Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja



Download 1,37 Mb.
bet8/15
Sana25.11.2019
Hajmi1,37 Mb.
#27060
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja

«ROHATI DIL»


(dostondan parcha)
Dar bayoni kitob va ismi musannif rahimahullohu taolo


Kitobimning otidur «Rohati dil»,

Erur har er so'zi tanbihi g'ofil.


O'qub yod aylangiz Ollohu akbar,

Duo aylab deyingiz, ey birodar.


Duodin sizlarga so'zum yo'q,

Bu dunyoda so'zum qolg'ay, o'zim yo'q.


Kaminaning oti Xo'janazardur,

Otasining oti G'oyibnazardur.


Nasabda O'shi-yu, mavludi Chimyon,

G'aribi xoksori dil parishon.


Ko'ngul shahri yagona azm qildim,

Kitobim nasr edi, man nazm qildim.


Bu Chimyon shahrining pir-u javoni,

Tamomiysi erurlar turkixoni.



Alar garchi so'zga benuharroq,

Dedim: «Bo'lsa kitobim turkiy behroq»


Inoyat bo'ldi tangridin bayakbor,

Savod etdim necha manzuma nochor.


Ki har jo belgulikdir kori omiy,

Bo'lur har korida albatta xomi.


Nechukki donishim yo'q omiydurman.

Jiydaning mevasining xomidurman.


Buzuq bo'lsa so'zimni so'kmangizlar,

Yuzumdin obi xijlat to'kmangizlar.


Xato bo'lsa sc'zumni o'tkazinglar,

Negaki, omiyman, ma'zur tutinglar.





Uch qarindosh safarda ganj tovub nafs shaytonig'a ovvora bo'lub halok bo'lg'onlari

Safar qildi banogah uch birodar,

Og'a erdi, birisi edi dodar


Biri erdi ham ota ham onasi,

Ki bir tug'ma edi ham ikkalasi.


Borar erdilar onlar so'yi sahro,

Tamosho qilubon ul cho'l-u daryo.

Duchor o'ldi alarg'a yo'lda bir ganj,

Xudo berdi dedilar bizga beranj.


Ki har kim hissasina bo'lsa rozi,

Emasdur munda hojat bizga qozi.


Biri aytdiki taom keltiroli,

Ichib, yeb fotiha birla bo'loli,


Barisi aytdilar bu so'zi maqbul,

Alarni mehri dunyo ayladi go'l.


Inisiga og'asi amr qildi.

Aning bir pora zar ilgiga berdi.


Tavaqquf aylama emdi basur'at,

Olib kelgil dedilar bizga ne'mat.


Inisi yo'lg'a kirdi bo'ldi nochor,

Borar erdi yugurub so'yi bozor.



Og'alari bu ganj oldida qoldi,

Alarning ko'ngliga dunyo yugurdi.


Dedi: «Emdi iningni o'ldurunglar,

Iki hissa qilib beg'am olunglar».


Ikovi o'ltururnikim kengashti,

Alar ko'ngliga dunyo hirsi tushti.


Inisi o'ltururni kor qildi.

Pichoq arg'amchidin tayyor qildi.


Yana dunyo yugurib unga keldi,

Aning ko'ngliga mundog' fikr soldi.


Dedi, ey bachayi beaqli nodon,

Olursan emdi molni-yu sen farovon.


Ikovini bayakbor o'lturursan,

Tamomi ganjni beg'am olursan.


Alarni o'lturarga qilsang angez,

Nechuk yolg'uz ikovini o'lturay tez.


O'shal dam ko'p xayoli pesha qildi,

Ko'ngilda ushbu ish andisha qildi.


Sol emdi san taomlar ichra og'u,

Yegandin so'ng ular bo'lg'ay ikov go.





Alar o'lsa qolur bo'lg'ay hama ganj,

Sanga bo'lg'ay muyassar ganji beranj.


Taomlar ichra ul dam zahr soldi,

Alarni eltibon oldig'a qo'ydi.

Ani tutdi o'sbdl dam ikkalasi,

Boshin kesti inisining og'asi.


Inisin o'lturub dil jam bo'ldi,

Taomlarin olib oldig'a qo'ydi.


Taomni qildilar uldam tanovul,

Vafosiz dunyo uchun bo'ldilar go'l.


Bevafo dunyo uchun to'ktilar qon,

Zamon o'tmay alar ham berdilar jon.


Muningdek nechalarni o'lturubdur,

Alarning qoni ilgini yuvubdur.


Bu dunyog'akim sen ko'p bo'lma soyil,

Sarosar ganji dunyo zahri qotil.



Bu dunyo ganjida san bo'lmag'il go'l,

Tamizing bo'lsa dunyodin qo'rqg'ul.


Talab qilg'ilki ganj beziyone,

Saning bo'lg'ayki umring jovidone.


Talab qil ganji ma'no, ey birodar,

Vagarna sandin avlo gav ham xar.


Kishi bo'lmasa ma'nodin xabardor,

Oni odam dema bil naqshi devor.


Huvaydo san faqirlik ixtiyor et,

O'zingni xalq ichinda xor-u zor et.


Xudoyo, qilmag'il dunyo elidin,

Mani qutqar bu dushmanning qo'lidin.


Netay ul pirazan afsun qilibdur,

Hushim olub mani Majnun qilibdur.


Xudoyo, bo'lmasa sandin inoyat,

Bo'lolmasman bu dushmandin salomat.




Tayanch tushunchalar:


  • Xo’janazar Huvaydo

  • Mustazod

  • Rohati dil

  • boda

Savol va topshiriqlar:



  1. Xo’janazar Huvaydoning hayot yo’li haqida so’zlab bering.

  2. Huvaydoning ijodiy merosi haqida nimani bilasiz?

  3. Shoir ijodining asosiy yo’nalishi nimalardan iborat?

  4. Huvaydo qanday janrlarda ijod etgan?

  5. “Rohati dil” dostoni haqida nimalarni bilasiz?

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005



MAVZU: UVAYSIY SHE’RIYATI
R E J A:


  1. Hayot yo'li.

  2. Uvaysiyningh ijodiy faoliyati

  3. "Uvaysiyman" radifli g'azali tahlili


Hayot yo'li. Jahon otin Uvaysiy 1789/90-yilda Marg'ilon shahridagi Childuxtaron mahallasida tug'ildi. Otasi Siddiq kosiblik bilan shug'ullansa-da, madrasa ko'rgan, she'r va musiqaga oshno kishilardan bo'lganligi uchun el orasida "Hofiz bobo" nomi bilan tanilgan edi. Ta'bi nazmi bor bo'lib, o'zbekcha va tojikcha she'rlar bitganligi ma'lum. Onasi Chinnibibi maktabdor otin bo'lib, qizlarga dars berardi. Akasi Oxunjon hofiz esa shaharda ko'zga ko'ringan xonanda va sozandalardan bo'lgan. Ziyoli oilada o'sib-ulg'aygan Jahon otin erta savodini chiqardi, arab va fors tillarini o'rgandi. She'rga, musiqaga ko'ngil qo'ydi. Ilk she'rlari bilanoq atrofdagilarning diqqatini tortdi.

Jahon otinni o'n yetti yoshida hamshaharlari Hojixon ismlik bir kishiga turmushga uzatadilar. Hojixon ma'rifatli, so'z va sozni xush ko'rgan, bir so'z bilan aytganda, shoiraga munosib turmush o'rtoq edi. Bu ahil oilada o'g'illari Muhammadxon va qizlari Quyoshxon tug'ildi. Jahon otinning "Uvaysiy" taxallusi bi­lan bitilgan she'rlari xalq orasiga yoyila bordi va uning dovrug'i bu vaqtlarda Marg'ilon hokimi bo'lib turgan Umarbekning umr yo'ldoshi shoira Nodirabegimga ham yetib bordi. Ikki oila bir-biri bilan yaqinlashib, Oxunjon hofiz saroy sozandasi qilib olindi. Hojixonga esa, hokimlikdagi martabalardan biri in'om qilindi. Biroq bu kunlar uzoq davom etmadi. Hojixon erta vafot etdi.

Umarxon Amiriy Qo'qon taxtiga o'tirgach, Nodirabegimning iltimosiga ko'ra Uvaysiy oilasini Qo'qonga ko'chirtirib keladi. U saroyda tab'i nazmi bor ayollar - Ko'ka bibi, Qo'zixon, Ulfat begimlar bilan tanishadi. Ojiza, Jahon bibi, Hayot, Baqo, Dilorom ismli shoira shogirdlarni tarbiyalaydi.

1822-yilda Amir Umarxon vafot etib, o'rniga o'g'li Muhammad Alixon o'tirgach, Uvaysiy xonadoniga notinchlik kirib keladi. Xon shoiraning o'g'li, 14-15 yoshli Muhammadxonning "Majnun" taxallusi bilan durustgina she'rlar bitishidan xabar topib, saroy xizmatiga mahram qilib oladi. Shu orada Uvaysiy bilan Muhammad Alixon orasida gap qochadi va xon shoiraning o'g'lini sarboz sifatida Qashqarga harbiy yurishga jo'natib yuboradi. Uvaysiyga o'g'lini qayta ko'rish nasib etmaydi. Bu narsa shoira­ga qattiq ta'sir qiladi. She'rlarida ayriliq ohangi kuchayadi. Uvay­siy Nodirabegimdan ijozat olib, Marg'ilonga qaytadi. Butun mehrini qizi Quyoshxonga berib, uning tarbiyasiga kirishadi. Quyoshxon "Xokiy" taxallusi bilan she'rlar yozar, dutor va tanburda ajoyib kuylar chalardi. U Abdusamad qori nomli kishiga uzatiladi. Lekin Quyoshxonning ijodiy fazilatlari mutaassib eriga yoqmaydi. Turmushda qattiq siquvga olingan Quyoshxon 30 yoshida olamdan ko'z yumadi. Uvaysiyning Hadicha ismli nabirasi bo'lgan va shoiraning so'nggi ilinji unda edi, lekin Uvay­siy 1850-yil hayotdan ko'z yumgani uchun bu orzusi ham ruyobga chiqmay qoladi.

Bibi Xadicha buvisi va onasining ijod yo'lini davom ettiradi. U "Azmiy" taxallusi bilan she'rlar yozgan. Xadicha Andijonning Mingtepasidan bo'lgan Abduqodir degan kishiga uzatilgan edi. Un­ing qizi Xoljonbibi ham "Mag'ziy" taxallusi bilan tanilgan shoira edi. Uvaysiy merosi bizga asosan, mana shu Xoljonbibi orqali yetib kelgan.

Uvaysiy ijodi. XX asrning 60-yillarida olimlarimiz Andijon viloyatining Marhamat tumanida Uvaysiy avlodlari yashayotganini aniqlab, shoiraning chevarasi Xoljonbibi bilan uchrashishga va anchagina ma'lumotlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldilar. Uvaysiyning she'riy devoni topilib, 1983-yilda "Ko'ngil gul zori" nomi bilan nashr etilgan.

Shoira devonida ishqiy hamda hasbi hoi she'rlar ko'p uchraydi. Muhabbat mavzusidagi g'azallarida majoziy hamda ilohiy ishq tug'yonlari bayon etiladi. O'zida xosligi shundaki, ijod namunalarida ayol kishining nozik kechinmalari bo'rtib ko'rinib turadi. Uning lirik qahramoni ko'ngil qo'ygan yor go'zallik timsoli, barcha latofat, nozikliklar unga xos:

Qading nozuk, qoshing nozuk, ko'zung nozuk, labing nozuk,

Tiling nozuk, so'zung nozuk, tishing durri Adan, nozuk.

Mana shunday tengsiz mahbub uchun lirik qahramon riyozatlar chekadi, ishqida kecha-kunduz nola qiladi:



Oh, gulruxsora jonon, xordurman ishqida,

Dil aro qon, siynasi afgordurman ishqida.

Uvaysiyning san'atkorona ifoda shakli ushbu baytda yaqqol namoyon bo'ladi. Baytda, avvalo, tanosub san'ati ko'zga tashlanadi. "Xor", "dil aro qon", "afgor" so'z va birikmalar o'rtasidagi mazmuniy yaqinlik bu san'atni yuzaga keltirib, lirik qahramonga xos bo'lgan ruhiy iztiroblar, qaynoq kechinmalarni o'quvchi ko'z oldida gavdalantiradi. Baytdagi ikkinchi san'at iyhomdir. Avvalgi misradagi "xor" so'zi ikki ma'noda qo'llangan: qadrsiz va tikan. Birinchi ma'nosiga ko'ra gul yuzli jonon ishqida xor, qadrsiz bo'ldim; ikkinchi ma'nosi - yuzi gul yor ishqida tikan bo'ldim. Chunki gul tikansiz bo'lmaydi. Bu tikan esa gulni begona qo'llardan, nigohlardan, tashqi balolardan asrashi kerak.

Uvaysiy g'azallarida uning hayoti bilan bog'liq chizgilar ham aks etgan. Masalan, quyidagi baytni olaylik:



Vaysiy jahondin o'tti, muiodig'a yetmadi,

To'ymoqqa rasm yo'qdur qorin suygan oshga.

Shoiraning murodga yetmaganlik to'g'risidagi o'kinchini turmush o'rtog'i Hojixonning bevaqt o'limi bilan bog'liq deb faraz qilish mumkin. Albatta, u iymoni komil musulmon sifatida taqdirga tan beradi, Yaratganning irodasiga bo'ysunadi. Lekin xalq ichida maqol bilan naql qilinganidek, "Suygan oshga qorin to'ymas", ya'ni sevgan kishing bilan qancha yashasang ham, uning diydori, vasli g'animat bo'lib qolaveradi. Baytda xalq maqo-lini qo'llash - irsoli masal san'ati ushbu misralarga uzukka ko'z qo'yganday bo'lib tushgan.

"Sog'indim" radifli g'azal shoiraning o'g'li Muhammadxonning sarbozlikka yuborilishi munosabati bilan farzandidan judo onaning iztiroblari, sog'inchini aks ettiradi.

Bugun, ey do'stlar, farzandi jononimni sog'indim,

Gado bo'lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog'indim.

Birinchi misrada shoira nima uchun farzandini "jononim" deb ta'riflamoqda? Ko'pchilikda "jonon" so'zi faqat go'zal ayollargagina nisbatan qo'llanadi degan qarash hukmron. Aslida, bu so'z "jon" so'zi bilan o'zakdosh bo'lib, "jonga xos", "jonga yaqin, suyukli" kabi ma'nolarni bildiradi. Baytda tazod munosabatidagi "gado", "shohi davron" timsollari shoiradagi intizorlik va ilojsizlik tuyg'ulari naqadar chuqur, qanchalar alamli ekanligini ifodalaydi. Shuningdek, "Dog' o'ldi", "Meni", "Uvaysiyman" g;azallarida shoira hayotining turli lavhalar, jihatlari qalamga olingan.

Uvaysiyning ko'p g'azallarida so'fiyona ruh balqib turadi. Uningcha, mutlaq yor yodi bilan yashash umrning mazmuni bo'lishi kerak. Aks holda kishi haq yo'ldan adashgan hisoblanadi:

Uvaysiy, olma boshing zikr-u fikri yor yodidin,

Suluki ishq aro beyodi haq yo'ldin odoshibdur.

"Suluk" tariqat so'zi bilan ma'nodosh bo'lib, "yo'l" degan ma'noni anglatadi. Ishq suluki — Yaratganning visoliga olib boruvchi yo'l. Maqsadga erishish uchun solik bir dam bo'lsin Uning zikri-fikridan xoli bo'lmasligi kerak. Buning uchun esa ko'nglida ishq bardavom bo'lmog'i zarur. Shoiraning lirik qahramoni qarashiga ko'ra, borliqdagi barcha narsalar Yaratganning ishqida yonadilar, Uning uchun oh-nola chekadilar, dunyoni darbadar kezadilar. Go'yo yaratiqlarning holati, harakati ulardagi Ollohga bo'lgan ishqning izhorlari. Lekin ular bu o'rtanish, sar-gashtalikni lirik qahramon — oshiqdan o'rgangandirlar:

Ki bulbul nola, afg'on aylamakni mendin o'rgandi,

Vujudin sham'i so'zon aylamakni mendin o'rgandi...

Seni izlarman andoqki, quyosh diydorin izlarda,

Kezib tun-кип, shitob aylamakni mendin o'rgandi.

Lekin bu qalbidagi ishq olovlarining tabiatdagi ramzlarini insonlar ichida tushunadiganlari ozligi shoirani iztirobga soladi:



Rumuzi ishq ko'nglimg'a chunon sohib bo'libdurkim,

Dam ursam bir necha ramzi muhabbatdin, qani mahram?

G'ofil kishilar dunyoning o'tkinchiligini, uning har bir daqiqasidan unurnli foydalanish zarurligini unutadilar:



Dunyoni bu кип davr ila davroni g'animat,

Kelturdi xaloyiqniki, mehmoni g'animat.

Yaratilgan dunvoning har bir zamoni (daqiqasi) g'animat. Ya'ni bu hayol insonga poklanish uchun berilgan fursat, urnr poyoniga yetmay turib, maqsadga erishishga ulgurish lozim.Bugina emas, xudo yaratgan har bir narsa, jonzot dunyoning, ayni paytda bir-birlarining him mehmonidirlar. Demak, ular bir birlariga g'animat. Har bir inson, har bir jonzot va narsalarning qadriga yetmoq kerak. Uvaysiy she'riyati asosini ana shunday buyuk insoniy qarashlar tashkil etadi.

Uvaysiy adabiyotimizda chiston janri rivojiga hissa qo'shgan san'atkor shoiradir. U bir nechta chiston yaratgan. Bu chistonlar ichida anorga atalgani she'riyatimizdagi o'ziga xos hodisa bo'lgan.

Snoira ijodida epik xarakterdagi asarlar — uchta doston bor. Bular: "Voqeoti Muhammad Alixon", "Shahzoda Hasan haqida doston", "Shahzoda Husayn haqida doston". Ularning barchasi tarixiy mavzuda. "Voqeoti Muhammad Alixon"da otasi vafotidan bir muncha muddatdan so'ng taxtni mustaqil boshqara boshlagan Muhammad Alixonning Qashqarga yurishi qalamga olingan. Asarda xonning tug'ilishi, taxtga chiqishi va safarga otlamshi voqealari berilib, Marg'ilonda onasi bilan xayrlashib, yo'lga tushishi bilan uziladi. Bu doston yakunlanmay qolgan.

Shahzodalar Hasan va Husayn payg'ambarimizning nabiralari, Hazrat Alining o'g'illaridir. Keyingi ikki doston islom olamining ana shu ikki mo'tabar zotlariga bag'ishlangan. Avvalgisida Imom Hasanning Muoviya bilan bo'lgan janglari va xiyonatkorona o'ldirilishi, keyingi dostonda esa Imom Husayn va uning farzandlari Yazid bilan bo'lgan tengsiz jangda shahid bo'lganliklari bayon etiladi. Bu voqealar Karbalo dashtida bo'lib o'tganligi tufayli doston "Karbalonoma" deb ham ataladi.

Shoira o'zining betakror va jozibador ijodi bilan zamondoshlari diqqatiga tushdi va keyingi avlodning e'tiborini qozonib kelmo­qda. O'zbek shoiralari ijodining tadqiqotchisi Mahbuba Qodirova u haqida shunday yozgan edi: "Uvaysiy merosi o'zining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan yillar, asrlar davomida yashab kelmoqda, shoira she'rlari bugungi o'quvchilarimizga ham katta zavq bag'ishlaydi. Ular xalq orasida keng yoyilgan. Hofizlar, xonandalar tomonidan shashmaqom ohanglarida haligacha kuylanib keladi".

Tayanch tushunchalar:


  • Uvaysiy

  • Shoshmaqom

  • "Karbalonoma"

  • "Voqeoti Muhammad Alixon"

  • "Mag'ziy"

  • “Xokiy”


Savol va topshiriqlar:


  1. Shoiraning hayot yo'li, yashash tarzi uning avlodlarida qanday iz qoldirdi?

  2. Uvaysiy ijodi merosi va mavzu ko'lami to'g'risida so'zlab bering.

  3. Uvaysiyning hayoti uning asarlarida qanday namoyon bo'lgan?

  4. Shoiraning so'fiyona ruhdagi she'rlari to'g'risida fikr yuriting.

  5. Uvaysiy g'azallarining badiiy jihatlariga to'xtaling.

  6. Shoira she'rlarida ayollarga, onalarga xos fikrlash yo'sini, tuyg'ular tizimi ko'ringan o'rinlarni toping.

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005.


Mavzu: AMIR UMARXON - AMIRIY HASSOS SHOIR.
R E J A:


  1. Hayot yo’li.

  2. Shoirning ijodi haqida.

  3. "Qoshingg'a teguzmagil qalamni" g'azali tahlili

Amiriy taxallusi bilan ijod qilib, o'zidan bizga dilbar she'riyat qoldirgan Umarbek millatimiz tarixida fozil hukmdor, yetuk siyosatchi, adabiyot va san'at homiysi, madaniyat targ'ibotchisi, iste'dodli ijodkor sifatida yorqin iz qoldirgan shaxsdir. O'zbek adabiyoti tarixida "Qo'qon adabiy muhiti" deb ataladigan estetik hodisa bevosita bu zotning nomi bilan bog'liqdir.



Hayot yo'li. Umarbek 1787-yilda Qo'qon xoni Norbo'tabiy xonadonida tug'ildi. U fozilligi bilan shuhrat qozongan zamonasining yetuk ustozlaridan bo'lmish Muhammad Yoqub qo'lida tahsil ko'rdi, tarbiyalandi. Shariat yo'riqlari, tasawuf tariqlaridan chuqur saboq olgan Umarbek o'rganganlarini yuragiga jo qilib, keyinchalik hayotda, ijodda va siyosiy faoliyatda pokiza e'tiqod, yuksak ma'naviyat kishisi bo'lib yetishganini namoyon qildi. Otasi unga Andijon hokimi Rahmonqulibiyni otabek qildi. Otabegi tarbiyasida siyosat, sarkardalik ishlarini puxta o'zlashtirdi. Umarbek madrasada tahsil olayotgan yillarda Qo'qon xonligini akasi Olimxon boshqarar edi. U madrasa ta'limini tugallab, akasi saroyida xizmat qila boshlaydi va davlat ishlarida ham tajriba orttiradi. Har tomonlama ishonchga sazovor bo'lgan Umarxonni akasi uni 1807-yilda Marg'ilon hokimi qilib tayinlaydi. 1808-yilda otabegi Rahmonqulibekning oqila va go'zal qizi Mohlaroyim — bo'lajak mashhur shoira Nodirabegimga uylanadi.

1810-yilda Toshkent hokimligi Qo'qon xonligidan ajralib, mustaqillik uchun bosh ko'tardi. Isyonni bostirish uchun yo'lga chiqqan Olimxon o'ldirildi. Bo'shab qolgan taxtga Umarxon o'tirishiga to'g'ri keldi. Hukmdorlik yillarida u o'zining har to­monlama iqtidorini ko'rsatdi. Mamlakatda adolat va osoyishtalik bo'lishiga intildi, juda ko'p bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy jihatdan rivoj topdi. Rossiyadan keladigan tahdidlarni bartaraf etish uchun Oqmachit qal'asini qurdirdi. Hozirda Andijon viloyatiga qarashli bo'lgan Shahrixon shahriga asos solgan. Ayniqsa, uning adiblar, san'atkorlarga homiyligi alohida diqqatga sazovordir. Umarbek davrida Uvaysiy, Nodira, Dilshod Barno singari ayol shoiralar ijodi ro'yobga chiqdi. Gulxaniy, Maxmur, Fazliy, Mirzo Qalandar, Mushrif, Mulla Abdukarim, Xon (Umarbekning o'g'li Madalixon) va boshqa bir qator shoirlar ijodi ravnaq topdi. O'zbek adabiyotida durdona sanalmish mumtoz nasrimizning noyob namunasi Gulxaniyning " Zarbulmasal" hamda XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi adabiy jarayon to'g'risida ma'lumot beruvchi Fazliy Namangoniyning "Majmuai shoiron" tazkirasi bevosita Amiriyning ko'rsatmasi hamda homiyligida yaratilgandir.

Shuni ham aytib o'tish kerakki, Umarbek jismonan ham yetuk, pahlavon kishi bo'lgan. Shijoati va botirligini shun dan bilsa bo'ladiki, tarixiy manbalarda xonning arslon bilan yakkama-yakka olishib, yengib chiqqanligi qayd etilgan.



Uning saltanat va dinni mustahkamlash yo'lidagi xizmatlari uchun islom ulomolari Umarbekka "Amirul muslimin" (Musulmonlar amiri) unvonini berishgan edi. Umarxon 1822 yilda 35 yoshida vafot etgan.

Shoirning ijodi haqida. Umarxon ijodda o'ziga Amiriy taxallusini olgan edi. Umarxon Sulton Husayn Boyqaroga havas qilib Qo'qonda Hirotdagidek adabiy muhit yaratishga urindi. Hatto bu adabiy muhit vakili Sultonxon to'ra Ado bir she'rida faxriya usuli bilan o'zini Navoiydan, Amiriyni Sulton Husayndan yuqori qo'yishga uringan edi:

Gar Navoiydan Ado so'zini o'tkarsa ne tong?

Shoh Umar afzalmu yo Sulton Husayn Boyqaro?

Adoning Navoiydan o'tkarib so'z aytishi orzuligicha qolib ketdi. Lekin Amiriy Qo'qonda o'ziga xos ijod maktabini yarata oldi. U nafaqat hukmdor bo'lib, balki zabardast shoir sifatida bu maktabga rahbarlik qildi. Amiriy Alisher Navoiydan ilhomlanib, uni o'ziga ma'naviy ustoz, qalam ishida pir bilib ijod qildi. Ustoz adibning yigirma besh g'azaliga taxmis bog'laganligi uning buyuk mutafakkirga ehtiromini ko'rsatib turadi.

Amiriy Sharq mumtoz adabiyotining an'analarini o'ziga xos tarzda davom ettirdi. Uning uchun nafaqat saroyda, balki oilasida ham ijodiy muhit bor edi. Umr yo'ldoshi shoira Nodirabegim bilan ijodiy hamkorligiga Xon taxallusi bilan she'rlar yozuvchi farzandlari Madalixonning ham qalam tebratishi qo'shildi.

Amiriy o'zi hayotligida yozgan ash'orlaridan devon tuzgan. Devonidan mumtoz adabiyotimizda faol qo'llanadigan turli janrlardagi she'rlar o'rin olgan. Devondagi asosiy janr bo'lmish g'azallarda shoir lirikasiga xos xususiyatlar to'liq mujassamlan-ganini qayd etish o'rinli bo'ladi. Ularda lirik qahramonning oshiqona kechinmalari turkona ohanglarda goh o'ynoqi, goho hazin uslubda bayon etiladi. O'z vaqtida ko'plab shoirlar Amiriyning g'azallariga nazira bitganlar, muxammas bog'laganlar. Bu bejiz emas, albatta. Shoir yor go'zalligi, husn chizgilarini berishda boshqa ijodkorlarga namuna bo'ladigan o'zgacha shakl va yo'sin topa biladi.



Lab uyur takallumga, zulfingni parishon qil,

Qand qiymatin sindur, narxi anbar arzon qil

Oshiq yordan so'zga lab ochishni, zulfini parishon, ya'ni sochlarini yozib yuborishni so'raydi. Uning har qanday shirinlikdan ortiq so'zlari xalqqa yetgach, qandning bozori sinadi. Chunki odamlarga yor so'zlarining lazzati kifoya qiladi. Sochidan taralgan xush bo'ylar esa mushki anbarning narxini tushirib ketishiga sabab bo'ladi. Bu yerda fikr, tasvir yangi emas, lekin shakl va ifoda o'ziga xos.

Ba'zan esa kutilmagan tashbeh, yorga go'zallik baxshida etayotgan jihatlarga yangicha izoh berilgan baytlar tez-tez ko'zga tashlanadi:

Nega muncha siyohdur kokul,

Magaram dudi ohdur kokul.

Husni ta'lil san'ati asosida yor kokillarining qoraligi oshiq ohining dudi tufayli degan fikrni ilgari suriladi. Negaki, dudr ya'ni tutun hamisha o'zi tekkan narsani qoraytiradi. Ehtimol, oshiqning yor oyog'i tagida chekkan adoqsiz ohlari dud bo'lib, uning boshiga qo'nganidan shundoq ham tundek sochlari yana ham siyoh bo'lib qoraygandir. Nihoyatda tabiiy va dilkash izoh bu! Agar she'rni vazn talabi bilan ifodali o'qiy olsangiz, undagi ajib musiqiylikni ham tuyasiz. Shu qisqa misrali baytda Amiriy ma'shuqa go'zalligi belgilarini chizish bilan birga oshiq dilidagi kuyishlarni ham mohirona bera olgan.

Amiriy bir qator g'azallarida yor vasfi hamda oshiqona hasbi hol uchun tabiatga murojaat qiladi, undan yangi tashbihlar topadi.



G'am-u dard-u muhabbat gulshanida gul bila g'uncha

Yaqo chok-u ko'ngul qon aylamakni mendin o'rgandi.

Odatda boshqa shoirlarda lirik qahramon u yoki bu sifat va jihatlami tabiatdan olganligi, o'rganganligini tan oladi. Lekin bu she'rda aksincha - gul yaqo chok qilishni, g'uncha bag'ri qon-likni oshiqdan o'rganganligi ta'kidlanmoqda. Oshiq ishqining shiddatli tus olib, jununning namoyon bo'lishi gul ochilishiga, dildagi pinhon dardlarning yuzaga chiqmay botindagi ichki qiynoqlar g'uncha bag'ridagi dog'ga mengzalmoqda. Quyidagi bayt esa yana-da o'ziga xos:

Sabo gisuyi anborborini kim boshqa tarotqoch,

Nazokat rastasida go'yo attorlardurlar.

Ya'ni mayin sabo anbar sochlarning islarini boshqa yoqlarga taratarkan, bu sochlar go'yo nazokat bozorida atir bilan savdo qiluvchi attorlarga aylanadi. Bu kabi oliy san'at darajasidagi baytlarni Amiriy she'rlaridan ko'plab topish mumkin.



Shoir ijodida tasavvufiy ruhdagi she'rlar ham talaygina. Jumladan, "o'rgandi" radifli g'azali quyidagicha boshlanadi:

Junun daryosi tug'yon aylamakni mendin o'rgandi,

Talotum birla to'fon aylamakni mendin o'rgandi.

Junun bu telbalik, ilohiy ishq tufayli aql-u hushdan mosivo bo'lmoqlikdir. Ilohiy muhabbat chashmalari yig'ilib daryo bo'lganida ham Yaratganning ishqida besabr-u beqaror bo'lib tug'yon qilishni, to'lqinlanib to'fondek junbishga kelishni mandan o'rgandi, deydi oshiq. Baytda mubolag'a san'ati lirik qahr­amon ko'nglidagi ishq shiddatini berishning qulay vositasi bo'lganligi kuzatilmoqda.

Amiriy goh majoziy ( zaminiy) muhabbatni, goh ilohiy ishqni, aksar hollarda ularni o'zaro esh, aloqadorlikda talqin etar ekan, deyarli barchasida yuksak mahorat va san'atkorlikni namoyish etadi.
"Qoshingg'a teguzmagil qalamni" g'azali tahlili
Amiriyning xalqimiz ichida juda uzoq yillardan buyon mashhur "Chor zarb" kuyiga solinib, qo'shiq sifatida kuylab kelinayotgan "Qoshingg'a teguzmagil qalamni" misrasi bilan boshlanadigan g'azali shior ijodida alohida o'rin tutadi.

Qoshingg'a teguzmagil qalamni,

Bu xat bila buzmagil raqamni.

G'azal yor qoshining vasfi bilan boshlanadi. Shoir an'anaviy yo'ldan borib qoshni tasvirlamaydi, uning qoraligi, yoysimonligini aytmaydi. Balki o'quvchiga ma'lum bu sifatlardan foydalanib, yangi, go'zal poetik ifoda yaratadi. Nima uchun qoshga qalam tegiziladi? Albatta, uni qoraytirmoq uchun. Lirik qahra­mon ma'shuqani bu ishdan qaytarar ekan, ikki maqsadni ko'zlaydi. Birinchidan, qoshlarga qalam yurgizib, ularning tabiiy qoraligiga putur yetkazishdan qaytaradi. Ikkinchidan, bu chizish (ya'ni "bu xat") orqali Yaratganning o'zi bitib qo'ygan yoysimon raqam (yozuv)ni, ya'ni san'atkorona chizib qo'yilgan qoshni buzib qo'yishidan xavotirini bayon etadi.



Butxonalar ichra hech tarso

Bir ko'rmadi sen kabi sanamni.

Ma'lumki, tarsolar butxonalarida o'zlari yasab yoki chizib olgan butlarga sig'inadilar. Ular lirik qahramon ko'ngil qo'ygan yorni ko'rganlarida edi, topinayotgan sanamlaridan voz kechib ul go'zal qoshida bosh egardilar. Baytda "butxona", "tarso", "sanam" so'zlari tanosub san'ati vositasida bildirilayotgan fikrning mazmunan yaxlitlanishiga xizmat qilgan.



Oshiqlaringga tarahhum etgil,

Ko'p aylamajabr ila sitamni,

— deya rahm (tarahhum) etishni so'rayotgan oshiqning o'tinchi keyingi baytlarda oydinlashadi:

Ko'nglum qushi toyiri hariming,

Sayd etma kabutari haramni.

To bevatan o'lmasin ko'ngullar,

Zulfungdin ayurma pech-u xamni.

Ko'nglim sening haraming qushiga aylangan, shuning uchun boshqa haramlardagi kabutarni ov (sayd) qilmagin. Kabutar bu yerda ko'ngil ma'nosida qo'llangan. Lekin u ko'ngil ( kabutar) o'zga haram (boshqa ma'shuqa)ga tegishli bo'lgani durust. Shun­ing uchun oshiq yordan u kabutarni — ko'ngillarni o'ziga maftun qilmaslikka chaqirmoqda. Ma'shuqaning o'z oshiqlari -bog'langan ko'ngillar esa yor sochining buramlari (pech-u xami)ni o'zlariga vatan tutganki, bu zanjir kokillar bandidan ayrilish ular uchun bevatan qolish demakdir.

Yo'lungda g'ubori roh bo'ldim,

Boshimga yeturmading qadamni.

Oshiq yor yuradigan yo'lda uning kelishini intizor bo'lib uzoq kutadi va oxiri g'ubori roh oyoq ostidagi tuproq changiga aylanadi. Bu intiqlikning o'ziga xos shoirona ifodasi keyingi misrada sharqona odob va lutf bilan davom ettiriladi. Oshiq qadamingni boshimga yetkizrnading, oyog'ing boshimga tegmadi, deydi. Agar ma'shuqa shu tomondan yurib, yo'l g'uborlarini bosib o'tganda edi, o'zligidan asar qolmagan oyoq ostidagi oshiq jismiga, boshiga qadam urib o'tar edi. G'azal maqta'sida shoir iyhom san'atidan mohirona foydalangan. An'anaga ko'ra taxallus qo'llagan shoir ayni paytda undan ishq ichra yor hukm farmoligini ifodalashda ham foydalanadi:

Iqlinu vafo Amiridursen,

Ey shoh, bu gadog'a qil karamni.

Shu tariqa, biror marta rahm qilmagan ma'shuqa vafo amiriga, chin amir esa, marhamat kutguvchi gadoga aylanadi. G'azal maqta'sida ham tasvir tarangligi avj nuqtada saqlanib qolaveradi.

Tayanch tushunchalar:


  • Amiriy

  • Amirul muslimin

  • otabek

  • Nodirabegim

  • Mohlaroyim

Savol va topshiriqlar:


  1. Amiriyning hayot yo'li haqidagi ma'lumotlarni o'zlashtiring. Undagi qaysi fazilatlar Sizning diqqatingizni tortdi?

  2. Amiriyning adabiyot va san'atni yuksaltirish borasidagi xizmatlari to'g'risida so'zlab bering.

  3. Shoir ijodidagi uning o'zigagina xos bo'lgan qaysi jihatlarni ajratib ko'rsatish mumkin.

  4. Tahlil qilingan g'azaldagi "Yo'lungda g'ubori roh bo'ldim, Boshimga yeturmading qadamni" satrlarida ifodalangan oshiq holati va armonini tushuntiring.

  5. Maqta'dagi: "Iqlimi vafo Amiridursen, Ey shoh, bu gadog'a qil karamni" murojaati kimga qaratilgan? Uning ma'nosini anglating.

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish