QOMUS.INFO
PAGES NAVIGATION MENU
QOMUS.INFO > K harfi > KARYER
Search Articles...
KARYER
KARYER (lot. quadraria — tosh maydalanadigan joy) — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oladigan korxona; yer qaʼridan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda hosil boʻladigan chuqurliklar majmui. Karyer bir nechta pogʻona tizimlaridan iborat boʻlib, odatda, yuqoridagi pogʻonalar puch togʻ jinslarida joylashadi, pastki pogʻonalarda foydali qazilma qazib olinadi. Foydali qazilmani qazib olish uchun puch (qoplama) togʻ jinslarini surib ochiladi.
Ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olish qad. dan maʼlum. Dastlabki katta Karyerlar Qad. Misrda ehromlar bunyod etilishi bilan bogʻliq boʻlgan, keyinchalik Karyer larda bunyodkorlik va haykaltaroshlik ishlari uchun marmar toshlari katta hajmda qazib olingan. 20-a. boshigacha ochiq kon ishlari keng rivojlangan. Asrning oxiriga kelib dunyoda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan togʻ jinslarining qariyb 95%, foydali qazilmalarining 70%, qoʻngʻir koʻmirning 90%, toshkoʻmirning 20% K. lardan qazib olingan. Katta Karyer larda yiliga oʻnlab million tonna foydali qazilma va puch togʻ jinslari qaziladi. Jahondagi eng katta Karyer lar: «Bogatir» (Qozogʻiston) — yiliga 50 mln. t dan ortiq toshkoʻmir va 25 mln. m3 qoplama togʻ jinslari, «Maunt-Rayt». (Kanada) — 45 mln. t temir rudasi va 25 mln. t qoplama togʻ jinslari, «Fortuna» (Germaniya) — 42,6 mln. t qoʻngʻir koʻmir va 89,2 mln. m3 qoplama togʻ jinslari qazib chiqariladi. Oʻzbekistonda «Muruntov» oltin qazib oladigan Karyer bor. Yillik unumdorligi 45 mln. m3. Uz. 3500 m, eni 2500 m, chuq. 300 m. Loyihada 600 m gacha chuqurlashtirish koʻrsatilgan. «Qalmoqqir» K. ning yillik unumdorligi 24 mln. m3 boʻlib, tarkibida mis, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, reniy, osmiy mavjud boʻlgan ruda qazib olinadi. «Angren» K. ida yiliga 3 mln. t atrofida qoʻngʻir koʻmir va kaolin qazib olinadi. Oʻzbekistondagi 36 marmar va 21 granit K. larda yiliga 2,3 mln. m3dan ortiq (2001) qoplama toshlar va millionlab m3 ohaktosh qazib olinadi. Marmar qazib olinadigan Gʻozgʻon, Jom, Zarband va Nurota K. lari, granit chiqadigan Langar va Sevasoy Karyer lari mashhur.
Telegram
Facebook
Twitter
Odnoklassniki
VK
Email
Share
СПОНСОРСКИЙ КОНТЕНТSteepto
«Бавария» вырвала победу на последней минуте у «Байера»
Lentainform.Com
Назван самый хитрый знак Зодиака
Lentainform.Com
Даже 1 финик вызывает необратимый процесс в организме
Brainberries.Co
Пост Навигацияси
Previous Post
KARFAGEN
Next Post
KARQURLAR
Search
Search
ЎзбекчаЎзбекча
A harfi
B harfi
V harfi
G harfi
G' harfi
D harfi
Y harfi
J harfi
Z harfi
I harfi
K harfi
Q harfi
L harfi
N harfi
M harfi
O harfi
P harfi
R harfi
S harfi
T harfi
Sh harfi
E harfi
Ch harfi
H harfi
X harfi
F harfi
O' harfi
U harfi
Биз билан Алоқа
Агар сизда таклифлар бўлса ёки мақолаларда ҳатолик бўлса биз билан боғланинг.
Мақолалар
Сайтга жойлаштирилган мақолаларда ноаниқлик ва ҳатоликлар топсангиз албатта бизга ҳабар беринг.
Маълумот қидируви
Ўшбу сайтда 40 мингга яқин ҳар ҳил мавзудаги мақолалар тўпланган.
Search
Сайт Статистикаси
Elite Theme powered by WordPress
Do'stlaringiz bilan baham: |