7-amaliy mashg‘ulot. Moyli urug‘larni aralashmalardan tozalash, quritish texnikasi va texnologiyasi.
Ishning maqsadi va vazifasi: moyli urug‘larni aralashmalardan tozalash
va tahlil qilishni o‘rganish
Ishni bajarish tartibi: moyli urug‘larni aralashmalardan tozalash usullarini o‘rganish.
Moyli urug‘larni aralashmalardan tozalash: yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalariga qayta ishlashga kelayotgan moyli ekin urug‘lari asosiy ekin urug‘lari va turli xil qo‘yshimchalardan iborat aralashma holida bo‘ladi.
Barcha aralashmalar moyli va begona aralashmalarga bo‘linadi.
Begona aralashmalarni (mineral va organik) asosiy ekin urug‘larining o‘lchamidan kelib chiqib, quyidagi turlari farqlanadi:
- yirik urug‘lar (kungaboqar, soya) uchun – tirqishlarining diametri 3 mm bo‘lgan elaklardan o‘tishi;
- mayda (zig‘ir, xantal, indov) urug‘lari uchun – tirqishlarining diametri 1 mm. bo‘lgan elaklardan o‘tishi.
Mineral aralashmalar o‘z ichiga tuproq qoldiqlari, qum, tosh va boshqalarni oladi.
Organik aralashmalar o‘simlik qoldiqlaridan (yaproqlar, novda va poyalar, urug‘ po‘stloqlari) iborat.
Moyli aralashmalarga qisman yoki to‘liq zararkunandalar bilan zararlangan, ezilgan, singan, mog‘orlagan, qurib ketgan, o‘z-o‘zidan qizigan, yadrosining rangi o‘zgargan, yetilmagan, rivojlanmagan, puch va unib chiqqan, sovuq egan barcha asosiy va qo‘shimcha ekin urug‘lari kiradi.
Urug‘lar tozaligi quyidagi formuladan aniqlanadi.
X = (100-A+B/2),
bu yerda:
A – begona aralashmalar miqdori, %;
B – moyli aralashmalar miqdori, %;
Moyli xomashyoni yuqori ifloslanish darajasi ularni transportirovkalash va saqlashga ketgan harajatlarni oshirib, urug‘larni mikroorganizmlar bilan yuqori darajada zararlanishiga, o‘z-o‘zidan qizishiga va o‘z-o‘zidan alangalanishiga olib keladi. Ishlab chiqarishga kelgan ifloslangan urug‘lar partiyasi tayyor mahsulotni sifati va chiqish miqdorini pasaytirib, uskunalarni buzilishiga va emirilishiga olib keladi, ularning unumdorligini kamaytirib, antisanitar mehnat sharoitlarini keltirib chiqaradi.
Urug‘larni aralashmalardan tozalash asosiy va qo‘shimcha ekin urug‘larini fizik xossalari bo‘yicha (o‘lchami, zichligi, shakli, aerodinamik va magnit xarakteristikalari) bir-biridan farq qilishiga asoslangan.
Urug‘larni tozalashni asosiy usullari:
- asosiy va qo‘shimcha urug‘larni o‘lchami va shaklidagi tafovutga asoslangan tozalash usuli. Bunday tozalash usuli ifloslangan urug‘larni tirqishlarining shakli va diametri turlicha bo‘lgan elaklardan elash orqali amalga oshiriladi;
- urug‘larni aerodinamik xossalari orasidagi farqqa asoslangan tozalash usuli. Tozalashni bu usuli ish prinsipi urug‘ massasini havo oqimida separatsiyalashga asoslangan mashinalarda amalga oshiriladi;
- urug‘larni ishqalashga va urishga asoslangan mexanik tozalash usuli;
- urug‘larni namlashga asoslangan (yuvish) tozalash usuli. Mazkur tozalash usuli keng qo‘llanilmaydi;
- urug‘lar va aralashmalarni ferromagnit xossalari orasidagi farqga asoslangan metall aralashmalardan tozalash usuli.
Ko‘p hollarda urug‘larni aralashmalardan tozalash jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida turli xil tozalash usullarining uyg‘unligidan foydalaniladi.
Nazorat uchun savollar.
1. Moyli urug‘larni qanday usulda tozalanadi?
2. Moyli urug‘larni tozalashni afzalliklari?
3. Moyli urug‘larni tozalashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |