“Shum bola” qissasi
1.Qaymoq bozorining burilishida , mahkamaning boshida joylashgan choyxona kimniki edi?
A)Ilhom samovarchi B)Asra kal C)Mamatraim D)Eshon oyi
2.Choyxonadagi grammofondan kimlarning kuylari yangrar edi?
A)To’ychi hofiz, Hamroqul qori B)Hoji Abdulaziz
C)Farg’ona yallachi xotilari D)Barcha javoblar to’g’ri
3.”Shum bola” qissasida “qorniga qaldirg’och surati solingan , ustiga paxoldan to’r to’qilgan”deya nima tariflangan?
A)To’ti B)konyak C)Asra kal D)qirg’iy
4. Kambag’al kosib, qoziq, qirg’iz va oddiy fuqarolar kirolmaydigan choyxona kimga qarashli edi?
A)Ilhom samovarchi B)Asra kal C)Madumar aka D)Sharifjon
5.Asarda xipchadan kelgan, qotma, epchil, oldi ochiq yaktak va oyog’iga qala kovush kiygan obraz kim?
A)Asra kal B)Orifxo’ja C)Sharifjon D)Olim qozi
6.Shu choyxonada Qoravoyni mahliyo qilgan narsadan biri nima edi?
A)chilim B)konyak C)to’ti D)grammofon
7. Choyxonada to’ti patlarining rang-barangligi kimning ish qutisidagi ipaklarga o’xshatilgan?
A)Mayramxon B)Xol parang C)Tojixon D)Oysha
8.Qaysi asarda ovozi uch yasharlik qizlarning ovoziga o’xshatilgan to’ti uchraydi?
A) “Uch og’a-ini botirlar ” B) “Qiyomat qarz” C) “Bulbul” D) “Shum bola”
9.Shum bola asarida “so’kkani-so’kkan edi. Unga na Xudo, na Payg’ambar, na Shohidoyat hoja-yu Orifxoja eshon –baribir so’kaverar edi” deya kim tariflangan?
A)Mayramxon B)Karim jinni C)Ovoz jinni D)Eshon oyi
10. “Qirq besh yashlar chamasidagi , qalamqosh” deya kim tariflangan?
A)Mayramxon B)Karim jinni C)Ovoz jinni D)Eshon oyi
11. Ilgari bo’zchi bo’lgan, chit ko’payib ketgandan keyin bo’z o’tmay qolib, bozori kasodga uchragan bola-chaqasini boqolmay jinnibo’lgan obraz kim?
A)Mayramxon B)Karim jinni C)Ovoz jinni D)Eshon oyi
12. Nikolay bormi , Kaufman bormim, Machalov bormi, Nabi o’g’ri degan mirshab bormi – hammasini bir qozon qilib, martabasining past- balandligiga qaramasdan so’kuvchi kim?
A)Juft kaptar B)Karim jinni C)Ovoz jinni D)Eshon oyi
13.Qaysi jinni asli qo’qonlik bo’lib Qo’qonda baxmal to’qir, do’kon-dastgohiga o’t tushib jinni bo’lgan edi?
A)Olim jinni B)Xol parang C)Mayramxon D)Eshon oyi
14. Asarda “havaskor jinni”deya kim aytilgan?
A)Olim jinni B)Xol parang C)Mayramxon D)Avaz jinni
15. “Hammang bir tomonga yur, tarqalib yurma! Tartib kerak, intizom kerak” Ushbu jumlalarqaysi jinni tilidan aytilgan?
A) Mayramxon jinni B)Xol parang C)Tojixon jinni D)Avaz jinni
16.Jinnilar ichida o’ziga xos tantiqlardan biri kim?
A) Mayramxon jinni B)Xol parang C)Tojixon jinni D)Avaz jinni
17.Eskidan chilangar bo’lgan, eski tish, otashkurak ,tunuka qaychi, shunga o’xshash eski-tuski temir-tersaklarni bir simdan o’tkazib,boshiga kiyib yuruvchi obraz kim edi?
A) Mayramxon jinni B)Xol parang C)Tojixon jinni D)Avaz jinni
18. Beshikchilar, taroqchilar,dukchilar qaysi jinnini o’z qo’llari bilan ovqatlantirishni “baxt”deb bilardilar?
A)Olim jinni B)Xol parang C)Mayramxon D)Avaz jinni
19.Bolalar ikki to’daga ajralishadi,ular ichidan ikkitasi “onaboshi” bo’ladi.Qaysi o’yin haqida gap ketyapti?
A)”Mindi-mindi” B)”O’g’ri keldi” C)”Qushimboshi” D)”Bekinmachoq”
20.Quyidagi qaysi boy “Shum bola” asarida uchramaydi?
A)Karimqori gazlamafurush B)Yoqubqovoq mumfurush
C)Abdullaxo’ja bo’yoqfurush D)Barchasi uchraydi
21.”Shum bola” asarida uchragan boy yana qaysi asarda uchraydi?
A)”Mening o’g’rigina bolam” B)”Qiyomat qarz”
C)”Bolaning ko’ngli podsho” D)”Urushning so’nggi qurboni”
22.Qoravoyning mahallasida bitta choyxona bo’lib,uning egasi kim edi?
A)Ilhom B)Qodir C)Abdullaxo’ja D)Yoqub qovoq
23.Tikonli mozor machitida kim imom edi?
A)Karim qori B)Hasanboy domla C)Shamsi domla D)Zohid aka
24.Qo’rg’ontegidagi machitda kim imom edi?
A)Karim qori B)Hasanboy domla C)Shamsi domla D)Zohid aka
25.Asarda bolalarni “Haftiyak”dan emas,”Ustodi avval” kitobidan o’qitib,tez savodini chiqargan obraz kim?
A)Karim qori B)Hasanboy domla C)Shamsi domla D)Zohid aka
26.Asarda qalamtarosh-pichoq qiladigan,xotini o’lib beva yashaydigan obraz kim?
A)Tursunboy ota B)Rasulqo’zi aka C)Zohid aka D)Ziyamat aka
27.Asarda Qoravoyning o’rtog’i,Tursunboy otaning yolg’iz o’g’li kim edi?
A)Obid B)Omon C)Husnibiy D)Turobboy
28.Asarda Obidning otasi kim va qanday kasb egasi edi?
A)Tursunboy ota qalamtarosh-pichoqchi edi
B)Rasulqo’zi aka qin tikar edi
C)Zohid aka yakanchi(eski-tuskichi) edi
D)Ziyamat aka g’o’zafurush edi
29.Asarda qin tikuvchi Rasulqo’zi akaning o’g’li kim edi?
A)Obid B)Omon C)Husnibiy D)Turobboy
30.G’o’zafurush Ziyamat akaning o’g’li kim edi?
A)Obid B)Omon C)Husnibiy D)Turobboy
31.Qoravoyning do’sti Yo’ldosh haqida qaysi ma’lumot to’g’ri?
A)Otasi Buvaka ko’n etik tikardi B)Ota-onasiz shum yetim edi
C)Bolalarning ko’p maslahati Yo’ldoshning uyida bo’lardi
D)Barcha javoblar to’g’ri
32.Asarda hofiz Yunus akaning o’g’li kim edi?
A)Solih B)Abdulla C)Po’latxo’ja D)Miraziz
33.”Nobel” shirkatining kerosinini sotuvchi kerosinfurush kim edi?
A)Aziz aka B)Yunus aka C)Omonboy D)Salimboy so’fi
34.Asarda Husnibiyning otasi bo’yincha tikuvchi obraz kim edi?
A)Aziz aka B)Yunus aka C)Omonboy D)Salimboy so’fi
35.Kerosinfurush Aziz aka o’g’li kim edi?
A)Solih B)Abdulla C)Po’latxo’ja D)Miraziz
36.Kimning otasi qal’a savdogari bo’lib besh-olti yillab Qashqarda,Irbitda savdogarlik qilar edi?
A)Solih B)Abdulla C)Po’latxo’ja D)Miraziz
37.Etikdo’zlikda Qoravoyning ustasi kim edi?
A)Solih B)Abdulla C)Po’latxo’ja D)Miraziz
38.Qushxonadan so’ngak olib kelib qaynatib,yog’ini olib tirikxhilik qiluvchi obraz kim?
A)Aziz aka B)Yunus aka C)Omonboy D)Salimboy so’fi
39.Asarda shilqim deya ta’riflangan bola kim edi?
A)Obid B)Yo’ldosh C)Husnibiy D)Turobboy
40.1860-yillarda Yoqubbek askari bo’lib Qashqar qo’zg’olonida bitta Xitoy qizini o’lja qilib ot orqasiga mingashtirib olib kelgan obraz kim edi?
A)Aziz aka B)Yunus aka C)Omonboy D)Salimboy so’fi
41.Miraziz akaning oyisining ismi kim edi?
A)Oysha chevar B)Rizqi xalfa C)Fotimai Zahro D)Baxtibuvi
42.Bolalarning xalfana oshi qayerda bo’ishi kerak edi?
A)Oysha chevar B)Rizqi xalfa C)Fotimai Zahro D)Baxtibuvi
43.Xalfana oshda oshpazlikni bo’yniga olgan,qozon,cho’mich,tuz,qalampir,suv olib kelgan bola kim edi?
A)Abdulla B)Yo’ldosh C)Husnibiy D)Turobboy
44.Osh qilish uchun guruch va sabzi olib kelishni bo’yniga olgan bola kim edi?
A)Abdulla B)Yo’ldosh C)Husnibiy D)Turobboy
45.Go’shtni olib kelishni kim zimmasiga olgan edi?
A)Abdulla B)Yo’ldosh C)Husnibiy D)Turobboy
46.Asarda xalfana oshda qolgan-qutgan narsalarni kim olib kelishi kerak edi?
A)Solih B)Abdulla C)Po’latxo’ja D)Miraziz
47.Asarda “mug’ombir” deya kim ta’riflangan?
A)Solih B)Abdulla C)Po’latxo’ja D)Miraziz
48.Asarda “do’lvor” deya kim ta’riflangan?
A)Solih B)Abdulla C)Po’latxo’ja D)Miraziz
49.Asarda Musavur otaliqning nabirasi kim edi?
A)Abdulla B)Yo’ldosh C)Husnibiy D)Turobboy
50.”It quvlagan soqovday nafasi tiqilgan”,”Bo’sh qop tik turmas”,”Egasi yo’q mol afandiniki”,”It quvlagan tulkiday holdan toygan” kabi jumlalar qaysi asarda uchraydi?
A)”Oq kema” B)”Ufq” C)”Shum bola” D)”Dunyoning ishlari”
51.Mechkay kasalga uchragan bola kabi injiq deya kim yoki nima ta’riflangan?
A)Omon B)Qoravoy C)Qo’ylar D)Qoraxo’ja
52.Kim ikki to’qli-yu bir echkidan ajradi?
A)Qoraxo’ja B)Sariboy C)Qoravoy D)Omon
53.”Eng kichkinasi qayroqtoshday” deya kim yoki nima tasvirlangan?
A)Ishchilar B)Sabzi C)O’rik D)Olxo’ri
54.”Boyning himmati tutib…ni beo’lchov tog’orada olib chiqdi”.Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A)oshni B)sabzini C)moshxo’rdani D)pullarni
55.Nega Omon karavotda yotdi?
A)yoshi katta bo’lgani uchun B)o’yinda yutgani uchun
C)beli og’rib qolgani uchun D)sovuq qotgani uchun
56.Boyning xizmatkori qayerga ketib qolgan edi?
A)tog’ga B)uylariga C)bog’ga D)qirga somonga
57.Kimga samovarning jig’illaganiga quloq solib,mehmonlarning gapini tinglab o’tirish yoqib qolgan edi?
A)Omonga B)xizmatkorlarga C)Shum bolaga D)cholga
58.Boyning mirzasi kim?
A)Shum bola B)chol C)Omon D)Olim
59.Shum bola qaysi daraxt to’nkasini kovlaydi?
A)terak B)qayin C)chinor D)qarag’ay
60.Orifxo’ja eshon ,Maqsudxon duma,G’lomxon qozi kabi obrazlar qaysi asarda uchraydi?
A)”Ikki eshik orasi” B)”O’tkan kunlar” C)”Oq kema” D)”Shum bola”
61.Shum bola kimni yoki nimani ko’knorning isiriq slogan dekchasiday badbo’y,men dimiqib ketaman deya tasvirlaydi?
A)shaharni B)Hojining uyini C)qishloqni D)Omonni
62.”Charvi yegan mushukday ko’zi yaltiroq hannotlar,oqsoq laylakning soyasiday arang-arang sudraluvchi bir to’da tilanchilar” .Ushbu jumla qaysi asarda uchraydi?
A)”Oq kema” B)”Ufq” C)”Shum bola” D)”Dunyoning ishlari”
63.Karvonda necha chog’li tuya bor edi?
A)15 B)13 C)21 D)32
64.”Maslahatli to’n tor kelmas”,”Osmon uzoq,yer qattiq”,”Bir tovuqqa ham don kerak,ham suv kerak” kabi maqollar qaysi asarda uchraydi?
A)”Oq kema” B)”Ufq” C)”Shum bola” D)”Dunyoning ishlari”
65.Yorug’ yulduzning oti nima edi?
A)Mushtariy B)Zuhro C)Oltinqoziq D)Asad
66.Zuhro yulduzi haqidagi rivoyatni shum bola kimdan eshitadi?
A)otaxondan B)Omondan C)Sariboydan D)Eshondan
67.Osmon o’qi bo’lgan yulduz nomini toping.
A)Asad B)Mushtariy C)Oltinqoziq D)Zuhro
68.Tutday cho’zilib ketgan yorug’lik nima edi?
A)Somon yo’li B)Mushak C)Quyosh nuri D)Karvon yo’li
69.Kimni ko’r taqdir yetaklar edi?
A)Hojini B)Otaxonni C)Omonni D)Shum bolani
70.”Otangni o’ldirganga onangni ber” degan murosasiz maqol yuzasidan shaharlarimizni vayron qiluvchilardan biri bo’lgan…ning mozori bu zamonga kelib ziyoratgoh bo’lib qlgan edi.Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A)Ukkosha B)Imom C)Ukkoshi D)Ukkosa
71.Ziyorat suvlari yig’ilib buloq bo’lgan suvga insonlarning ixlosmand bo’lib,pes bo’lsa,tuzaladi,shol bo’lsa,yuradi,ko’r bo’lsa,ko’zi ochiladi,deya ishonuvchanligi qaysi asarda o’z aksini topgan?
A)”Oq kema” B)”Ufq” C)”Shum bola” D)”Dunyoning ishlari”
72.Og’zi qaro-alomat,ichi qizil qiyomat.Uni toping,dilbarim” topishmoq javobi nima?
A)yertandir B)tarvuz C)anor D)qozon
73.”Yelkasiga ro’mol tashlab,sag’ri kovushini charvi yog’i surib yaltiratgan, 60lardan oshgan,lekin biroz bukchaygan chol kelib,ro’mol,non oldi” deya ta’riflangan obraz qaysi asarda uchraydi?
A)”Oq kema” B)”Ufq” C)”Dunyoning ishlari” D)”Shum bola”
74.”Toshkentning tarig’ini yegan chumchuq Makkatillodan qaytib keladi”.Ushbu jumla kimga tegishli?
A)Hoji B)Rahmat C)Eshon D)Sarrof
75.”Ota-ona dunyoga mo’rt keladi,onani topsang,otaning o’zi keladi”,”Kishi musofir bo’lmaguncha musulmon bo’lmaydi” deb kim aytadi?
A)Eshon B)Hoji C)Rahmat D)Sarrof
76.”So’fi Olloyor”ning yarmisidan qochgan obrazni toping.
A)Hoji B)Sarrof C)Shum bola D)Rahmat
77.Jahannam uzra bir ko’prik erur,oh,
O’shal ko’pruk Sirot otliq guzargoh
deya “Jahannam qasidasi”ni kim kuylaydi?
A)Shum bola B)Hoji C)Omon D)Rahmat
78.Abu Muslim,Sayyori Beor,to’qson olti minglik gurzi garon kabilar qaysi asarda uchraydi?
A)”Shum bola” B)”Dunyoning ishlari” C)”Ufq” D)”Sohibqiron”
79.Qoidai pahlavonlik necha zarb bo’ladi?
A)3:tizzagacha,belgacha,yelkagacha
B)3:belgacha,tizzagacha,yelkagacha
C)3:yelkagacha,tizzagacha,belgacha D)4:belgacha,tizzagacha,yelkagacha,boshgacha
80.Kimning puli bir lakdan oshsa,tillani qizdirib manglayiga bosadi,shu sababdan qoshining o’rtasida Buxor tangaday qizili bor?
A)Sarrof hindi B)Ko’sa Maddoh C)Hoji D)Rahmat
81.Har gapda maqol o’qiydigan ezma obraz kim?
A)Sarrof B)Ahmadali C)Hoji D)Rahmat
82.Kim hisobga no’noqroq,oltita narsani ketma-ket sanamoqchi bo’lsa,to’rtdan keyin yanglishib ketar edi?
A)Sarrof B)Ahmadali C)Rahmat D)Hoji
83.Kim kelganda bolaning oyog’i olti,qo’li sakkizta bo’lar edi?
A)Ahmadali B)Hoji C)Sarrof D)Ko’sa Maddoh
84.Qayerda marvarid ko’chalarda sochilib yotar,bolalar ko’ngalagiga marvarid,yoqut solib otar,non daraxtda pishar,odamlar 500 yoshga kirsa mo’ylovi chiqar,qish bo’lmaydi,qo’y tekin,ona-bolali fil 4 tanga,… deya ta’riflanadi?
A)Hindiston B)Xitoy C)Chin-Mochin D)Bag’dod
85.Kim Toshkentning dona-dona nosini emas,faqat Buxoroning xoki nosini chekar edi?
A)Hoji B)Rahmat C)Ko’sa Maddoh D)Sarrof
86.Bola nos pulidan tashqari qancha choy-chaqa olardi?
A) 2 miri 2 tanga B)5miri 1 tanga C)3 miri 1 tanga D)3 miri 2 tanga
87.Nima urushda o’lgan soldatning etigining sog’i emas,past-bosh qismi?
A)okopka B)osopka C)otopka D)oporka
88.Qoravoy qaysi manzilgohni “Men uchun shikoyat qilarli darajada zeriktiruvchi joy emas” deydi?
A)Pochchasining uyini B)Cho’l-u biyobonni
C)Takyaxonani D)Sariboyning uyini
89.Asardagi chevaraning ismi?
A)Munavvar B)Oysha C)Maryam D)Obida
90.Asardagi tutqanoqdan hovuzga cho’kib o’lgan eshonning o’g’li bo’lgan shaxsning ismi?
A)Mamarayim B)Miyonqudrat C)Miraziz D)Miyonturdi
91.Omon bilan Qoravoy qo’ylarni Ko’kterakka haydab ketishayotganda qo’ylarning nechtasi yo’qoladi?
A)4 B)5 C)6 D)7
92.Qo’shiqchilar nomi noto’g’ri berilgan javobni toping.
A)Hamroqul qori B)Hoji Abdukarim C)Abdulaziz Hoji D)To’ychi Hofiz
93.Odamlar kimni o’z qo’llari bilan ovqatlantirishni “baxt” bilishar edi?
A)Qoravoy B)Xolparang C)Obid D)Mamatrayim
94.Shum bolaga kim Sariboy bo’lisning uyini topishga yo’lboshchilik qiladi?
A)qovunchi B)uzumchi C)Omon D)yo’lovchi
95.Tuyaning suti nima deyiladi?
A)qimiz B)ayron C)bo’za D)qimron
96.Asarda qo’llangan “Osmon uzoq,yer qattiq” maqoli qaysi asarga epigraf qilib olingan?
A)”Qorako’z majnun” B)”Kecha va kunduz” C)”Bemor” D)”Dahshat”
97.”Shum bola” asariining janri?
A)qissa B)roman C)doston D)hikoya
98.Ilhom samovarchi epizodi “Shum bola”dan boshqa yana qaysi asarda uchraydi?
A)”O’tkan kunlar” B)”Urushning so’nggi qurboni”
C)”Dunyoning ishlari” D)”Dahshat”
99.Ota kasbini o’zgartirib,laxtakfurushlik ham qilgan shaxs kimning o’g’li?
A)Omon B)Tursunboy C)Zohid D)Ziyomat
100.”Shum bola” va “Rustamxon” dostonida uchraydigan bir xil nom?
A)Tajan B)Qurudum C)Kalas D)Zolariq
101.Sariboy bo’lis kim bilan qimor o’ynab yutgan edi?
A)Chuvalachidagi Yunus kontor B)Chuvalachidagi Yoqub kontor
C)To’g’ri javob berilmagan D)Chuvalachidagi Yusuf kontor
102.Asarda qo’llangan Qo’rg’ontegi toponimida qaysi adib(lar) tug’ilgan?
A)O’.Umarbekov B)C va A javoblar to’g’ri C)G’.G’ulom D)Mirmuhsin
103.Ashur obrazi qaysi asar(lar)da uchraydi?
A)”Hajvi ahli rasta”,”Shum bola” B)”Yulduzlar mangu yonadi”,”Shum bola”
C)”Shum bola”,”Dunyoning ishlari” D)”Yulduzli tunlar”,”Shum bola”
104.Bolalar xalfana qilishga narasalarni taqsimlashganda kimga nima tushadi?
1.Abdullaga… 2.Qoravoyga… 3.Yo’ldoshga…
A)1.go’sht 2.yog’ 3.sabzi,guruch B)1.guruch 2.yog’ 3.go’sht,sabzi
C)1.sabzi,guruch 2.yog’ 3.go’sht D)1.go’sht 2.yog’,tuxum 3.sabzi
105.Mayram jinnining asl ismi?
A)Mittixon B)Mamaturdi C)Mamatrayim D)Mamarayim
106.45 yoshlar chamasidagi,qorachadan kelgan,xushqomat,qalamqosh xotinning zavji?
A)Tojixon B)Eshon oyi C)Xol parang D)Mittixon
107.Qo’ylar kimning yeridagi ochilib ketgan paxtalarga oralab ketadi?(Yer egasining ismi izohlovchisi bilan to’liq berilgan javobni belgilang)
A)Aziz puchuq B)Aziz pismiq C)Umarali puchuq D)Azim puchuq
108.Quyidagi ta’rif kim haqida?
…U ilgari bo’zchi bo’lgan,chit ko’payib ketganidan keyin bo’z o’tmay qolib,bozori kasodga uchrab,bola-chaqasini boqolmay jinni bo’lib qolgan.
A)Tojixon B)Avaz C)Karim D)Xol parang
109.Sariboy qaysi yolg’ondan keyin alanglab qoladi?
A)Harom o’lgan ot yolg’onidan so’ng
B)O’g’lining o’lgani haqidagi yolg’ondan so’ng
C)Tozi iti o’lgani haqidagi yolg’ondan so’ng
D)O’t tushish voqeasi haqidagi yolg’ondan so’ng
110.Asardagi sovun bozorini yoqtiruvchi obraz?
A)Hoji buva B)Husnibiy C)Omon D)Shum bola
111.Qaysi jinni Nikolay podsho zamonida tartib o’rnatish uchun o’tgan-ketganni ketmon dastasi bilan quvlab hammani bir tomonda yurishga majbur qiladi?
A)Xol parang B)Karim C)Mittixon D)Toji
112.Bola “Xo’jayinlarim ichida eng badbaxti,eng ziqnasi…” deb kimni aytadi?
A)Barchasi to’g’ri B)Hoji buva C)Sariboy D)Eshon
113.Kim havaskor jinnilardan edi?
A)Mittixon B)Avaz C)Karim D)Toji
114.Kim yerni taroziga o’xshatadi?
A)Xol parang B)Olim C)Maryam D)Karim
115.”Juft kaptar” bir qozon qilib,martabasining pasti balandiga qaramay so’kkanlarning ichidagi o’g’ri mirshab?
A)Nabi B)Mochalov C)Nikolay D)Kaufman
116.Omon chopon bo’lib yurganda xo’jayini kim edi?
A)Azim B)Qo’zixo’jaboy C)Qodirxo’jaboy D)Qoraxo’jaboy
117.Do’kon dastgohiga o’t tushib jinni bo’lib qolgan shaxs kim?
A)Karim B)Eshon oyi C)Tojixon D)Xol parang
Do'stlaringiz bilan baham: |