Aktivlar — Majburiyatlar = Sof aktivlar/kapital.
Hisobot davri oxirida Bosh jurnal kitobidagi chiqarilgan qoldiqlar balansning ≪Yil (chorak) oxirida≫ ustuniga ko’chirib qo’yiladi.
Debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlarda debitorlar va kreditorlar summalari o’zaro hisobga olmagan holda, ya’ni mavjud debitorlar balansning aktiv qismida, kreditorlik qarz esa passiv qismida ko’rsatiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr’) bilan tasdiqlangan 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
≪Yil boshida≫ ustuni bo’yicha ko’rsatkichlar o’tgan hisobot yili balansining ≪Yil (chorak) oxirida≫ ustuni bo’yicha ko‘rsatkichlarga bir xil holda ko’chiriladi. Byudjet tashkiloti hisobot yilining 1 yanvaridan keyin tashkil topgan bo’lsa, u holda balansning ushbu ≪Yil boshida≫ ustuni to’ldirilmaydi.
Balansning ≪Aktivlar≫ qismidagi I bo’lim ≪Joriy aktivlar≫ bo’limining ≪Yil (chorak) oxirida≫ ustuni bo‘yicha:
1. ≪Pul mablag’lari≫ bo‘limida byudjet tashkilotlarining mavjud shaxsiy g’azna hisobvaraqlardagi, boshqa hisobvaraqlaridagi milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag’lari qoldiqlari, milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari qoldiqlari, shuningdek yo‘ldagi pul mablag’ lari, akkreditivlar, pul ekvivalentlarining qoldiq summalari aks ettiriladi;
2. ≪Moliyaviy mablag’lar bo‘yicha joriy debitor qarzlar≫ bo‘limida qisqa muddatli ichki va tashqi depozitlar aks ettiriladi. Bunda byudjet tashkilotlari 121 000-subschyotda 1 yildan oshmagan muddatda joylashtirilgan ichki va tashqi depozitlar hisobga olinadi;
3. ≪Byudjet tashkilotlarining debitor qarzlari≫ bo‘limining yil (chorak)oxirida barcha hisob-kitoblar bo‘yicha byudjet tashkilotlarining debitorlik qarzdorliklarining qoldiq summalari aks ettiriladi;
4. ≪Tovar-moddiy zahiralar va ularga xarajatlar≫ bo‘limida hisobot davri oxirida mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, tibbiyotda foydalaniladigan vositalar, vaksinalar va bakteriologik preparatlar, yonilg’i, yoqilg’i-moylash materiallari, xo‘jalik va kanselyariya mollari, Kiyim-kechak, poyabzal va choyshab-g’iloflar, qurilish materiallari, mashina va asbobuskunalarning ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlar va sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, biologik zahiralar, boshqa xom ashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, qayta sotish uchun tovarlar, harbiy zahiralar, tovar-moddiy zahiralarga xarajatlar va tovar (ish, xizmat)larga xarajatlarning qoldiq summalari ko‘rsatiladi, bundan balansdan tashqari 08 ≪Foydalanishdagi inventar’ va xo‘jalik jihozlari≫ va 10 — ≪Eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari≫ schyotlarida aks ettirilgan tovar-moddiy zahiralarning qoldiqlari mustasno.
Balansning ≪Aktivlar≫ qismidagi II bo‘lim ≪Uzoq muddatli aktivlar≫ bo‘limining ≪Yil (chorak) oxirida≫ ustuni bo‘yicha:
≪Uzoq muddatli depozitlar≫ qatorida uzoq muddatli ichki va tashqi depozitlar aks ettiriladi. Ushbu qatorda byudjet tashkilotlarining 1 yildan ortiq muddatda joylashtirilgan ichki va tashqi depozitlari hisobga olinadi;
≪Asosiy vositalar≫ bo‘limida byudjet tashkilotlarining hisobot davri oxirida bino va inshootlarni, mashina va jihozlarni, boshqa turdagi asosiy vositalarni, harbiy asosiy vositalarni qoldiq (balans) qiymati aks ettiriladi. Asosiy vositalarning qoldiq (balans) qiymati asosiy vositalarning boshlang’ ich (qayta tiklash), qiymatidan uning eskirish summasi ayirmasi natijasida aniqlanadi;
≪Qiymatliklar≫ qatorida ishlab chiqarish, iste’mol qilish maqsadlarida foydalanilmaydigan, vaqt o‘tishi bilan qiymatini saqlanadigan aktivlar hisobi aks ettiriladi;
≪Noishlab chiqarish aktivlari≫ bo‘limida ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lmagan xarajatlar, jumladan yer, mineral va energiya resurslari, boshqa turdagi tabiiy aktivlar, nomoddiy noishlab chiqarish aktivlarini qoldiq (balans) qiymati aks ettiriladi. Noishlab chiqarish aktivlarining qoldiq (balans) qiymati noishlab chiqarish aktivlarining boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning eskirish summasi ayirmasi natijasida aniqlanadi;
≪Nomoliyaviy aktivlar kapital qo‘yilmalar≫ bo’limida asosiy vositalarga kapital qo’yilmalar, qiymatliklarga kapital qo’yilmalar, noishlab chiqarish aktivlariga kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi subschyotlarning ≪Bosh jurnal kitobi≫ (308-son shakl) bo’yicha hisobot davrining oxiridagi qoldiq summasi aks ettiriladi.
Balansning ≪Majburiyatlar≫ qismidagi III bo’lim ≪Joriy majburiyatlar≫ bo’limining ≪Yil (chorak) oxirida≫ ustunida byudjet tashkilotlarining yil (chorak)oxirida barcha hisob-kitoblar bo‘yicha kreditorlik qarzlarining qoldiq summalari tegishli subschyotlarda aks ettiriladi.
Balansning ≪Majburiyatlar≫ qismidagi IV bo’lim ≪Uzoq muddatli majburiyatlar≫ bo’limining ≪Yil (chorak) oxirida≫ ustunida byudjet tashkilotlarining mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha uzoq muddatli kreditor qarzlari, byudjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblar bo’yicha uzoq muddatli kreditor qarzlari aks ettiriladi.
Balansning ≪Sof aktivlar/kapital≫ qismida joriy hisobot davrining moliyaviy natijalari va jamg’arib boriluvchi moliyaviy natijalarining qoldiq summalari aks ettiriladi.
Balansning ≪Balansdan tashqari schyotlar≫ bo‘limida hisobot davri oxiriga aks ettirilgan balansdan tashqari schyotlar summasi ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |