3-Rasm. “Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi – foyda”
ko’rsatkichlarining o’zaro bog’liqligi chizmasi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va yalpi daromad o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rganish, ishlab chiqarishning “zararsizlik” darajasini taxlil qilish orqali amalga oshiriladi. Bunda har qanday korxona rahbariyati oldida ishlab chiqarish hajmining “kritik nuqtasini”, ya’ni daromad va xarajatlar tenglashgan nuqtani aniqlash muximdir.
Respublikamizda xarajat moddalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (O’z.R. VM.ning 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qarori bilan bilan o’zgartirishlar kiritilgan) «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asoslanadi.
Bu Nizomga asoslangan holda barcha xarajat moddalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish yo’nalishidagi ustama xarajatlar.
Davr xarajatlari:
sotish xarajatlari;
ma’muriy xarajatlar;
boshqa operasion xarajatlar va zararlar.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar:
foizlar bo’yicha xarajatlar;
xorijiy valyuta operasiyalarida yuzaga keladigan salbiy kurs farqlari;
qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash;
moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar.
4. Favqulodda zararlar.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar ishlab chiqarish yoki mahsulot (ish, xizmat)larni qayta ishlashda foydalaniladigan tabiiy va mehnat resurslari, xomashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya, asosiy vositalar hamda ishlab chiqarishga tegishli boshqa xarajatlarning bahosini ifodalaydi.
Ushbu xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagicha tartibda guruhlanadi:
ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizasiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi schetlar belgilangan:
9610-«Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar»;
9620-«Kurs farqlaridan zararlar»;
9630-«Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar»;
9690-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar».
Mazkur schetlar tranzit schetlar hisoblanib, aktiv xarakterga. Ularning debet oborotlari xo’jalik muomalalari natijasida sodir bo’lgan moliyaviy xarajatlarni, kredit oborotlari esa ularning hisobdan chiqarilishini ifodalaydi.
Xarajatlar hisobi xakidagi ma’lumotlarni korxona quyidagi xolatda shakllantirish kerak:
Xarajatlarni ularni paydo bulish joylari bo’yicha hisobga olish;
Xarajatlar hisobini javobgar xujalik markazlari bo’yicha tashkil kilish;
Xarajatlarni ularni paydo kilgan obyektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni aloxida mahsulot turlari bo’yicha jamlab berish
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish xarajatlari qo’yilgan vazifalarga muvofiq xarajat elementlari va kalkulyasiya moddalariga bo’linadi.
Xarajatlarni elementlari bo’yicha guruhlash ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy mazmuniga qarab aniqlash va tegishli smetalar tuzishga asos bo’ladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulyasiya moddalari bo’yicha guruhlash esa mahsulotlar tannarxini aniqlashlashga xizmat qiladi. Mazkur xarajatlar xomashyo va materiallarni tayyorlash, qayta ishlash, brak mahsulotlarni tuzatish, yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lmagan xarajatlarga korxonaning madaniy-maishiy obyektlariga sarflanadigan xarajatlar kiradi.
Shuningdek, korxonalarda xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilishiga ko’ra bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.
Bevosita xarajatlar korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to’lash (ajratmalari bilan birga), ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizasiyasi kabi xarajatlar kiradi.
Bevosita moddiy xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot (ish va xizmat)larning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulotlar tayyorlash, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishda foydalaniladigan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar xarajatlarini ifodalaydi. Yuqoridagilardan tashqari «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi» Nizomga muvofiq, quyidagi xarajatlar ham bevosita moddiy xarajatlar tarkibiga kiradi:
normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojiga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlar qiymati, xo’jalik buyumlari va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalari.
sotib olinadigan, kelgusida korxonada montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha muomalalarni bajarish, xomashyo va materiallarga ishlov berish, ularni sifatini aniqlash uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish vositalarini tuzatish va boshqalar tegishli bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xomashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini markaziy ombordan sexga, shuningdek, tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan xizmatlar hisoblanadi.
tabiiy xomashyo (yer rekultivasiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirish, yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivasiya qilish ishlariga haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtlarga haq to’lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo’jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun esa yog’och-taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizasiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash xarajatlari.
texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonalarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari;
korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. Bunda korxonaning o’zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyiga transformasiya qilish va uzatish xarajatlari moddiy xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi.
ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog’liq xarajatlar, jumladan yuklash va tushirish ishlari ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kiritilishi zarur.
korxonalar tomonidan mol yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.
mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va o’rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib tashlanadi.
moddiy xarajatlar elementi bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, qo’shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlaridan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig’imlar, transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 142-moddasida moddiy xarajatlar quyidagi tartibda guruhlanadi:
1) xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
2) ishlab chiqarilgan va (yoki) realizasiya qilinadigan tovarlarni o’rash va boshqacha tayyorlash uchun, shu jumladan sotuv oldidan tayyorlash uchun, boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlari uchun materiallar, uskunalar hamda boshqa mol-mulkni ta’mirlash uchun materiallar va ehtiyot qismlar;
3) inventar, xo’jalik anjomlari, amortizasiya qilinadigan mol-mulk bo’lmagan boshqa mol-mulk;
4) soliq to’lovchining texnologik, transport, boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan barcha turdagi yoqilg’i, energiya, shu jumladan soliq to’lovchining o’zi tomonidan ishlab chiєarish hamda xo’jalik ehtiyojlari uchun barcha turdagi energiyani hosil qilish, binolarni isitish, shuningdek energiyani bir shakldan o’zga shaklga o’tkazish va uzatish xarajatlari;
5) yerlarni rekultivasiya qilish va tabiatni muhofaza qilishning boshqa tadbirlari uchun xarajatlar;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar doirasida suv xo’jaligi tizimlaridan soliq to’lovchilar tomonidan iste’mol єilinadigan suv uchun to’lov;
7) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organ yoki soliq to’lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida ishlab chiqarish va (yoki) tashish chog’idagi texnologik yo’qotishlar;
Moddiy xarajatlarga kiritiladigan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Moddiy xarajatlar summasi qaytariladigan chiqindilar qiymatiga kamaytiriladi. Ushbu moddaning qo’llanilishi maqsadida qaytariladigan chiqindilar deganda xom ashyo (materiallar), yarim tayyor mahsulotlar, issiqlik beruvchi va boshqa turdagi moddiy resurslarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan, boshlang’ich resurslarning iste’molboplik xususiyatlarini (kimyoviy yoki fizik xossalarini) qisman yo’qotgan va shu tufayli xarajatlar oshib ketgan (mahsulot chiqishi kamayib ketgan) holda foydalaniladigan yoki belgilangan maqsadi bo’yicha foydalanilmaydigan qoldiqlari tushuniladi.
Qaytariladigan chiqindilar quyidagi tartibda baholanadi:
agar bu chiqindilardan asosiy yoki yordamchi ishlab chiєarish uchun foydalanish mumkin bo’lsa-yu, lekin bunda xarajatlar oshib ketsa (tayyor mahsulot chiєishi kamayib ketsa), ehtimol tutilgan foydalanish narxida;
agar bu chiqindilar chetga realizasiya qilinsa, realizasiya qilish narxida.
Bevosita mehnat xarajatlari: bevosita ishlab chiqarish xodimlari, ishlab chiqarish jarayonida ishlayotgan mashina operatorlari va bevosita ishlab chiqarishda band bo’lgan boshqa xodimlar mehnat haqi xarajatlari.
Shuningdek, «Xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizomga ko’ra, bevosita mehnat xarajatlariga quyidagilar kiritiladi:
xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar;
kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensasiya tusidagi to’lovlar, shu jumladan:
texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq;
ko’p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar xodimlarining va doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo’nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytgacha to’lanadigan yo’lda o’tgan har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar;
qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo’lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajargan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov xususiyati uchun ustama;
doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo’nab ketishlaridan oldin va orqaga qaytishlarigacha o’tadigan normativ vaqt uchun qo’shimcha haq;
mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffisiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l, suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffisiyentlar bilan belgilangan to’lovlar;
xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig’ilish punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko’ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to’lanadigan summalar (vaxta usulida ishni bajarishda);
Shuningdek, Soliq kodeksida meі\natga haq to’lash xarajatlariga quyidagilarni kiritadi:
1) haqiqatda bajarilgan ish uchun mehnatga haq to’lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan ish haqi;
2) ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
3) predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish bo’lgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to’lanadigan to’lovlar, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan tuzilgan shartnomalar mustasno;
4) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshєa shunga o’xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o’zi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar;
5) rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar:
a) yillik ish yakunlari bo’yicha mukofot;
b) yuridik shaxsning mukofotlash to’g’risidagi lokal hujjatlarida nazarda tutilgan to’lovlar;
v) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va mansab maoshlariga ustamalar;
g) ko’p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to’lovlar;
d) rasionalizatorlik takliflari uchun to’lovlar;
6) kompensasiya to’lovlari (kompensasiya):
a) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tabiiy-iqlim sharoitlari noєulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq qo’shimcha to’lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog’li, cho’l va suvsiz xududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffisiyentlar bo’yicha to’lovlar);
b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maіkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, o’ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
v) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda mansab maoshlariga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar;
g) ko’p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat ko’rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o’zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo’lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
d) doimiy ishi yo’lda kechadigan yoki ko’chib yurish va harakatlanish xususiyatiga ega bo’lgan xodimlarning jo’nab ketish paytidan qaytib kelish paytigacha yo’ldagi har bir sutka uchun to’lanadigan ish haqiga ustamalar;
ye) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilganda xodimlarning ish haqiga ustamalar;
j) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yig’ilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga єaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yo’lga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va (yoki) transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, mansab maoshi miqdorida to’lanadigan summalar;
z) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaєti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va єonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiє ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun to’lovlar;
i) yer osti ishlarida doimiy band bo’lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining me’yoriy vaєti uchun to’lanadigan qo’shimcha haqlar;
k) dala ta’minoti;
7) ishlanmagan vaєt uchun haq to’lash:
a) qonun hujjatlariga muvofiq:
yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’tilga haq to’lash, shuningdek undan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor єilinganda pullik kompensasiya to’lash;
noєulay va o’ziga xos meіnat sharoitlarida, shuningdek og’ir va noqulay tabiiy-iєlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qo’shimcha ta’tilga haq to’lash;
o’qish bilan bog’liq ta’tilga va ijodiy ta’tillarga haq to’lash;
o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qo’shimcha ta’tilga haq to’lash;
b) asosiy ish joyi bo’yicha asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga beriladigan to’lovlar;
v) donor xodimlarga ko’rikdan o’tish, єon topshirish va єon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;
g) O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq to’lash;
d) qishloє xo’jaligi ishlariga va boshєa ishlarga jalb єilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi bo’yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
ye) avvalgi ish joyi bo’yicha mansab maoshi miєdorlari muayyan bir muddat davomida saqlab qolingan holda boshєa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vazifani vaєtincha bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farєni to’lash;
j) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o’qishi vaєtida asosiy ish joyi bo’yicha to’lanadigan ish haqi;
z) xodimning aybisiz bekor turib єolingan vaqt uchun haq to’lash;
i) sog’liqining holatiga ko’ra yengilroq yoki noєulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo’lgan kamroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilganda saqlanadigan avvalgi o’rtacha oylik ish haqini єonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda to’lash, shuningdek vaqtincha meіnatga єobiliyatsizlik nafaєalariga ish haqining haqiqiy miqdorigacha qo’shimcha haq to’lash;
k) majburiy progul vaєti yoki kam haq to’lanadigan ishni bajarganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qaroriga ko’ra haq to’lash;
l) o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovєatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy ko’rikdan o’tish bilan bog’liq vaєt uchun haq to’lash;
m) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod єilinmagan olda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun, o’єuvchilar va talabalarning ishlab chiєarish amaliyotiga raіbarlik єilish uchun jalb qilinadigan malakali xodimlari meіnatiga іaє to’lash;
n) oliy o’єuv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaєti uchun yuridik shaxs іisobidan to’lanadigan nafaqalar;
8) nogironlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo’shimcha to’lovlar.
Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to’lash;
Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash:
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensasiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash;
majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda, haq to’lash;
donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;
davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig’inlar, favqulodda vaziyatlar bo’yicha yig’inlar va boshqalar) mehnat haqi to’lash.
xo’jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi.
belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari.
Bilvosita xarajatlar esa mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar hisoblanib, ularga ma’muriy-boshqaruv xarajatlari, boshqaruv asbob-uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kiradi.
Rejalashtirilishiga qarab xarajatlarni qisqa va uzoq muddatli xarajatlarga ajratish mumkin. Qisqa muddatli xarajatlar korxonaning taktik maqsadlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Uzoq muddatli xarajatlar esa korxonani strategik maqsadini amalga oshirishda yuzaga keladi. Ularga ilmiy tekshirishlar, yangi texnologiyalarni olib kirish va rivojlantirish, tayyor mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar kiritiladi.
Korxonalar faoliyatida yarim o’zgaruvchan xarajatlar ham yuzaga keladi. Yarim o’zgaruvchan xarajatlar bir vaqtning o’zida ham o’zgaruvchan, ham doimiy xarajat xususiyatiga ega bo’lgan xarajatlar hisoblanadi. Ularga telefon xizmati xarajatlarini kiritish mumkin. Bunda bir oylik aniq to’lanishi lozim bo’lgan summa - doimiy xarajatlar, shaharlararo va xalqaro so’zlashuv xarajatlari esa o’zgaruvchan xarajatlar guruhiga kiritiladi.
Smeta kalkulyasiyasidan mahsulotlar ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyani qo’llash va kelgusi davrlarda sarflanadigan xarajatlar smetasini tuzishda foydalaniladi. Ushbu usul korxonada yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish, mahsulotlar bahosini belgilash va ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy samaradorligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |