Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


Reja: Zavqiy lirikasi. "Ajab ermas" muxammasi. Zavqiy lirikasi



Download 1,37 Mb.
bet15/15
Sana25.11.2019
Hajmi1,37 Mb.
#27060
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


Reja:


  1. Zavqiy lirikasi.

  2. "Ajab ermas" muxammasi.


Zavqiy lirikasi. Zavqiy lirik shoir sifatida mavzu va g'oyaviy jihatdan o'ziga xos she'rlar yaratdi. Shoir lirikasida ishq-muhabbat kechinmalaridan tortib, ijtimoiy-siyosiy masalalargacha bo'lgan munosabat badiiy ifodasini topgan.

Zavqiy lirik shoir sifatida "Ofarin"," Ko'zing", "Aylab keling", "Men kimga dey" kabi bir qator she'rlari bilan xalq qalbidan joy oldi. Ayniqsa, lirik she'rlar ichida "Yuzingni ko'rsatib avval, o'zingga bandalar qilding" misrasi bilan boshlanadigan muxammasi alohida diqqatga sazovor. Bu she'r mumtoz qo'shiqchiligimizning oltin fondidan joy olgan bo'lib, mana necha yildirki, hofizlarimizning doimiy repertuaridan o'rin olib kelmoqda. She'rda muhabbat kechinmalari - oshiqning yurak dardi va nozik ruhiy holatlari poyama-poya berib borilgan. She'rning boshlanmasida mahbubaning "yuzini ko'rsatib" oshiqning qalbiga g'ulg'ula solgani, unga tabassum ila "jilvalar" qilib visol umidini tug'dirib va yana "sango man to qiyomat oshno" deya vafodorlik va'dasini berganligining badiiy ifodasi beriladi. Sadoqat va vafoli oshiqning his-tuyg'ulari ehtiros bilan kuylanadi. Soddadil oshiq dilbarining "kecha-kunduz men sening yoring bo'lurman, tikondek suhbatingda bir guli noring bo'lurman" deya bergan va'dalariga chin dildan ishonadi. Muhib hayotdagina emas, muhabbatda ham ishonuvchan, oliyjanob. Shoir oshiqning sevgidagi sadoqati-yu ma'shuqaning muhabbatda vafosiz va subutsizligini juda ta'sirli qilib shoirona ehtiros ila ifodalaydi:
Menga mardumlar aydi: "Berma ko'ngil bevafo yora,

Seni ovora aylar, ahdi yolg'ondur sitamkora,

Vafosi yo'q, ishonma so'ziga, sho'xi jafoкога",

Dedimkim, nosiho, iriomi ko'pdur oshiqi zora,

Netay, e bemuruvvat, oxiri sharmandalar qilding.
Zavqiyning lirik qahramoni sadoqat va vafodorlik timsoli bo'lsa, ma'shuqa obrazi esa qanchalik latofatli va jozibador bo'lmasin, sof muhabatga loqayd, tabiatan sevgida beqaror shaxs sifatida gavdalanadi.

Shoir keyingi bandlarda begonalik hajridan, sevgining alam-iztiroblaridan o'rtangan oshiqning bu holatdagi ruhiyatini shunday tasvirlaydi:


Yuragim raxna bo'ldi, bas qil istig'noni jononim,

Firoqing torta-torta yoshligimda ketdi darmonim,

Arozingni qo'yib, lutf aylasang hech yo'qdur armonim,

Ko'zum nuri, tanimning quvvatisen, ey diloromim,

Naxush bir necha кип Zavqiy qulingga ishvalar qilding.
Shoirning bu latif muhabbatnomasi, chin sevgiga madhiya, bevafolik va beqarorlikka nafratni ifodalovchi mustaqil asar si­fatida barchaga birdek ma'qul bo'ldi. Ayniqsa, she'r misralariga tanosub, nido, mubolag'a, tazod kabi badiiy tasviriy vositalarni tabiiy tatbiq etib, hayratli go'zal manzara yarata olganligi ijodkorning iste'dodini va mahorat miqyosini belgilaydi.

Zavqiy lirikasida ishq mavzusining yana go'zal namunalaridan biri uning "Kelmasa, kelmasun, netay?" radifli g'azalidir. Bu g'azal ulug' Navoiyning:


Gar alamimg'a chora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay?

Gar g'amima shumora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay?—


bayti bilan boshlanadigan jozibali g'azaliga nazira tarzida bitilgan. Zavqiy o'z nazirasida Navoiy g'azalining vaznini, misra tuzilishlarini saqlagan holda, mazmuni va g'oyaviy yo'nalishi jihatidan o'ziga xos g'azal yaratadi:
Yor kelur zamona yo'q, kelmasa, kelmasun, netay?

Sarf etarga xazona yo'q, kelmasa, kelmasun, netay?


Zavqiy ijodida zamondosh shoirlar kabi ijtimoiy voqelikka mu­nosabat ham o'ziga xos usulda berilgan. Uning "Ajab ermas", "Demish xon", "Farg'ona" kabi she'rlari siyosiy lirika namunalaridir.

"Ajab ermas" muxammasi. Zavqiy g'azal bilan bir qatorda muxammasning ham nodir namunalarini yozib qoldirdi. Uning muxammaslari teran ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ishqiy mazmunda. "Ajab ermas" muxammasi asarlari orasida ijtimoiy mohiyati, mavzu va unda ilgari surilgan g'oya jihatidan ajralib turadi, Muxammas 4 band, 20 misradan iborat. 1916-yil voqealarini ziyraklik bilan kuzatgan shoir uning ichki mazmunini tushunibr xulosalar chiqaradi. Muxammasning birinchi bandidayoq o'zining baxtli kelajak haqidagi orzularini ifodalar ekan, tutqunlik tugab borayotganligiga o'quvchini ishontiradi va bu qora kunlar go'yoki osmonni bir lahzaga qamrab olgan bulut ekanligiga, u, albatta, o'tib ketib, oftoblar chiqib, hamma yoqni munavvar aylashiga, bu davlat yer yuzidagi hech bir quvvatga ega bo'lmagan, yemirilish arafasida turgan bir zarra ekaniga umidlantiradi va tashbehona tasvirlarda quyidagicha ifodalaydi:
Bu kunlar boshimizda bir sahob o'lsa, ajab ermas,

Munavvar zimnida bir oftob o'lsa, ajab ermas,

Bu davlat suv yuzinda bir hubob o'lsa, ajab ermas,

Ko'rinsa surati asli niqob bo'lsa, ajab ermas,

Ochilsa pardalar yuzdin hijob o'lsa, ajab ermas.


O'zbek xalqining, o'zbek millatining bugunidek yuksak kamoloti, yurtning uzil-kesil istiqloli va istiqbolga erishuvi, shoirning orzusi va yuragidagi cho'ng armoni bo'lgan. Ishonch va umidda hikmat ko'p. Shoir shuning uchun ham uni muxammasning bosh markaziga olib chiqadi. O'zligini chuqur anglagan shoir Zavqiy kelajakka ishonadi va milliy qadriyatni tik turib himoya qiladi Shoir she'rning g'oyaviy salmoqdorligini oshirish, badiiy gJoyanmg xalqchilligini ta'minlash maqsadida xalqona ifodalar izlaydi. Ya'ni xalq orasidagi ko'p qo'llanadigan bemor tanlarga shifobaxsh, rohatbaxsh "nasim'larning shifo bo'lishi, baxt qushining yelkaga qo'nishi haqidagi iboralarning she'rdagi badiiy qurilmasi shoirning g'oyaviy muddao ifodasiga yo'l ochadi:
Nasimi jonfizo bemor tanga, ey sabo yetkur,

Xazon pajmurda bo'lganlarga san obu havo yetkur,

Qo'y endi biz bilan begonani bir oshno yetkur,

Gadomiz boshlar uzra soyalar solsun Humo, yetkur,

Muqarrardur zamona inqilob o'lsa, ajab ermas.
Shoirning kelajakdagi mamlakat taqdiri, Vatan istiqboli ha­qidagi orzu-hayollari cho'ng diqqatga sazovordir. Ayniqsa, shoir o’z Vatani Farg'onani jannatmakon go'zal, yashnagan vodiy sifatida tasavvur qiladiki, uning "havosi ruhparvar", "tufrog'i anbar", "suvi gulob" shaharga aylansa "ajab ermas'ligini umidbaxsh satrlarda baralla kuylaydi:
Shiori shaf birlan ziynat afzo o'lsa Farg'ona,

Tong ermasdurki, shahri jarmat aso o'lsa Farg'ona,

Havosi ruhparvar ham diloro o'lsa Farg'ona,

Jahon ahlig'a go'yo dafi savdo o'lsa Farg'ona,

Bo'lib tufrog'i anbar, suv gulob o'lsa, ajab ermas.
Shoir Zavqiy ezilgan mehnatkash xalqning chinakam g'amxo'ri va kuychisi edi. Shuning uchun ham shoir yaqin kunlarda "jahon zolim zulmidan ozod", "hama shod", "o'tkan" kunlar faqatgina "yod" bo'lib qolishini chin dildan istaydi va bunga iymoni komil bo'ladi. Tubandagi bandda shoirning aynan kelajakka umid va ishonchi zo'r ko'tarinki ruhda berilgan:

O'tib bir qarn aqronim jahon obod ko'rgaysiz,

Jahon ahlini zolim haddidin ozod ko'rgaysiz,

Giriftori alam ermas, hamani shod ko'rgaysiz,

Burungi o'tkanu ketgan ko'ngulda yod ko'rgaysiz,

Qarigan chog'da Zavqiy bir shabob o'lsa, ajab ermas.


Zavqiyning "Ajab ermas” muxammasi shunchaki romantik ruhdagi asar emas. U shoirning kelajakni real ko'z bilan ko'rib, unga ob'ektiv baho bera olgan chuqur realistik asardir. Ko'ringanidek, she'rda badiiy bo'yoq va bezakdan ko'ra, g'oyaviy-fikriy salmoqdorlikka ko'proq e'tibor berilgan.

Zavqiyning ijtimoiy ruhdagi mazkur muxammasi, joiz bo'lsa, bugungi mustaqil diyorimizning ozod va hur istiqbolli kunlariga bir bashorat edi. Demakki, she'rni mutolaa qilgan bugungi ozod yurtning hur farzandi qalbida Vatanimizning o'tmishiga achinish, xalqiga muhabbat va ajdodlarimizning azaliy orzusi bo'lgan niustaqilligimizni mustahkamlash va uni qadrlash tuyg'usi tug'ilishi, tabiiy.



Tayanch tushunchalar:

  • Zavqiy

  • Ajab ermas”

  • Uy puli”, “Zolim puli”

  • Veksel

  • Qahatchilik


Savol va topshiriqlar:
1.Zavqiyning tarjimai holi haqida gapiring.

2.Shoirning lirik she'rlaridan birini badiiy tahlil qiling.
3."Ajab ermas" muxammasida ilgari surilgan g'oya nimadan iborat?


4.Shoir ijodida ijtimoiy-siyosiy lirikaning o'rni qanday?
Adabiyotlar:


  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


Mavzu: Zavqiy. “Qahatchilik” dostoni.
REJA:


  1. Zavqiy hajviyoti

  2. “Qahatchilik” dostoni


Zavqiy hajviyoti. Zavqiy ijodida hajviy asarlar talaygina. Shoir o'z hajviyalarida jamiyatning rivojiga g'ov bo'layotgan illatlarni qoraladi, uning hajvi kichik tanqiddan yuqori bosqichdagi jamiyatning siyosiy masalasigacha yetib bordi. "Zamona kimniki?", "Dar mazammati zamona", "Bo'l", "Muncha ko'p" she'rlari shular jumlasidandir. Mazkur she'rlarda shoirning o'z zamonasiga, unda o'rnatilgan tartiblarga, undagi hokim guruhlar siyosatiga qarshi boradi va ularni o'tkir hajv ostiga oladi. Ayniqsa, "Zamona kimniki?" she'rida zamona illatlariga bo'lgan tanqidiy munosabat yaqqol ko'rinadi.

Shoir o'z she'rida zamona kimniki, degan savolga ochiq-oydin zamona "silliq salloniki", "hokimu mirzoniki", "surati zeboniki"ligini aytadi. Muxammasning birinchi bandidanoq shoirning umumiy kayfiyati badiiy timsollar orqali berilgan:

Sen dema ushbu zamonda obro' mulloniki,

Qoldi a'lolar oyoq ostida, so'z adnoniki,

Sar daraxti mevasin ko'r: zog' ila qarg'oniki,

Demangiz, ahboblar, gul bulbuli go'yoniki,

Davlati vasli tikonda, hajri ul shaydoniki.

Shoir bir so'z bilan "zamona zo'rniki", deydi va ularni qoralar ekan, oddiy mehnatkash xalq hayotiga achinadi, kosibu dehqonlarni "bag'ri qon", "xonumoni vayron”ligidan qayg'uradi va ularning achchiq hayotini alam bilan shunday qayd qiladi:

Shahru qishloq demangizkim, fisq ila to'la jahon,

Ahli dunyo qoshida yolg'onchilardur nuqtadon.

Yo'q rivoj kasb-u hunarg'a, sovrilibdur xonumon.

Xoh kosib, xoh dehqon qayga borsa bag'ri qon,

Holi har yerda suxan sharmandayu rasvoniki...

"Bo'l" radifli she'rida ham yana o'sha "zamona zo'rniki" "shiori" boshqacha variant da aniq va tiniq qilib, zaharxandalik bilan "zamonaning boyi bo'l, bazzozi bo'l" deya takrorlanadi:

Ahli dil bo'lma, zamonning boyi bo'l, bazzozi bo'l,

Aqchadin langar cho'p ushlab, rastaning dorbozi bo'l.

Shoirning "Uy puli", "Zolim puli", "Veksel" kabi she'rlarida o'lkaga yangi kirib kelayotgan "yangiliklar" - veksel va pul islohati masalalarining barcha illatlari qalamga olinadi.

Zavqiy hayotda ro'y berayotgan har bir hodisani ziyraklik bilan kuzatar ekan, xalq gardaniga sirtmoq bo'lib kirib kelgan veksel balosini "Veksel" she'rida bir-bir ochib beradi:

Mastur qolmag'aykim, so'zning yo'g'oni chiqdi,

Oltiarig'lari ham vekselni koni chiqdi,

Zovutni bitkarolmay, eshonni joni chiqdi,

Afsus, ey xaloyiq, ishlar yamoni chiqdi,

Oxir zamona ma'lum bo'ldi, nishoni chiqdi.

Ayni paytda, shoirning "Voqeai qozi saylov", "Qahatchilik" sarlavhali masnaviy yo'lida yozilgan ixcham dostonlarida ham zamon sadolarini payqamaslik mumkin emas, ularning ikkisi ham voqeiy. Birinchisida 1910-yilda Qo'qonning Xo'jand dahasi qoziligiga saylov jarayonida yuz bergan qalloblik, poraxo'rlik, vijdonsizlik fosh etiladi. Asarda ishtirok etganlar: sobiq qozi — Hakimjon; ishlab turgan qozi — mulla Kamol; shotirlar — Shokirqora, Olimqovoq, Hasan a'lam; qozilarga "qozilik" qiluv-chi shahar hokimi — Medinskiy. Voqea qozilik mansabini talashish hangomasi bilan boshlanib, "hokim royi" Medinskiyning Hakimjonga burilib, uni qo'llab qozi qilishi bilan yakunlanadi.

"Qahatchilik" asarida 1916-yilgi ocharchilikning fojiaviy manzaralari hokim va mute’ munosabatlari misolida ochib beriladi. Xalq g'alayoni dostonning markazini tashkil qiladi, ochlikdan qirilib ketayotgan xalq g'azabi hukumat ma'murlariga qaratilgan edi:

Hamma shovqin solib, kim yuldi sochin,

Dedilar: "Barchamiz och, qil ilojin".

Bu yanglig’ xor bo'lg'aymu odamzod,

Agar qodir esangkim, ayla imdod...

Bu xalq g'alayonlari shaklida namoyon bo'lgan milliy ozodlik harakatining dastlabki ko'rinishi edi. Zavqiyning mazkur muxammasi yozma adabiyotda ilk bora bu shakldagi milliy ozodlik harakatini ochib beruvchi asar bo'ldi.

Zavqiyning Muqimiy bilan mushoira yo'sinida yozgan hazil-mutoyibalari, "Sayohatnoma"si va she'riy maktublari ham mavjud bo'lib, ularning har biri alohida ahamiyatga ega.

Zavqiy zamondosh va makondoshi Muqimiy boshlab bergan an'anani davom ettirib, o'z ijodida "Suv janjali", "Obid mingboshi haqida hajv" va "Shohimardon xotirasi" nomli sayohatnomа asarlarini yaratdi.

"Suv janjali" sayohatnomasi 6 band, 24 misradan iborat bo'lib, qishloq hayoti uchun muhim bo'lgan suv muammosi haqida.

"Obid mingboshi haqida hajv"da esa qishloq mingboshisi Obidning kirdikorlari ochib tashlanadi. Har ikki sayohatnoma tagzaminida Zavqiy yashagan Karimbobo qishlog'ining hayoti yotadi.

"Shohimardon xotirasi" sayohatnomasi Zavqiyning 1898 yildagi Shohimardonga qilgan sayohati taassurotlarida yozilgan bo'lib, unda Shohimardon tabiati ta'rif-tavsif etiladi.

Shoir Zavqiy hayoti va faoliyati, aytib o'tganimizdek, XIX asrning II yarmi — XX asr boshlaridagi o'zbek adabiyotining yorqin sahifalarini tashkil qiladi. U o'tmish adabiyotimiz an'analarini davom ettirib, yangi davr adabiyotiga bog'ladi, qolaversa, adabiyotimizni yangi asarlar bilan boyitdi va milliy ma'naviyatimizning ko'zga ko'ringan siymosiga aylandi. Uning serqirra ijodiy merosi millat yoshlarining Vatan, mustaqillik, milliylik, erk va ozodlik tushunchalarini onglariga singdirishda, ularni sog'lom fikrli barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishuvida, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega.



Tayanch tushunchalar:

  • Zavqiy

  • “Ajab ermas”

  • “Uy puli”, “Zolim puli”

  • Veksel

  • Qahatchilik


Savol va topshiriqlar:


  1. Zavqiy hajviyoti haqida nima deya olasiz?

  2. "Zamona kimniki?" she'rini tahlil qiling.

  3. Zavqiy she'riyatining norozilik nidolari, zamona sadolari qaqshatqich hajvu fosh etish usiubi bilan yo'g'rilganligining boisi nimada?

  4. Shoirning qaysi she'rida Vatan va millatning kelajagi haqidagi orzu-umidlar aks etgan?

  5. Zavqiy merosidan bizgacha yetib kelgan asarlarning turi haqida gapiring.

  6. Zavqiy ijodidan olgan taassurotlaringiz asosida o'zingiz mavzu tanlab, insho yozing.

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik. T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005

M U N D A R I J A




Mavzular nomi

beti

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.

1

Navoiyning lirik merosi

6

"Xazoyin ul-maoniy" haqida. Navoiy g’azallari

11

Navoiy qit'alari va fardlari, ruboiylari.

14

"Xamsa". “Hayrat ul-Abror” va “Farhod va Shirin” dostonlari

21

"Xamsa". “Layli va Majnun”, “Sabba’i sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlari

25

XV-asrning ikkinchi yarmi XVI-asrlar adabiyoti. Muhammad Shayboniy

29

Husayn Boyqaro

35

Muhammad Solih

38

Z.M.Bobur hayoti va ijodi. Bobur lirikasi.

44

«Boburnoma» - o’zbek mumtoz nasrining nodir namunasi

49

Xo'ja - moxir nosir

52

XVII-XIX asr birinchi yarmida o'zbek adabiyoti. Abulg'ozi Bahodirxon

59

Turdi Farog’iy

63

So'fi Ollohyor

66

Boborahim Mashrab hayoti va ijodi.

70

Mashrab lirikasi

73

Xo’janazar Huvaydo. “Rohati dil” axloqiy –didaktik doston.

77

Uvaysiy she’riyati.

82

Amir Umarxon - Amiriy hassos shoir.

86

Nodiraning hayoti va ijodi.

90

Gulxaniy. "Zarbulmasal" asari.

94

Maxmur

101

Munis

107

Muhammadrizo Ogahiy. Ogahiy g’azallari

111

Ogahiy –mukammal mustazod kashfiyotchishi

117

XIX-asrning ikkinchi yarmi XX- asr boshi o'zbek adabiyoti

120

Muqimiy lirikasi

126

Muqumiy hajviyoti

129

Furqat hayoti va ijodi

133

Furqat – ma’rifatparvar shoir

137

Zavqiy hayoti va ijodi

143

Zavqiy lirikasi.

146

«Qahatchilik» dostoni

150

Majlisiyning ijodi. "Qissai Sayfulmulk" dostoni.
R E J A:


  1. Majlisiyning hayoti va adabiy faoliyati.

  2. “Qissai Sayfulmulk” dostoni.

  3. Dostonning g’oyaviy motivlari va obrazlari.

Majlisiy XV asrning oxirlari va XVI asrning birinchi yarmida o’tgan shoirdir. Uning xalq og’zaki adabiyoti materiallari asosida yaratgan “Qissai Sayfulmulk” dostoni XVI asr boshlaridagi o’zbek adabiyotining qimmatli yodgorliklaridan biridir.

Majlisiyning hayoti va faoliyati haqida faqat Hasanxo’ja Nisoriyning “Muzakkir ul-ahbob” (“Do’stlarni eslatuvchi”) tazkirasidagina ba’zi ma’lumotlar berilgan. Mana shu ma’lumotlarga ko’ra, Majlisiy asli xorazmlik bo’lib, keyinroq Buxoroga ko’chib borgan. Ubaydullaxon va uning o’g’li Abdulazizxonlar saroyida xizmat qilgan: “Mavlono Majlisiy-deydi Hasanxo’ja Nisoriy, - nadim va majlisoro kishi edi... so’z to’yini balog’at chavgoni bilan olur edi. Yaxshi ash’ori va marg’ub so’zlari bor. Qasidalari ko’p, yaxshi va latif g’azallari bor”.

Majlisiyning she’rlari Boburga ham manzur bo’lgan. Biroq, Hasanxo’ja Nisoriyning ma’lumotiga ko’ra, Bobur bilan Majlisiy orasida anglishmovchilik ro’y berib, ularning aloqalari tamomila uzilib qoladi. Voqea bunday bo’lgan ekan:

“Majlisiy,-deydi Hasanxo’ja Nisoriy,- Bobur podshohga bir qasida yozib majlisida o’qib beribdud, Bobur yetti ming tanga in’om qilish fikriga kelibdur. Bir hajviy to’rtlikkim, bir sababe bilan aytilibdur, Boburning xotiriga kelib so’rabdurkim: “Muhammad Solih bu she’rni nima uchun yozgandir?”. Majlisiyning ko’ngliga kelubdurkim, “ podshohga ma’qul bo’lganga o’xshaydi”, binobarin u “Bu ruboiyni men bitganmen, sahv bilan Muhammad Solih nomiga shuhrat topibdur” debdi. Boburning kayfiyati o’zgarib, qatlga hukm qilmoqchi bo’libdi, ammo avf tomonini olib, “Etti ming tangakim, she’rning siylasiga qaror qilib erdim, xun bahosiga ushlab qolinsin!...” debdi.

Majlisiyni majlisdan quvlabdi”.

Majlisiyning hayoti va faoliyati haqida hozircha bundan boshqa ma’lumotlar yo’q. Shuningdek, uning she’rlari ham bizga qadar saqlanib qolmagan yoxud hozirga qadar noma’lum bo’lib kelmoqda. Majlisiyning adabiy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona asar uning “Qissai Sayfulmulk” dostonidir. Biz shoirning o’zbek adabiyoti tarixida tutgan o’rnini mana shu doston bilan belgilaymiz.
Qissai Sayfulmulk”
Majlisiy “Qissai Sayfulmulk”ning muqaddimasida dostonining yozilish tarixi va uning manbalari haqida ba’zi ma’lumotlar beradi. Shu ma’lumotlarga ko’ra, shoir dostonini yigitlik ayyomida, badiiy ijodda ma’lum tajriba to’plagan davrida yaratgan. Majlisiy bilan Bobur o’rtasida sodir bo’lgan voqeani ko’zda tutib, “Qissai Sayfulmulk”ni XVI asr boshlarida yozilgan va XV asrning to’rtinchi choragida tug’ilgan deb faraz qilish mumkin.

Majlisiy “Qissai Sayfulmulk”ni o’z boshiga qandaydir kulfatlar tushgan, do’stlaridan yiroqlashib musofirlik mashaqqatlarini chekkan sharoitda bunyodga keltirganini dostonning muqaddimasida ta’kidlab o’tadi.

O’tmish adabiyotda badiiy asarning ijod qilinishiga “tush”ni, “yor”ning, “pir”ning yoki “nuroniy mo’ysafid”ning “topshirig’i”ni sabab qilib ko’rsatish bir adabiy usul sifatida qo’llanilgan. Majlisiy ham “Shoirning so’zga kirgoni” bobida shu usuldan foydalanadi:

...Tushumda kavkabi tole’tulu’i,

Bo’lib paydo manga bo’ldi ruju’i.

...Qi nogoh bir kuni jonon yo’luqti,

Bu miskin bandaga sulton yo’luqti.

Ko’rishti jon kelib bu jism birla,

Ki so’rdi bandani bu ism birla...

Yigitlik vaqti erdi, so’z manda,

Bor erdi bir “Gulu Navro’z” manda...

Tuta berdim, ochib ko’rdi ani yor,

O’qidi-yu ochildi bog’-gulzor...

Chiqardi qo’ynidan bir dostone,

Na doston bo’lg’ay ul bir bo’stone...

Vale ul forsiyu nasr erdi,

Taqi bu dahrda ham qasr erdi.

Dedikim: “Majlisiy bekor turma,

Ki men shoirdurman deb lof urma.

Agar bordur hunar ilgingda ko’rsat,

Ki bu daftarni turkiy tilga tuzat”.

Buyurdikim: “Gulu Navro’z” nazmin,

Anga mezon qilibon nazm qilg’in...

Bu so’zning hurmatin barjoy qildim,

Yurokim shavq tig’i birla tildim...
Demak, Majlisiy o’z dostonida fors-tojik tilidagi “Qissai Sayfulmulk”ning nasriy variantidan manba sifatida foydalandi hamda mashhur o’zbek klassik shoiri Lutfiyning “Gul va Navro’z” dostonidan ilhomlandi va o’rgandi. Shu bilan birga, Majlisiyning “Qissai Sayfulmulk” dostoni o’zbek klassik adabiyotining yangi va original bir dostoni sifatida vujudga keldi. Shoirning o’zi ham buni ta’kidlab:
Bag’ir qonini ham yerga tomuzub,

Qalam chashmasidin suvlar oquzub.

Quqruq yerda guliston sabz qildim,

Ki oshiqlarg’a bo’ston sabz qildim.- degan edi.


“Qissai Sayfulmulk” xalqqa manzur bo’lgan, uning sevikli asari sifatida “Xalq kitoblari” qatoridan o’rin olgan dostonlardan biridir. Majlisiy “Qissai Sayfulmulk”ni yaratishda “Ming bir kecha”dan, xalq og’zaki ijodidan keng foydalandi va ayni zamonda xalq shoirlari ham majlisiy dostoni asosida “Qissai Sayfulmulk” ning folklor variantlarini yaratib, kuylab keldilar. “Qissai Sayfulmulk” o’zbek xalqi orasida keng shuhrat topgani kabi, tatar, turkman, qozoq va boshqa xalqlar orasida ham shuhrat qozongan. “Qissai Sayfulmulk” qo’lyozma va bosma nusxalarda kitobxonlar orasida keng tarqalgan. U birinchi marta 1883 yilda Qozon shahrida nashr etiladi. Kitobga ehtiyoj ko’p bo’lganidan bo’lsa kerak, u 15 yildan keyin,1898 yilda yana o’sha yerda ikkinchi marta nashr qilinadi. 1916 yilda esa doston “Qissai shahzoda Sayfulmulk hikoyati” nomi ostida “Layli va Majnun”, “Shahzoda Karam va Aslxon” asarlari bilan birga Toshkentda Portsev bosmaxonasida nashr qilinadi. “Qissai Sayfulmulk” ning mukammalroq nashri 1883 yilgi Qozon nashri bo’lib, uning umumiy hajmi 4000 misradan ortiqroqdir. 1916 yilgi Toshkent nashrida dostonning teksti bir muncha qisqartirib yuborilgan va ko’pgina epizodlar nasriy bayon tarzida berilgan. Dostonning qo’lyozma nusxalari esa turli davrlarda ko’chirilgan bo’lib, ular hajmi jihatidan ham, teksti ham bir-biridan ko’p farq qiladi.

“Qissai Sayfulmulk” ishqiy-sarguzasht dostondir. Dostonning yetakchi temasi bo’lgan sevgi qahramonlarining murakkab sarguzashtlarida mujassamlashadi, vafo va sadoqat, do’stlik va ahillik, mardlik va qahramonlik kabi fazilatlar bilan birga kamol topadi. Shoir yarim hayotiy, yarim afsonaviy voqealar bayonida sof va samimiy sevgini, sevguchilarning olijanob fazilatlarini kuylaydi. Sevguvchilar dahshatli kurash va og’ir sinovlarni boshdan kechiradilar, hayot yo’llarida uchragan har qanday to’siq va qiyinchiliklarga qarshi kurashadilar, kishilarning baxti-shodligiga chang solgan yovuz kuchlarni yengadilar.

Dostonning bosh qahramoni Sayfulmulkdir. U samimiy va sadoqatli oshiq, jasoratli va fidokor qahramon. Sayfulmulk ishq yo’lida baxt-saodatga erishish uchun kurashga va g’alabaga shaylangan oddiy bir inson sifatida gavdalanadi. Chunki:
Kishiga ishq agar hamroh bo’lsa,

Gadodir ul agarchi shoh bo’lsa.

Ki bo’lmas ishqda ne kufru imon,

Ne sabr anda, ne kofir, ne musulmon...


Sayfulmulk sevgining “muazzam daryosi”da javlon urgan er yigitdir:
...Vale oshiq kerakkim bo’lsa sodiq,

Shahanshohdek muhabbat birla oshiq.

Firoq og’usi anga shahdu sharbat,

G’amu qayg’usi anga ayshu ishrat.

Erur chun ishq daryoyi muazzam,

Kira olmas anga har qaysi odam.

Muhabbat bahri oshiqning yoeridur,

Anga kirgan taqi erning eridur.


Sayfulmulk maqsad yo’lida jonini ham fido qilishga tayyor. Hech qanday to’siq va dahshat uning irodasini bukolmaydi. U qat’iyat bilan:
Agar yuz ming balo chiqsa ilakdin,

Yuz o’gurman taqi ushbu tilakdin,- deydi.


U dengizning halokatli to’lqiniga, azim tog’larga va bepoyon biyobonlarga, vahshiylarning qahr-g’azabiga, maymunlar tuzog’iga, yo’lbars hamlasiga, ajdar damiga, devning sehrli manzili va zindoniga duch keladi. Biroq bulaprning hech qaysisi Sayfulmulkni mahv etolmaydi. Iroda, mardlik, jasorat, aql va tadbir unga madad beradi, halokatlardan qutqarib qoladi.

Sayfulmulkning chekkan mehnat va mashaqqatlari zoyyo ketmaydi, u yorining visoliga erishadi, orzulari ushaladi. Shoir Sayfulmulk sarguzashtlarini optimistik ruhda tugallar ekan, lirik xotimada bunday deydi:


Na xush kundur o’shal kun g’am tugona,

Jafokashlar vafo ko’rib quvona.

Buyursin ko’zi, ko’ksi dilbarining,

Bori ko’rsin vafosin dilbarining.

Nechukkim shoh ko’rdi yor vafosin,

Vale chekti ajoyib ko’p jafosin.

Jafo chekmay kishiga rohat o’lmas,

Agar kuymas o’tung’a jo’sh bo’lmas.

Chu dehqon chekmasa jabru jafosin,

Emishlarning kishi ko’rmas vafosin.

Jahonda jabrlar oshiq uchundir,

Vale bilgil alar loyiq uchundir.

Saodatdur muvofiq yori sodiq,

Munosib bo’lsa xushdur ikki oshiq.


Sayfulmulk oshiq va qahramongina bo’lib qolmay, balki u ayni zamonda odobli farzand va mushfiq inson, sadoqatli do’st va jasoratli najotkordir. Sayfulmulk ota-onasini samimiyat bilan hurmat qiladi, ularga aziyat yetkazmaslikka intiladi, og’ir damlarida ham, baxtiyorlik kunlarida ham ularni unutmaydi. Shu bilan birga, u boshqalarning ota-onalariga ham odob bilan munosabatda bo’ladi, ularga bir farzanddek xizmat qiladi.

Sayfulkmulk do’sti va ko’kaldoshi Soidni chin qalbidan sevadi, uning xizmatlarini unutmaydi, firoqida g’am-alam yutadi. Sayfulmulk Soidni topadi. Bu uning quvonchiga quvonch, baxtiga baxt qo’shadi. Ko’kaldoshlar birgalikda Misrning davlat ishlari boshqara boshlaydilar. Ezgu niyatli Sayfulmulk dengizda uni qutqarib olgan qushning bolalarini ajdarning hamlasidan saqlab qoladi. U bir necha yil devning sehrli maskanida bandi bo’lib yotgan Rabialmulkni ozod qiladi, unga aka tutinadi va aka-singillik ahdlarini halollik va sodiqlik bilan amalga oshiradi. Soid sadoqatli do’st, shu bilan birga, jasoratli qahramondir. Sayfulmulk va Soid sarguzashtlari deyarli bir-biriga yaqindir. Sayfulmulk qanday fazilatlarga ega bo’lsa, Soid ham shunday fazilatlarga ega.

Dostonda Misr shohi Osim, Yaman shohi Badeulasr, Fatina shohi Shahbol va Sarandil shohi obrazlari berilgan. Bularning barchasi har biri dostondagi voqealarning rivoji va yechimida o’ziga xos o’rin tutadi, o’z xatti-harakati va xislatlari bilan namoyon bo’ladi.

Tayanch tushunchalar:


  • Majlisiy

  • “Qissai Sayfulmulk”

  • Misr, Yaman, Fatina

  • Soid, Osim, Badeulasr

  • Shahbol, Sarandil

Savol va topshiriqlar:


  1. Majlisiy qachon va qayerda tug’ilgan?

  2. Uning hayoti va faoliyati to’g’risida qanday ma’lumotlar va kim tomonidab qoldirilgan?

  3. Bobur bilan nega oralari buzilib qolgan?

  4. “Qissai Sayfulmulk” qanday asar?

  5. Sayfulmulk va Soidni o’xshashlik tomonlarini sanab bering

Adabiyotlar:




  1. B.Jalilov va boshq. O’zbek adabiyoti. T. A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2006

  2. B. Qosimov va boshq. O’zbek adabiyoti.T.- 2004

  3. N.M. Mallayev. O’zbek adabiyoti tarixi. T. “O’qituvchi” 1965.

  4. P. Qodirov. “Yulduzli tunlar ” T. “Sharq” 2006

  5. S. Hasanov. “Z.M. Bobur” T. “O’qituvchi” 1995

  6. L. P. Sharma. “Boburiylar saltanati” T. “Ma’naviyat” 1998

  7. Z.M. Bobur. Devon. T. “Fan” 1994



Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish