4.Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan choraklik va yillikmoliyaviy hisobotlar. Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- standartning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Balans (1-son shakl);
- standartning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g’risida hisobot;
- standartning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl);
- standartning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g’risidagi ma’lumot;
- standartning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasining pul mablag’ lari harakati to‘g’risidagi hisobot;
- standartning 6-ilovasiga muvofiq shaklda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasining pul mablag’lari harakati to‘g’risidagi hisobot;
- standartning 7-ilovasiga muvofiq shaklda Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to‘g’risidagi hisobot;
- standartning 8-ilovasiga muvofiq shaklda Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to‘g’risidagi hisobot;
- standartning 9-ilovasiga muvofiq shaklda Tovar-moddiy zahiralar v nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g’risidagi hisobot;
- standartning 10-ilovasiga muvofiq shaklda Byudjet tashkilotini chet el valyuta mablag’larining harakati to‘g’risidagi hisobot.
Byudjet tashkilotlari qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, ushbu faoliyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalarida (ro‘yxat raqami 1209, 2003 yil 24 yanvar’) belgilangan moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobot 2-son shaklga muvofiq taqdim etadi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- balans (1-son shakl);
- moliyaviy faoliyat natijalari to‘g’risida hisobot;
- xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl);
- debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g’risidagi ma’lumot;
- byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasining pul mablag’lari harakati to‘g’risidagi hisobot;
- tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasining pul mablag’lari harakati to‘g’risidagi hisobot;
- ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to‘g’risidagi hisobot;
- boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to‘g’risidagi hisobot;
- byudjet tashkilotini chet el valyuta mablag’ larining harakati to‘g’risidagi hisobot.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobot shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g’risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr’) bilan tasdiqlangan 308-son shakldagi ≪Bosh jurnal kitobi≫ va boshqa tegishli hisob registrlaridagi ma’lumotlar asosida tuziladi.