Mavzu: Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni


Moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash va taqdim qilish tartibi



Download 0,77 Mb.
bet15/17
Sana29.05.2022
Hajmi0,77 Mb.
#617918
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Bo\'riboyev O\'.

Moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash va taqdim qilish tartibi ≪UzASBO≫ dasturiy majmuasiga ulangan byudjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda tegishli g’aznachilik bo‘linmalari yoki byudjet mablag’ larini taqsimlovchiga taqdim etadi.
Dasturiy majmua orqali elektron shaklda topshirilgan moliyaviy hisobotlar bir nusxada qog’ozga chop etilib, hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Imzolangan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotida belgilangan tartibda saqlanadi.
Byudjet mablag’larini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliyabuxgalteriya xizmati jamlanma moliyaviy hisobotlarni dasturiy majmua orqali vakolatli xodimlari tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda tegishli g’aznachilik bo‘linmalariga taqdim etadi.
Jamlanma moliyaviy hisobotlar byudjet mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan standart belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va saqlanadi.
Quyi tashkilotlar tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga elektron shaklda taqdim qilingan moliyaviy hisobotlar quyi turuvchi tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan imzolanadi. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati jamlanma moliyaviy hisobotlari tashkilot rahbari hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Imzolangan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotda belgilangan tartibda saqlanadi.
Moliyaviy hisobotlarni elektron shaklda taqdim qilish imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda, byudjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarni tegishli g’aznachilik bo’linmalariga qog’oz shaklida imzolangan holda bir nusxada taqdim etadi.
Hisobotlar byudjet tashkilotlarining muhrlari hamda standartda ko‘rsatilgan vakolatli shaxslarning imzolari qo‘yilmasa haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mabla g’ lari oluvchilar (jamlanma) moliyaviy hisobotlarni standartga muvofiq belgilangan muddatlarda tegishli g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etadilar. Byudjet mablag’larini taqsimlovchilar davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan o’z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzib, Moliya vazirligi G’aznachiligiga elektron tarzda taqdim etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) byudjetlarida turuvchi tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini tegishli vazirlik va idoralarga, hokimiyatlar (bo‘linma) boshqarmalariga ular tomonidan o’rnatilgan, biroq standartda belgilangan muddatlardan kechikmasdan taqdim qiladi.
Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to‘lanishi) yil davomida bir byudjetdan boshqasiga o’tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga o’tkazilgan tashkilotlarda o’tkazish sanasida moliyaviy hisobot (yillik hisobot shakllari hajmida) tuziladi hamda u ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi idoralarga taqdim etiladi. Kelgusida hisobot faqat yangi yuqori turuvchi vazirlikka (idoraga) taqdim etiladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish sanasi ular tomonidan haqiqatda taqdim etilgan sana hisoblanadi. Hisobot taqdim etish uchun belgilangan muddat ishlanmaydigan kunga to’’g’ri kelganda, undan keyin keladigan birinchi ish kunida taqdim etiladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mabla g’ lari oluvchilar tomonidan moliyaviy hisobotlar belgilangan muddatda topshirilmaganda, tegishli g’aznachilik bo‘linmalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar rahbarlarini yozma ravishda yoki dasturiy majmua orqali elektron tarzda ogohlantirgan holda Davlat byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirishni (to‘lash) cheklashlari, zarur hollarda to‘xtatib qo’yishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotlarni elektron tarzda taqdim etuvchi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar hisobotlarni topshirish muddatidan kamida 5 kun oldin dasturiy majmua orqali ularni taqdim etish muddatlari yaqinlashgani hamda moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida taqdim etilmagan kundan boshlab to’lovlarni amalga oshirishga avtomatik cheklovlar bo‘lishi to’g’risida ogohlantiriladi.
Alohida hollarda, tegishli g’aznachilik bo‘linmalariga moliyaviy hisobotlarni O’z vaqtida taqdim etish imkoniyati cheklanganligi yoki ma’lum bir uzrli sabablar ko’rsatilgan holda byudjet tashkiloti va byudjet mablag’larini oluvchi tashkilot rahbarining yozma ravishdagi murojaatiga asosan hisobotlarni topshirish muddati ko‘pi bilan 5 ish kuniga kechiktirilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlarda o‘chirish va ustiga yozishlar bo‘lmasligi kerak. Hisobotlarda xatolar tuzatilganda tegishli qaydlar qilinadi (elektron protokollar yuritiladi), ularni hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlaydilar.
Moliyaviy hisobotlarga kiritilgan barcha tuzatishlar haqida yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tekshirish va tasdiqlashda mazkur moliyaviy hisobotlar taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga) majburiy tartibda xabar qilinishi lozim.
Byudjet tashkilotlari, byudjet mabla g’ lari oluvchilar va byudjet mablag’larini taqsimlovchilar o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qiladi, ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Moliya vazirligi va tegishli xududiy moliya organlari o‘tgan yilgi moliya yakunlarini chiqarishda byudjet mablag’ larini taqsimlovchilarning o‘z tasarrufidagi tashkilotlarining yillik moliyaviy hisobotlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari moliyaviy hisobotlarda nomuvofiqliklar va noaniqliklar mavjud bo‘lganda, o‘z e’tiroz va takliflarini tegishli tashkilotlarga ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan xabar qiladi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarining tushumlari to‘g’risidagi hisobotni tuzish va taqdim qilish tumanlar va shaharlar davlat soliq inspeksiyalari tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga hisobot davri uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda tushumi to‘g’risidagi hisobotni taqdim etadi.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan hisobot davri uchun mavjud ma’lumotlar asosida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda tushumi to‘g’risidagi hisobot elektron shaklda standartning 12-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi hamda har chorakda choraklik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning oxirgi ish kunigacha (yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning oxirgi ish kuniga) tuman (shahar) moliya bo‘limlariga taqdim etadi.
Moliya vazirligi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushumi to‘g’risidagi hisobotlarni to‘g’ri tuzilishini ta’minlash maqsadida, hisobotlardagi xatoliklarni bartaraf qilish va hisobotlarga zarur o‘zgartirishlar kiritish to‘g’risida tegishli xududiy g’aznachilik bo‘linmalari, moliya va soliq organlariga yozma shakldagi ko‘rsatmalar berishi mumkin.

Xulosa
Hozirgi kunda mamlakatimizda budjet hisobi sohasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar budjet tashkilotlarida o`zini o`zi moliyalashtirish uchun katta yo`l ochdi. Budjet tashkilotlarida xarajatlar davlat budjeti hisobiga qoplanadi,ammo boshqa ko`plab tadbirlar tashkilotning o`zini o`zi moliyalashtirishi orqali qoplansa davlat budjeti mablag`larine tejalishi va samarali sarflanishiga olib keladi.
Budjet tashkilotlari o`z faoliyat turidan kelib chiqqan holda ko`plab qonuniy usullar bilan daromad toppish huquqiga ega,xususan, tovar(ish,xizmatlar ko`rsatish)ishlab chiqarish,o`z mulkini ijaraga berish va boshqalar.Buning natijasida, budjet tashkilotlarini mablag` bilan ta`minlash mexanizmini takomillashtirish,budjet mablag`laridan aniq va samarali foydalanish maqsadida respublikamizda qarorlar va loyihalar ishlab chiqildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining ”2020-2024 yillarda O`zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to`g`risida”qaroriga muvofiq,asosiy e`tibor budjet mablag`laridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratiladi.
Аjratilgan budjet mablag`laridan foydalanishning samaradorligi va natijadorligini baholash ko`rsatkichlarini kengaytirish bo`yicha tegishli chora –tadbirlar o`tkazish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Budjet tashkilotlariga budjet tashkilotini rivojlantirish jamg`armasini shakllantirish huquqini berish orqali budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag`lari vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo`yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to`lashga,budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga,ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag`batlantirish tadbirlariga sarflanmoqda.
Yuqoridaki keltirilgan manbalar shudndan malumot beradiki barcha standartlar ish jarayonida muqobil yo’riqnoma sifatida ish ko’rsatadi va malakali kadirlar uchun juda foydali manba bo’lib xizmat qiladi. Yana shuni aytishim lozimki hozirgi kunda amalga kirishi kutilayotgan 13-standart davlatning yanada samaraliroq va ildam harakat qilishi ga ishonch bera oladi.



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish