Hisobotni tuzishdan oldin byudjet tashkilotlari quyidagilarni tekshiradi: - hisobot choragi mobaynidagi barcha mazkur byudjetdan tashqari mablag’larining shakllanish manbalari va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning to‘liqligini;
- shaxsiy g’azna hisobvaraqlardan (hisob raqamlardan) olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini.
≪Yil boshidagi mablag’ qoldig’i≫ ustuni bo‘yicha byudjet tashkilotlari hisobot shaklida keltirilgan barcha byudjetdan tashqari mablag’lar bo‘yicha hisobot yilining 1 yanvar’ sanasiga bo‘lgan mavjud qoldiq mablag’larni aks ettiradilar.
≪Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)≫ ustunida hisobot shaklida keltirilgan barcha byudjetdan tashqari mablag’larning turlari bo‘yicha alohida holda hisobot davrida byudjet tashkilotining shaxsiy g’azna hisobvarag’ iga (hisob raqamiga) kelib tushgan tushumlar aks ettiriladi.
≪O‘tgan yil qoldig’i hisobidan tushgan tushum≫ ustunida o‘tgan moliya yilida kelib tushishi lozim bo‘lgan mablag’larning joriy moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
≪O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha olingan (berilgan) mablag’ lar (+, -)≫ ustunida boshqa byudjet tashkilotida taqsimlanishi uchun o’zaro hisob-kitoblar asosida taqsimlangan mablag’larni kelib tushishi yoki boshqa byudjet tashkilotiga o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. ≪O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha olingan (berilgan)
mablag’lar (+, -)≫ ustunida 630 000 ≪Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari≫ subschyotining debetidagi mabla g’ ijobiy son bilan, aksincha ushbu subschyotning kreditidagi mabla g’ esa salbiy son bilan aks ettiriladi.
≪Hisobot davri oxiridagi pul mablag’ i qoldig’i≫ ustunida ≪Yil boshida mablag’ qoldig’i≫, ≪Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)≫, ≪O’tgan yil qoldig’i hisobidan tushgan tushum≫ va ≪O’zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olingan (berilgan) mablag’lar (+, -)≫ ustunlarining yig’ indisidan ≪Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami≫ ustunidagi summalar ayirilgandagi natija aks ettiriladi.
≪Tranzit, depozit hisobvaraqlar va boshqa joylashtirilgan mablag’lar qoldig’i≫ qatorida tashkilotlar tomonidan tranzit, depozit hisobvaraqlar va boshqa joylashtirilgan mablag’lar aks ettiriladi.
≪Xarajatlar yoyilmasi≫ da mazkur byudjetdan tashqari mabla g’ lar hisobidan hisobot davrida amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlarni iqtisodiy tasnifining xarajatlar moddasi, kichik moddasi va elementlari bo’yicha har bir byudjetdan tashqari mablag’larning turlari bo‘yicha alohida holda aks ettiradi. Tovar-moddiy zahiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risidagi hisobot tovar-moddiy zahiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risidagi hisobot mazkur standartning 9-ilovasiga muvofiq shaklda byudjet tashkilotining hisobot yili mobaynidagi tovar-moddiy zahiralar, asosiy vositalar, qiymatliklar va noishlab chiqarish aktivlarining mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.