Mavzu: Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni



Download 0,77 Mb.
bet2/17
Sana29.05.2022
Hajmi0,77 Mb.
#617918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bo\'riboyev O\'.

1-bob. Umumiy qoidalar. Unda ushbu standartga doir asosiy tushunchalar va standartning maqsadi, vazifalari belgilab berilgan. Standartda keltirilishicha: “Hisob siyosati byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet to‘g’risidagi qonun hujjatlarida mavjud o‘zaro bir-birini istisno etuvchi bir nechta hisob yuritish usullaridan birini tanlash maqsadida tuziladi”
2-bob. Standartning qo’llanish sohasi bo‘lib, unda ushbu standart barcha byudjet tashkilotlariga qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan.
3-bob. Hisob siyosatini shakllantirish va unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish asoslari deb nomlanadi. Unda byudjet hisobini takomillashtirish maqsadida hisob siyosatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi hamda hisob siyosati moliyaviy hisobotni barcha q o‘llanilayotgan byudjet hisobi standartlari asosida shakllantirilishini ta’minlashi belgilab qo‘yilgan.
4-bob. Hisob siyosatining prinsiplari. Unda byudjet hisobini samarali taskil etishga yo‘naltirilgan asosiy prinsiplar keltirilgan.
5-bob. Axborotni ochib berish tartibi deb nomlanib, unda hisob siyosatidan axborotni ochib berish tartibi ko‘rsatib berilgan. Byudjet hisobining 2-sonli ≪Yagona schyotlar rejasi≫ nomli standarti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 10 sentyabrdagi 125-son buyrug’i (Adliya vazirligida 2018 yil 20oktyabrda 3078-son bilan ro‘yxatga olingan)ga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, g’aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari, davlat va boshqa maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlari, barcha byudjet tashkilotlariga tatbiq etiladi. Ushbu standart 3 ta bo‘limdan iborat:
I bo’lim. Byudjet hisobida yagona schyotlar rejasini qo‘llash sohasi
II bo’lim. O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarining va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalarning byudjet hisobida yagona schyotlar rejasini qo’llash tartibi
III bo‘lim. Byudjet tashkilotlarining byudjet hisobida yagona schyotlar rejasini qo’llash tartibi
Byudjet hisobining 3-sonli ≪Byudjet hisoboti≫ nomli standarti (4-ilova) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 18 dekabrdagi 157-son buyrug’i (Adliya vazirligida 2019 yil 18 yanvarda 3124-son bilan ro‘yxatga olingan)ga asosan ishlab chiqilgan standart bo‘lib, byudjet tashkilotlari tomonidan hisoblash metodi bo‘yicha choraklik va yillik byudjet hisobotlarini tuzish va taqdim qilishda qo‘llaniladi.
Standart talablari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan soliq va statistika hisobotlariga tatbiq etilmaydi.
Ushbu standart 5 ta bobdan iborat:
1-bob. Umumiy qoidalar;
2-bob. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlarini tuzishi va taqdim qilishi;
3-bob. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarining tushumlari to‘g’risidagi hisobotni tuzish va taqdim qilish;
4-bob. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to‘g’risidagi hisobotlari;
5-bob. Yakuniy qoida deb nomlanadi.
Standartda moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish muddatlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar yillik moliyaviy hisobotlarni kelgusi hisobot yilining 1 yanvar holatiga tuzadi, choraklik moliyaviy hisobotlarni hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga tuzadi.
Byudjet tashkilotlari tarmoq, shtat va kontingentlar rejalarining bajarilishi to‘g’risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g’risidagi choraklik va yillik hisobot shakllariga (ro‘yxat raqami 2837, 2016 yil 8 noyabr) muvofiq tuzadi va topshiradi (01.01.2020 yildan hisobotlar Moliya vazirligining 12.06.2020 yildagi 26-sonli, Adliya vazirligida 30.06.2020 yilda 3255-son bilan ro‘yxatga olingan buyrug’I asosida tuziladi va topshiriladi).

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish