Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


Mavzu: XV-asrning ikkinchi yarmi XVI-asrlar adabiyoti



Download 1,37 Mb.
bet4/15
Sana25.11.2019
Hajmi1,37 Mb.
#27060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


Mavzu: XV-asrning ikkinchi yarmi XVI-asrlar adabiyoti.

Muhammad Shayboniy
Reja:


  1. XV-asrning ikkinchi yarmi XVI-asrlar adabiyoti.

  2. Muhammad Shayboniy hayoti va ijodi.


Bu davr o’zbek adabiyoti va madaniyatining gullab-yashnagan davri bo’lib, turkiy til yuksak qadr va e’tibor topdi. Badiiy ijodda Alisher Navoiy, Zahiriddin Boburdek buyuk shaxslar yetishib chiqdilar. Turkiy til va adabiyot, Navoiy ta’rif etganidek, Xitoydan Xurosongacha bo’lgan o’lkalarni jangu jadalsiz zabt etdi. Turkiy «Xamsa» maydonga keldi. Turkiy tilda she’rlar yozgan yuzlab shoirlar yetishdilar. Xusayn Boyqaro 1485 yilda bitgan «Risola»sida birgina Hirot va uning atrofida mingra yaqin kishi she’r bilan mashg’ul ekanligini iftixor bilan tilga oladi. Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois»ida (1491 — 1498) 459 shoir haqida ma’lumot keltirilgan. Hasanxoja Nisoriy 1566 yilda tuzgan «Myzakkiri ahbob»ida 300 ga yaqin ijodkor haqida ma’lu­mot beradi. Bular orasida turkiyda yozgan va chinakam she’riy iqtidorga ega bo’lgan ijodkorlar ham ko’p edi.

Madaniy hayot. Abulqosim Bobur Mirzo, xysusan, Husain Boiqaro davrida Xirot muhim madaniy-adabiy markazga aylandi. «Ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis (xususan) Hiri (Xirot) shahri mamlu (to’lgan) edi»,— deb yozgan edi Zahiriddin Bobur. Birgina Alisher Navoiyning o’zi Ixlosiya. Nizomiya, Xusraviya kabi madrasalar, Xalosiya, Shifoiya, Fanoiya kabi xonaqohlar, o’nlab masjidlar, shuningdek, 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko’prik va 9 hammom qurdirgani ma’lum. Samarqand, Marv shaharlarida ham me’morchilik va obodonchilik ishlariga alohida e’tibor berildi. Bu an’ana shayboniylar davrida ham davom etdi. Samarqandda «Shayboniyxon» (1515—1516). Buxoroda «Mir Arab» (1535—1536) madrasa-larining bino qilinishi, o’nlab sardobalar, timlar, ko’priklar bunyod etilishi shundan dalolat beradi. Ulug’bek zamonasida (1394—1449) Samarqandda ilm-fan g’oyat taraqqiy qilgan edi. Tabiatan shoir, tarixni yaxshi bilgan bu donishmand shohning tashabbusi bilan 1424 yilda yulduzlarni tadqiq etuvchi uch qavatli rasadxona qurilgan, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabi olimlar ishtirokida yillik taqvim qayta tuzilib, 1018 yulduzning joylashish o’rni aniqlangan edi. Ulug’bekning «Ziji jadidi Ko’ragoniy» («Ko’ragoniyning yangi yulduzlar jadvali») kitobi shunga bag’ishlangan. Biroq, Ulug’bek o’limidan keyin Samar­qand ilmi nujum (astronomiya) maktabi tarqab ketdi. Ilm-fan ko’proq Hirotda, keyinroq Buxoroda rivoj topdi. SHunga qaramasdan, Samarqandda yuksak ilmiy, madaniy muhit 70-yillargacha davom etdi. Madrasalarda peshqadam ziyolilar dars berdilar. Alisher Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashab, undan bahramand bo’lgan edi. O’zlari ilm-fan, adabiyot va madaniyat bilan bevosita shug’ullangan temuriylarning ko’pchiligi yaxshigina shaxsiy kutubxonalar tuzgan edilar Macalan, shoir va olim Mavlono Sohibdoro (1511 yili vafot eggan) Husayn Boyqaro kutubxonasining boshlig’i edi. Samarqandda, ayniqsa, Xirotda kitob va miniatyura san’ati taraqqiy qildi. Sultonali Mashhidiy, Abduljamil kotib, Darveshmuhammad Samarqandiy, Abdulaziz Samarqandiy kabi xattotlar yetishdilar. Xat yozish sanat darajasiga ko’tarildi. Navoiy davrida uning 36 turi qayd etilgan. Rayhoniy, riqo’, suls, nasx, ta’liq, nasta’liq, muraqqa’, shikasta kabi xat turlari shuhrat qozongan. Kitoblarga turli miniatyuralar ishlandi. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Qosim Ali, Shoh Muzaffar dovruq qozondilar. Ular tufayli ko’plab temuriy va shayboniy shohlarning tasvirlari tarixda saqlanib qoldi. Xattotlardan Sultonali Mashhadiy (1432—1520), tasviriy san’atda Kamoliddin Behzod(1455— 1533) o’z maktablarini yaratdilar. Binolarni bezashda Mirak naqqoshning ovozasi yoyildi. Musiqa rivoj topdi. Ko’p shoirlar musiqaning ham nazariyasi, ham amaliyoti bilan shug’ullandilar. Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin Binoiy, Zahiriddin Bobur musiqa ilmiga oid risolalar yozdilar.

Navoiyning taxallusi ma’nolaridan biri — «navo» (kuy)ni anglatar, buyuk shoir musiqaning ham e’tiborli bilimdonlaridan va yaratuvchilaridan biri sanalardi. She’r va kuy, so’z va soz XV—XVI asrlarda bir-biridan madad olib, ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Maqom san’­ati yangi-yangi kuylar bilan boyib bordi. Hirotda Abdulqodir Noyi, Xusayn Udiy, Shohkuli G’ijjakiy, Najmiddin Kavkabiy kabi mashhur san’atkorlar yetishdilar. Bular orasida, ayniqsa, Najmiddin Kavkabiy (1473—1533) serqirra iste’dod egasi bo’lgan. Alisher Navoiy uni «Majolis un-nafois»da munajjim va shoir sifatida gilga olgan edi. Keyin u musika bilan shug’ullandi. Bu haqda ko’plab ilmiy asarlar bitdi va bularning deyarli hammasi, hatto «Rost» maqomi uchun tuzgan kulliyoti ham she’r bilan yozilgan edi.

Tarix va adabiyotshunoslikda Mirxond (1433—1498), Davlatshoh Samarqandiy (1436—1495), Xondamir (1475/ 76—1534), Zayniddin Vosifiy (1486—1566), Hasanxoja Nisoriy (1516—1597) kabi ko’plab olimlar yetishdi. Mirxond asli buxorolik edi. Hirotga borib, Alisher Navoiy soyasida panoh topdi, uning homiyligida 7 jildlik «Ravzat us-safo» («Poklik bog’i») nomli tarixiy acap yozdi. Navoiy kutubxonasida xizmat qilgan Xondamir Movarounnahr va Xuroson tarixiga doir o’ndan ortiq asar yaratdi. Shularning biri — «Makorim ul-axloq» («Yaxshi xulqlar») Alisher Navoiyga bag’ishlangan. Davlatshoh Sa-marqandiy 1486 yilda «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar to’plami»)sini tuzib, unda 150 dan ortiq shoir haqida ma’lumot berdi. Vosifiy «Badoye’ul-vaqoye’» («Go’zal voqealar»)sida XV asrning oxiri — XVI asrning birinchi yarmida Xuroson va Movarounnahrda yashab o’tgan mashhur fan va madaniyat arboblarining hayoti hamda faoliyati bilan bog’liq ibratli hikoyalar keltirilgan. Shuningdek. bevosita badiiy ijod bilan shug’ullangan shoir va adibtimiz ham tarix va adabiyotshunoslikka oid asarlar yozdilar. Abdurahmon Jomiy o’g’li Ziyovuddin Yusuf uchun ixcham voqeiy hikoyatlardan tashkil topgan «Bahoriston» nomli acap yozdi. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» («Ajam shohlari tarixi»), «Nasoyim ul-muhabbat» («Myhabbat shabadalari»), «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») kabi tazkiralarini, Zahiriddin Bobur «Muxtasar» (aruz haqida risola) kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlarini yaratdilar.

Badiiy adabiyot. XV asrning birinchi yarmida Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy kabi shoirlar faoliyat ko’rsatgan bo’lsalar, uning ikkinchi yarmi asosan Alisher Navoiy davri bo’lib tarixga kirdi. Hirot birgina Xurosonning emas, butun turkiy dunyoning muhim madaniy-adabiy markaziga aylandi. Ayni paytda, turk va fors adabiyotlari o’rtasidagi o’zaro ijodiy bahs hamkorlik davom etdi. Har ikki tilda ijod qilish an’anaga aylana bordi.Alisher Navoiy fors tilini juda yaxshi bilar, uni butun nazokati bilan egallagan edi. Bu tilda «Foniy» taxallusi bilan ajoyib g’azallar, qasidalar yozdi, devon tuzdi. Forsigo’y zamondoshlarining, jumladan, Abdurahmon Jomiy va Kamoliddin Binoiylarning olqishiga sazovor bo’ldi Lekin, ayni paytda, o’z ona tili va adabiyotining ravnaq va taraqqiyoti uchun xizmat qilishni umrining asosiy mazmuni deb bildi. «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida o’z xalqining ijodkor ziyolilarini ona tillarida yozishga da’vat etdi. O’zi esa millat va vatanga xizmat qilishning buyuk namunasini ko’rsatdi. Turkiy va forsiy adabiyotlarning ikki buyuk namoyandasi bo’lgan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy bir davrda yashab ijod etdilar. Abdurahmon Jomiy (t414 1492) Navoiyning ustozi, do’sti, hamkori edi. U Navoiyga buyuk muhabbat bilan qaradi, she’rlarini g’oyat yuksak baholadi, o’zining ko’pchilik asarlarini yozishda undan qimmatli maslahatlar oldi. Navoiy ham bu do’stlikning qadrini nihoyatda baland tutdi. Jomiy vafot etganida aza egasi bo’lib, marhumning o’g’li Ziyovuddin Yusufning yonida turdi, shahar va mamlakat ulug’larining ta’ziyasini qabul qildi. Keyinroq ustozi haqida «Xamsat ul-mutahayyirin» («Besh hayrat») nomli acap yozdi. Navoiy va Jomiy munosabatlari Xuroson va Movarounnahrning ikki qadim xalqi — bugungi o’zbeklar va tojiklar hamkorligining XV asrdagi timsoli edi.

Adabiyot XV asrning ikkinchi yarmida hap tomonlama rivojlandi. Unga, avvalo, hikmat va san’at tajassumi deb qaraldi. Bunga ko’ra, har bir she’r, poetik so’z, bi­rinchi navbatda, yuksak fikrga suyanmog’i lozim edi. Masalan, Navoiy: «Nazmla ham asl anga ma’ni durur»,— deb yozadi. Demak, «ma’no («ma’ni») she’r («nazm») ning mag’zi» («asl»)lir. Ba bu fikr go’zal bir shaklda berilishi kerak. Boshqacha aytganda, ma’noli gap san’atkorona aytilsin. Shoirlarimiz Sharq she’riyatidagi barcha janrlardan foydalandilar. Masalan, Alisher Navoiyning she’riy merosida 16 xil janr uchraydi. Bular g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy, qasida, ta’rix, muammo, mustazod, fard, tarkibband, tarje’band, muvashshah, murabba’, muxammas, musaddas kabilardir. Bular barchasining mavqei bir xil emas, albatta. Bular orasida, shubhasiz, eng keng tarqalgani g’azal bo’ldi. Devonlarda asosiy o’rinni g’azal egalladi. G’azal VIII-IX asrlarda arab adabiyotida maydonga kel­gan bo’lib, ishqiy she’r degan ma’noni anglatadi. U X acpda fors adabiyotiga o’tdi. Rudakiy uning ajoyib namunalarini yaratdi. XIV acp boshlarida u turkiy adabiyotga kirib keldi. Uning dastlabki namunalari Rabg’uziyla uch­raydi. Uni yuksak bosqichga ko’targan Alisher Navoiy bo’ldi Uning «Xazoyin ul-maoniy» sidan 2600 g’azal o’rin olganki, bu bejiz emas. Maqsud Shayxzoda Navoiyni «g’azal mulkining sultoni» deb atagan edi. Buyuk shoir ustoz g’azalnavislar haqida so’zlar ekan, uch nomni alohida ehtirom bilan tilga oladi. Bular Xusrav Dehlaviy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy. Navoiy fikricha, ulardan har birining o’z yo’li, o’z uslubi bor. Xusrav Dehlaviy o’z fikrini mo’jizaviy bayon qiladi. Xofiz Sheroziy hur fikri, ehtirosli so’zi bilan o’likka jon ato etguvchidir. Abdurahmon Jomiyning har satridan ilohiy bir donish-mandlik ufurib turadi. Navoiy she’ri esa, o’zi qayd etganidek, bu uchala jihatni qamrab olgan edi. Ruboiy takomil topdi. Navoiy va Bobur bu janrning betimsol namunalarini yaratdilar. Ayniqsa, muammo janriga alohida e’tibor berildi. Muammo arabchada «ko’r qilingan», «berkitilgan» deganidir. Uning asosiy xysusiyati biror fikr, nom yoki shunga o’xshash biror narsaning yashirib berilishidir. Ko’pincha muammo ikki ma’no asosiga quriladi. Birinchisi — tashqi, chalg’ituvchi ma’­no, ikkinchisi ichki — asosiy ma’no.

Sharq adabiyotidagi xamsachilik ananalari davom ettirildi. Alisher Navoiy Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy izidan borib. birinchi marotaba turkiy tilda «Xamsa» yaratdi. U birgina XV asrning emas, balki umumturkiy adabiyot taraqqiyotining eng muhim hodisasi edi.

Nazm bilan birgalikda, nasr ham rivojlandi. Navo­iyning Abdurahmon Jomiy haqidagi «Xamsat ul-mutaxayyirin»i, zamondoshlariga bag’ishlangan «Holoti Sayyil Xasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlari, Zahiriddin Boburning «Boburnoma»si maydonga keldi.
Muhammad Shayboniy
Muhammad Shayboniy temuriylar sulolasi o’rniga kelgan shayboniylar sulolasining asoschisidir. U 1451 yilda tug’ildi. Yoshligida otasi Shoh Budog’ vafot etib, ukasi Mahmud Sulton bilan birga bobosi Abulxayrxon qo’lida tarbiya topdi. U zamonasining donishmandlaridan, harbiy sarkardalaridan ta’lim oldi. Buxoroda ikki yil madrasada o’qidi. 90-yillarning so’ngida taxt uchun kurash boshladi. 1499— 1504 yillarda Movarounnahrni Abusaid avlodlari qo’lidan tortib oldi. 1505 yilda Xorazmni, 1507 yilda Xyposonni egallab, temuriylar hokimiyatiga barham berdi. Eron va Iroqni bosib olishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Biroq 1510 yil 10 sentyabrda Murg’ob daryosi bo’yidagi Ismoil Safaviy qo’shini bilan bo’lgan jangda halok bo’ldi. Shayboniyxon ko’p jihatlardan Amir Temur tutumiga ixlos va rioya bilan qarar, jumladan. saroyga olim va shoirlarni, san’at ahlini to’plab, ijodga targ’ib-tashviq etar edi. O’zi esa turkiy va forsiyda yaxshigina she’r yozar, surat chizar, xushovoz qiroatxon edi, musiqa bilan shug’ullanardi. To’ng’ich o’g’lining ismini Temur Sulton qo’ygan edi. Shayboniyxondan bizga bir «Devon» va «Baxr ul-hido» («Xidoyat dengizi») nomli doston yetib kelgan.

Shayboniyxon devoni Istambulda To’pqopi saroyi muzeyida, 1508 yilda yozilgan dostoni esa Britaniya muzeyida saklanadi. Uning she’rlaridan ayrim namunalar unga bag’ishlangan turli kitoblarda, jumladan, Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostonida keltirilgan. Masalan, Nisoriyning ma’lumotiga karaganda, Shaybo­niy mo’g’ullar istilosida shahid bo’lgan xorazmlik mashhur Najmiddin Kubroga bag’ishlab «Shahi shuhado» («Shahidlar shohi») degan ta’rix-she’r yozgan. She’r muxlislari orasida keng yoyilgan «yobu» so’zining urug’ va otning turi ma’nosini anglatishidan ustalik bilan foydalanib yozilgan quyidagi tajnisli tuyuqni ham Shayboniyxonga nisbat beradilar:

So’g’d ichinda o’lturubdur yobular,

Yobularning mingan oti yobular.

Yobularning ilgidin el tinmadi,

Yo bular bo’lsin bu yerda, yo bular.

Devonidagi g’azallarda o’z taqdiridan mamnun va minnatdor, hayotining har bir daqiqasi uchun Ollohga shukrona keltiruvchi mo’min musulmon qiyofasi namoyon bo’ladi. Muallif:

Ey Sha(y)boniy, bandalik tavrin ilikdin bermagil

Kim, jahonning podshohi hazrati jabbor erur,—

deb yozadi va «hazrati jabbor»ga «bandalik» (qullik)ni «ilik» (qo’l)dan bermaslikka chaqiradi. Uning may, ishq xaqidagi fikrlari ham ilohiy mazmunga xizmat qiladi. Masalan, ishq shahri ta’rifiga bag’ishlangan she’riga «Barobar» so’zi radif qilib tanlangan. G’azal

Kezdim bu ishq shahrin ayshu tarab barobar,

Ko’rdum aning bozorin hap ro’zu shab barobar

bayti bilan boshlanadi. Darhaqiqat, bu shaharda hamma teng («barobar»), hamma ayshu ishratda (Ollohning zavqi va ishtiyoqi bilan band). Sening ham yo’ling bu tomonlarga tushsa, «piri muton» (shayx)ga bor, «mayxona»dan «may ich» (shayx suhbatini ol), «jomi shariat» seni «ishq ahli» bilan «barobar» qiladi. Bu shaharning kishilari barcha g’am-g’ussadan ozoddirlar. Shayboniyxon she’rlarida Samarqand va Buxoroning baland, ko’tarinki ta’rifi beriladi. U qayerga bormasin, shu ikki shaharni qo’msaydi. Hatto, go’zal Hirot ham unga tatimaydi:

Har kishi ketsa Samarqapd shaxridin, nochor kelar.

Jannat ul-ma’voda ham bo’lsa. Samarqandni tilar

Man Hirining shahrida turmoqqa bir yep topmadim.

Vah, Samarqandu Buxoro, qayda bo’lg’aymu ular

Kormonu, SHodmonu Qoxliqu Darg’om suyi

Ha qilay. man, ketmadi, hargiz ko’nguldin ushbular

Kim Samarqanddek jahonda bo’lmag’ay xush marg’zor.

Do’stlar, men naylayin, ketmas ko’nguldin sabzalar.

Bu Hirining donish ahli hap necha ayb etsangiz.

Qaydakim bo’lsa Sha(y)boniy, ul Samarqand orzular

Shoir ayrim she’rlarining yozilish tarixini ham qayd etgan. Masalan, y Samarqandga bag’ishlangan «Ko’ngul qoni bilan bitgan o’shul lola yuzungdandur» deb boshlanadigan g’azaliga saj’ yo’li bilan shunday izoh bergan: «Samarqandni gul vaqtida qabaduq. Tog’larni gasht qilduq, Bog’larni barcha asbobliq, har tarafi alqobliq, har yoni latofatliq va ichlari mushk-anbar bo’yluq.

Ul gulistonlarning tafarrujgohinda borib turduq. Ko’rarman: dilbar og’zidin g’unchalar bog’lanib turur. Mahbubning la’di labindin ochilgon gullar yoqutrang bo’lub turur. Ba yana yorning alin ko’rub, lolaning ichinda dog’ bog’lanib turur. Ba sanubarlar aning qaddining misolinda andak havodan ohista tebranur va taqi taxt al-anhor va jannat ul-ashjortek bu bog’larning qushlari xap sanubar sarvlari bo’stonida qo’nub, qar turluk nag’malar birla ishqibozlik qilur.

Faqir bulbulning rangi sarg’arib, gul vasfidin dimog’i qurub, ishq-ushshoq navosinda har turluk nolon qilurman. Faqir bularning bu hollarin ko’rdum, o’zumdin kettim, sanam zulfitek parishon bo’ldum. Ishqim o’tig’a boshimdin shamtek yonib, mijmardek ichimdin kuyub, bu g’azalni ayttim».

Shayboniy va undan boshlangan shayboniylar davri she’riyati adabiy til va ifodaning soddalashuvida, adabiyotning xalq jonli tiliga yaqinlashuvida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Tayanch tushunchalar:
g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy, qasida, ta’rix, muammo, mustazod, fard, tarkibband, tarje’band, muvashshah, murabba’, muxammas, musaddas
Savol va topshiriqlar:


  1. XV asrning ikkiichi yarmi va XVI asrni nega adabiyotimizning eng yuksak davri deymiz?

  2. XVI asrda shayboniylar timsolida dasht o’zbeklarining hokimiyat tepasiga kelishi adabiy til takomiliga qanday ta’sir ko’rsatdi?

  3. Badiiy njod bilan shug’ullangan temuriy hukmdorlardan kimlarni bilasiz? Shayboniylardan-chi?

  4. Adabiyotdagi zullisonaynlik va uning sabablari haqida nima deya olasiz? Jomiy va Navoiy munosabatlari haqida-chi?

  5. Bu davr poetik janrlaridan qaysilarini aytib bera olasiz?

  6. G’azal haqida ma’lumot bering. Muammo janrini tushuntiring.

  7. Muhammad Shayboniyning hayot yo’li va ijodiy faoliyati haqida hikoya qilib bering.

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


Mavzu: Husayn Boyqaro

(1438-1506)

Reja:


  1. Husayn Boyqaroning hayoti.

  2. Husayn Boyqaroning ijodi.


Husayn Boyqaro ham shoh, ham shoirdir. Uning nomini tilga olganimizda darhol Alisher Navoiy esga tushadi. Darhaqiqat, ular zamondosh edilar. Yoshlikdan umrlarining oxirigacha hayotlari birga kechdi. Bir-birlariga hamkor, madadkor bo’lib yashadilar. Husayn Boyqaro qudratli shoh, buyuk homiy sifatida Alisher Navoiy dahosining yuzaga chiqishiga qanday yordam bergan bo’lsa, Na­voiy ham, o’z navbatida, Husayn Boyqaro saltanatining qudratini ta’min etishda, ovozasini olamga yoyishda shuncha xizmat qildi. Ma’lum vaqt o’tgach, mashhur ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy (1498—1556) Navoiyni ulug’lar ekan, «Manzuri shohanshohi Xuroson» («Xurosondagi shohlar shohiga manzur bo’lolgan shoir») dsb ta’rif etadi.

Umuman olganda, Husayn Boyqaro shaxs sifatida ham qator fazilatlar egasi edi. Masalan, y mard, shijoatli bo’lgan, qilichbozlikda temuriylar orasida unga teng keladigani bo’lmagan. Adolatli bo’lgan... Adabiyotni, san’atni sevgan. Uning kamchiliklari ham yetarli edi. Maishatparast edi...

Husayn Boyqaro Hirotda tug’ildi. Otasi Mansur ham, onasi Firuzabegim ham Temur avlodidan edilar. Shu cababli Zahiriddin Bobur uni «karim ut-tarafayn» («ikki tomonlama ulug’») deb atagan edi.

1457 yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot etgach, Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga kirishadi. Uzoq kurashlardan so’ng y 1469 yilda temuriylar saltanatining XV asrdagi eng yirik poytaxti Hirotni egallaydi va 1506 yilgacha — vafotiga qadar mamlakatni boshqaradi

Husayn Bonqaro davrida mamlakatda ilm-fan, adabi­yot rivoj topdi. Poytaxtga iste’dodli ziyolilar, iqtidorli hunarmanlar to’plandi. Madrasalar tartibga tushdi. Juda ko’p dunyoviy fanlar o’qitila boshladi. Davrning eng peshqadam olimlari mudarrislikka jalb etildilar.

Bu madrasalarda ko’plab xorijiy mamlakatlardan talabalar kelib tahsil ola boshladilar. Obodonchilik, qurilish ishlari amalga oshirildi. Uzoq-yaqin mamlakatlar bilan do’stlik, hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi. Ma­salan, 1490 yilda Husayn Boyqaro Moskvaga elchi yuborib, do’stlik va inoqlik haqida shartnoma tuzishni taklif etgan. Husayn Boyqaro «Husayniy» taxallusi bilan she’rlar yozgan va undan bizga bir «Devon» va «Risola» meros bo’lib qolgan. Devondagi she’rlarining ko’pchiligi ishq va may mavzuida. Masalan, Husayn Boyqaro «O’ti» radifli g’azalida «o’t» («olov») so’zining ohang va ma’nolaridan g’oyat ustalik bilan foydalanadi. Oshiqning ichki kechinmalarini ta’sirchan lavha va manzarazarda ifoda etadi. She’r:
Gar Husayniyg’a bir o’tlug’ yuz g’ami o’t solmasa,

Bas nechuk olamni kuydurdi Navoiyvor o’ti? —
degan hayajonli bayt bilan yakunlanadi.

Husayn Boyqaroning may mavzuidagi she’rlarida esa ilohiy mazmun sezilib turadi. Ya’ni may Ollohni anglash, unga yetishish vositasidir.

Shoirning bir qator she’rlari Navoiyga ergashib yozilgan. Masalan, Navoiyning mashhur:
Ochmag’ay erding jamoling olam apo koshki,

Solmag’ay erding bori olamda g’avg’o koshki

Qilmag’ay erdim yuzin ko’rmak tamanno, koshki,

Solmag’ay erlim ko’ngil mulkiga g’avg’o koshki,—
deb boshlanadigan javob she’r bitgan.

Navoiy ham Husayniy she’rlariga naziralar bog’lagani ma’lum.

Masalan, Xusayniy:

Ey jafo tiyg’i, kelib majruh ko’ksumni yoru,

Qo’l yalang aylab solib har yon ichimni axtaru.
Navoiy:

Rahm etib ey do’stlar, majruh ko’ksumni yoring,

Qo’l yalang aylab solib, har yon ichimni axtaring,
Alisher Navoiy Husayn Boyqaro — Husayniy she’riyatiga yuqori baho beradi, «Majolis un-nafois» tazkirasida unga maxsus bir fasl ajratadi.

Xusayniy g’azallarining hammasi bir vaznda — ramali musammani maqsur (foilotun foilotun foilotun foilon) da edi.

Risola nasrda bo’lib, muallifning o’ziga xoc shukronasidir. Bu ixcham risola Olloh inoyat etgan podshohlik shukronasi bilan boshlanadi. Muallif ilm-ma’rifat yo’lida qilingan ishlar, she’riyat ravnaqidan so’z ochadi Abdurahmon Jomiyni hurmat bilan tilga oladi. Ali­sher Navoiyning turkiy til va adabiyot rivojidagi buyuk xizmatini zavqu shavq, ko’tarinki bir hayajon bilan olqishlaydi. Uning «Xamsa»sini ko’klarga ko’tarib ta’riflaydi. U bilan zamondosh, yaqin do’st bo’lganidan iftixor etadi, shukronalar keltiradi.

Husayniy g’azallarining XV acp o’zbek she’riyati taraqqiyotida o’z o’rni bor. «Risola» esa, bir tomondan, Ali­sher Navoiyning turkiy til va adabiyot taraqqiyotidagi buyuk rolini anglashga yordam bergan bo’lsa, ikkinchi tomondan, shakllanib kelayotgan nasrimizning muvaffaqiyatli tajribalarilan biri bo’ldi.

Tayanch tushunchalar:


  • Risola,

  • «karim ut-tarafayn»,

  • Husayn Boyqaro,

  • tarje’band,

  • muvashshah,

  • murabba’,

  • muxammas,

  • musaddas


Savol va topshiriqlar:


  1. Husayn Boyqaro zamonasida Hirotda qilingan qurilish va obodonchilik ishlaridan qaysilarini bilasiz?

  2. Mazkur davrdagi xattotlik va uning namoyandalari, musiqaning rivoji haqida nimalar deya olasiz?

  3. Tarix va alabiyotshunoslik ilmi haqida-chi?

  4. Turkiy til va adabiyot deganda nimani tushunasiz?

  5. Turkiy tilnipg Husayn Boyqaro zamonidagi ahvoli va taraqqiyoti, bu boradagi qiyinchiliklar to’grisida gapirib bering. Navoiyning xizmatlarini ayting.

  6. Bu davr o’zbek (turk) nasri haqida so’zlab bering.

  7. Bu davrda yashab ijod etgan va devon tuzgan shoh shoirlardan kimlarii bilasiz?

  8. Husayn Boyqaroning hayoti va ijodi haqida gapirib be­ring.

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


MUHAMMAD SOLIH
Reja:

  1. Shoirning shaxsi, hayoti, faoliyati.

  2. “Shayboniynoma” ilk realistik asar.

  3. “Shayboniynoma”da Temuriylar tanqidi va Shayboniyxon madhi.


Navoiy zamonasining iste'dodli shoirlaridan biri Muhammad Solih naqqoshlik, xattotlik san'atlaridan ham yaxshigina xabardor bo'lgan. Uning „Shayboniynoma" dostoni tariximizning XV—XVI asr voqealariga, temuriylar va shayboniylar orasida kechgan kurash voqealariga bag'ishlangan jangnomadir. Muhammad Solih 1455-yilda Xorazmda tug'ildi. Uning ota-bobolari temuriylar xonadonining yaqin va e'tiborli kishilaridan bo’lganlar. Bobosi Amir Shohmalik Mirzo Ulug'bekning tarbiyachisi bo'lgan. Otasi Nur Saidbek esa, Mirzo Ulug'bek saroyida xizmat qilgan. Alisher Navoiy u haqda „Majolis un-nafois" asarida yozadi: „Nur Saidbek xorazmlig'dir. Tab'ining ne miqdor quvvati va latofatini she'ridan bilsa bo'lur. Bu matla' aningdur:

Moro dar in diyor tuyi dilnavozu bas,



Dorem az tu go'shai chashm niyozu bas.

(Bizning bu diyorda dilnavozimiz sen, xolos. Sendan marhamat ko'zi bilan boqishni kutamiz, xolos). Qabri Marv viloyatidadir". Nur Saidbek XV asrning oltmishinchi yillarida Abu Said mirzoning Xorazmdagi noibi edi. 1467- yilda toj-taxt ilinjida Dashti Qipchoqda „qazoqlikda"1 yurgan Husayn Boyqaro Xorazmni zabt etadi. Abu Said mirzo yordam yuborib, yurtni qaytarib olishga muvaffaq bo'ladi. Ayni paytda, bu ishni taftish qilish, aybdorlarni aniqlab, jazolashni buyuradi. Shunda bir qancha amaldorlar qatori amir Nur Saidbek ham Husayn Boyqaroning oz sonli qo'shiniga dosh berolmay, jangni tashlab qochgan xiyonatchi sifatida Hirotga keltirilib, siyosiy mahouslar uchun mo'ljallangan Ixtiyoriddin qal'asiga qamaladi. Abdurahmon Jomiy o'rtaga tushib, shohdan uning gunohini so'rab oladi. Shoh Jomiy yuzidan o'ta olmay, Nur Saidbekning gunohini kechadi. Mol-mulkini qaytarib, yana amirlari qatoridan o'rin beradi va Marv shahriga hokim qilib yuboradi. Lekin ko'p о’tmау, Nur Saidbek sirli bir tarzda o'ldiriladi.

1 Qazoqlik — 1. Taxt egallash uchun kurashish. 2. Qoidaga bo'ysunmay, erkin yashash .

Muhammad Solih e'tiborli bir oilaning farzandi sifatida davrining mashhur kishilari, xususan, Abdurahmon Jomiy qo'lida tahsil oladi. Birgina adabiyot yoxud tarix, falsafa emas, yondosh sohalarni ham o'rganadi. Hunarlar egallaydi. Masalan, uning arab, fors tillarini mukammal bilgani, naqqoshlik, hattotlikda zamondoshlari tomonidan e'tirof etilgani ma'lum. Biroq otasining o'limi uning taqdirini tubdan o'zgartirib yuboradi. Shunga qaramasdan, temuriylarga xizmat qilishni davom ettiradi. 1489-yilga qadar Husayn Boyqaro saroyida ishlagani ma'lum. Shoirning bu davrlardagi iztirob va kechinmalari uning „Shayboniynoma" dostonida yaxshi berilgan. 1499- yilda temuriylar saltanati tanazzulga yuz tutib, tarix sahnasiga yangi sulola chiqib kela boshlagan bir paytda temuriylar dargohini tark etib, Shayboniy huzuriga boradi. Shayboniy temuriylarning ko'zga ko'ringan bu amirzodasini izzat-ikrom bilan kutib oladi. Uni „amir ul-umaro" (amirlar amiri), „malik ush-shuaro" (shoirlar shohi) deb e'lon qiladL Shayboniy Muhammad Solihni o'ziga g'oyat yaqin tutadi, safarlarda birga olib yuradi. Muhim harbiy yurishlarga ketayotganida eng ishonchli kishisi sifatida o'z o'rniga qoldiradi. Jumladan, 1500- yilda Boburga qarshi Samarqand sari otlanar ekan, poytaxt qilib turgan Buxoro hokimligini Muhammad Solihga topshiradi. 1504—1505- yilda Xorazm yurishida esa, Muhammad Solih amir ul-umaro sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, uning ma'lum muddat Chorjo'yda, so'ng Ashxobod yaqinidagi Niso shahrida hokim bo'lgani va shayboniylar tomonda turib, temuriylarga qarshi kurashgani zamondoshlarining kitoblarida qayd qilinadi. Shuningdek, uning Mirzo Ulug'bek nomli o'g'liga Shayboniyxon ayricha mehr bilan qaraganligi, Niso shahrini unga hadya etganligi ham aytiladi. „Tarixi Rashidiy" asari muallifi Mirzo Haydar Muhammad Solihning o'g'li Mirzo Ulug'bekning iste'dodli shoir boiganini aytib, uning bir turkiy g'azali matla'sini keltiradi:

Ey, xush ul kunlarki, ko’nglum vaslidin xushhol edi,

Axtarim1 farxundau2 baxtim humoyunfol3 edi.

Muhammad Solih 1534- yilda shayboniylar saltanati poytaxti Buxoro shahrida vafot etgan. Muhammad Solih o'zbek va fors tillarida baravar qalam tebratgan shoirlardan edi. Tarixchi Mirzo Haydar uning devon

1 Axtar — yulduz.2 Farxunda — qutlug’, quvonchli.3 Humoyunfol omadli, baxtiyor.

tartib qilganini tilga oladi. Biroq bu devon bizgacha yetib kelgan emas. Alisher Navoiy „Majolis un-nafois" asarida u haqda shunday yozadi: „Muhammad Solih ismi munosabati bilan Solih taxallus qilur. Nur Saidbek o’g’li turur. O'zi muloyim yigitdur... Tab'ida xeyli choshni (maza) bor. Xatqa ham qobiliyati ko'pdur..." Navoiy fikrini dalillash uchun shoirning forsiy bir g'azali matla'sini ham keltiradi. Umrining yaqin o'n besh yilini Shayboniy bilan kurashib o'tkazgan Zahiriddin Bobur ham Muhammad Solihning salohiyatini e'tirof etadi. „...choshnilik g'azallari borligi"ni ta'kidlaydi. Biroq Navoiy ham, Bobur ham uning shaxsi haqida ijobiy fikr bildirishdan o'zlarini saqlaydilar. Navoiy, garchi unga „o'zi muloyim yigitdur" deb baho bergan bo'lsa-da, Shayboniy tomoniga o'tib ketishini oqlamaydi. Aksincha, mazkur holni „yamon musohib"larningl „yamon yo'lga" boshlashi bilan izohlaydi. Bobur ham uning shaxsini qoralaydi. Bunday munosabat goho uning ijodini bir tomonlama baholashga olib keladi.

! Musohib — suhbatdosh, sherik, yaqin.

Shayboniynoma" dostoni. Shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniy (1451 — 1510) haqida bir qator badiiy asarlar yaratilgan. Masalan, Mulla Shodiyning „Fathnornai xoniy", Kamoliddin Binoiyning „Shayboniynomai Binoiy", Ro'z-behxonning „Mehmonnomai Buxoro" va nihoyat, Po'lkan shoirning „Shayboniyxon" dostoni kabilar. Bularning Po'lkannikidan boshqa hammasi fors tilida. Muhammad Solihning asari o'zbek tilida yozilgan tarixiy jangnomadir. U, nomlanishidan ko'rinib turganidek, Shayboniyxonning temuriylarga qarshi olib borgan kurashlarini, ularni yengib. taxt tepasiga kelishi voqealarini, ya'ni 1499 —1505- yillarda yuz bergan real tarixiy hodisalarni yoritadi. Shu jihatdan, u o'zbek adabiyotidagi aniq va real tarixiy voqealar tasviriga bag'ishlangan birinchi jangnomadir. Asarning muallif o’z qo'li bilan yozgan nusxasi topilgan emas. 1510- yilda shoir tirikligida Qosim kotib tomonidan ko'chirilgan nusxasi Venada saqlanadi. German Vamberi uni 1885- yilda nemischaga tarjima qilib, nashr etgan. So'ngroq u boshqa tillarga ham tarjima qilindi. „Shayboniynoma" asari O'zbekistonda 1961 va 1989- yillarda chop etildi.

Shayboniynoma" 9000 misraga yaqin bo'lib, 76 bobni tashkil qiladi. An'anaga kovra hamd, munojot va na't bilan boshlanadi. So'ng so'z ta'rifi keltirilib, Muhammad Shayboniyxon vasfiga o'tiladi. Uning aqli, ilmi, faqirfe'lligi, halimligi, qiroati, tab'i-dididan tortib karam-saxovatigacha, hatto qurol-aslahasigacha birma-bir ta'rif-tavsif etiladi. Nihoyat, o'n beshinchi bobga kelib, „Kitob nazmining sababi" beriladi. Unda shoir o'z taqdirini, jumladan otasining temuriylarga xizmat qilgani, muruvvat ko'rmagani, shahid ketgani, o'zining boshiga tushgan savdolar haqida hikoya qilib, gapni ikki sulola — temuriylar va shayboniylar haqidagi el-yurt orasida kechayotgan gap-so'zlarga buradi:

Dedilar, borcha manga donolar,

Kim adam bo'lg'usidur mirzolar.

Navbat o'zga kishiga yetgusidur,

Ul kishi bordur Shayboniyxon,

Xoni Shaybondur-u mahdiyi zamon.



Shu tariqa, shoir Shayboniyxonning taxtga chiqishi qonuniy ekanligini asoslashga urinadi. Jumladan, temuriylar faoliyatini muhokama qilib, ularning aysh-ishratga berilib ketganliklarini, ota-bola, aka-uka o'rtasi tinimsiz janjal-urush bilan kechayotgani, „mirzolar"ning din, shariatdan uzoqligi haqida gap ochadi va „donolar" tilidan „Temur davlati" ketib, o'rniga „Shayboniyxon" kelishi muqarrar ekanligi uqtiriladi. Asarning qolgan oltmish bobi Shayboniyxonning harbiy yurishlari tasviriga bag'ishlangan.

Doston markazida Shayboniyxon timsoli turadi. Muallifning asosiy maqsadi uni ulug'lash, diyonatli, adolatli bir shoh sifatida ko'rsatish edi. Shayboniyxonni ko'klarga ko'tarib maqtaydi. Uning davlat tutumini maishatparast temuriylarga zid qo'yadi. Temuriylar asarda imkon qadar qora bo'yoqlarda chiziladi. Muallif jang manzaralarini, Shayboniyxon va uning atrofidagilarning xatti-harakatlarini tasvirlar ekan, goho o'z maqsad va e'tiqodiga zid bo'lgan ma'lumotlarni ham keltirib qo'yadiki, bu Shayboniyxon­ning adolatli va diyonatli hukmdor ekanligi haqidagi ta'riflarni ba'zan chippakka chiqaradi. Bu hoi muallifning voqelikni haq-qoniy tasvirlashga urinishi natijasidir. Asarda Muhammad Solihning Shayboniyxon oldiga birinchi marotaba borishi tafsilotlari haqqoniyligi bilan e'tiborni tortadi:

Kim yetishgan dam ul qo'rg'onga,

Bandalik aylag'amen ul xong'a.

Chun yetishtim, kelibon necha qazoq1,

Borchasi rahm tariyqidin yiroq.

Qahr ila keldilar andog'ki, magar,

1 Qazoq — jangchi, taxt uchun kurashayotgan askar.

Bandadin qo'ymag'usidurlar asar.

Bir necha hamdamu hamroh manga,

Bor edilar bori dilxoh manga.

Borchasini tunadilar...

Adolatli podshoh odamlari bilan dastlabki uchrashuv shu tarzda tasvirlanadi. Yoki Muhammad Solih guvoh bo'lgan ilk urush — Shayboniyxonning 1499- yilda Buxoroni zabt etishi voqeasi tasviri ham qiziq. Xon shahar ahlining mol-mulkini bitta qo'ymasdan talashga farmon beradi. Bu yetmaganidek, Buxoro hukmdori Boqi Tarxonning 12 yashar qizini o'z nikohiga oladi. Shu yili Samarqandni olishda esa, bundan ham g'aroyibroq voqea yuz beradi. Shahar Zahiriddin Boburning amakivachchasi Sulton Ali qo’lida edi. Nima bo'ladi-yu, hokimning onasi Zuhrabegimning Buxoroda turgan Shayboniyxonga ko'ngli ketib, kishi yuboradi. U orqali xonning kanizagi bo'lishni o'zi uchun baxt hisoblashini ta'kidlab, tezroq Samarqandga kelib, yurtni boshqarishini, o'g'lini o'g'illikka qabul qilishini o'tinadi. Tabiiyki, bu Shayboniyxonga ham yoqib tushadi va „o'ldim-kuydim"ni o'rniga qo'yib, xabarchining qo'ynini puch yong'oqqa to'ldirib, qaytaradi. Benomus, kaltafahm Zuhrabegim esa Shayboniyxon qo'shiniga shahar darvozalarini ochib, xonga:

El — saning, mulk - saning, shahr - saning,

Man — saning, lutf — saning, qahr — saning,

deya yana odam yuboradi. Xon shaharga kirgach, barcha a'yonlarni Bog'i Maydonga to'playdi. Zuhrabegimni chorlab, birovga in'om qiladi. Sulton Alini „tinchlik kerak" qabilida oldirtirib yuboradi. Yurtni esa ayovsiz talatadi. Mazkur voqeaga muallif shunday baho beradi:

La'nat ul nav' onag'akim, ul,

Nafsi uchun o'luma berdi o'g'ul...

Kimki xotun so'zig'a solsa quloq,

Joyi ul borki, bo'lg'ay andoq.

Shayboniyxon xalq orasida katta nufuzga ega bo'lgan Xoja Yahyoni Samarqand shahridan chiqartirib yuboradi. Chamasi, xon yonida yurgan Muhammad Solihning o'zi ham bu holga chiday olmaydi. Dostonning bir o'rnida quyidagi so'zni keltiradi:

Xoja Yahyo dedi: „Bobur Mirzo

Koshki kelgay edi ushbu aro".



Boburnoma"da qayd qilinishicha (buni Muhammad Solih ham ta'kidlaydi), Shayboniyxon Samarqandda Jonvafobiy degan kishini qoldirib ketganida, Bobur shaharni ikkinchi marotaba qo'lga kiritadi. Dostonda ushbu voqea, Saripuldagi Shayboniy va Bobur to'qnashuvi, o'n to'qqiz yashar temuriyning tajribali o'zbek xonidan yengilib, Samarqandga qochib berkinishi, olti oy davom etgan dahshatli qamal tafsilotlari juda keng va batafsil tasvir etilgan. Ayniqsa, qamal manzaralari, do'zax azobidagi „ichkari"dagilar va ularning dala hovlilarida — jannat bog'larida yayrab-yashnagan „tashqari"dagilar muqoyasasi g'oyat rangdor va fojiona berilgan. Muhammad Solih dostonda „tashqari"dagilar ahvoliga ko'proq e'tiborni qaratgan bo'lsa, Zahiriddin Bobur „Boburnoma" asarida „ichkari"dagilar hayotiga ko'proq urg'u bergan. Chunonchi, Muhammad Solih:

Aylabon bog'lar ichra manzil,

Qildilar komlarini hosil.

Mevalar yetti-yu g'am ketti bori,

Bir-biri so'ngidin yetti bori.

Tut bisyor namoyon bo'ldi,

O'ruk-u olma farovon bo'ldi.

Bo'ldi bisyor uzum birla qovun,

Har biri debki, maning birla ovun...

Tashqari bog'lar ichra anhor,

Ichkari suvsiz ulus yig'lab zor.

Asm ma'mur viloyat erdi,

Ochlig' anda ne hikoyat erdi.

Zahiriddin Bobur: „Elg’a bisyor tanqisliq bo'ldi. Anga yettikim, faqir va miskin it etini, eshak etini eya kirishtilar,.. Yovuq kishilar va mo'tabar kishilar o'zini fasildin1 tashlab qocha kirishti... hech tarafdin umidvorlik qolmadi. Ozuq va zaxira kam edi. Bo6lg6oni ham tugandi. Hech tarafdin ozuq va zaxira kelmadi". Muhammad Solih, bu fojiali ahvolni boshqacharoq izohlaydi. Shoir bu holni Samarqand ahli „tangri yo'liga ko'z solmagani", uning izmidan yurmagani uchun yuborilgan jazo sifatida baholaydi:

Tengri ul qavmni andoq qildi,

Kim alar boshig'a bu kun keldi.

Bunday xulosa, Shayboniyxonning qilmishlarini oqlash uchun qulay edi, albatta. Qamalgina emas, Saripuldagi urush ham dahshatli bo'lgan edi. Shoir yozadi:

Chun g'azab o'ti furuzon2 bo'ldi,

Ul ikki son kishi yakson bo'ldi.



1 Fasil — devor, qo'rg'on.2 Furuzon — yondiruvchi, alangali.

Qaysi o'q ichida jon topshurdi,

Qaysi kestanga ko'zin oldurdi.

Hazrati mavt1 zuhuri qildi,

Malakul mavt huzuri qildi.

Boshlarin baski qilichlar bo'ldi,

Birisining boshi ikki bo'ldi...

Shoir urush va talon manzaralarini chizar ekan, xalq boshiga yog'ayotgan bu balo va ofatlarning sababchisi kim degan savol o'z-o'zidan o'rtaga chiqadi. Va o'quvchining ko'z oldiga, birinchi navbatda, Shayboniyxon keladi. Muhammad Solihning niyati bunday emas edi. U xonni yaxshi nom bilan tarixda qoldirish uchun doston yozgan edi. Shayboniy va shayboniylarni iloji boricha zamondoshlariga o'rnak qilib ko'rsatmoqchi, temuriylarni esa, barcha fojia va baxtsizliklar sababchisi demoqchi edi. Lekin Muhammad Solih ham ba'zi o'rinlarda Bobur singari tanti yo'l tutadi. Kezi kelganda, Boburning shijoatini, adolatini, haqgo'yligini, elparvarligini, ayni paytda xalqning ham uni yaxshi ko'rganini yashirmaydi. Ikki qarama-qarshi tarafda turgan ikki davlat va madaniyat arbobining goho bo'lsa-da bir-birlarining fazilatlarini tan olishlari ularning yorqin shaxsiyatidan darak beradi. Muhammad Solih hukmdorga maddohlik qilmaydi, balki asl shoh qanday bo'lishi haqida fikr yuritadi:

Shoh uldirki, yesa el g'amini,

Doim o'ziga desa el g'amini.

Istamay o'zining oroyishini,

Istagay xalqning osoyishini.

Nafs uchun aylamasa sultonlig',

Qilmasa ahli havodek xonlig'...



Arsai mulkni2 yobon bilsa,

Elni qo'y, o'zni cho'bon bilsa.



Tabiiyki, bu faqat orzu edi. Shoir Shayboniyxonni mana shu talablarga javob bergan shoh sifatida ko'rsatmoqchi edi. Biroq voqealarning xolis tasviri uni boshqa odamga aylantirib qo'ydi. Asarning ahamiyati ham shunda. Doston, birinchidan, tariximizning g'oyat muhim bir davrini, xalqimizning nomdor shaxslari faoliyatini qalamga olgan bo'lsa, ikkinchidan, ular bilan bog'liq voqealarni haqqoniy, butun murakkabligi bilan yoritishga urindi.

1 Mavt — o'lim.2 Arsai mulk — mamlakat, dunyo boyligi.

Asar ko'p o'rinlarda muallif qarashlarining biryoqlamaligiga qaramasdan, Shayboniyxon va Bobur obrazlarini yaratish yo'lidagi muhim tajribalardan bo'ldi. Dostonning tili sodda. Chamasi, muallif asarni, birinchi navbatda, dasht o'zbeklari didiga moslashga uringan ko'rinadi. Shu sababli, mumtoz poetika qoidalariga ko'pda rioya qilavermaydi. Ko'p qavatli obraz va murakkab ifodalarni chetlab o'tadi. Shularga qaramay, asar o'zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Xususan, tariximizning eng muhim va mas'uliyatli davrlaridan bo'lgan XV asrdan XVI asrga o'tish voqealarini haqqoniy baholash va xalq orasiga olib kirishda katta xizmat qildi.

Tayanch tushunchalar:

  • Mavt

  • Arsai mulk

  • Furuzon

  • Fasil

  • Musohib

  • Qazoq

Savol va topshiriqlar:


  1. Muhammad Solihning tarjimai holini so’zlab bering.

  2. “Shayboniynoma”da M.Solihning temuriylarga munosabati qanday ifodalangan?

  3. Adib Shayboniyxonni qanday sifatlar bilan madh etadi?

  4. Adolatli shohni shoir qanday tasavvur qilar edi?

  5. “Shayboniynoma”da xalq ahvoli qanday tasvirlanadi?

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish