Mavzu: Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni


Davlat sektori buxgalteriya hisobi metodlari hisoblash metodi, kassa metodi



Download 0,77 Mb.
bet5/17
Sana29.05.2022
Hajmi0,77 Mb.
#617918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bo\'riboyev O\'.

2.Davlat sektori buxgalteriya hisobi metodlari hisoblash metodi, kassa metodi.
Byudjet hisobining 1-sonli standarti hisob siyosatiga bag’ishlanib, ushb standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanilgan:
byudjet hisobi — byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g’risidagi axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi;
hisob siyosati — mazkur Standartda Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob yuritish prinsipi byudjet tashkiloti buxgalteriyasi barcha xo‘jalik operatsiyalarini hisob registrlarida ro‘yxatga olishni ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida amalga oshirishini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi bir xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha bir summaning byudjet hisobining ikki schyotida — birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirilishini nazarda tutadi. Uzluksizlik prinsipi byudjet hisobini yuritish muddati byudjet tashkilotining faoliyati davriga muvofiq bo‘lishini, ya’ni hisob yozuvlari yuritish byudjet tashkilotining tashkil etilishidan to tugatilguniga qadar amalga oshirilishini bildiradi. Byudjet tashkiloti o‘z faoliyatini tugatgan kundan boshlab byudjet hisobini yuritishni to‘xtatadi.
Hisob siyosati — Hisob siyosatining prinsiplari:
1. Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob yuritish.
2. Uzluksizlik.
3. Xo‘jalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlarga pul bilan baho
berish.
4. Ishonchlilik.
5. Hisoblash.
6. Oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik).
7. Mazmunning shakldan ustunligi.
8. Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi.
9. Moliyaviy hisobotdagi betaraflik.
10. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi.
11. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash belgilangan prinsiplarga muvofiq byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan aniq uslublar, asoslar, yo‘l qo‘yishlar, qoidalar hamda usullar majmui.
Uzluksizlik prinsipiga asoslanib tayyorlangan moliyaviy hisobot byudjet tashkiloti doimiy faoliyat yuritishini va noma’lum uzoq muddat davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini bildiradi. Barcha xo‘jalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlar yagona, bir xil birlikda o‘lchanishi — pul bilan baholanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchov birligi — so‘m va uning yuzdan birulushi tiyin hisoblanadi. Axborotda jiddiy xatolar yoki g’arazlilik bo‘lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo‘lsa, u ishonchli hisoblanadi. Operatsiyalar va holatlarning ishonchliligi birlamchi hisob hujjatlari bilan tasdiqlanadi va har bir hisob yozuvi haqiqatda amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, daromadlar va xarajatlar, byudjet tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari va holatlar byudjet hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablag’lari yoki ekvivalentlari olingan yoxud to‘langan paytda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettirilishi lozim. Oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarni oshirib baholashga hamda majburiyatlar yoki xarajatlarni kamaytirib baholashga yo‘l qo‘yilmasligini nazarda tutadi.
Bu prinsipning qo‘llanishi yashirin zahiralarni barpo etishga yoki ta’minotni oshirib ko‘rsatishga, aktivlar yoki daromadlarni, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaydi.
Mazkur prinsip agar hisob hujjatlari va moliyaviy hisobotlardagi axborot operatsiya va holatlarning mazmunini ishonchli aks ettirsa, mazkur axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va ko‘rsatilishi lozimligini anglatadi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlar bilan qiyoslanadigan bo‘lishi lozim. Foydalanuvchilar byudjet tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobot tayyorlashda foydalanilgan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishlari kerak. Moliyaviy hisobotda taqdim etilayotgan axborot ishonchli bo‘lishini ta’minlash uchun xolisona bo‘lishi lozim. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi mazkur hisobot davridagi xarajatlarni amalga oshirishni ta’minlagan mazkur davrdagi daromadlarnigina aks ettirilishini anglatadi.
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi byudjet tashkiloti uchun baholashda aktivning qiymati asos bo‘lishini nazarda tutadi va belgilangan prinsiplarga muvofiq byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan aniq uslublar, asoslar, yo‘l qo‘yishlar, qoidalar hamda usullar majmuidir.
Byudjet - davlatning oldida turgan maqsad va vazifalarini moliyaviy taminlashga mo‘ljallangan pul mablag’lari fondini shakllantirish va xarajat qilish Shaklini aks ettiradi. Byudjetga mamlakat moliyaviy tizimida boshqaruvchili holati tegishlidir. U umumdavlat moliyaviy resurs fondini Shakllantirish va foydalanish bilan bog’lik bo‘lgan, bir tomondan, davlat o‘rtasidagi taqsimlash munosabatlarining bir qismini, ikkinchi tomondan korxonalar va aholi o‘rtasidagi taqsimlash munosabatlarining bir qismini anglatadi.
“Byudjet munosabatlari” - bu jamiyat iqtisodiy tuzilishining ajralmas qismidir; uni amal qilishi davlat tomonidan unga tegishli funksiyalarni bajarishi uchun zaruriy moddiy-moliyaviy bazani shakllantirish bilan ob ektiv ravishda aniqlanadi.
Mazkur Standartning maqsadi hisob siyosatini tanlash va o‘zgartirishlar kiritish mezonlarini, shuningdek byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobini va moliyaviy hisobotni tuzish, hisob siyosatidagi o‘zgarishlar to‘g’risidagi axborotni ochib berish tartibini belgilab berishdan iborat.
Mazkur Standart byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlariga bo‘lgan ishonchlilik darajasini va ma’lum bir davriylikdagi moliyaviy hisobotlarini, shuningdek boshqa byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini o‘zaro solishtirish darajasini oshirishga mo‘ljallangan.
Hisob siyosati rahbar yoki uning o‘rinbosarining buyrug’ i yoki qarori bilan tasdiqlanadi va yildan-yilga izchil qo‘llaniladi. Byudjet hisobini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hollarda, shuningdek byudjet tashkiloti qayta tashkil etilganda hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Byudjet hisobi ma’lumotlarini solishtirishni ta’minlash maqsadida hisob siyosatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar moliya yili boshidan, agar byudjet tashkiloti qayta tashkil etilayotgan bo‘lsa uni qayta tashkil etilgan sanadan kiritiladi. Byudjet tashkiloti yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida kelgusi moliya yili uchun hisob siyosatidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot beradi. Hisob siyosati moliyaviy hisobotni barcha qo‘llanilayotgan byudjet hisobi standartlari asosida shakllantirilishini ta’minlashi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni va byudjet munosabatlarini islox qilish evolyutsion yo‘l bilan, bosqichma-bosqich, ijtimoiy xayotning boshqa tarmoq va sohalari bilan o‘zaro aloqadorlikda amalga oshirilmoqda.
Moliya-byudjet isloxatlarini o‘tkazish jarayoni, avvalo, Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga ko‘proq mustaqillik berishni, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etishda ular rolini oshirish va Shu bilan bir vaqtda ular moliyaviy manbalarini mustahkamlash, butunlay yangi moliya-byudjet va soliq mexanizmini yaratish, byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish va barcha darajadagi byudjetlar samarali ijrosini taminlashning uslubiyoti va tamoyillarini aniklashni o‘z ichiga oladi.
Bu jarayonda Mahalliy byudjetlarni boshqarishning, Mahalliy byudjetlar moliyaviy manbalarini mustahkamlashning oqilona usullarini yaratish va takomillashtirish masalalari aloxida o‘rin egallaydi.
Mahalliy byudjetlar orqali Mahalliy xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan taminlab boriladi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining barcha daromadlari tarkibida Mahalliy byudjetlar daromadlari o‘rtacha 42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda Shuni ta kidlash joizki, byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 54-55 foizi mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g’ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining keyingi yillarda ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog’ ining ham oshib borishiga olib kelgan.
Mahalliy byudjetlarning bu daromad turining o‘ziga xos tomonlari mavjud. Yuqori byudjetlardan ajratiladigan subventsiya va dotatsiyalar boshqa daromad turlaridan farq qilib, bu daromad turlari yil boshida tasdiqlangan reja miqdorida olinadi, ya’ni bu daromad turlariga yil davomida o‘zgartirishlar kiritilmaydi. Etish lozimligini bildirib, ularning hududlardagi boqimandalikni kuchaytiradi. Mahalliy soliqlarlarning byudjetga to‘liq tushishini tashkil qilish ularning zimmasidagi asosiy vazifa hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodiyotida davom etayotgan iqtisodiy islohatlar davrida soliqlarni iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi muhim vosita sifatida ularni doimiy isloh qilib borishni talab qiladi. Hozirgi kunda aholi daromadlarining salmoqli hissasi xususiy sektorda shakllanmoqda. Davlat tomonidan bu daromadlarni boshqarish imkoniyatlari cheklangan, bu daromadlarni ma’muriy tarzda davlat xarajatlariga yo‘naltirish bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid.
4


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish