AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI
TELEKOMUNIKATSIYA FAKUTETI
414-20-GURUH TALABASI
ORTIQOV NURIDDINNING
FIZIKA fanidan
’’ Vaqt birligi etalonini amalga oshirish ’’
mavzusida
TOPSHIRIG’I
TOSHKENT - 2020
Vaqt birligi etalonini amalga oshirish
Topshiriq rejasi:
Vaqt birligini astranomik aniqlash.
Sutka – kecha va Kunduz davri.
Yerning quyosh atrofida aylanish vaqti.
Atom fizikasi vositalari yordamida vaqt birligini aniqlash va amalga oshirish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Vaqt birligini astronomik aniqlash
Vaqt o‘lchovi Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini kuzatishga asoslangan. Shuning uchun yulduz vaqti, Quyosh vaqti va boshqa vaqtlarga ajratiladi. Yulduz vaqtining asosiy birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. U, asosan, Yerning o‘z o‘qi atrofida bahorgi tengkunlik nuqtasiga nisbatan aylanish vaqtiga teng. Yulduz vaqtidan foydalanish noqulay , chunki u kun bilan tunning almashinishiga to‘g‘ri kelmaydi.Shuning uchun amalda Quyosh vaqtidan foydalaniladi. Quyosh vaqti Yerning Quyoshga nisbatan harakatiga qarab aniqlanadi. Quyosh vaqti, odatda, yarim tundan boshlab hisoblanadi, bu vaqt o‘rtacha Quyosh vaqti deb ataladi. Тurli meridianlarda yarim tun turli paytlarda bo‘ladi, shu sababli turli meridianlarda joylashgan joylarda vaqt bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun vaqt o‘lchovidan xalqaro miqyosda foydalanishni osonlashtirish maqsadida mahalliy vaqt, mintaqa vaqti va dunyo vaqti tushunchalari kiritilgan. Vaqtning birligi sifatida yer o’z o’qini bir marta aylanishga ketadigan vaqtining 1/86400 qismi sekund qabul qilingan.
Mahalliy vaqt. Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab bir kecha-kunduzda bir marta aylanib chiqadi. Globusda bosh meridiandan boshlab har 15° dan meridianlar o‘tkazilsa, har bir meridian qo‘shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh meridianda tush payti bo‘lganda, 180° meridianda yarim kecha, bosh meridiandan sharqdagi 90° uzunlikda kechqurun, g‘arbdagi 90° uzunlikda ertalab bo‘ladi. Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo‘ladi, ya’ni bitta meridianning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi. Ammo turli uzunliklarda joylashgan nuqtalar vaqti bir-biridan farq qiladi, bu esa xo‘jalik yuritishda noqulaylik keltirib chiqaradi. Shuning uchun soat mintaqalarining vaqt hisobi joriy qilingan. Vaqt hisobi Grinvich meridiani vaqtidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |