Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti



Download 26,72 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi26,72 Kb.
#193943
Bog'liq
Olloyorov Alisher 3-topshiriq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT

TEXNALOGIYALARI VA

KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI

UNIVERSITETI

417-20 GURUH TALABASI OLLOYOROV ALISHER



VAQT BIRLIGI ETALONINI AMALGA OSHIRISH MAVZUSI BO’YIC HA TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

MAVZU REJASI

1.Vaqt birligini astronomik aniqlash;

2.Sutka – kecha va kunduz davri;

3.Yerning quyosh atrofida aylanish vaqti;

4.Atom fizikasi vositalari yordamida vaqt birligini aniqlash va amalga oshirish;

5.Xulosa;

Kalitli so‘zlar: sekund, yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish vaqti, tropikyil, quyosh soati, yerning quyosh atrofida aylanish vaqti, vaqtni o‘lchash aniqligi, kvant soatlar

1.Vaqt birligini astronomik aniqlash

Vaqt o‘lchovi Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini kuzatishga asoslangan. Shuning uchun yulduz vaqti, Quyosh vaqti va boshqa vaqtlarga ajratiladi. Yulduz vaqtining asosiy birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. U, asosan, Yerning o‘z o‘qi atrofida bahorgi tengkunlik nuqtasiga nisbatan aylanish vaqtiga teng. Yulduz vaqtidan foydalanish noqulay, chunki u kun bilan tunning almashinishiga to‘g‘ri kelmaydi.Shuning uchun amalda Quyosh vaqtidan foydalaniladi. Quyosh vaqti Yerning Quyoshga nisbatan harakatiga qarab aniqlanadi. Quyosh vaqti, odatda, yarim tundan boshlab hisoblanadi, bu vaqt o‘rtacha Quyosh vaqti deb ataladi. Тurli meridianlarda yarim tun turli paytlarda bo‘ladi, shu sababli turli meridianlarda joylashgan joylarda vaqt bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun vaqt o‘lchovidan xalqaro miqyosda foydalanishni osonlashtirish maqsadida mahalliy vaqt, mintaqa vaqti va dunyo vaqti tushunchalari kiritilgan. Vaqtning birligi sifatida yer o’z o’qini bir marta aylanishga ketadigan vaqtining 1/86400 qismi sekund qabul qilingan.







boshlanadi.



Mahalliy vaqt. Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab bir kechakunduzda bir marta aylanib chiqadi. Globusda bosh meridiandan boshlab har 15° dan meridianlar o‘tkazilsa, har bir meridian qo‘shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh meridianda tush payti bo‘lganda, 180° meridianda yarim kecha, bosh meridiandan sharqdagi 90° uzunlikda kechqurun, g‘arbdagi 90° uzunlikda ertalab bo‘ladi. Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo‘ladi, ya’ni bitta meridianning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi. Ammo turli uzunliklarda joylashgan nuqtalar vaqti bir-biridan farq qiladi, bu esa xo‘jalik yuritishda noqulaylik keltirib chiqaradi. Shuning uchun soat mintaqalarining vaqt hisobi joriy qilingan. Vaqt hisobi Grinvich meridiani vaqtidan

2.Sutka — Yerning oʻz oʻqi atrofida 1 marta aylanish davriga teng boʻlgan vaqt oʻlchov birligi. Sutka quyosh sutkasi (24 soat) va yulduz sutkasi (23 soat 56 minut 4 sekund) kabi turlarga ajratiladi. Hayotda koʻpincha sutka kun deb ham yuritiladi.Bir sutka 24 soat(1440 minut, 86400 sekund)dan iborat. Sutka kunduz va tun, ertalab va kechqurundan tashkil topgan.

. Kecha-kunduz, sutka - 24 soatga teng vaqt oʻlchov birligi. Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri Yulduz sutkasiga va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bo’linadi. Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikkita ketma-ket yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari orasidagi vaqtga teng . Yulduz sutkasi haqiqiy (pretsessiya va nutatsiya hisobga olinsa) va oʻrtacha (faqat pretsessiya hisobga olinsa) yulduz sutkalariga ajraladi. Bahorgi tengkunlik sutkasi nuqtasining

pretsession harakati taʼsirida oʻrtacha yulduz sutkasi Yerning oʻz oʻqi atrofida haqiqiy aylanish davridan 0,0084 sekundga qisqa. Nutatsiya taʼsirida haqiqiy yulduz sutkasining uzunligi oʻzgarib turadi. Quyosh bir sutka davomida osmon sferasida 1° sharqqa tomon siljiydi

Shu sababli, yulduz sutkasi bilan amalda vaqtni oʻlchash noqulay boʻlib, u kun va tunning almashinishi bilan toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun Quyosh sutkasida uning ikkala ketma-ket pastki

(yarim tun) kulminatsiyasi oraligʻidagi vaqt olinadi. Quyosh sutkasi ham haqiqiy va oʻrtacha Quyosh sutkalariga boʻlinadi. Quyosh sutkasining uzunligi esa yarim tun (haqiqiy Quyosh sutkasida haqiqiy Quyoshning pastki kulminatsiyasi; oʻrtacha Quyosh sutkasida esa Quyoshning soxta pastki kulminatsiyasi) dan boshlab hisoblanadi. Yer orbitasining ellipssimonligi va ekvatorning ekliptikaga ogʻishganligi tufayli haqiqiy Quyosh sutkasi ham doimiy emas va yil davomida 24 soat 3 min 36 s (sentyabr oʻrtalarida) dan 24 soat 4 min 27 s (dekabr oxirida) gacha oʻzgarib turadi. Shuning uchun Quyoshning ekvator buyicha yil davomida doimiy burchak tezlik bilan harakat qiluvchi oʻrtacha Quyosh sutkasi (24 soat 3 min 56,55536 s yulduz sutkasi) olinadi. Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasi yoki 365,2422 Quyosh sutkasidan iborat.

Yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari. Vaqtning asosiy birligi sifatida Yerning o’z o’qi atrofida bir marotiba to’la aylanib chiqish davri sutka olinadi. Sutkaning hisob boshi qilib osmon sferasida tanlangan nuqtaning osmon meridianidan o’tish payti olinadi. Astronomiyada bunday tanlangan nuqtalar sifatida bahorgi tengkunlik, Quyoshning gardishini markazi, o’rtacha Quyosh deb ataluvchi va o’rni istalgan payt uchun nazariy hisoblab topiladigan faraziy nuqta olinadi. Bu nuqtalarning osmon sferasidagi vaziyatlariga qarab aniqlangan vaqt mos ravishda yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari deyiladi.

Astronomlar tomonidan topib berilgan aniq vaqtni ≪asrash≫ uchun, maxsus atom soatlaridan foydalaniladi. Bunday soatlarning yurishi, atomda o'zgarmas chastotali tebranma jarayonlarga tayanganidan, juda yuqori aniqlikka ega bo'ladi. Atom soati (kvant soati) – vaqtni o‘lchashda ishlatiladigan qurilma. Atom soatida vaqtni o‘lchash uchun o‘zgarmas davriy jarayon sifatida atomlarning xususiy tebranishlaridan foydalaniladi. Atom soatida "mayatnik" vazifasini atomlar bajaradi. Atomlar bir energiya sathidan ikkinchi energiya sathiga o‘tganda ularning nurlanish chastotasi Atom soati yurishini rostlab turadi. Atom soati vaqtni astronomik usullardagidan ham aniqroq o‘lchashga imkon beradi (xatolik 10~" – 10~13). Hozir qo‘llanilayotgan atom etalonlarida seziyning atom dastalaridan foydalanilmoqda.



Atom soati



Fiziklar jahondagi eng aniq atom soatlarini ishlab chiqishdi AQSH va Singapur fiziklari ayni damda jahonning eng aniq ishlovchi atom soati deb hisoblanayotgan qurilmani ishlab chiqishdi. Yangi soatlar 15 milliard yilda atigi bir soniyaga adashishi mumkin – taqqoslash uchun, olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, astronomik Olamning yoshi 13,8 milliard yilga teng. Yangi qurilma xona haroratida ishlay oladi va o‘zidan avvalgi atom soatlaridek kriogen sovutishni talab qilmaydi.

Xulosa:

1. Qadimdan odamlar vaqtni o’lchash uchun astronomik bilimlardan foydalanishgan. 2. Sutka odamlar qadimdan foydalanilgan birliklardan biridir. 3. Yerning Quyosh atrofida aylanishi natijasida yerda tun va kun hamda fasllar vujudga keladi. 4. Atom fizikasi yordamida vaqtni aniqlash eng zamonaviy va eng aniq usul hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA.




Darslik. Toshkent. 2018 y.







2. MAMADMUSO MAMADAZIMOV. ASTRONOMIYA. Darslik.

Toshkent. 2008y.




3. Abduraxmanov K.P., Xamidov V.S. Fizikadan multimedia







leksiyalar toʻplami. Oʻquv qoʻllanma. 2019-y.









4. https://astronomiya.uz
Download 26,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish