3- rasm. A-01M dizelining yoqilg’ini mayin tozalash filtri:
A-yoqilg’ini mayin tozalash filtri; b-birinchi bosqich tozalash seksiyasini yuvishda uch yo’lli kran vaziyati: 1-tiqin; 2-sharcha; 3-rezina salnik; 4-filtrlovchi element; 5-sterjen; 6, 11 va 17-yoqilg’i o’tkazgichlar; 7-kiygiz halqa; 8-filtr qopqog’i; 9-gayka, 10-uch yo’lli kran; 12-prujina; 13-shtuser; 14-filtr seksiyasi korpusi; 15-to’kish trubkasi; 16-ventil dastasi.
Yoqilg’i haydovchi nasosdan uch yo’lli kran 10 va qopqoq 8dagi kanal or-qali korpus 14ga tushadi. Ikkala filtrlovchi element 4 parallel ishlaydi. Yoqilg’i parda orqali element kovagiga tushadi, tozalanadi, filtrlangan aralashma pardaning tashqi sirtiga o’tiradi.
Element 4 ichki kovagidan yoqilg’i qopqoq 8dagi kanal va yoqilg’i o’tkazgich 11 orqali bitta filtrlash element ETF-3 ga ega bo’lgan ikkinchi bosqich filtr TF-3 ga tushadi. Bu yerda tozalangan yoqilg’i yoqilg’i o’tkazgich 17 orqali yoqilg’i nasosiga boradi.
Filtr 2TF-3 dagi (3- rasm, b) uch yo’lli kran 10 vaziyatini o’zgartirib va unga mos tiqin 1 ni 1—2 aylanishga burab yoqilg’ini navbat bilan har bir element 4 dan teskari yo’nalishda o’tkazib (3-rasm, a), element darparda-sidagi cho’kindilar yuviladi va uning filtrlovchi xususiyati tiklanadi. Filtrdagi havo ventil dastasi 16 ni burab ochib, chiqarib yuboriladi.
D-240, D-21A1, D-37Ye dizellarida yoqilg’ini mayin tozalash uchun BFDT qog’ozli filtrlovchi elementi bor filtrdan foydalaniladi. D-240 dizelning bunday filtrining konstruksiyasi 4-rasm, a da ko’rsatilgan.
D-160 dizelining yoqilg’ini mayin tozalash filtrning oltita filtrlovchi elementi 5 (4- rasm, b), sterjen 5 ga (ikki uzun sterjenga — ikkitadan element 5, ikkiga qisqasiga — bittadan) kiydirilgan. Filtrlash elementlari plita 16 ga tirak shayba 7 va 18, prujina 17 va shtiftlar 9 bilan mahkamlangan. Filtrlovchi element filtrlovchi qog’oz o’ralgan to’r sinch 4 dan iborat bo’lib, ustidan chiviq ip bilan bir necha qavat ayqash qilib zichlab o’raladi.
Haydash nasosi 9 so’rib olgan bosim ostidagi yoqilg’i korpus 6 ga tushib, ip o’ramlari, filtrlovchi qog’oz orqali o’tib aralashmadan tozalanadi. Filtrlangan yoqilg’i qopqoq ostidagi kovakka va so’ngra yokilg’i nasosiga tushadi. Filtrdagi cho’kindi korpus 6dan tiqin bilan berki-ladigan teshik orqali to’kib yuboriladi. Qopqoq 20da filtrdan trubka 2 orqali havo chiqarib yuboriladigan ventil bo’ladi. Filtrning korpusi dizelning blok-karteridan keladigan suv bilan isitiladi. Bu yilning sovuq paytlarida yoqilg’ining filtrlanishini osonlashtiradi. Filtr-lovchi elementlar yoqilg’ini o’lchami 2—3 mm bo’lgan zarralardan tozalaydi.
Qog’oz filtrlovchi elementlar bir oz gidravlik qarshiligi borligi va unchalik kirishmasligi bilan ajralib turadi. Yoqilg’ini tozalash sifati jihatidan esa ip-gazlamali filtrlovchi elementlardan qolishmaydi.
YaMZ dizelining yoqilg’ini dag’al tozalash filtrlarida chiviqli shunday tipdagi almashma ip-gazlamali filtrlash elementlari ishla-tiladi, mayin tozalash filtrlarida esa filtrlovchi massasi pulver-bakelit asosidagi yog’och unidan tayyorlangan teshikli (perforirli) metall karkasdan iborat almashma elementlari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |