Mavzu: Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni



Download 0,77 Mb.
bet1/17
Sana29.05.2022
Hajmi0,77 Mb.
#617918
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bo\'riboyev O\'.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


«BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIGI ISHI» kafedrasi
«BYUDJET HISOBI VA NAZORATI» fanidan


KURS ISHI




MAVZU: Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni
BAJARDI: BHN-50 talabasi
Bo’riboyev O’lmas Maxmud o’g’li
TEKSHIRDI:__________________

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
«____» _______2022 y.




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
«____» _______2022 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2022 y.


Baho «_____» _________



___________(imzo)
___________(imzo)
___________(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________



TOSHKENT – 2022
REJA:
Kirish



  1. Budjet hisobining xalqaro standartlari: vujudga kelish.

  2. Davlat sektori buxgalteriya hisobi metodlari hisoblash metodi, kassa metodi.

  3. Budjet tashkilotlarida hisob siyosatini tartibga solish.

  4. Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan choraklik va yillikmoliyaviy hisobotlar.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH
Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi va integratsiyasi mamlakatimiz iqtisodiyotida sezilarli ta’sirini ko‘rsatib, sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga turtki bo‘ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz moliya tizimida, xususan, byudjet tashkilotlarida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish jarayonidagi islohotlarning jadalligi mazkur sohani ilmiy jihatdan atroflicha tadqiq qilish hamda ham vaqt, ham moliyaviy tarafdan tejamli bo‘lgan zamonaviy dastaklarni qo‘llash zaruriyatini yuzaga chiqardi.
Byudjet hiosobi standartlarinning asosiy vazifasi byudjet to‘g’risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida moliyaviy nazorat ob’ektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda nazoratni to’g’ri olibborish hisoblanadi.1
Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi standartlaridan to’g’ri va samarali foydalanish tashkilot va idoralar nazoratini tashkil etishning uslubiy hamda amaliy jihatlarini tadqiq qilish natijasida amaldagi nazorat turlarini yanada takomillashtirilishga erishish davlat moliyaviy nazorati organlari uchun samarali nazorat usullari, davlat moliyaviy nazorati ob’ektlari uchun esa yengilliklar yaratilishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z ma’ruzasida “Bugungi murakkab sharoitda yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, yangi O‘zbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo‘lishini ta’minlash eng asosiy vazifamiz bo‘lishi shart”2 deya mamlakatimizning barcha jabhalarini 2021 yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha, ustuvor yo‘nalish, maqsad va vazifalar belgilandi.
Ma’ruzada taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash zarur va shartligi, bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini berishi, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Shuning uchun, iqtisodiyotni barqarorlashtirish muhitida O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy nazorat ob’ektlarining nazoratga olinishi sifatini yaxshilashning yanada samarali va zamonaviy bo‘lgan chora-tadbirlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish borasidagi ishlar davom etmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirayotgan islohotlarda eng katta sifat o‘zgarishlari byudjet tizimini zamon talablariga moslashtirishda ko‘rinyapti, desak mubolag’a bo‘lmaydi. 2020 yildan boshlab Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari axborotlar batafsil bayon etilgan, ilg’or xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanishi yo‘lga qo‘yildi. Bu islohotlar albatta odamlar hayotida o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Prezidentimiz tomonidan imzolangan «Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g’risida»3gi qarorga binoan, endilikda byudjet ma’lumotlarining yanada ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash, byudjet mablag’larining manbasi, uning sarflanishi, albatta, natijadorligiga hukumat tomonidan javobgarlik yanada oshirildi.
2021 yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bag’ishlangan tadbirda ham ijtimoiy sohani rivojlantirish va xalqni ijtimoiy himoyasiga oid masalalarga katta e’tibor qaratildi. Shuningdek, byudjet xarajatlari ochiq-oshkora bo‘lishi, vazirlik va idoralar, hududlar uning har bir so‘mini oqilona sarflashi kerakligi, eng asosiy xarajatlar natijador bo‘lishi asosiy mezon sifatida qaralishi ta’kidlandi.
Amaldagi islohotlar natijasida xarajatlar tarkibi va natijadorligi davlat idoralarining rasmiy saytlarida ko‘rsatilishi zarurligi qat’iy belgilangan.


  1. Budjet hisobining xalqaro standartlari: vujudga kelish.

Byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g’risidagi axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi, ya’ni byudjet hisobini to‘g’ri va aniq hamda mamlakat qonunchilik normalari asosida yuritilishini ta’minlash maqsadida byudjet hisobining standartlari ishlab chiqilgan.
Byudjet hisobining standartlari quyidagilar (3-12-ilovalar):
1) ≪Hisob siyosati≫;
2) ≪Yagona schyotlar rejasi≫;
3) ≪Byudjet hisoboti≫;
4) ≪Valyuta kursi o‘zgarishining ta’siri≫;
5) ≪Qishloq xo‘jaligi≫;
6) ≪Ijara≫;
7) ≪Tovar-moddiy zahiralari≫;
8) ≪Ko‘chmas mulk, bino va jihozlar≫;
9) ≪Nomoddiy aktivlar≫;
10) ≪Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar≫;
11) ≪Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar≫;
12) ≪Qurilishga oid shartnomalar≫.
Byudjet hisobining 1-sonli ≪Hisob siyosati≫nomli standarti (3-ilova) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016 yil 12 dekabrdagi 91-son buyrug’i (Adliya vazirligida 2016 yil 27 dekabrda 2853-son bilan ro‘yxatga olingan)ga asosan ishlab chiqilgan. Unda hisob siyosatining prinsiplari asosida byudjet tashkilotlarida hisob ishlarini tashkil etish va yuritishning me’yoriyhuquqiy asoslari belgilab berilgan.
Ushbu standartning maqsadi hisob siyosatini tanlash va o‘zgartirishlar kiritish mezonlarini, shuningdek byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobini va moliyaviy hisobotni tuzish, hisob siyosatidagi o‘zgarishlar to‘g’risidagi axborotni ochib berish tartibini belgilab berishdan iborat bo‘lib, byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlariga bo‘lgan ishonchlilik darajasini va ma’lum bir davriylikdagi moliyaviy hisobotlarini, shuningdek boshqa byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini o‘zaro solishtirish darajasini oshirishga mo’ljallangan 5 ta bobdan iborat:

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish