Byudjet tashkilotlari ushbu hisobotni tuzishdan oldin: - hisob raqamlardan (shaxsiy g’azna hisobvaraqlardan) olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to‘g’riligini;
- chet el valyutalari shaklida tushgan mablag’ larning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to‘liqligini;
- analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarg muvofiqligini tekshirib chiqadi.
1. Yil boshidagi pul mablag’i qoldig’ i qatorida tegishli hisob raqamlardan (shaxsiy g’azna hisobvaraqlardan) ko‘chirmalarga muvofiq xorijiy valyutalar bo‘yicha hisobot yilining birinchi yanvar’ sanasiga mavjud pul mablag’lari qoldig’i aks ettiriladi.
2. Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar — jami qatorida ≪a≫, ≪b≫, ≪v≫, ≪g≫, ≪d≫, ≪e≫, ≪j≫ va ≪z≫ qatorlar bo‘yicha hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)ning yig’indisi ko‘rsatiladi. ≪a) chet el valyutasida mahsulotlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish) dan tushumlar≫ qatorida faoliyat turi bo‘yicha chet el valyutasida mahsulotlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish) dan tushgan tushumlar ko‘rsatiladi;
≪b) byudjetdan ajratilgan mablag’lar hisobidan chet el valyutasini sotib olish≫ qatorida byudjetdan ajratilgan mablag’ lari hisobidan sotib olingan chet el valyutasi summasi aks ettiriladi;
≪v) byudjetdan tashqari pul mablag’lari hisobidan chet el valyutasini sotib olish≫ qatorida byudjetdan tashqari pul mabla g’ lari hisobidan sotib olingan chet el valyutasi summasi aks ettiriladi;
≪g) chet el valyutasida olinishi belgilangan kredit yoki grantlar≫ qatorida chet el valyutasida olingan kredit yoki grant mabla g’ lari summasi ko‘rsatiladi;
≪d) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida ko‘rsatilgan homiylik (beg’araz) yordam≫ qatorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga chet el valyutasida k o‘rsatilgan homiylik (beg’araz) yordam mablag’lari aks ettiriladi;
≪e) byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida saqlanadigan chet el valyutasidagi mablag’lari≫ qatorida byudjet tashkilotlari ixtiyorida vaqtincha saqlanadigan chet el valyuta mablag’larining summasi ko‘rsatiladi;
≪j) valyuta kursining ijobiy farqi hisobiga hosil bo‘lgan mablag’ lar≫ qatorida Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursining ijobiy farq hisobiga hosil bo‘lgan mablag’ lar summasi aks ettiriladi.
≪z) boshqa tushumlar≫ qatorida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar summasi ko‘rsatiladi.
3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami qatorida 4- ustun ≪Kassa xarajat≫ da aks ettirilgan jami kassa xarajatlari summasi k o‘rsatiladi.
4. Valyuta kursining salbiy farq hisobiga hosil bo‘lgan zararlar qatorida hisobot davrining oxirgi kunida Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasining so’mga nisbatan qiymatining salbiy farqi hisobiga ko‘rilgan zarar summasi aks ettiriladi.
5. Hisobot davri oxirida pul mabla g’ i qoldig’ i qatorida - yil boshida pul mablag’i qoldig’ i qatorida aks ettirilgan summa;
- hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar — jami qatorida aks ettirilgan tushumlar yig’indisidan;
- hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jam
- valyuta kursining salbiy farq hisobiga hosil bo‘lgan zararlar qatorlari ayirmasi ko’rsatiladi.
≪Xarajatlar yoyilmasi≫ ustunida chet el valyutasi hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi.