Доимий харажатлар
Ишлаб чиқариш хажми ўзгариши қатъий назар ўзгармайди
1.Маҳсулот таннархига кирувчи
-
2. Давр ха-ражатларига кирувчи
-
a ) mahsulotni sotish bilan bog’liq ayrim xarajatlar (reklama xarajatlari va sh.o’.)
|
|
b ) ma’muriy – boshqaruv xarajatlarining aksariyati
|
3-Chizma. Doimiy xarajatlarni turkumlash.
Shu bilan birga, “o’rtacha xarajatlar miqdori” tushunchasi ham mavjud. Aksariyat hollarda o’rtacha xarajatlar “keltirilgan xarajatlar” ham deb yuritiladi. Shuni ta’kidlash joizki, xarajatlar ustidan nazorat olib borganda yoki umuman tannarxni hisobga olishda keltirilgan doimiy xarajatlarni alohida-alohida inobatga olgan ma’qul. Chunki faoliyat natijasida erishish mumkin bo’lgan ish hajmining o’zgarishi faqat o’zgaruvchan xarajatlar miqdoriga bevosita ta’sir etadi.
Xarajat moddalari orasida mohiyati jixatidai korxona ish birliklarining oshishiga to’g’ri proporsional ravishda o’zgaruvchi xarajatlarni o’zgaruvchi xarajatlar guruxiga kiritamiz. Bu guruxga taalluqli bo’lgan ko’rsatkichlar nima sababdan o’zgaruvchan xarajatlar hisoblanishi asoslangan. Bu guruxga kiruvchi xarajatlar u yoki bu jixatdan korxona ish natijalariga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Korxonadaga doimiy xarajatlar guruxiga kiruvchi xarajatlarning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, ulariing miqdori korxona faoliyati natijasi bo’lgan ishlab chiqarish hajmiga bog’liq emas, ya’ni unga (ishlab chiqarish hajmiga) nisbatan doimiy xarajatlar o’zgarmasdir. Doimiy xarajatlar mutloq miqdorining ishlab chiqarish hajmiga iisbati keltirilgan doimiy xarajat miqdorini ifodalaydi va bu ko’rsatkichning umumiy xarajatdagi ulushi ishlab chiqarish hajmi oshgan sari kamayib boradi.
Qayd qilish joizki, ayrim xarajat turlarini shartli-doimiy xarajatlar turlariga ham, shartli-o’zgaruvchan xarajatlar turlariga ham kiritib bo’lmaydi. Aniqrogi, ayrim tur xarajatlar bir vaqtiiig o’zida ham o’zgaruvchan, ham doimiy xarajat komponentiga ega bo’ladigan xarajatlar hisoblanadi. Shuning uchun bunday xarajatlarni yarim o’zgaruvchan xarajatlar deb hisobga olgan ma’qul.
Masalan, telefon xizmati xarajatlari:
- bir oylik belgalangan ta’rif to’lanishi lozim bo’lgan summa - doimiy xarajat guruxiga kiritiladi;
- shaxarlararo va xalqaro so’zlashuv xarajatlari bo’lsa, o’zgaruvchan xarajat guruxiga kiritiladi.
Ijara to’lovlari xarajatlarida ham shuiday holatni kuzatish mumkin. Do’kon ijarasi qayd qilinadigan summa sifatidagi bir to’lov va tovar aylanmasidan foiz sifatida ikkinchi to’lovdan ham iborat bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |