Mavzu: Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni


Moliyaviy faoliyat natijalari to’g’risida hisobot



Download 0,77 Mb.
bet11/17
Sana29.05.2022
Hajmi0,77 Mb.
#617918
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Bo\'riboyev O\'.

Moliyaviy faoliyat natijalari to’g’risida hisobot.
Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g’risidagi hisobotda byudjet tashkilotining hisobot davri bo‘yicha hisoblangan daromad (tushum)lar va haqiqiy xarajatlar o‘rtasidagi farq hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari yig’indisi aks ettiriladi.
Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g’risidagi hisobotning ≪Daromadlar≫ ustunida 308-shakldagi ≪Bosh jurnal kitobi≫ dagi qoldiqlar quyidagi subschyotlar bo‘yicha aks ettiriladi:
- byudjetdan moliyalashtirish;
- to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qitishning to‘lov-kontrakt mablag’lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
- byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha hisoblangan daromadlar;
- tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo‘yicha daromadlar;
- taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar bo’yicha hisoblangan daromadlar
- xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo’yicha hisobkitoblardan tushadigan tushumlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
- ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
- umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to’lovidan tushgan byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha hisoblangan daromadlar;
- byudjet tashkilotlari tomonidan statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun undiriladigan to’lovlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
- byudjet tashkilotlarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi hisoblangan daromadlar.
≪Daromadlar — jami≫ qatorida 010, 011, 012, 013, 014, 015, 016, 017, 018, 019, 020-qatorlarning yig’indi summasi aks ettiriladi.
Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g’risidagi hisobotning ≪Xarajatlar≫ ustunida 308-shakldagi ≪Bosh jurnal kitobi≫ dagi quyidagi subschyotlar bo‘yicha qoldiqlar aks ettiriladi:
- byudjet mablag’laridan hisoblangan haqiqiy xarajatlar;
- to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar;
- ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar;
- byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar;
- boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar.
≪Xarajatlar — jami≫ qatorida 030, 031, 032, 033 va 034-qatorlarning yig’indi summasi aks ettiriladi.
≪Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mabla g’lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari≫ qatorida ≪630 000 — Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari≫ subschyotining debetidagi qoldiq mablag’lar ijobiy, aksincha kreditidagi qoldiq mablag’lari esa salbiy ko‘rsatgichda aks ettiriladi.
≪Joriy hisobot davrining moliyaviy natijalari≫ qatorida 030 qatordan 040 qator ayiriladi va 050, 060, 070, 080, 090, 100, 110 qatorlarni qo‘shilgandagi natijasi ko‘rsatiladi. YA’ni ≪Daromadlar — jami≫ qatoridan ≪Xarajatlar — jami≫ qatori ayiriladi hamda Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mabla g’ lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari, Markazlashgan holda qabul qilingan (berilgan) moddiy qiymatliklar, Beg’araz (bepul) qabul qilingan (berilgan) moddiy qiymatliklar, Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar, Asosiy vositalar, qiymatliklar va nomoddiy aktivlarni qayta baholash, Realizatsiya va xarajatlar, Kurs farqi bo‘yicha foyda (zarar) larning qoldiq summalari aks ettiriladi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish