’tkazish xususiyati katta va havoni yaxshi tozalaydigan havo tozalagich ishlatiladi. YaMZ-238NB dizelida ikki juft havo tozalagich bo’ladi, ularning har biridan havo ketma-ket o’tadi.
Havo tozalagichlar, kiritish va chiqarish truboprovodlari hamda turbokompressorga texnikaviy xizmat ko’rsatish
Havo tozalagichlar va kiritish truboprovodlariga texnikaviy qarashda havo sistemasidagi barcha detallar ulanadigan joylarining germetikligi ko’zdan kechiriladi, filtrlash elementlari vaqt-vaqti bilan yuviladi, havo tozalagich tubidagi moy sathi tekshiriladi.
Avtomobillarning filtrlash elementlari birinchi texnikaviy qarov (TXK-1) da va traktor dvigatellarining filtrlovchi elementlari ikkinchi tayyorlovchi zavodning instruksiyasida texnikaviy qarov davriyligi avtomobil dvigatellari uchun kilometrlardagi bosib o’tgan yo’li hisobida, traktorlar uchun esa moto-soat hisobida ko’rsatilgan.
Texnikaviy qarov (TXK-2) da dizel yoqilg’i bilan yuviladi. Dizellarniyg siklon havo tozalagich kassetalari TXK-1 da yuviladi. Har smenadagi texnikaviy qarovda havo tozalagich tubidagi moyning ifloslik darajasini tekshirish lozim, moy juda iflos bo’lsa, uni yangilash kerak. Agar atrof havosi juda chang bo’lsa, moyning iflosligi smena mobaynida tekshirilishi zarur.
Havo tozalagich tubi uning devorida ko’rsatilgan sathga qadar yangi yoki tindirilgan va dvigatelni moylash uchun ishlatiladigan filtrlangan moy bilan to’ldiriladi. Qish paytida moy hajmining uchdan bir qismiga qadar dizel yoqilg’i aralashtirish lozim.
Filtrlash elementlari filtr-patroni bilan birgalikda har 480 soat ishlaganidan keyin, chang ko’p sharoitda har 240 soatdan kechiktirmay asosiy filtr-patron chiqarib olinib, 0,2—0,3 MPa gacha siqilgan havo bilan avval ichki, so’ngra tashqi tomonidan puflanadi. Siqilgan havo bo’lmasa chang bosgan filtr-patron yangisi yoki tiklangani bilan almashtiriladi.
Havo yuradigan sistema germetikligini har smenadagi texnikaviy qarovda tekshiriladi. Bu maqsadda o’rtacha aylanish chastotasi bilan ishlayotgan dvigatel havo tozalagichining havo kiradigan teshigini zich berkitish kerak. Dvigatel tez to’xtashi zarur.
Kiritish va chiqarish truboprovodlari va turbokompressorlarga qarashda ularning mahkamlangan va birikkan joylari vaqt-vaqti bilan tortib qo’yiladi. Chiqarish truboprovodlari va uchqun o’chirgichlar vaqt-vaqti bilan qurumdan tozalab turiladi.
Turbokompressor rotori normal aylanganida baland tovush chiqaradi, bu tovush dizel ishlaganida yaxshi eshitilib turadi.
Download 274,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish