Mavzu: Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni


Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin byudjet tashkilotlari



Download 0,77 Mb.
bet13/17
Sana29.05.2022
Hajmi0,77 Mb.
#617918
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Bo\'riboyev O\'.

Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin byudjet tashkilotlari:
- hisobot yil boshida mavjud tovar-moddiy zahiralar, asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlari qoldig’ ining to‘g’riligini (asoslanganligini);
- yil mobaynida byudjet tashkilotiga kirim bo‘lgan va byudjet tashkilotidan chiqim bo‘lgan barcha nomoliyaviy aktivlarni davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi bo‘yicha alohida holda hisob registrlarida Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g’risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr’) bilan tasdiqlangan 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma qaydnomada, 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da, Bosh jurnal kitobida va boshqa tegishli registrlarda) to‘g’ri aks ettirilganligini;
- kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini va to‘liqligini tekshirib chiqadi.
Hisobotda asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlari to‘g’risidagi ma’lumotlar Bosh jurnal kitobi va asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlari hisobi yuritiladigan hisob registrlari ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi.
Hisobotda asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlarining (davlat byudjeti yoki byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan olinganligi ko‘rsatilgan holda) yil boshida mavjud qoldig’i, hisobot yili mobaynida kirimь bo‘lgan asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlarining qiymati va chiqim bo‘lgan (hisobdan chiqarilgan) larining qiymati, shuningdek hisobot davri oxirida byudjet tashkilotlari balansida qolgan asosiy vositalar va nomoliyaviy aktivlarning qiymati ko‘rsatiladi.
Asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlarini har yilgi qayta baholash natijasida boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatining o‘zgarishi (oshishi yoki kamayishi) hisobot shaklining alohida 608 — ≪Qayta baholash natijasida≫ qatorida aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zahiralar bo’yicha hisobot davri boshida va oxirida qoldig’ i, shuningdek byudjet tashkiloti ehtiyojlari uchun tovar-moddiy zahiralarning davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mabla g’lar hisobidan sarflangan summasi alohida holda ko‘rsatiladi.
Tashkilotga hisobot davri mobaynida kirim bo’lgan tovar-moddiy zahiralar, jumladan tekin va sotib olingan, ortiqcha materiallarning kirim qilingan hamda yil mobaynida chiqim qilingan material zahiralari (tekin berilgan, sotilgan, kamomadlar va boshqa sabablar tufayli chiqim qilingan) qiymati k o’rsatiladi.
Hisobot shakli byudjet tashkilotlari tomonidan hisobot choragi (yili) uchun topshiriladigan Balans (1-son shakl) bilan birga taqdim qilinadi. Byudjet tashkilotlarida chet el valyuta mablag’ larining harakati to’g’risidagi hisobot mazkur standartning 10-ilovasiga muvofiq shaklda byudjet tashkilotlarining hisobot davri mobaynidagi chet el valyuta mabla g’ lari harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish